I qism. Fotometriya asoslari


 Ranglarni aniqlash va kalibrlash



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

3.1.9. Ranglarni aniqlash va kalibrlash 


136 
Ranglarni aniqlash va kalibratsiyalashda paydo bo‘ladigan 
muammolar ko‘rinadigan ranglarning har xil diapazonlaridan 
foydalanilganlik tufayli hosil bo‘ladi. Har xil ranglar tizimlari orasidagi 
ranglarning mosligini samarali aniqlash uchun murakkab matematik 
hisoblashlarni bajarish kerak bo‘ladi. Agar bu hisoblashlar yetarlicha 
aniqlik bilan bajarilmasa, unda yakuniy tasvirning rangi original rangga 
mos kelmay qoladi.
Hozirgi vaqtda ranglarning muvofiqligini to‘g‘ri aniqlash uchun 
yoritilganlikning bir xil sharoitida jarayonda qatnashayotgan har bir 
qurilmaning spektral o‘lchovlari amalga oshiriladi. Shundan so‘ng 
ranglar CIE tizimining yagona maydoniga o‘tkaziladi. 
Corel Photo Paint va Hewlett Packard Scanning kabi ommabop 
dasturlar rangni kalibratsiyalashning ikki o‘lchamli interfeysli 
vositalariga ega bo‘ladi. Biroq bu interfeyslardan foydalanish murakkab 
bo‘lib, to‘liq ma’lumot bermaydi va rang to‘g‘risida chuqur bilimlarni 
talab qiladi.
Agar rangning uch o‘lchamli modeli tan olinsa va interfeys 
dasturlarida foydalanilsa, bu ularni yaxshilanishda katta qadam bo‘lar 
edi. Uch o‘lchamli fazoda har xil rang tizimlarini va ularning mos 
kelishligini hamda qo‘rinadigan ranglarning to‘liq nazariy to‘plamini
soddaroq aks ettirish mumkin bo‘lar edi.
3.2. Rang nazariyasi asoslari 
 
3.2.1. Rang tushunchasi ta’rifi 
Hammamizga ma’lumki, har qanday fanni o‘lchashlarsiz va 
o‘lchov birliklarisiz o‘rganib bo‘lmaydi. Bundan rang haqidagi fan ham 
mustasno emas. Shu sababli avvalo rang tushunchasiga ta’rif berishga 
harakat qilamiz va mana shu ta’rifga asosan uni o‘lchash usullarini 
topishga urinib ko‘ramiz. 
Bizni o‘rab olgan olamning yorug‘ligini ko‘zimiz bilan sezamiz va 
ko‘rish orqali rangni idrok etamiz, desak hech kim hayron bo‘lmaydi. 
Yorug‘lik – bu ko‘zimiz ko‘radigan, to‘lqin uzunligi 380-780 nm 
oralig‘ida bo‘lgan elektromagnit nurlanishdir. Shu sababli, rang - 
ko‘zimizga tushayotgan yorug‘likning o‘ziga hos hususiyati ekanligini 
taxmin qilib, bu nurlarning xossalaridan rangni o‘lchash usullariga kalit 
topishga harakat qilamiz. Bu bizning mulohazalarimizga mutlaqo zid 
emas: ya’ni yorug‘lik ko‘zimizga tushishi bilan rangni idrok etishga 
insonni majbur qiladi.


137 
Fizikada yorug‘likning quvvati va uning spektral tarkibi (ya’ni 
quvvatning to‘lqin uzunligi bo‘yicha taqsimlanishi - spektr) kabi 
parametrlarini o‘lchash ma’lum va osongina hal qilinadi. Masalan, ko‘k 
va qizil sirtlardan qaytayotgan yorug‘likning spektrini o‘lchash bilan biz 
to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligimizni payqaymiz. Bunda quvvatlarning 
taqsimlanish grafiklari anchaga farq qilishi bizning mulohazamiz, ya’ni 
rang – ko‘rinadigan nurlanishning hossasi ekanligini tasdiqlaydi, chunki 
bu sirtlar har xil rangga ega. Birinchi qiyinchilik, bu bitta rangni 
ta’riflash uchun spektrning kamida 35 ta sonli qiymatini yozib olish 
kerakligidir (ko‘rinadigan 380-740 nm diapazonni har 10 nm li 
oraliqda). Ikkinchi darajali bu muammoni yechish usullarini o‘ylashni 
boshlashga ulgurmasimiz-danoq, ranglari bir hil bo‘lgan ba’zi bir 
namunalarning spektrlari o‘zlarini g‘ayri-oddiy tutayotganligiga guvoh 
bo‘lamiz (3.7 – rasm: qizil va yashil grafik). 
Namunalarning xatosiz bir xil rangda (bu holda kulrang) 
bo‘lishligiga qaramasdan spektrlarning bir biridan ancha farqlanishi 3.7 
– rasmdan ko‘rinib turibdi (bunday ikkita nurlanish metao‘lchovli 
deyiladi). Bu namunalar rangini his qilishning shakllanishiga faqat 
ulardan qaytayotgan yorug‘lik ta’sir o‘tkazadi (fon rangining ta’siri, 
yoritishga ko‘z adaptatsiyasi darajasi va boshqa ikkilamchi darajali 
omillar hisobga olinmayapti). Chunki namunalarimizning fizik 
o‘lchovlari bera olishi mumkin bo‘lgan narsa, bu uning faqat spektral 
taqsimotigina ekan. Bu ko‘rilgan holda spektrning ikkita har xil 
taqsimoti bitta va shu rangni aniqlamoqda. 
3.7 – rasm. Qaytish koeffitsientining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi 
Rangni spektral ta’riflash muammosiga ikkinchi misol keltiramiz. 
Ko‘rinadigan spektrning har qaysi qismidagi nurlar biz uchun ma’lum 
Q
ayt
is
h
ni
n

spe
kt
ra

koe
ff
it
si
en
ti
To‘lqin uzunligi, nm 


138 
rangga: 400 nm atrofida ko‘k rangdan, havorang, yashil, sariq, to‘q sariq 
ranglar orqali to‘lqin uzunligi 650 nm va undan yuqori bo‘lgan qizil 
ranggacha bo‘yalgan bo‘ladi. Sariq rang 560-585 nm atrofida joylashgan 
bo‘ladi. Biroq «sariq» rang diapazonidagi 560-585 nm nurlanishlar 
umuman yo‘q bo‘lsa ham, huddi sariq rang ta’surotini beradigan qizil va 
yashil nurlanishlarning aralashmasini tanlab olishimiz mumkin.
Demak, hech qanaqa fizik parametrlar birinchi holatdagi 
ranglarning bir xilligini va ikkinchi holatdagi sariq rangning borligini 
tushuntirib bera olmas ekan. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish