I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
3.4.5. Shakl va rang 
Shakl ham rang kabi o‘zining «hissiyotli-ma’naviy» ifodalilik 
qiymatiga ega. Rassomlarning asarlarida shakl va rangning bu ifodalilik 
sifatlari sinxron ta’sir ko‘rsatishlari lozim, ya’ni shakl va rang bir birini 
qo‘llab quvvatlashi lozim.
Uchta asosiy ranglar – qizil, sariq va ko‘k ranglardagi kabi uchta 
asosiy shakllar – kvadrat, uchburchak va doira uchun ham ularning 
o‘ziga xos ifodalilik tasniflari topilishi lozim. 
Kvadratnig asosiy xarakteri bir xil uzunlikdagi kesishadigan ikkita 
gorizontal va ikkita vertikal chiziqlar bilan aniqlanadi va u moddani, 
og‘irlikni va qattiq cheklovning ramzi bo‘lib hizmat qiladi. Qadimgi 
Misrda kvadrat «maydon» so‘zining ieroglifi bo‘lib hizmat qilgan. 
Shuning uchun ham, agar kvadratning to‘g‘ri tomonini va to‘g‘ri 
burchagini harakatni ifodalashda majburlansa, unda kuchli zo‘riqishning 
sezilishi tushunarlidir. Gorizontal va vertikallarda qurilgan hamma 
shakllar: krest, to‘g‘riburchak, meandr va ularning hosilalarini qo‘shib 
hisoblaganda kvadratsimon shakl xarakteriga ega bo‘ladi.
Kvadratga moddaning rangi kabi qizil rang mos keladi. Qizil 
rangning og‘irligi va shaffof emasligi statika va kvadratning og‘ir shakli 
bilan mos keladi.
Uchburchakning shakli uchta kesishadigan digonallardan hosil 
qilinadi. Uning o‘tkir burchagi jangovor va tajavuzkor bo‘lib tuyuladi. 
Uchburchakka digonal xarakterdagi hamma shakllar, masalan, romblar, 
trapesiyalar, zigzaglar va ularning hosilalari kiritiladi. Uchburchak – fikr 
ramzi bo‘lib, uning vaznsiz xarakteri och sariq rangga mos keladi. 
Doira – bu geometrik shakl bo‘lib, u biror bir tekislikda joylashgan 
ma’lum nuqtadan o‘zgarmas masofada harakat qilinganda hosil bo‘ladi. 
Kvadrat chaqiradigan harakatning og‘ir, zo‘riqqan sezgisiga qarama 


221 
qarshi doira uchun harakat tabiiy, o‘zgarmas va dam olish sezgisini va 
zo‘riqishning susayishini paydo qiladi. Doira – doimiy harakatdigi 
ruhiylikning ramzi sa-naladi. Qadimgi Hitoyda ibodatxonalarni qurish 
doira asosida rejalashtirilar edi. Imperatorlarning saroylari esa kvadrat 
shakllar asosida qurilar edi. Quyoshning astrologik ramzi markazida 
nuqta bo‘lgan doira hisoblanadi. Doiraga hamma doirasimon xarakterli 
egri-bugri shakllar ellips, oval, parabolaning to‘lqinsimon shakllari va 
ularning hosilalari kabilar kiradi. Rang sohasida doiraning uzluksiz 
harakatiga ko‘k rang mos keladi.
Umuman, kvadrat – harakatsiz moddaning ramzi hisoblansa, o‘zini 
hamma tomonga nurlantirayotgan uchburchak – fikr belgisi, doira esa – 
ruhning abadiy harakatning ramzi hisoblanadi. 
Agar ikkinchi tartibli ranglar uchun ularga mos keluvchi shakllar 
qidirishga harakat qilinsa, unda zarg‘aldoq uchun bu trapesiya, yashil 
rang uchun – sferik uchburchak va binafsha uchun ellips bo‘ladi (3.91 – 
rasm). 
3.91 – rasm. 
Ma’lum rangning unga mos keluvchi shaklga bo‘ysinishi 
qandaydir pa-rallellikni taxmin qiladi. Rang va shakl o‘zlarining 
ifodaliliklari bo‘yi-cha moslangan bo‘lsa, ularning tomoshabinlarga 
ta’siri ikki marta oshadi. Xususan rangining ta’siri bilan aniqlanadigan 
rasm, shaklning rangga bo‘ysinishi asosida qurilishi lozim bo‘ladi, 
rasmda shaklga asosiy ahamiyatini beradigan rassom esa, o‘zining rang 
yechimida shakldan borishi lozim.
қизил 
зарғалдоқ 
сариқ 
сариқ 
қизил 
кўк 
кўк 
бинафша 
яшил 


222 
Kub tarafdorlari shakl muammolariga alohida e’tibor berardilar va 
shu sababli rasmlarida foydalaniladigan ranglarni kamaytirib, rangga 
reduksiyali munosabatda bo‘lardilar. Ekspressionistlar va futuristlar ham 
shaklga, ham rangga bir xil darajada qiziqish namoyon qilardilar. 
Impressionistlar va abstraksionistlar shaklga qaraganda rangni afzal 
ko‘rardilar.
Rangga sub’ektiv munosabat haqida nima gapirilgan bo‘lsa, 
shaklga ham tegishli. Har bir odamning tuzilishiga mos holda ma’lum 
shaklni afzal ko‘rishi o‘ziga xosdir. Grafologlarning yozuvning 
sub’ektiv shaklining uni yozgan shaxs bilan bog‘liqligini astoydil 
tekshirishlari tasodif emas. Biroq qo‘l yozma shriftlarda ba’zi bir 
subektiv omillar namoyon bo‘lishi mumkin. 
Qadimgi Xitoyda sub’ektiv original xarakterga ega bo‘lgan 
shriftlar bilan zavqlanganlar. Biroq origanllik va garmoniyalik
muvozanatda bo‘lgan 
shriftlar qadrlangan.
Tush bilan chizilgan rasmlarda ham shu narsalar qadrlangan. Lyan 
Kay va boshqa buyuk ustalar keyingi qadamni qo‘ydilar. Mutloqlikni va 
har bir mavzuni ifodalilikning umumiy ta’sir etuvchi vositalari asosida 
yechishni qidirishga «originallik va stilning individualligi»ga bo‘lgan 
qiziqish o‘rnini bo‘shatib berdi. Lyan Kay xatining xarakteri shunchalik 
har xilki, bunda uning muallifligini aniqlash uchun katta zo‘riqish talab 
qilinadi. Shaklning sub’ektiv xarakteri oliy ob’ektiv haqiqat uchun u 
tomondan yengib o‘tildi. 
Rassomlik san’atida ko‘plab ob’ektiv o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
ikoniyatlar bor. Ular bo‘shliqni (prostranstvo) qurishda, urg‘u berish 
taqsimotida, koloritli va teksturali shakl va sirtlarni erkin tanlashda 
ochiladilar.
Yevropa rassomchiligida rang va shaklning ob’ektivligiga Mattias 
Gryunevald intildi. Bu vaqtda Konrad Vits va El Grekolar ayniqsa 
koloritda ob’ektiv bo‘lsalarda, biroq shaklni berishda esa, oxirigacha 
sub’ektiv edilar. Jorj de la Tur formal va rangli sub’ektivlikni afzal 
qo‘rsada, Van Gog kabi rang bilan ham, shakl bilan ham subyektiv 
ishlar edi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish