TEST VA SAVOLLAR
1. Qaysi javobda bolalar folkloriga oid mulohaza to`g`ri ifodalangan?
a) kattalarning bolalar uchun ijod etgan og‘zaki adabiyotlari;
b) kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o‘zaro uyg‘unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o‘yinlar, qo‘shiqlar, musiqiy poetik janrlar tizimidan iborat xalq og‘zaki ijodining tarmog‘i.
c) bolalarning o‘zlari tomonidangina ijro etiladigan turli qo‘shiqlar;
d) mavsumiy-marosim qo‘shiqlari.
2. O‘zbek bolalar folklorini to‘plash, tartib berish qachon va kim tomonidan amalga oshirilgan hamda u qanday nomlanadi?
a) 1965-yil,Sh.Sa’dulla, “Yoriltosh”;
b)1937-yil, Elbek, “Bolalar qo‘shig‘i”;
c)1984-yil, O.Safarov, “Boychechak”;
d)1975-yil,G‘.Jahongirov, “O‘zbek bolalar folklori”.
3. Allaning ijro etilishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) xor jo‘rligida ijro etiladi, mungli ohang;
b) ifodali aytiladi, quvnoq ohang;
c) alla faqat kuylanadi, monoton ohang;
d) oddiy she’r singari 4.
Go‘dak uchun allaning nimasi muhim?
a) kuyi;
b) so‘zi;
c) tovushi;
d) mazmuni.
5. Allaning kompozitsion butunligini ta’minlovchi unsurlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) matni;
b) kuyi;
c) ohangi;
d) so‘z, ohang va harakat birligi.
6. O‘zbek xalq ertaklari ifodalayotgan voqeligining sajiyasi, g‘oyaviy mazmuni, obrazlar talqini, badiiy tili, uslubi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra necha turga bo‘linadi ?
Ular qaysilar?
a) 5 turga: sehrli, novellistik,kumulyativ,hayvonlar haqida,hayotiy ertaklar;
b) 2 turga: fantastik va realistik;
c) 3 turga: hayvonlar haqidagi, odamlar haqidagi, hayotiy ertaklar;
d) 3 turga: sehrli-fantastik, hayvonlar haqidagi, maishiy- hayotiy ertaklar.
Savollar
1. O‘zbek bolalar folklorining asosiy janrlari haqida mulohaza yuriting .
2.Qo‘shiq deb nimaga aytiladi va qanday qo‘shiqlar erkalash poeziyasiga daxldor?
3. Bolalarning taqvimiy qo‘shiqlaridan misol keltirib, sharhlab bering.
4. Beshik qo‘shiqlari nima va u bolaning qaysi yoshida aytiladi?
5. Maishiy qo‘shiqlar deganda nimani tushunasiz?
6. “Alla” istilohi va uning kuylanishi haqida ma’lumot bering.
7. Allalarda farzand qiyofasini umumlashtiruvchi qanday poetik obrazlar mavjud?
8.Voqeaband va parokanda allalarning o‘zaro tafovutini tushuntiring.
9. Maqol janri tabiati va uning etnopedagogik ahamiyatini tushuntiring.
10. Paremik tur deganda nimani tushunasiz?
11. Paremiologiya nimani o‘rganadi? Paremiografiya-chi?
12. Ertak istilohi va uning qo‘llanilishi haqida mulohaza yuriting.
13. Xalq ertaklarining janriy tabiati va o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat?
14. O‘zbek ertaklarining ichki turlari va ularning o‘zaro tafovutlari haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |