I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

2.4.6. Yorug‘lik fazosi 
Yorug‘lik fazosi
– 
bu yoritilgan havo, bu harakatlanayotgan 
aktyorlar gav-dasiga tushayotgan yorug‘likning sezilarli oqimi va bu 
oqimlar, yorug‘lik manbasi – derazami yoki stol lampasimi farqi yo‘q – 
bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Har bir yorug‘lik manbasi o‘zining 
alohida yorug‘lik fazosiga, o‘zgacha fazoviy shakliga (deraza uchun – 
bitta, stol lampasi uchun boshqacha, shag‘am uchun yana boshqacha) 
hamda manbadan uzoqlashgan sayin yoritilganligining kamayish 
tavsifiga ega bo‘ladi. Soyalar fazosiga kelsak, u buyumlarning soya-
larini yoritishni reflekslar bilan hosil qiladigan har xil reflekslanadi-gan 
yorug‘lik oqimi bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu reflekslar har xil kuchga va har 
xil rangga ega va ular koloritga ta’sir qiladigan kadrning asosiy element-
lari hisoblanadi. Buni hatto Leonardo da Vinchi ham «har bir jismning 
sirti unga qarama qarshi turgan jismning rangiga aloqador»ligini payqa-
gan. Zamonaviy yoritish tizimi ma’lum bir darajada ranglar o‘zaro 
ta’sirlashuvining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga yo‘nalgan 
bo‘ladi va bu uning asosiy maqsadidir.
 
Yoritishda tasvirga olinayotgan 
har bir ob’ekt o‘zining har xil qismlarida faqat har xil kuch bilan va har 
xil kontrastda yoritilmasdan, har xil rangda, har xil spektral tarkibdagi 
har xil yorug‘lik oqimi bilan yoritilgan bo‘ladi. Real yoritishdagi bu har 
xil kontrastlik va har xil ranglik – zaruriy shart bo‘lib, bu bilan 
hisoblashish kerak. 
Tabiatdagi yoritish yoki boshqacha aytganda tabiiy tasvirga olish 
tasvirga olish joyini, vaqtini va to‘g‘ri keladigan ob-havoni tanlashga 
qaratilgan bo‘ladi. Bu masalani yechishning ikkita usuli bor: birinchisi – 
tanlangan vaqtda ob’ektda o‘z o‘zidan shunday tuslar va rang nisbatlari 
hosil qilinadiki, buni faqat texnik jihatdan qayd qilinishi kerak, bunda 
hamma reflekslar, shu’lalar va shunga o‘xshashlar ekrandagi tasvirda 
namayon bo‘ladi. Bunda agar kontrast yoki optik rasmni biror bir 
transformatsiyalashga ehtiyoj tug‘ilsa, unda asosiy tuslar qatorini, rang 
taqsimotini va yorug‘lik effektini buzmasdan yorug‘lik filtrlari yoki 
yengil akslantiruvchi ekranlardan foydalaniladi. Bunday holatda tabiat 
holatiga ehtiyotkorana yondoshish va badiiy g‘oya bilan va uni amalga 
oshirish oralig‘ida tirik teskari bog‘linish mo‘ljallanadi. Eng asosiysi bu 
yerda ko‘rish, undan so‘ng bu ko‘rinishni mohirona, bilimdonlik orqali 
eng kam yo‘qotish bilan aks ettira olishdir. Ikkinchi usul – bu har xil 


126 
texnik vositalar, birinchi navbatda elektr yordamida qo‘shimcha yoritish 
bilan ob’ektda kontrast, yorug‘lik va rang taqsimotiga faol aralashiladi. 
Bu ikkita usulning birortasi ikkinchisiga qaraganda yaxshi deb ta’kidlash 
noo‘rin, chunki amaliyotda sharoitga bog‘liq holda har xil yo‘l tutishga 
to‘g‘ri keladi. Har xolda shuni e’tiborga olish kerakki, sun’iy elektr 
yoritish ma’lum bir darajada ob’ektdagi tabiiy yoritish holatini buzadi. 
Masalan, kontr yorug‘likda quyoshga qarshi tasvirga olishda, , u hamma 
reflekslarni baravarlashtiradi, soyalardagi har xil rangli yoritishni 
«o‘ldiradi», deyishga odatlanilgan, shu sababli undan foydalanilganda 
o‘ylangan rejadan kelib chiqib, har xil rang bo‘lmasligi va tasvirning 
umumiy tusdorligi buzilmasligi kerak. Tabiatda tajribali operatorlar 
ko‘pincha elektr yorituvchi asboblardan foydalanadilar, bu yerda aniq 
rang haroratini va kerakli yorug‘lik filtrlarini tanlay bilishlari kerak. 
Ba’zi holatlarda elektr yoritiщdan ataylab hamma tusdorlikni va jami 
rang qatorini o‘zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi. Bu yerda gap 
kadr kompozitsiyasida eng asosiy element hisoblangan «obyekt shakli - 
fon» nisbatini o‘zgartirish to‘g‘risida boriyapti. Ba’zan elektr yoritish 
faqat texnologik vazifani bajaradi. Masalan, barcha sahna kunduzi 
quyosh yorug‘ida tasvirga olinadi (bu shart berilgan va uni o‘zgartirish 
mumkin emas). Bu sahnada navbatdagi montaj planini tasvirga olishda 
– masalan, bosh qahramonni yirik planda – muammo paydo bo‘ladi: 
quyosh nuri yuzga tushiyapti, bu nihoyatda zararli bo‘lib, hajmiy shaklni 
sindiradi, ko‘z chuqur soyada qoladi va hokazo. U vaqtda aktrisaning 
boshi ustidan kadr chegarisidan tashqarida quyosh yorug‘ligini butunlay 
berkitadigan oq yoki yarim shaffof tent-soyalovchi tortiladi, uning yuzi 
soyada qoladi, shundan so‘ng shu personajning portret xarakteristikasini 
talab bo‘yicha elektr yoritish yordamida shakli va hajmini hosil qilinadi. 
Albatta bunday holda elektr yoritishning ravshanligi, yorug‘lik kuchi, 
yo‘nalishi, kontrast va rang harorati quyosh yorug‘ligidan farq qilishi 
kerak emas. Agar portret yorug‘ bulutli osmon fonida tasvirga 
olinayotgan hollarda elektr yoritish kontrastni yumshatish uchun zarur, 
bunda yoritish hajmni qayta ishlashni yaxshilaydi va bir vaqtning o‘zida 
akter ko‘zini bir oz yoritadi. Bu yoritishning ravshanligi va rangi bulutli 
kunning umumiy yoritilganligi bilan mos kelishi zarurligi tabiiydir.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish