I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

YASHIL. 
Yashil rang sariq va ko‘k ranglarning oralig‘idagi rangni 
ifodalaydi. Uning tarkibida sariq yoki ko‘k ranglarning qaysi biri 
ko‘proq bo‘lishiga bog‘liq holda uning jonlilik tavsifi ham o‘zgaradi. 
Yashil rang ranglarning ichida ikkita asosiy ranglar – sariq va ko‘k 
ranglarning aralashtirishida hosil bo‘ladigan ranglarning bittasidir. Biroq 
bu operatsiyani berilgan aniqlikda amalga oshirish o‘ta qiyin, bunda 
birorta rang ham ustunlik qilishi kerak emas. Yashil rang – bu o‘simlik 
dunyosining rangi bo‘lib, u sirli xlorofillning fotosintezi tufayli hosil 
bo‘ladi. Yerga yorug‘lik tushganda suv va havodan elementlar ajraladi, 
shunda yashilda to‘plangan kuchlar tashqariga chiqishga intiladilar. 
Hosildorlik va qanoatlanganlik, harakatsizlik va ishonch bilim va 
e’tiqodni birlashtiradigan yashil rangning jonlilik hislatini aniqlaydi. 
Agar nurlanayotgan yashil rang kulrang bilan to‘silsa, unda 
kuzatuvchida osongina imillagan lanjlik sezgisi hosil bo‘ladi. Agar 
yashil sariq tuslarni qabul qilib, sariqsimon-yashil rangga yaqinlashsa, 
bu tabiatning yosh, bahorgi kuch taassurotini uyg‘otadi. Sariq-yashil 
rangsiz bahorgi tong yoki erta boshlangan yozni, umidsiz va quvonchli 
kutilgan natijalarsiz yozgi mevalarni taassavur qilib bo‘lmaydi. Sariq-
yashil rangga zarg‘aldoq rangni qo‘shish bilan uni oxirgi chegarasigacha 
faollashtirish mumkin, lekan bu holda u osongina dag‘al, beadab 
tavsifga ega bo‘lib qoladi. Agar yashil rang ko‘k tusni qabul qilsa, bu 
uning ruhiy ma’nolikligini oshirishga olib keladi. Marganes oksidi 
quyuq ko‘k-yashil rangga ega. Bu muz rangi, qizil-zarg‘aldoq ranglar 
dunyosida issiqlik qutbi ekanligiga o‘xshagan holda, sovuqlik qutbini 


208 
ifodalaydi. Ko‘k-yashil rang yashil va ko‘k ranglarga qarama-qarshi 
o‘laroq kuchli sovuq tajavuzkorlik taassurotini yaratadi. Yashil rang 
modulyatsiyasining amplitudasi o‘ta katta va konrastli solishtirish 
yordamida uning juda ham har xil jonli namoyon bo‘lishligiga erishish 
mumkin. 
ZARG‘ALDOQ (TO‘Q SARIQ). 
Zarg‘aldoq rang – sariqning qizil 
bilan aralashmasi - maksimal faol hisoblanadi. Moddiy sohada u quyosh 
yorug‘ligi ravshanligiga ega bo‘lib, qizil-zarg‘aldoq rang tusiga 
erishganda faollikning va issiq energiyaning maksimumiga erishadi. 
Bayramona zarg‘aldoq rang osongina mag‘rur, tashqi dabdabalilik tusni 
qabul qiladi. Oqargan ko‘rinishda u o‘zining tavsifini tezda yo‘qotadi, 
to‘q qora rang bilan esa hiralashadi va ma’nosiz, hech narsa 
anglatmaydigan va quruq jigarrangga o‘tadi. Agar bu jigarrang 
ochiltirilsa, unda o‘zining xayrixohligi bilan issiq, foydali atmosferani 
yaratadigan och jigarrang tuslar hosil bo‘ladi. 
BINAFSA. 
Ham qizilsimon, ham ko‘ksimon tuslarga ega 
bo‘lmagan toza binafsha rangni yuzaga keltirish o‘ta qiyin. Ko‘p 
insonlar binafshaning tuslarini ajrata olish qobiliyatiga ega emas. Bilim 
rangi hisoblangan sariqning muholifi bo‘lgan binafsha rang behushlik 
va maxfiylik, gohida xavf tug‘diradigan, gohida ruhlantiradigan, biroq 
har doim zo‘r taassurot qoldiradigan rang hisoblanadi. Qo‘shni keskin 
farq qiladigan ranglarga bog‘liq holda u ko‘pincha kuzatuvchilarda 
hattoki ruhan ezadigan kayfiyatni tug‘dirishi mumkin. Qachon binafsha 
rang katta maydonlarni qoplasa, ayniqsa qirmizi rangning yonida u aniq 
xavf tug‘diradigan bo‘lib qolishi mumkin. Gyote shunday degan edi: 
«landshaftga tushayotgan bunday turdagi yorug‘lik dunyo halokatining 
hamma dahshati to‘g‘risidagi fikrni tug‘diradi». 
Binafsha – bu g‘ayri ihtiyoriy mo‘minlik rangi bo‘lib, qoraygan 
yoki ko‘proq xira ko‘rinishda qora xurofotning rangi bo‘lib qoladi. 
To‘q-binafshadan xuddi undagi fojialar erib yorib chiqayotgandek 
tuyuladi. Biroq, qachon yorug‘lik va bilim uning qattiq qo‘l diyonatini 
ravshan qilib, uni yorishtirgan zahoti, uning go‘zal nozik tuslari bilan 
zavqlanish boshlanadi.
Binafsha tuslar dunyosining ifodali imkoniyatlar diapazonini eng 
umumiy ko‘rinishda quyidagicha taqdim etish mumkin: toza binafsha 
rang o‘zida zimistonni, o‘limni va bir vaqtning o‘zida diyonatni eltadi, 
ko‘k-binafsha rang yolg‘izlikni va tarki dunyo qilish tuyg‘usini 
chaqirali, qizil-binafshani samoviy sevgi va ruhiy ulug‘vorlik bilan 


209 
bog‘lash mumkin. Lekin shu bilan birga ko‘p o‘simliklarning murtaklari 
och-binafsha novdalarga va sariq donlarga ega bo‘lishadi.
Hamma yorqinlashtirilgan ranglar hayotning ko‘proq yorug‘ 
tomonlarini ifodalaydi deb qabul qilingan bo‘lsa, qoraytirilgan ranglar 
esa uning qora va negativ kuchlarining ramzidir.
Rangning jonli ifodalanishi to‘g‘risidagi bunday mulohazalarning 
aniqligini ikkita tajriba yordamida tekshirish mumkin. Agar ikkita rang 
bir biriga nisbatan qo‘shimcha bo‘lsa, unda ularning talqini ham o‘zaro 
qo‘shimcha bo‘lishi kerak.
Sariq : binafsha = sof bilim : qayg‘uli, his-hayajonli mo‘minlik. 
Sariq : zarg‘aldoq = tavozeli e’tiqod : g‘ururli o‘zini o‘zi anglash. 
Qizil : yashil = moddiy kuch : achinishlik. 
Qachon ikkita rang aralashtirilgan bo‘lsa, unda paydo bo‘lgan 
aralashmaning talqini uning har bir komponentlarining talqiniga mos 
tushishi kerak. 
Qizil + sariq = zarg‘aldoq = kuch va bilim mag‘rur o‘z-o‘zini 
anglashni tug‘diradi. 
Qizil + ko‘k = binafsha = sevgi va e’tiqod his-hayajonli 
mo‘minlikni tug‘diradi. 
Sariq + ko‘k = yashil = bilim va e’tiqod achinishni (hamdardlikni) 
tug‘diradi. 
Rang ifodaliligining ruhiy va hissisiyotliligi haqida qancha ko‘p 
fikr yuritilsa, shuncha u sehrli bo‘lib tuyulaveradi.
Bir tomondan rangning namoyon bo‘lishi o‘zi o‘zgaruvchan, 
boshqa tomondan, rangni boshdan kechirish bizning sub’ektiv 
qobiliyatimizdir.
Har bir rang beshta jihatdan o‘zgaradi: 
- rangning tasnifida, yashil ko‘proq sariqroq yoki ko‘kroq bo‘lishi 
mumkin, zarg‘aldoq esa ko‘proq qizilroq yoki sariqroq tuslarni qabul 
qilishi mumkin; 
- yorqinligida, qizil rang och qizil, qizil, to‘q qizil, ko‘k esa – havo 
rang, ko‘k va to‘q ko‘k bo‘lishi mumkin;
- to‘yinganligida, ko‘k rang ko‘proq yoki ozroq oq rang bilan 
ochiltirilgan yoki qora, kulrang yoki unga qo‘shimcha bo‘lgan 
zarg‘aldoq ranglar bilan to‘qlashtirilgan bo‘lishi mumkin; 
- miqdoriy nisbatlarda yoki rang maydonchasining yuzida, misol 
tariqasida yashil rangning katta maydoni sariq rangning kichik maydoni 
yonida joylashganida yoki polotnoda yashilga nisbatan sariq rang ko‘p, 
yoki polotnoda sariq qancha bo‘lsa, yashil ham shuncha; 


210 
- simultanli kontrast ta’sirlarning hosil bo‘lishi natijasida. 
Yuqorida keltilgan ma’lumotlar asosida rassomning ijodiy 
jarayoniga nisbatan tanqidiy mulohazalar bildirish mumkin. Uning 
taassurotlari va ruhiy kechinmalari juda shiddatli va ulkan bo‘lishi 
mumkin, biroq asar ustida ish boshlashdan avval u hamma ranglar 
gammasidan guruh uchun kerakli asosiyni tanlab olmasa, unda yakuniy 
natija shubhali bo‘lishi mumkin. Shu sababli turli tuman mumkin 
bo‘lgan imkoniyatlardan haqiqiy va to‘g‘risini tanlab olish uchun
beixtiyor idrok qilish, intuitiv fikrlash va pozitiv bilimlar bitta yaxlitlikni 
tashkil etishi lozim.
Matiss shunday deb yozgan edi: «Binoni qurish jarayoniga ko‘ra 
rasm solish jarayoni mantiqan kam emasligi ish to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilganda oydinlashadi. Bu yerda inson talantga egami yoki yo‘qmi, 
bu to‘g‘risidagi masala rol o‘ynashi kerak emas.. Agar talant bo‘lsa, 
unda qanday bo‘lmasin asarda ko‘rinadi».
Rangning ifodalilik imkoniyatlaridan foydalanish ayniqsa Konrad 
Vitsning (1410-1445) asarlariga avvalo quyidagi uning rasmlari uchun 
hos: «Sezar va Antipatr», «David va Abishay», «Sinagoga». Bazeldagi 
ommaviy badiiy to‘plam. Bu qatorga Neapol, Milliy muzeydagi Pitera 
Breygel Kattaning (1525-1569) «Ko‘rlar to‘g‘risidagi xikoyat», va 
Kolmar, Unterlinden muzeyi. Bazeldagi ommaviy badiiy to‘plamdan 
Izenxeym mehrobidan, Mattias Gryunevaldning (1475-1528) «Isoning 
tirilishi» asarlarini qo‘shish mumkin. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish