Dalillar to‘plashning mazkur usuli jinoyat protsessining turli ishtirokchilariga nisbatan o‘tkazilishi va uni o‘tkazishda jinoyat protsessual qoidalar, shu bilan birga turli milliy va xalqaro normalarni bevosita qo‘llash zarurligi uchun uni amalga oshirishning umumiy qoidalari belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 96-108-moddalar). So‘roq qilishning umumiy qoidalari – bu so‘roq qilishda qo‘llaniladigan umumiy normalar bo‘lib, ular odatda, har qanday shaxslarni so‘roq qilishda qo‘llaniladi.
qilinadigan shaxsning o‘qish, ishlash yoki turar joyida yoxud jinoyat sodir bo‘lgan joyda yoyinki jazoni o‘tayotgan shaxslarni jazoni o‘tash joylarida so‘roq qilinadi. So‘roq qilish joyini belgilash borasida shuni aytish mumkinki, so‘roqni amalga oshirish uchun sharoitlarga ega bo‘lgan joyda mazkur harakatni amalga oshirish mumkin.
So‘roq qilish uchun chaqiruv. So‘roq qilishdan oldin so‘roq qilinadigan shaxslar tergov harakati o‘tkaziladigan joyga yetib kelishini ta’minlash zarur bo‘ladi. So‘roq qilish tergov harakatida so‘roq qilinuvchi va so‘roq qilinuvchining bevosita yuzma-yuz bo‘lishi talab qilinadi22.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 97-moddasida so‘roq qilish uchun chaqiruv tartibi belgilangan. Bu qoidadan nafaqat so‘roq qilish balki boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun chaqiruvda ham qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar chaqiruv qog‘ozi orqali chaqirtiriladilar. Protsessual majburlov choralarini va jazoni o‘tayotgan shaxslar, shuningdek statsionar davolash muassasalar davolanayotgan shaxslar shu muassasalarning ma’muriyati orqali chaqirtiriladi.
Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. So‘roq qilish uchun shaxsning qanday chaqirtirilganligidan ko‘ra, bu tergov harakatini o‘tkazish muhim. Shuning uchun chaqiruvni amalga oshirish uchun chaqiruv qog‘ozi o‘rniga boshqa vositalardan ham foydalansa bo‘ladi. Masalan, chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‘lishi mumkin.
Chaqiruv qog‘ozida, chaqiruv maqsadidagi telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaksda shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga yetib kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ma’lum qilinishi lozim.
Chaqiruv qog‘ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qog‘ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa, unga berib qo‘yish uchun chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.
So‘roq qilinuvchining shaxsini aniqlash. So‘roq qilishdan oldin so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, aniq tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni), tug‘ilgan joyi, millati, fuqaroligi, ish joyi, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, sudlanganligi yoki sudlanmaganligi, doimiy yoki vaqtincha turar-joyi aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlarning barchasi jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Har qanday holda ham surishtiruvchi, tergovchi yoki sud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan o‘sha shaxs ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 98-modda). Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan hollarda so‘roq qilinuvchining shaxsiga bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham aniqlanishi mumkin. Masalan, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasalligi bor-yo‘qligi, psixonevrologik va narkologik dispanserlar hisobida turish-turmasligi kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.
15 Jahon tajribasidan ma'lumki, ayrim davlatlarda tergov harakatlari uzoq masofadan turib videokonferensiya orqali ham o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligida videokonferensiya yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida uzoq masofadan turib tergov harakatlarini o‘tkazishni nazarda tutadigan qoida mavjud emas.
|