3.3.3. Sovuqlik va issiqlik kontrasti
Birinchi qarashda haroratni sezishni rangni ko‘rish orqali idrok
etish bilan bir biriga tenglashtirish g‘alati tuyulishi mumkin. Biroq ko‘k-
yashil rangga bo‘yalgan ustaxonalar bilan qizil-to‘q sariq rangga
bo‘yalgan ustaxonalarda issiq va sovuqni subyektiv his etish 3-4
gradusga farqlanishini tajribalar ko‘rsatdi. Ko‘k-yashil binolarda
ishchilar 15
o
S li haroratda sovuqqa shikoyat qila boshlashgan bo‘lsa, bu
vaqtda qizil-to‘q sariqli binolarda esa ular faqat 11-12
o
S haroratdagina
sovuqqa shikoyat qilishni boshlashgan.
Ilmiy tekshirishlar ko‘k-yashil rang qon aylanish impulsini
kamaytirishini ko‘rsatdi, bu vaqtda qizil-to‘q sariq ranglar esa buni
kuchaytiradi. Bunga o‘xshash natijalar hayvonlar ustida o‘tkazilgan
tajribalarda ham olindi. Chopqir otlar otxonasi ikki qismga bo‘linib, bir
qismi ko‘k rangga, ikkinchisi esa qizil-to‘q sariq rangga bo‘yaldi. Ko‘k
rangli bo‘lmada otlar poygadan so‘ng tezda taskin topib sovushgan, qizil
bo‘lmada esa aksincha uzoq vaqt o‘zligiga kelishgan va sovushmagan.
Bundan tashqari ko‘k bo‘lmada pashshalar bo‘lmagan, bu vaqtda qizil
bo‘lmada esa ular juda ko‘p bo‘lgan. Ikkita tajriba ham issiq va sovuq
175
kontrastining ranglar yechimi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatmoqda. Kasalxonalarda ham rang bilan muolaja qilishda sovuq va
issiq ranglarning hossalari o‘ta muhim rol o‘ynaydi.
Rang doirasida sariq rang – eng och, binafsha rang esa – eng to‘q
rang ekanligi ko‘rinib turibdi. Bundan, bu ikki rang och va to‘q
ranglarning eng kuchli kontrastini hosil qiladi demakdir. «Sariq -
binafsha» o‘qiga to‘g‘ri burchak ostida «qizil-to‘q sariq» va «ko‘k-
yashil» lar joylashgan bo‘lib, bular sovuqlik va issiqlik kontrastining
ikki qutbi hisoblanadi. Qizil-to‘q sariq, yoki qizg‘ish ranglar – eng issiq,
ko‘k-yashil, yoki marganes oksidi – eng sovuq rang bo‘ladi. Odatda
sariq, sariq-to‘q sariq, to‘q sariq, qizil-to‘q sariq, qizil va qizilsimon-
binafsha ranglar issiq ranglar deb, sariq-yashil, yashil, ko‘k-yashil, ko‘k,
ko‘k-binafsha va binafsha rangalr esa – sovuq ranglar deb atash qabul
qilingan. Biroq bunday tasniflash osongina yanglishishga olib kelishi
mumkin.
Mutlaqo oq va qora qutblar eng och va eng to‘q rangni
ifodalaganligi kabi, hamma kulrang tuslar to‘qroq yoki ochroq tuslar
bilan keskin farq qilishiga bog‘liq bo‘lib, nisbatan och va to‘q rangli
bo‘ladi. Ko‘k-yashil va qizil-to‘q sariq ranglar sovuq va issiqning
qutblari bo‘lgani kabi har doim sovuq va issiq, bu vaqtda ular orasida
joylashgan oraliq ranglar issiqroq yoki sovuqroq ranglar bilan keskin
farq qilishiga bog‘liq holda sovuq yoki issiq bo‘lishi mumkin. Sovuq va
issiq ranglarning tavsifini quyidagi solishtirishlar orqali ifodalash
mumkin:
sovuq — issiq;
soyali — quyoshli;
shaffof — shaffof emas;
taskin beruvchi — hayojonlantiruvchi;
suyuq — quyuq;
havo — yer;
uzoq — yaqin;
yengil — og‘ir;
nam — quruq.
Sovuqlik va issiqlik kontrasti namoyon bo‘lishining bu har usullari
katta tasviriy san’at va o‘ziga hos musiqaviylikga erishish imkoniyatini
beradigan ulkan ifodalilik imkoniyatlari haqida darak beradi.
Tabiatda ancha uzoqdagi buyumlar bizni ulardan ajratib turuvchi
havo qatlami sababli ancha sovuqroq bo‘lib tuyuladi. Sovuqlik va
issiqlik kontrasti tasvirning yaqinligini va yiroqligini his etish tuyg‘usiga
176
ham ta’sir qilish hossasiga ega. Bu hossa perspektivani berishda va
plastiklikni his etishda eng muhim tasvirlash vositasi hisoblanadi.
Agar ma’lum kontrast nuqtai nazardan qat’iy izchillikli va ishlab
chiqilgan kompozitsiyani yaratish kerak bo‘lsa, unda hamma qolgan
kontrastli ko‘rinishlar ikkinchi darajali bo‘lishi kerak yoki ulardan
umuman foydalanish kerak emas.
Sovuqlik va issiqlik kontrastida qizil-to‘q sariqga ko‘k-yashilni
qutbli qarshi qo‘yilganligini 3.32-rasm namoyish qiladi, 3.33-rasmda esa
har bir rang egallagan yuzasi o‘zgargan holdagi kontrast ko‘rsatilgan.
3.34 va 3.35 - rasmlarda bitta binafsha rang yuqori rasmda qo‘shni
sovuq ranglar qurshovida joylashgan bo‘lib issiq tusga ega, pastki
rasmda esa issiq ranglar qurshovida joylashgan bo‘lib, sovuq tusga ega
bo‘ladi.
3.37 - rasmda qizil-to‘q sariq rangning sovuq rangdan issiq rangga
o‘tishi ko‘rsatilgan. 3.38 - rasmda esa o‘sha o‘zgarishlar ko‘k-yashil
rang chegarasida keltirilgan.
Issiqlik va sovuqlik kontrastli mashqlarda och va to‘q ranglar
kontrasti butunlay istisno qilinadi va kompozitsiyaga kiradigan hamma
ranglar bir xilda och yoki bir hilda to‘q bo‘lishi shart.
Bu modulyatsiyalar ixtiyoriy tus darajasida bajarilishi mumkin,
biroq eng ko‘p maqbul bo‘ladigan sharoit, bu tuslarning o‘rtacha
yorqinligidir.
Rang tavsiflarini o‘zgartirish o‘n ikki qismli rang doirasida qo‘shni
turgan to‘rtta rangdan u yog‘iga o‘tishi mumkin emas.
3.32 - rasm
3.33 - rasm
3.34 - rasm
3.35 - rasm
3.36 - rasm
177
3.37 - rasm
3.38 - rasm
Qizil-to‘qsariq rang bilan bajariladigan mashqni to‘q sariq, sariq-
to‘q sariq, qizil va qizil-binafsha ranglar uchun ham qo‘llash mumkin.
Ko‘k-yashil rang bilan bajariladigan mashqni yashil, sariq-yashil, ko‘k
va ko‘k-binafsha ranglar uchun qo‘llash mumkin.
Agar sovuqlik va issiqlik eng yuqori ifodalanadigan kutbli qarama-
karshiligiga erishish kerak bo‘lsa, ko‘k rang orqali ko‘k-yashil rangdan,
ko‘k-binafsha, qizil-binafsha, qizil, qizil-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan
xromatik shkala qurish kerak bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki bu shkala
katta yoki kichik miqdordagi tus bosqichlaridan tashkil topishi mumkin.
Sariqdan qizil-to‘q sarikgacha bo‘lgan sovuq-issiq ranglarning xromatik
qatoridagi hamma ranglar sariq rangning yorqinligiga teng bo‘lsagina bu
qator yaroqli bo‘ladi, aks holda och va to‘q ranglar kontrasti bilan ish
qo‘rishga to‘g‘ri keladi.
Foydalanilgan ranglarning yorqinligi va qoramtirligida farqlar
bo‘lmasa bu modulyatsiyalar mukammal go‘zallikga erishadi.
3.37 va 3.38 - rasmlarda sovuq va issiq ranglarning xromatik
modulyatsiyasi berilgan, 3.36-rasmdagi kompozitsiya esa ranglarning
kontrastli
solishtirish
hisobiga
ularni
maksimal
jaranglashiga
erishilishini ko‘rsatadi.
Sovuqlik va issiqlik kontrastini boshqa rang kontrastlari ichida eng
«jarangdori» deb hisoblash mumkin. Shu tufayli rang yordamida osmon
gumbazining oliy ohangdorligini berish imkoniyati ochiladi. Gryunevald
bu kontrastdan «Farishtalar xori» asarida rang asosini yaratishda va
Mariya bilan kompozitsiyada bo‘lgan samodagi Allohi-taoloni
qurshagan farishtalar tasvirlangan Izenxeym mexrobning ikkita boshqa
sahnasida hamda Isoning tirilishi sahnasida koloristik yechimda
foydalandi. Gryunevald ilohiy ibtidoni his etishni berishni hohlaganda
shu kontrastga murojaat qilgan.
Abbat Shuger Parijdagi San-Deni cherkovida birinchi rangli
vitrajni muqad-daslashtirishda qavmga quyidagi so‘zlar bilan murojaat
178
qildi: «….insonga belgilan-gan maqsadning moddiy ma’nosi
materiyaning oliy nomoddiy mohiyatini anglash-dan iborat». Vitrajdagi
yarqirab turgan ierogliflar mana shuni tushunish uchun mo‘ljallangan.
Ularning sehrli shu’lasi shunchalik to‘liq sirli ediki, dindorlar bevosita
yaltirayotgan vitraj oynasi orqali narigi dunyoga kirayotganini his
qilardilar. Vitrajlarni idrok etish ularda oliy ma’naviylikka dahldorlik
tuyg‘usini qo‘zg‘atadi.
Issiq qizil va sovuq ko‘k ranglarning simvolik birikmalariga
asoslangan Shartr soborining vitrajlari quyoshning nafas ritmi bilan
birgalikda nafas oladi. Vitrajning rangi kun davomida yorug‘likning
harakatchanligi va quyosh nurlarining tushish burchagining o‘zgarishi
natijasida osmonning yoritilganligining birgalikda doimo o‘zgarishi
tufayli har xil bo‘ladi. Shu tufayli shaffof shisha moddasi qimmatbaho
toshlarning nur sochish kuchiga ega bo‘lib qoladi.
Mone peyzaj rassomchiligiga o‘tganidan so‘ng ustaxonasida rasm
chizishni to‘xtatdi va o‘zini plenerga bag‘ishladi. U yilning, kunning
har xil vaqtlarida va har xil ob-havoda rang nisbatlarining o‘zgarishiga
landshaft holatining bog‘liqligini intensiv ravishda o‘rganishni boshladi.
U o‘zining rasmlarida havoda yorug‘likning miltillashini va qaynoq
yerning bug‘lanishini, bulutlarda va ko‘tarilayotgan tumanda
yorug‘likning sinishini, tinch suv yuzini va to‘lqinni, daraxtlar shox-
shabbasida yorug‘lik va soyaning o‘ynashini tasvirlashga intildi. U
buyumlarning lokal ranglari yoritilganlikka yoki soyalanganlikka
bog‘liq holda, hamda hamma tomondan reflektirlanayotgan rangli nurlar
yordamida olachiporlikka ega bo‘lishini kuzatdi. Bu esa avvalo och va
to‘q ranglardan ko‘ra issiq va sovuq ranglarning o‘zgarishiga
asoslangan. Monening peyzajlarida nihoyat rassomchilikda an’ana
bo‘lgan faqat och va to‘q ranglar kontrastidan foydalanishdan voz
kechilib, uning o‘rnini shu vaqtdan boshlab issiqlik va sovuqlik kontrasti
egalladi.
Impressionistlar soya ranglarining rolini bajaradigan osmonning va
havoning sovuq ko‘k rangi har doim quyosh yorug‘ligining issiq tuslari
bilan keskin qarama-qarshi bo‘lishligini kashf qilishdi. Mone, Pisarro va
Renuar asarlarining maftunkorligi ko‘pincha sovuq va issiq ranglar
modulyatsiyasining g‘aroyib o‘yinining natijasidadir.
Issiqlik va sovuqlik kontrastidan foydalanganlikka misol tariqasida
hizmat qilishi mumkin bo‘lgan asarlar: Shartr soborining Vitrajlari (XII
asr); Mattiasa Gryunevaldning (1475-1528) Izenxeym mehrobidagi
«Farishtalar xori», Kolmar, Unterlinden muzeyi; Ogyust Renuarning
179
(1841-1919), «Mulen de lya Galett», Parij, Orse muzeyi; Klod
Monening (1840-1926) «London parlamentitumanda», Parij, Orse
muzeyi; Pol Sezanning (1839-1906) «Olmalar va apelsinlar», Parij, Orse
muzeyi .
Do'stlaringiz bilan baham: |