I qism. Fotometriya asoslari


 Bir tizimdan boshqa tizimga o‘tish va rangni tanlash



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

3.2.6. Bir tizimdan boshqa tizimga o‘tish va rangni tanlash 
RGB tizimidan CMYK tizimiga o‘tishda эng asosiy qiyinchilik 
shundaki, эkranda osongina ko‘rchatiladigan ba’zi bir ranglarni


160 
qog‘ozda (CMYK tizimida) ko‘rsatib bo‘lmaydi. Agar эkranda 
osongina rang tusini bit aniqligiacha qilish mumkin bo‘lsa, bo‘ёqlarni 
(noideal sifatilida) aralashtirib shunday aniqlikda hosil qilishning iloji 
yo‘q. Shu sababli эkranda hayratga soladigan tasvir qog‘ozda rangi 
o‘chgan va xunuk bo‘lib ko‘rinadi. 
Shu sababli kompyuterda rassom tomonidan tayёrlangan rasmni
munosib ravishda ko‘rinadigan bosma holga o‘tkazishda ancha-muncha 
mexnat qilish kerak bo‘ladi. Ba’zi bir dasturlarda avvaldan CMYK 
rejimiga o‘tish va tasvirni mana shu sxemada yaratish mumkin bo‘ladi. 
Agar hosil qilinadigan tasvir qog‘ozda эmas, faqat эkranda ko‘rish 
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, Web-dizayn holda), u holda RGB 
sxemada ishlagan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Photoshop – tasvirlarni qayta ishlash va ularni bosmaga tayёrlash 
maqsadida avvaldan poligrafiya uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi.
Grafikalar bilan ishlash dasturlarida rangni tanlash vositasi 
ajralmas эlement hisoblandi. Biroq bu эlementlarning har biri ham 
ishlash uchun qulay эmas va rangning aniq hususiyatlarini aks эttira 
olmaydi. Bu erda yassi qog‘ozda Erning sharsimon xaritasini 
tasvirlashga urinishdagi kabi muammo paydo bo‘ladi.
Quyidagi rasmlarda Macromedia Fireworks 3, Adobe Photoshop 
5.5, Painter 5.5 dasturlarida rangni tanlash oynasi tasvirlangan 
Macromedia Fireworks 3:
Adobe Photoshop 5.5: bu ancha 
Windows standart oyna
yaxshi, biroq rang fazosi 
avvalgiday tekis. 
3.2.7. O‘n ikki qismli rang doirasi 
Rangli konstruksiyalash tizimiga kirish uchun asosiy – sariq, qizil 
va ko‘k ranglarga tayangan holda o‘n ikki qismli rang doirasi hosil 
qilinadi (3.9a - rasm).


161 
Painter 5.5: rang doirasi va rang xususiyatlari uchburchagi 
 
3.9a– rasm. O‘n ikki qismli rang doirasi 
Ma’lumki, normal ko‘radigan odam ko‘ksimon va sariqsimon 
tuslari bo‘lmagan qizil rangni, yashilsimon va qizilsimon tuslari 
bo‘lmagan sariq rangni hamda yashilsimon va qizilsimon tuslari 
bo‘lmagan ko‘k rangni aniqlay oladi. Bunda har bir rangni o‘rganish 
uchun bu ranglarni neytral kulrang fonda ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
Asosiy ranglar imkoniyati boricha maksimal aniqlik bilan 
aniqlanishi kerak. 


162 
Birinchi tartibli uchta asosiy ranglar teng tomonli uchburchakda 
sariq rang yuqorgi uchi tomonga, qizil rang –o‘ng pastki uchi tomonga 
va ko‘k rang – chap pastki uchi tomonga joylashtiriladi. Shundan so‘ng 
bu uchburchak doiraga ichiga olinadi va uning asosida teng tomonli olti 
burchak quriladi. Hosil bo‘lgan teng yonli uchta uchburchakka uchta 
aralashgan ranglar joylashtiriladi. Bu ranglarning har biri ikki asosiy 
ranglardan tashkil topadi va shunday qilib, ikkinchi tartibli ranglarni 
hosil qilamiz: 

sariq + qizil = to‘q sariq (zarg‘aldoq); 

sariq + ko‘k = yashil; 

qizil + ko‘k = binafsha. 
Hamma ikkinchi tartibli ranglar nihoyatda astoydil aralashtirilishi 
lozim. Ular tashkil etayotgan ranglarning birortasiga ham moyil bo‘lishi 
kerak emas. Ularni aralashtirish vositasi orqali qo‘shma ranglarni hosil 
qilish oson vazifa emasligini doimo yodda tutish kerak. To‘q sariq rang 
ortiqcha qizil ham, ortiqcha sariq ham, binafsha rang esa ortiqcha qizil 
va ortiqcha ko‘k bo‘lishi kerak emas.
Shundan so‘ng birinchi doiradan ma’lum masofada boshqa doira 
chiziladi va ular orasida hosil bo‘lgan halqani o‘n ikkita teng qismlarga 
bo‘linadi va asosiy va qo‘shma ranglarni joylashgan o‘rinlari bo‘yicha 
ular aralashtiriladi hamda har bir ikkita ranglar orasida bo‘sh sektor 
qoldiriladi. 
Bu bo‘sh sektorlarga uchinchi tartibli ranglar kiritiladi. Bu 
ranglarning har biri birinchi va ikkinchi tartibli ranglarni aralashtirish 
natijasida hosil qilinadi:

sariq + zarg‘aldoq = sariqsimon-zarg‘aldoq; 

qizil + zarg‘aldoq = qizilsimon- zarg‘aldoq; 

qizil + binafsha = qizilsimon-binafsha; 

ko‘k+ binafsha = ko‘ksimon-binafsha; 

ko‘k + yashil = ko‘ksimon-yashil; 

sariq + yashil = sariqsimon-yashil. 
Shunday qilib, o‘n ikki ranglardan tashkil topgan to‘g‘ri rangli 
doira paydo qilinadi. Unda har bir rang o‘zining o‘zgarmas joyiga ega 
bo‘ladi, ularning ketma-ketligi esa kamalakdagi yoki tabiiy spektrdagi 
kabi tartibga ega bo‘ladi (3.8 - rasm).
Isaak Nyuton o‘z vaqtida bu berk rangli doirani hosil qildi va 
spektral ranglarga unda bo‘lmagan qirmizi (to‘q qizil) rangni qo‘shdi. 
Bu esa uning umumiy konstruktivligini kuchaytirdi.


163 
Rang doirasida hamma o‘n ikkita ranglar bir hil kesmaga ega. Shu 
sababli bir biriga nisbatan diametr bo‘yicha qarama-qarshi o‘rinlarni 
egallagan ranglar to‘ldiruvchi hisoblanadi. 
Bu tizim hamma o‘n ikki ranglarni bir onda va aniq ifodalash 
imkoniyatini beradi va ular orasiga ularning variatsiyalari osongina 
joylashtiriladi.
Delakrua ustaxonasining bitta devoliga rangli doirani osib qo‘ygan 
edi va bunda har bir rangning yoniga bu rang bilan mumkin bo‘ladigan 
hamma xillarini ham bergan edi. Impressionistlar, Sezann, Van Gog, 
Sinyak, Syora va boshqalar Delakruani mashhur rangshunos sifatida 
baholashgan edi. Haqiqatda ham Sezann emas, balki Delakrua haqiqat 
va tartibning yuqoriroq darajasiga erishish imkoniyatini beradigan 
mantiqiy 
ob’ektiv 
ranglarning 
qonunlari 
asosida 
asarlarni 
konstruksiyalashning asoschisi hisoblanadi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish