I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

3.3.5. Simultan kontrasti 
«Simultan kontrasti» tushunchasi ko‘zimiz biror bir rangni idrok 
etganda shu zahoti uning qo‘shimcha rangining paydo bo‘lishini talab 
qiladigan hodisani bildiradi va agar bunday rang bo‘lmasa, unda shu 
vaqtning o‘zida simultan ravishda, ya’ni uni o‘zi keltirib chiqaradi. Bu 
fakt rang garmoniyasining asosiy qonuni qo‘shimcha ranglar haqidagi 
qonunga asoslanishini bildiradi. Ranglarning simultan tug‘ilishi ob’ektiv 


182 
mavjud bo‘lmasdan faqat his etish bilan vujudga keladi. Ularni suratga 
olish mumkin emas. Simultanli kontrast, ketma-ketli kontrast kabi, bir 
xil sabab hosil bo‘lish ekanligi ehtimoldan holi emas.
Quyidagi tajribini qilib ko‘rish mumkin: katta, yarqiratib bo‘yalgan 
tekislikka kichik qora kvadrat joylashtiriladi, undan so‘ng ustiga papiros 
qog‘ozining varag‘i qo‘yiladi. Agar bu tekislik qizil ranga bo‘yalgan 
bo‘lsa, unda qora kvadrat yashilsimon bo‘lib ko‘rinadi, agar yashilga 
bo‘yalgan bo‘lsa, unda qora kvadrat qizilsimon, binafsha rang fonida esa 
– sariqsimon, sariq fonda – binafsha-kulrang bo‘lib ko‘rinadi.
Kuzatuvchining ko‘zida har bir rang bir vaqtning o‘zida o‘zining 
qarama-qarshi rangini tug‘diradi. 
3.47-3.52 – rasmlar bu tajribani boshqacha usul bilan namoyish 
etadi. 
3.47- rasm 
3.48- rasm 
3.49- rasm 
3.50- rasm 
3.51- rasm 
3.52- rasm 
3.53- rasm 
Toza ranglarga bo‘yalgan olti kvadratning har biriga yorqinligi 
asosiy ranglar yorqinligiga mos bo‘lgan neytral kulrang rangli kvadrat 
joylashtirilgan. Shu zahoti bu kulrang kvadratlarning har biri katta 
kvadratning asosiy rangiga qo‘shimcha bo‘lgan rangning tusini ola 
boshlaydi. Bu tajribani o‘tkazishda va biror bir rangli kvadratda kulrang 


183 
rang tusining o‘zgarishini kuzatishda qolgan hamma kvadratlar 
berkitilgan bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirish, hamda ular joylashgan 
varaqni ko‘zga yaqinlashtirish kerak bo‘ladi. Qanchalik asosiy rang 
faolroq va unga uzoqroq qaralsa, shuncha simultan ta’sir kuchliroq 
bo‘ladi. 
Faqat ko‘zlarda paydo bo‘ladigan simultan hosil bo‘ladigan rang 
real holda mavjud bo‘lmasa ham, ular bizda hayajonlashish tuyg‘usini 
va bu rangli hislar intensivligining uzluksiz o‘zgarishidagi tirik 
vibratsiyalarni hosil qiladi. Uzoq qaralganda ko‘zning charchashida 
asosiy rang kuchini yo‘qotayotgandek, bu vaqtda simultan sababli paydo 
bo‘layotgan rangni idrok etish esa kuchayotgandek bo‘lib tuyuladi.
Simultan kontrasti faqat kulrang va qandaydir toza xromatik rang 
bilan birikmasida hosil bo‘libgina qolmasdan, balki qat’iy qo‘shimcha 
rang bo‘lmagan ikkita toza ranglarning birikmasida ham hosil bo‘ladi. 
Bu ranglarning har biri boshqasini uning qo‘shimcha rangi tomoniga 
siliji-tishga harakat qiladi, bunda qo‘p hollarda ikkita rang ham ularga 
tegishli bo‘lgan tavsifdan nimanidirni yo‘qotadi va yangi tuslarga ega 
bo‘ladi. Ranglar bunday sharoitlarda maksimal dinamik faollikka ega 
bo‘lishadi. Ularning turg‘unligi buziladi va ular o‘zgaruvchan vibratsiya 
holatiga o‘tadi. Ranglar o‘zlariga hos ob’ektiv tavsifni yo‘qotadi va 
o‘zining realligidan yangi noreal o‘lchovga o‘tib, huddi «tebrangandek» 
bo‘ladi. Rang o‘zining mod-diyligini yo‘qotishni boshlaydi va «rangning 
mohiyati har doim ham uning ta’siri bilan bir xil emas» degan ibora bu 
yerda to‘liq o‘zini oqlaydi. 
Rang bilan ishlaydigan hamma uchun rangning simultan hossasi 
birinchi darajali ahamiyatga ega. Gyote «rangdan estetik maqsadlarda 
foydalanish imkonyatini beradigan simultanli kontrast rangning eng 
birinchi sifati hisoblanadi», deb aytgan edi. 
3.53-rasmda to‘q sariq rangla fonda uchta kichkina kulrang 
kvadratlar tasvirlangan bo‘lib, ularda uchta arang farqlanadigan kulrang 
rangning tuslari namoyish qilingan. Bu uchta kulrang ranglarning 
farqlanish sababi quyidagicha: birinchi kulrang rangga ozgina ko‘k rang 
aralashtirilgan; ikkinchi kulrang rang – neytral va unga simultan kontrast 
ta’sir qilgan; uchinchi kulrang rang esa simultan ta’sirini yo‘qotishga 
yetarli bo‘lgan to‘q sariq rang aralashmasini o‘z ichiga olganligi uchun 
bu kulrang rang hech qanaqa simultan o‘zgarishlarni chaqirmaydi. Bu 
tajriba simultan kontrastning ta’sirini mos keladigan choralar yordamida 
kuchaytirish yoki yo‘qotish mumkin ekanligini ko‘rsatadi. 


184 
Rassom qanday sharoitlarda rangning simultan ta’siri hosil 
bo‘lishini va bundan qanday qutulish mumkinligini bilishi kerak. Juda 
ko‘p rang masalalari mavjudki, bularda simultan kontrastlarning 
bo‘lmagani ma’qul. Bir necha yil oldin galstuklar uchun materiallar 
ishlab chiqaradigan bitta to‘quv fabrikasining direktori tushkunlikdan bir 
necha yuz metr qimmatbaho galstukli ipak matoning qizil fonida qora 
yo‘lli polosa qora emas, balki havotirli tebranishni his etishga undovchi
yashil rang bo‘lib tuyulayotganligi sababli sotilmayotganligini gapirdi. 
Bu mato hosil qilayotgan taassurot shunchalik kuchli ediki, 
haridorlar yigirilgan ip yashil deb tasdiqlashar edi. Agar bu matoni 
ishlab chiqarish uchun ko‘k-qora ip o‘rniga jigarrangsimon-qora rangli 
ipdan foydalanil-ganda simultan kontrastining ta’siri neytrallashardi, 
moddiy yo‘qotish bo‘lmas edi.
Simultan 
kontrastining 
ta’sirini 
neytrallashning 
tasviriy 
imkoniyatlaridan 
tashqari 
yana 
har 
xil 
yorqinlikli 
rangdan 
foydalaniщning ikkincha imkoniyati mavjud. Och va to‘q ranglar 
kontrasti mavjud blsa simultan kontrastining hosil bo‘lish imkoniyati 
kamayadi. Kompozitsiya ustida ishlashni boshlashdan oldin ranglarning 
o‘zaro munosabatlarining ta’sirini eskizda tekshirib ko‘rish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Simultanli kontrast ta’sirida paydo bo‘ladigan toza ranglar o‘n ikki 
qismli rang doirasida qo‘shimcha ranglarning o‘rniga tanlangan 
boshlang‘ich rangning o‘ng yoki chap tomonida joylashgan ranglar 
olinsa ham hosil bo‘ladi. Masalan, binafshaga sariq rangni emas, balki 
qizil-binafshaga yoki ko‘k-binafshaga sariq rang olinishi mumkin. 
Chunki, sariq rang ham qizil-binafshada ham ko‘k-binafshada har doim 
qo‘shimcha binafsha rangni ko‘rsatadi, qizil-binafsha sariq rangda sariq-
yashilni, ko‘k-binafsha esa sariqda – sariq-to‘k sariqni bo‘rttirib 
ko‘rsatadi. Shu sababli simultan tebranish paydo bo‘ladi. Yana boshqa 
misol: agar kompozitsiya ko‘k rangda sariq va qizil rangdan qurilgan 
bo‘lsa, unda u garmonik osayishta bo‘ladi. Agar ko‘k rang o‘rniga ko‘k-
yashil olinsa, unda bu darrov simultanli o‘yinga olib keladi, chunki qizil 
va sariq ranglar simultanli yuzaga keladi va ko‘k rangga qaraganda 
o‘zini boshqacha namoyon qiladi.
Agar simultan kontrastining ta’sirini kuchaytirish kerak bo‘lsa, 
unda bu yerda yangi imkoniyatlarni to‘yinganlik bo‘yicha kontrast 
beradi.
Simultan kontrastidan foydanalilganlikkka misol sifatida quyidagi 
asarlarni keltirish mumkin: 


185 

«Shayton 
va 
chigirtka» miniatyurasi Sen Severdagi
Apokalipsisda, XI asr, Parij, Milliy kutubxona; 

«Isodan kiyimlarini yulib olinishi» El Greko (1541-1614), 
Myunxen, Eski Pinakoteka; 

«Tungi kafe» Vinsent Van Gog (1853-1890), Otterloo, 
Reyksmuzeum Kreller-Myuller. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish