I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
3.4.4. Rang shari 
Rang o‘zining yettita kontrastlarida namoyon bo‘lish imkoniyatlari 
haqidagi tasavvurlar rang dunyosining butunlay aniq umumiy tizimini 
yaqqol qurish imkonini beradi. 
Buning uchun avval ham keltirilgan (3.9a - rasm), uchta asosiy 
rangga – sariq, qizil va ko‘k ranglarga asoslangan va asta-sekin bir 
biriga o‘tadigan o‘n ikki qismli rang doirasidan foydalanamiz (3.78 - 
rasm). Biroq bu sxema butun rang tizimining keng qamrovli obzori 
uchun yetarli emas. Bu yerda rangli tizimlashni o‘tkazish uchun Filipp 
Otto Runge tomonidan doiraning o‘rniga hammasidan ham ko‘ra loyiq 
deb shar shakli taqdim qilingan. Shar elementar hajmli va simmetrik 
shaklli bo‘lib, rangning xilma-xil hossalarini hammadan ko‘ra to‘liq 
ifodalash imkoniyatini beradi. U qo‘shimcha ranglar qonuni to‘g‘risida 
aniq tasavvur tuzish va xromatik ranglarning hamma asosiy o‘zaro 
munosabatlarini hamda ularning qora va oq ranglar bilan o‘zaro ta’sirini 
yaqqol ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Agar rang shari shaffof va uning 
har bir nuqtasida ma’lum rang joylashgan deb o‘zimizcha tasavvur 
qilsak, unda bizda shu zahoti hamma ranglarni ularning o‘zaro tobeligi 
bo‘yicha ifodalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Sharning har bir nuqtasi 
o‘zining meridiani va o‘zining paralleli yordamida aniqlanishi mumkin. 
Rang tartibi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish uchun bizga olti 
parallel va o‘n ikki meridian kerak bo‘ladi.


215 
3.78 – rasm. Rang shari 
Shar sirtiga bir biridan bir xil masofada joylashgan va yettita zona 
hosil qiladigan oltita parallel chizamiz hamda ularga perpendikulyar 
holda qutbdan qutbgacha 12 ta meridian o‘tkazamiz. Ekvator zonasida, 
o‘n ikkita bir xil sektorlarda o‘n ikkita qismli rang doirasining hamma 
toza ranglari joylashadi. Qutbli zonalarning tepa qismi oq, pastki qismi 
qora ranglar bilan qoplanadi. Oq rang va ekvatorial zona orasida har bir 
toza rangning ochlangan ikki bosqichi ketma-ket joylashtiriladi. 
Ekvatorial zonadan to‘q rangli qutb tomon yana har bir toza rangga 
ikkitadan, endi, to‘qlangan bosqichlari beriladi. Modomiki, o‘n ikkita 
toza ranglardan har biri och rangdan to‘q rangga o‘tish manzaralariga 
ega ekan, unda oqdan qora rang yo‘nalishi bo‘yicha bosqichlar har bir 
rang uchun alohida hisoblanishi lozim. Masalan, toza sariq rang juda 
yorqin va shu sababli uning ikki ochlangan tusi bir biriga juda yaqin, bu 
vaqtda uning ikkita to‘qlangan tusi esa bir biridan juda uzoq bo‘ladi. 
Binafsha rang toza ranglar orasida eng to‘q rangli va uning 
yorqinlashtirilgan tuslari bir biridan ancha uzoq, bu vaqtda to‘qlangan 
tuslari esa bir biriga juda yaqin bo‘ladi. O‘n ikki ranglarning har biri 
ularning asosiy xarakteridan kelib chiqib ochlanishi va to‘qlanishi lozim. 
Shunday qilib, ikkita ochlangan va ikkita to‘qlangan ranglar doirasini 
hosil qilamiz. Bularning har birida har xil ranglar har xil yorqinlikka ega 
bo‘ladi. Ya’ni, ochlangaglikning birinchi poyasida sariq rang binafshaga 
qaraganda ancha ochroq bo‘ladi, ya’ni o‘n ikki ranglarning barchasi har 
bir poyasda bir xil yorqinlikga ega bo‘lmaydi.
Rang sharini uch o‘lchovli illustrasiyada ko‘rsatishning iloji 
yo‘qligi sababli, uning sferik sirti tekislikka proyeksiyalanadi. Agar 
sharga yuqoridan qaralsa, uning markazida oq zona ko‘riladi. Bu zona 


216 
ochlangan tuslarning ikki poyaslari orasida va toza ranglarning 
ekavatorial zonasining yarmida joylashgan. Rang shariga pastdan qarab, 
uning markazida qora zonani, undan so‘ng unga yondaщgan ikkita 
to‘qlangan zonani hamda toza ranglarning ekvatorial qismining yarimi 
ko‘riladi. 
Rang sharining hamma sirtini ko‘rish uchun meridianalari 
bo‘yicha kesilgan va tekislikka proyeksiyalangan to‘qroq yarimshar 
taassavur qilinadi. Natijada 3.79 – rasmda ko‘rsatilgan o‘n ikki 
burchakli yulduzni hosil qilamiz. Uning markazida oq rang joylashgan. 
Unga ochlangan zonalar yondashgan bo‘lib, ulardan so‘ng toza ranglar 
zonasi va bu rangli yulduz nurlari uchlarining eng oxirida qora rangli 
ikkita to‘qlangan ranglarning zonasi keltirilgan.
3.79 – rasm. 
3.80 – rasmda rang sharining umumiy sirtining ko‘rinishi keltiril-
gan. Uning ekvatorial zonasida toza ranglar joylashgan. Ular sekin-asta 
ikki bosqichda ochiltiriladi va oq tasma bilan qo‘shilib ketadi. Qarama 
qarshi «yarimsharda» ham shuning o‘zi yuz beradi. Bu yerda toza 
ranglar asta-sekin ikki bosqichda to‘qlantiriladi va qora rangga o‘tadi. 
3.81 –rasmda mana shu jarayon sharning orqa tomoni uchun 
ko‘rsatilgan va shunday qilib, uning hamma sirti to‘liq qamrab olingan.
Agar sharning ichida nima yuz berganligini tushunishni holasak, 
unda uni qirqimini hosil qilish kerak bo‘ladi. 


217 
3.80 – rasm. 
3.81 – rasm. 
3.82 – rasm. 
3.83– rasm. 
3.82 – rasmda rang sharining ekvator bo‘yicha gorizontal qirqimi 
berilgan. Bu yerda markazda neytral kulrang rangli zona va tashqi 
tomoni bo‘ylab toza ranglardan tashkil topgan halqa ko‘rinmoqda. 
Ikkita toza ranglar va kulrang ranglar zonalari orasida qo‘shimcha 
ranglar aralashmasining zim-ziyo tuslari kelmoqda. Agar ekvatorial 
zonadan ikkita qarama-qarshi rang olinsa, unda to‘ldiruvchi ranglar 
bo‘limida keltirilgan 3.84-3.89 – rasmlarda taqdim qilingan 
xiralashtirishning hamma bosqichlarini olamiz. Bunga o‘xshash 
ko‘ndalang qirqimlar sharning ixtiyoriy beshta po‘yasining chizig‘i 
bo‘yicha o‘tkazish mumkin. 
3.84– rasm. 
3.85– rasm. 
3.86– rasm
3.87– rasm. 
3.88– rasm. 
3.89– rasm. 


218 
Sharning markazida uning vertikal o‘qi bo‘yicha oq qutbdan qora 
qutbgacha qator kulrang tuslar o‘tadi. Bizning tasvirimiz 
ochlantirishning yettita bosqichi bilan chegaralanadi va shu sababli 
kulrang tuslarning to‘rtinchi bosqichi oq va qora ranglar oralig‘idagi 
o‘rtacha kulrang tusga mos kelishi lozim. Bunda bu kulrang rang 
sharning o‘rtasini hosil qiladi. Bunga o‘xshash kulrang rang ixtiyoriy 
ikkita qo‘shimcha ranglarni aralashtirish yo‘li bilan ham hosil qilinishi 
mumkin.
3.83 – rasmda rang sharining qizil-zarg‘aldoq – ko‘k-yashil rang 
zonasi bo‘yicha vertikal qirqimi ko‘rsatilgan. Bu qirqimning ekvatorial 
qismining chap tomonda imkion boricha to‘yingan ko‘k-yashil rang va 
o‘ng tomonida imkion boricha to‘yingan qizil-zarg‘aldoq rang 
joylashadi. Undan so‘ng markaziy o‘q tarafiga ularning aralashgan 
variantlarining ikki bosqichi kelmoqda, ekvatorial zanjirchaning 
hammasi esa butunlay oq kutbga tomon asta-sekin ochlanadi va qora 
qutbga tomon esa to‘qlanadi. Bosqichlarning ochlanish va to‘qlanish 
darajalari teng va har bir bosqichdagi kulrang tusga mos kelishi lozim.
Rangli gradatsiyalar bilan gorizontal va vertikal qirqimlarda 
mashqlar rang haqidagi bizning tasavvurimizni takomillashtiradi. 
Gorizontal qatorlarda toza ranglar tashkil etiladi, vertikal qatorlarda 
ularning gradatsiyalari ochlantirish va to‘qlantirish tomonga beriladi. Bu 
tizimlashtirish 
bizning 
rangga 
bo‘lgan 
sezgimizni 
rangning 
ochlantirilganlik va to‘qlantirilganlik bosqichlarini idrok etish nuqtai 
nazar bo‘yicha ham, his etish nuqtai nazar bo‘yicha ham rivojlantirish 
imkoniyatini beradi. 
Rang shari quyidagilarni ifodalash imkoniyatini beradi: 
sferik sirtda ekvator bo‘yicha joylashgan toza spektral ranglarni; 
gorizontal qirqimlarda joylashgan qo‘shimcha juftlarning 
aralashgan ranglarini; 
oq qutb yo‘nalishi bo‘yicha ochlantirilgan va qora qutb 
yo‘nalishida to‘qlantirilgan qo‘shimcha ranglarning ixtiyoriy juftliklar 
aralashmasini.
Rang sharining markazida mahkamlangan magnit strelkasi bor 
faraz qilamiz. Agar strelkaning bir uchini sharning biror bir nuqtasiga 
yo‘naltirsak, unda ikkinchi uchi simmetrik nuqtaga – birinchi rangga 
qo‘shimcha bo‘lgan rangga yo‘naladi. Agar strelkaning uchi qizil 
rangning ikkinchi bosqichdagi ochlanganligini, ya’ni aniq qizg‘ish 
rangni ko‘rsatsa, unda uning ikkinchi uchi shu bosqichli to‘qlangan 
qo‘shimcha yashil rangni ko‘rsatadi. Agar strelkaning uchini 


219 
zarg‘aldoq rangning ikkinchi to‘qlangan bosqichiga, ya’ni aniq 
jigarrangga yo‘naltirilsa, unda magnit strelkasining boshqa uchi ko‘k 
rangning ochlangan ikkinchi bosqichini ko‘rsatadi. Shunday qilib, faqat 
qarama-qarshi yotgan ranglargina emas, balki ularning ochlangan 
bosqichlari ham bir biri bilan chambarchas o‘zaro bog‘langan bo‘ladi.
3.90 – rasmda ikkita bir biriga qarama qarshi bo‘lgan ranglar 
orasida o‘tishning beshta asosiy usullari ko‘rsatilgan. Agar qo‘shimcha 
ranglar juftligi,
3.90 – rasm.
masalan, zarg‘aldoq va ko‘k ranglar bilan ishlash xohlansa, unda ularni 
birlashtiradigan ranglar qidiriladi, unda avvaliga bu ikki rang rang 
sharida cheklab 
qo‘yilishi kerak. Ekvatorial chiziqda joylashgan zar-g‘aldoq qizil 
rangga, undan o‘tib binafsha rang tomon harakatlanadi, bu bitta 
yo‘nalish, ikkinchi yo‘nalish –sariqqa va yashilga qarab harakatlanib 
ko‘kka o‘tadi. Bular rang harakatining gorizontal variantlari hisoblanadi. 
Biroq shu zarg‘aldoq bitta yo‘nalishda rang meridian bo‘yicha 
harakatlanib och zarg‘aldoq, oq va och havorang orqali ko‘k bilan 
birlashadi, boshqa yo‘nalishda esa to‘q-zarg‘aldoq, qora va to‘q ko‘k 
ranglar orqali ko‘k bilan birlashadi. Bu ularning o‘zaro bog‘lanishining 
vertikal yo‘li hisoblanadi.
Agar rang sharining diametri bo‘ylab zarg‘aldoqdan ko‘k rang 
tomonga yurilsa, unda ikkita qo‘shimcha ranglar kulrang yordamida 
birlashishi mumkin bo‘ladi yoki zarg‘aldoqning ko‘k bilan boshqa 
aralashmalari quyidagi tartibda: zarg‘aldoq-kulrang, kulrang va ko‘k-
қора 
кўк 
зарғал- 
доқ 


220 
kulrang. Bu ularning o‘zaro ta’sirlashishining diagonal yo‘li. Bu beshta 
asosiy yo‘nalishlar ikkita qo‘shimcha ranglarni birlashtiruvchi 
chiziqlarning eng qisqasi va eng osoni hisoblanadi.
Bu berilgan tizimlashtirish rangni o‘zlashtirishdagi hamma 
qiyinchi-liklarni yo‘qotadi deb o‘ylash juda ham to‘g‘ri emas. Ranglar 
dunyosi haddan tashqari ko‘p ichki imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularning 
rang-barangligini qisman elementar tizimlashtirishga keltirish mumkin 
bo‘ladi. Har bir rang o‘zi bo‘yicha misoli butun kosmos kabidir. Biroq 
bu mavzuda uning faqat elementar asoslari bayon qilinganligi bilan 
qanoatlanishimiz lozim.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish