I qism. Fotometriya asoslari


 Rangli sirtlarning yuzasi bo‘yicha kontrast



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

3.3.7. Rangli sirtlarning yuzasi bo‘yicha kontrast 
Rangli sirtlarning yuzasi bo‘yicha kontrast ikkita yoki bir nechta 
rangli sirtlarning orasidagi o‘lchamli nisbatlarni tavsiflaydi. Uning 
mohiyati «ko‘p» va «kam», «katta» va «kichik» orasini qarshi 
qo‘yishdir.
Ranglarni bir biri bilan ixtiyoriy o‘lchamdagi sirtlar bilan tuzib 
chiqish mumkin. Biroq, ikkita yoki bir nechta ranglar o‘rtasidagi qanday 
miqdoriy yoki fazoviy munosabatlar moslashgan deb hisoblash 
mumkinligini aniqlashtirish va qanday sharoitlarda ulardan birortasi ham 
boshqalarga qaraganda katta bo‘lib ajralib turishi mumkin emasligini 
oydinlashtirish kerak bo‘ladi. Rangning ta’sir qilish kuchini ikki omil 
aniqlaydi. Birinchidan rangning yorqinligi, va ikkinchidan rangli sirt 
o‘lchami. Ba’zi bir u yoki bu ranglarning yorqinligini aniqlash uchun 
ularni neytral kulrang fonda o‘zaro solishtirish zarur. Bunda alohida 
ranglarning ta’sir etish intensivligi yoki yorqinlik darajasi har xil 
bo‘ladi. 
Gyote bu hollar uchun juda qulay bo‘lgan oddiy sonli nisbatlarni 
joriy qildi. Bu nisbatlar taxminiy, biroq, agar har xil fabrikalarda ishlab 
chiqilgan, bir xil nomda sotuvga qo‘yilgan bo‘yoqlar bir biridan kuchli 
farq qilsa, kim ham aniq ma’lumotlarni talab qilardi? Pirovardida ko‘z 
hal qiladi. Bundan tashqari, rasmdagi rangli qismlar ko‘pincha ayrim 
bo‘laklardan iborat va shakli bo‘yicha murakkab bo‘ladi, va ularni oddiy 
sonli nisbatlarga keltirish ancha qiyin. Agar ko‘zning rangga sezgirligi 
rivojlangan bo‘lsa, u katta ishonchga arziydi.


189 
Gyote bo‘yicha asosiy ranglarning yorqinlik darajasini quyidagi 
nisbatlar tizimi bilan taqdim qilinadi:
sariq: 

To‘q sariq: 

qizil: 

binafsha: 

ko‘k: 

yashil: 

Quyidagi qo‘shimcha ranglar juftliklarining yorqinlik nisbatlarini 
keltiramiz: 

sariq : binafsha = 9:3 = 3:1 = 3/4 : 1/4 

to‘q sariq : ko‘k = 8:4 = 2:1 = 2/3 : 1/3 

qizil : yashil = 6:6 = 1:1 = 1/2 : 1/2 
Ranglari sirtlarning o‘lchamlarini uyg‘unlashtirish uchun bu 
ma’lumotlarni e’tiborga olsak, unda yorug‘lik kattaliklari nisbatlariga 
teskari bo‘lgan ekvivalentlardan foydalanish zarur. Ya’ni sariq rang uch 
marta yorqinroq bo‘lganligi uchun qo‘shimcha binafsha rang egallagan 
fazoning uchdan birini egallashi kerak. 
3.58 - rasm 
3.59 - rasm 
3.60 – rasm 
3.61 - rasm 
3.62 - rasm 
3.63 - rasm 


190 
3.58-3.60 – rasmlarda ko‘rsatilgani kabi, qo‘shimcha ranglar bilan 
to‘ldirilgan sirtlarning garmonik nisbatlari uchun quyidagi proporsiyalar 
xarakterli: 

sariq : binafsha = 1/4 : 3/4 

to‘q sariq : ko‘k = 1/3 : 2/3 

qizil: yashil = 1/2 : 1/2 
Shunday qilib, asosiy va qo‘shimcha ranglar uchun sirtning 
garmonik o‘lchamlari quyidagi sonli nisbatlar bilan ifodalagishi 
mumkin: 
sariq: 

to‘q sariq: 

qizil: 

binafsha: 

ko‘k: 

yashil: 

Yoki: 

sariq : to‘q sariq = 3 : 4 

sariq : qizil = 3 : 6 

sariq : binafsha = 3 : 9 

sariq : ko‘k = 3 : 8 

sariq : qizil : ko‘k = 3 : 6 : 8 

to‘q sariq : binafsha : ko‘k = 4 : 9 : 6 
Mana shunga muvofiq holda qolgan hamma ranglarni ularning 
o‘zaro mutanosib bog‘lanishini ko‘rsatish mumkin.
3.61 – rasmda asosiy va qo‘shimcha ranglarning fazoviy 
tavsiflarida garmonik nisbatlarining doirasi keltirilgan. U quyidagicha 
qurilgan: 

avvalo to‘liq doira uchta teng bo‘lakka bo‘linadi, undan so‘ng 
ularning har biri ikkita qo‘shimcha ranglarning sonli nisbatlariga 
proporsional ravishda bo‘linadi: 
- sariq va binafsha ranglar uchun doiraning uchdan bir qismi 1/4 : 
3/4 nisbatlarda bo‘linadi, 
- doiraning ikkinchi uchdan bir qismi to‘q sariq va ko‘k uchun 1/3 
: 2/3 kabi bo‘linadi, 


191 
- va oxirgi uchdan bir qismi qizil va yashil uchun 1/2 : 1/2 
nisbatlarda taqdim etilgan. 
Bu proporsiyalar topilgandan so‘ng, shu o‘lchamda boshqa doira 
chiziladi va bu yerda topilgan proporsiyalarga mos holda rangli 
doiradagi ketma-ketlikka binoan: sariq, to‘q sariq, qizil, binafsha, ko‘k 
va yashil rangli qator hosil qilinadi. 
O‘zining o‘lchamlarida uyg‘unlashtirilgan rangli sirtlar sokinlik va 
barqarorlik taassurotini tug‘diradi. Bunday holda rangli sirtlarning 
yuzasi bo‘yicha kontrast rangli sirtlarning uyg‘un holda tuzilganligi 
tufayli neytrallashadi. 
Miqdoriy nisbatlarning bu yerda keltirilgan tizimi faqat maksimal 
to‘yingan ranglardan foydalanilgandagina kuchga ega bo‘ladi. Agar 
to‘yinganlik o‘zgarsa unda yorug‘lik sirtlarining mos o‘lchamlari ham 
o‘zgaradi. Bu ikkita omil – ham to‘yinganlik, va ham rangli sirtning 
o‘lchami o‘zaro juda qalin bog‘langan. 
3.62 – rasmda qizil va yashil rang teng holda fazoviy nisbatlarda 
berilgan. Qizil va yashil qo‘shimcha ranglar sifatida o‘zining rangli 
maydonlarining teng bo‘lgan fazolariga ega bo‘lganiligi uchun turg‘un, 
mustahkam garmoniyali tuyg‘uni hosil qiladi. Biroq, bu fazoviy 
nisbatlar buzilgan holda mavhum notinchlik paydo bo‘ladi. 
Agar rangli kompozitsiyada ranglar o‘rtasidagi garmonik fazoviy 
nisbatlar o‘rniga biror bir rang ustunlik qilsa, kompozitsiya alohida 
hayajonli faollikni egallaydi. Tanlangan nisbatlarning konkretligi 
qo‘yilgan maqsad bilan aniqlanadi va rasmning mavzusi rassomning 
badiiy tuyg‘usi va didiga bog‘liq bo‘ladi.
Maydon bo‘yicha ranglarning kuchli ifodalangan kontrastida ular 
butunlay yangi taassurot tug‘diradi.
3.63 – rasmda qizil rang imkon boricha minimal miqdorda 
ifodalangan. Yashil rang unga nisbatan ulkan maydonni egallagan, 
shunga binoan simultanli kontrast qonuni bo‘yicha qizil, aksincha, 
kuchliroq jaranglashni boshlaydi.
Simultanli kontrastga bag‘ishlangan mavzuda ko‘z berilgan har bir
rangga qo‘shimcha rang talab qilishligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Hozirgi 
vaqtgacha bu hodisaning sababi aniqlangan emas. Ehtimol, inson 
qandaydir umumiy muvozanatga va o‘zini o‘zi himoya qilishga 
intilishga bo‘ysingan bo‘ladi. Rangli sirtlarning yuzalari bo‘yicha 
kontrast o‘zining alohida ta’siri uchun ham mana shu intilishdan 
minnatdordir. Kam miqdorda qolgan va kichik yuzani egallagan, go‘yo 
«kulfat» ga uchragan rang, agar 3.62 – rasm-dagidek uyg‘unlashtirilgan 


192 
proporsiyalardan foydalanilgan bo‘lsa, ta’sirlanadi, himoyalanadi va
undan ko‘ra nisbatan ko‘proq kuchliroq taassurot uyg‘otadi. Bu fakt 
biologga ham, bog‘bonga ham ma’lum. Qachon o‘simlik, hayvon yoki 
inson hayotning og‘ir sharoitiga uchrab og‘ir ahvolga tushib qolsa, unda 
shu o‘simliklarda, hayvonlarda va insonlarda qarshilik kuchlari 
uyg‘onadi. Ular baxtli sharoit yuz berib qolgan taqdirda ulkan 
natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Agar rasmga uzoq vaqt mahliyo 
bo‘lib qaralganda arzimagan yuzani egallaydigan biror bir rangga 
diqqat jalb etilsa, unda bu rang borgan sari intesivlashadigan tuyulishni 
boshlaydi va hayojonlantiruvchi ta’sir qiladi.
Ikkita o‘zaro bir birini kuchaytiruvchi kontrastlarning qo‘llanilishi 
tufayli rasmga ajoyib jonlilik va noyob ta’sirchanlik baxsh etiladi. Bu 
yerda rangli sirtlarning yuzasi bo‘yicha kontrastning o‘ziga hos 
xususiyati, ya’ni uning boshqa hamma kontrastlarning namoyon 
bo‘lishligini o‘zgartirish va kuchaytirish qobiliyati namoyon bo‘ladi. 
Och va to‘q ranglar kontrastiga bag‘ishlangan mavzuda rangning 
mutanosibligi to‘g‘risida ozgina bo‘lsa ham gapirilgan edi. Aslida 
anig‘i, faqat yuza bo‘yicha kontrast to‘liq ma’noda proporsiya 
(mutanosiblik) kontrasti hisoblanadi. Agar och va to‘q ranglar 
kontrastiga asoslangan kompozitsiyada katta to‘q rang qismi kichik och 
rang qismi bilan keskin farq qilsa, unda bu taqqoslab ko‘rish tufayli asar 
alohida chuqur mazmun egallashi mumkin. Masalan, Rembrandtning 
«Oltin dubulg‘ali erkak» rasmida uning yelkasidagi uncha katta 
bo‘lmagan yorug‘ sirt erkak boshining umumiy hajmi bilan kontrast 
taqqoslash beihtiyor obrazning alohida ahamiyatliligini his etishni 
singdirishga majbur qiladi. Mondrianning ishlarida qizil, sariq va ko‘k 
rangli taram-taram yo‘lli kompozitsion strukturalar polotnoning umumiy 
o‘lchamlarini ushlab turadi. Breygelning «Ikarning yiqilishi» rasmida 
peyzajning ko‘k-yashil-jigarrang koloritini kontrastli solishtirish va 
undagi yer haydovchining yengidagi va yoqasidagi uncha katta 
bo‘lmagan ora-sira joylashgan qizil-zarg‘oldoqli sirt bu safar boshqa rol 
bajaradi, ya’ni rasmning tasviriy butunligini ta’minlaydi. Rassomlik 
asari ustida ishlashda rangli sirtlarning o‘lchamlarini moslash kamida 
rang gammasini tanlash kabi muhimdir, chunki har bir rangli 
kompozitsiya rangli sirtlarning munosabatlaridan kelib chiqishi va 
rivojlanishi kerak.
Rangli sirtlarning shakllari, o‘lchamlari va ko‘rinishi (konturi) 
rasmning o‘zi bilan oldindan hal qilinmasdan, rangning tavsifi va uning 
integsivligi bilan aniqlanishi lozim.


193 
Bu qoidaga amal qilish ayniqsa rang massasini aniqlash uchun 
muhimdir. Rangli sirtlarning o‘lchamlari har qanday holatda ham 
chiziqli konturlar yordamida aniqlanishi mumkin emas, chunki bu 
o‘lchamlar bo‘yoqning intensivligi, rangning tavsifi, uning yorqinligi va 
ranglarni kontrastli solishtirishga ko‘pincha bog‘liq bo‘lgan ta’sir kuchi 
bilan aniqlanadi. Agar sariq sirt och tuslar orasida ajralib turishi kerak 
bo‘lsa, unda u egallagan yuza to‘q tuslar qurshovida turgandaligiga 
qaraganda ancha katta yuzani egallashi kerak bo‘ladi. To‘q tuslar 
qurshovida yuzasi kichkina sariq sirt yetarli bo‘ladi, chunki uning 
yorqinligi atrofidagi tuslar tomonidan kuchayadi.
Mana shunga o‘xshatib hamma rang massalarining o‘zaro 
bog‘lanishlarini ularning ta’sir kuchiga mos holda safga tizish kerak 
bo‘ladi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish