Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Muassasalar yuridik shaxs sifatida



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

8-§. Muassasalar yuridik shaxs sifatida
Muassasalar bundan ikki yarim ming yil avval qadimgi Rim
davlatida vujudga kelgan. Ular o‘zining vujudga kelish vaqtidan
boshlab deyarli besh asr o‘tgunga qadar juda sekin rivojlanib
borgan. Rim huquqiga oid manbalarda yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan ko‘pgina xayriya muassasalar haqida fikr yuritilgan. Bunday
muassasalarga cherkovlar, kasalxonalar, maktablar, mehribonlik
uylari, harbiylar uchun maxsus kasalxonalar kabi tashkilotlar
kirgan. Miloddan avvalgi II asrga kelib, Rim imperatorlarining
xayrixohligi natijasida muassasalarning soni ham, turlari ham
ko‘payib bordi.
Qadimgi Rimda xayriya muassasalari orasida yetim qolgan
bolalar va juda qashshoq hayot kechiruvchi oilalardagi farzandlarni
o‘z bag‘riga olgan va ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan «
alimenta» deb atalgan muassasalar mavjud bo‘lgan. Aliment
muassasalari (mil. avv. I asr) Rim imperatori Nerva (mil. avv. 33-
yil) hukmronligi davrida vujudga kelgan. Bu muassasalar keyinchalik
shaxsan imperatorlar tomonidan vujudga keltirila boshlangan. Ular
imperatorlarning buyrug‘i bilan shaharning mansabdor shaxslari
tomonidan moddiy jihatdan ta’minlab turilgan. Bu jarayonda
shaxsan kvestor (konsulning sudlov va moliyaviy ishlar bo‘yicha
yordamchisi) ham qatnashgan. Aliment muassasalari faqatgina
insonparvarlik maqsadida faoliyat yuritib, ko‘rsatilgan yordamlar-
ning barchasi beg‘araz hisoblangan. Alimentdan nafaqat yetim
bolalar va og‘ir sharoitdagi oilalarning farzandlari, balki voyaga
yetgan bo‘lsa-da, siyosiy jarayonlarda qatnasha olmaydigan bolalar
ham, yetim qolgan va yolg‘iz qizlar ham foydalanganlar. Jumladan,
82—161-yillarda Rimda yetim qolgan qizlar uchun alohida
stiðendiyalar  (stiðendium) ajratilgan. Aliment muassasalarining
ko‘payishida va rivojlanishida Pliniy, Antonin Piy, Septimiy Sever
(222—235-y.) kabi imperatorlarning faoliyati katta rol o‘ynagan.


70
Bu muassasalarning huquqiy maqomi haqida shuni aytish
mumkinki, ular fuqarolik huquqiy munosabatlarda yuridik shaxs
sifatida qatnasha oladigan, aniq bir xayriya maqsadlarida faoliyat
olib boradigan va o‘zining jamg‘armasiga ega bo‘lgan tashkilotlardir.
Qadimgi Rimda vujudga kelgan muassasalarning yana bir turi
bu dafn marosimlarini o‘tkazuvchi kollegiyalar (collegia tenuiorum,

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish