118
Masshtab
bu bitta ma’nosi bo‘yicha o‘lchov, mezon, biror
narsaning nisbiy kattaligi sifatida tushiniladi. Masshtablik deganda biror
bir hodisalar, boshqa xodisalar bilan shakllar va atrof muhit shakllari
orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Masshtab sezgisi – dunyoni alohida
hodisalar majmuasi sifatida real qabul qilish natijasidir. Badiiy ifodalash
mulohazalariga
amal qilib, masshtabdan yorug‘lik kompozitsiyasi
vositasi sifatida erkin foydalanish kerak bo‘ladi.
Yorug‘likning sifati va miqdori (ravshanlik, intensivlik) rejisser
va yorug‘lik ustasining sahna hodisalari va voqealarining masshtabligi
to‘g‘risidagi tasavvurlariga mos bo‘lishi kerak. Masalan, qorong‘i
sahnada kichik yorug‘lik doirasidagi qaxramon cheksiz olamda
insonning yakkaligini, g‘aribligini ifodalashi mumkin. Yorug‘lik har xil
kattaliklarni solishtirish vositasi sifatida ham hizmat qiladi. U sahna
maydonini ko‘z bilan bo‘lish imkoniyatini beradi.
Shakl qancha katta
qismlarga ajratilgan bo‘lsa, masshtab ham katta bo‘ladi. Spektakl
ketayotgan jarayonda masshtablikni o‘zgartirish mumkin, masalan, agar
qahramonning hayot to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgarganligini ko‘rsatish
kerak bo‘lsa, unda yer balandlikdan ko‘rsatiladi. Mana shunday hamma
holatlarda yorug‘lik buyumlarning tashqi ko‘rinishini va ularning nisbiy
o‘lchamlarini ko‘z orqali qabul qilishni o‘zgartirishga yordam beradi.
O‘lchamlarni idrok qilish ko‘p sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Yorug‘lik ustasi ko‘zning aldanishi mavjudligini bilishi shart. Oq va och
rangli buyumlar, ularga o‘lchamlari teng bo‘lgan qoraroq buyumlarga
qaraganda kattaroq ko‘rinadi. Buyum cheklangan fonda yoki kichik
shaklli buyumlar orasida joylashgan bo‘lsa, katta maydonda yoki yirik
buyumlar orasida joylashganiga qaraganda kattaga o‘xshab ko‘rinadi.
Oddiy ko‘zning aldanishiga misol – vertikal
chiziqlar uzunligining
bo‘rttirilishi va gorizontal chiziqlarning bir oz kam bo‘lib ko‘rinishidir.
Mos ravishda, ajratilmagan yoki gorizontal bo‘yicha ajratilgan shaklga
qaraganda vertikal bo‘yicha qismlarga ajratilgan shakl ham balandga
o‘xshab ko‘rinadi.
Ritm
– bu ma’lum sxema bo‘yicha ba’zi bir, shular qatorida
ko‘rishga oid, elementlarning takrorlanishidir. Ritm tovushlar, harakatlar
va shunga o‘xshashlarning bir xilda almashishiga
asoslangan asarning
(musiqaviy, she’riy) ichki tuzilishini yaratadi. Ritm yorug‘lik
kompozitsiyasini yaratish vositalarining bittasi sifatida tuyg‘ularning
almashishiga imkoniyat tug‘diradi, harakat sur’atini beradi. Yorug‘lik
hajmlari, sirtlari, qirralari va shunga o‘xshashlarning qonuniy
almashinuvi hamda shakl elementlari tavsiflari o‘zgarishini tartibga
119
keltirilishining hammasi yorug‘lik kompozitsiyasining o‘ziga xos
xususiyatlari sifatida foydalaniladi. Ritm, shular qatorida yorug‘lik
ritmi
ham bir tekis, kamayuvchi yoki o‘sib boruvchi bo‘lishi mumkin. Eng
oddiy ritm – bu bitta va bir xil shakllarning o‘zgarmas chastota bilan
tarorlanishidir. Yorug‘lik kompozitsiyasida ritm deganda yorug‘lik va
qorong‘iliklarning yoki har xil tusli yorug‘likning
bir xil maromda
almashinuvi tushiniladi.
Dinamik ritm hamma elementlar va ular orasidagi intervallarni
sekin asta kamaytirishni mo‘ljallaydi. Bu yorug‘lik kompozitsiyasida,
masalan, yorug‘lik effektlari vaqtlarini sekin asta qisqartirish bo‘lishi
mumkin. Perspektivli qisqartirish, rassomlikda huddi shunday
taassurotga erishishga o‘xshatilib, ketma-ketli tasvirlarni kamaytirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sekinlashadigan yorug‘lik ritmi
qahramonning sekin asta g‘oyib bo‘lishi, kuch quvvatdan qolishi, hatto
o‘limini ham ifodalashi mumkin. U zo‘riqqanlikni olib tashlash uchun
ham qo‘llaniladi. Ritmik tizimlarning ma’noli imkoniyatlari o‘z
chegarasiga ega Yorug‘lik kompozitsiyasini faqat bitta elementni
takrorlash bilan yaratish mumkin emas, chunki bu zeriktiradigan
monotonlikni keltirib chiqaradi. Kompozitsiya yakunlangan bo‘lishi
uchun unda foydalaniladigan metrik qatorlar tugallanishi kerak, aks
holda ular butunning tasodifiy bo‘laklari bo‘lib ko‘rinadi.
Yorug‘lik ritmik qatorlarining tugallanishi uchun har xil usullardan
foydalaniladi, masalan,
yakunlovchi elementni rang, ravshanlik orqali
ajratish. Yorug‘lik ritmi ko‘rish orqali qabul qilinadi. Yorug‘likli
ritmlashtirish uchun shaklning hamma belgilaridan eng ahamiyatlisi
elementning o‘lchami hisoblanadi, keyin esa – interval, rang, yorug‘lik.
Ritmik qatorlar katta elementlardan kichik elementlar, to‘q rangdan
ochroq rang, kichik intervallardan katta interval yo‘nalishi tomon
tizilishi mumkin. Ritm tushunchasi
bilan modul va simmetriya
tushunchalari bog‘langan.
Modul
bu shartli ravishda bir deb qabul qilinadigan kattalik bo‘lib,
biror bir badiiy shaklning hamma o‘lchovlarida butun marta
takrorlanadi. Modullar, masalan, unifikatsiyalangan elementlardan
konstruksiyalangan har xil asbob-uskunalarning dizaynida keng
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: