I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

2.4.5. Simmetriya 
Simmetriya
so‘zini aynan mutanosiblik deb tarjima qilish mumkin. 
Simmetriya yaxlit narsa qismlarining markazga (o‘rta chiziqqa) nisbatan 
joylashi-shida to‘liq moslikni, biror bir narsaning joylashida bir xillikni 


120 
bildiradi. Yorug‘lik simmetriyasi – bu sahna maydoni qismlarining 
(rang, yorug‘lik oqimining kengligi va shunga o‘xshashlar nuqtai nazar 
bilan qaraganda) bir xil yoritilganligi.
Simmetriya 
– yorug‘lik kopozitsiyasida birlik va badiiy ifodalilikka 
erishish mumkin bo‘lgan vositalaridan bittasi. Biroq simmetriyaning 
yo‘qligi yoki buzilishi – asimmetriya – ko‘proq tabiiydir. Asimmetrik 
yorug‘lik kompozitsiyasi odatda obrazning dinamikligini ta’kidlash 
uchun, noturg‘un taasurotlar - fizikaviy, ruhiy va shunga o‘xshashlar 
hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Biroq asimmetriya muvozanatni rad 
etmaydi.
Muvozanatni ko‘rish taasuroti umumiy holatda kompozitsiyaning 
geometrik markaziga nisbatan siljigan birorta nuqtaga (ko‘rish markazi) 
nisbatan yorug‘lik tasviri elementlarini muvozanatga keltirish bilan 
erishiladi. Asimmetrik yorug‘lik kompozitsiyalarida muvozanat ochroq 
(yengilroq) shakllarni tasvirning chetlariga yaqinlashtirish bilan va t 
o‘qroq (og‘irroq) shakllarni markazga to‘plash bilan amalga oshiriladi. 
Diagonal bo‘yicha qurilgan kompozitsiya dinamika taasurotini hosil 
qiladi va umuman turg‘in hisoblanadi. Teatrda surat tekisligi sifatida 
sahna oynasi hizmat qiladi. Yorug‘lik kompozitsiya rasmi yorug‘lik 
surati syujetining markazidan boshlanadi. Surat tekisligida mana shu 
markazni va uning joylashgan o‘rnini aniqlash shart.
Spektalni yoritishda bu masalalar – yiroqlik va yoritilganlik - bir 
vaqtda yechiladi. Masalan, bitta odam birinchi planda, boshqasi 
to‘rtinchi planda turgan bo‘lsin. Ikkitasi ham bir xil yaxshi yoritilgan. 
Shunday qilib, yorug‘lik tasvirining ikkita ob’ekti ham bir xil 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Yorug‘lik tasvirini normal idrok qilish kadrning 
surat tekisligidan uncha uzoqlashganda amalga oshadi. Surat tekisligini 
to‘ldirishda quydagilar muhim hisoblanadi: 
- bosh ob’ektning markaziy holatini ta’minlash;
- surat tekisligini to‘ldirishda muvozanat tamoyiliga (vertikal va 
gorizontal o‘lchamlar nisbati, simmetriya, asimmetriya) rioya qilish; 
– fon va markaziy ob’ektning o‘zaro munosabatini aniqlash. 
Yorug‘lik kompozitsiyasining asosiy ikkita turi farqlanadi: frontal 
va hajmli-fazoviy. 
Frontal yorug‘lik kompozitsiyasining 
oddiy turi 
vertikal va gorizontal bo‘yicha nisbatan bir tekis yoritilgan va 
tomoshabinga yuza qismi bilan qaratilgan tekislik hisbolnadi. 
Tomoshabindan boshlab shaklni chuqurlik bo‘yicha yoritish 
bo‘ysinuvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Frontal kompozitsiyaning 
elementlari odatda o‘zaro joylashuvida chuqurlik bo‘yicha rivojlanishni 


121 
hosil qilmaydi va sirtni bo‘laklarga bo‘ladigan mayda relef sifatida 
qabul qilinadi. Tomoshabin zalining ixtiyoriy nuqtasidan qaralganda 
frontal kompozitsiyaning ko‘rinishi imkoniyati boricha bir xil bo‘lishi 
shart.
Frontal 
kompozitsiya 
yoritilganda 
vertikal 
va 
gorizontal 
o‘lchamlarining o‘zaro nisbatlari saqlanishi kerak: agar bittasi judayam 
kichik bo‘lib qolsa, tekislik chiziqqa aylanadi. Agar ko‘z nigohining 
chuqurlikka harakati natijasida uchinchi o‘lchov – chuqurlik paydo 
bo‘ladigan bo‘lsa, unda qismlarga ajratishda frontallik buzilishi 
mumkin.
Hajmiy-fazoviy 
kompozitsiya 
uchta 
fazoviy 
koordinatlari 
rivojlangan shaklni ifodalab, qoida bo‘yicha atrofida harakat tashkil 
etiladigan berk tashqi sirtga ega bo‘ladi. Shu sababli hajmiy 
kompozitsiya eng avval hamma tomondan idrok qilish hisobiga quriladi. 
Hajmiy kompozitsiyaning ifodaliligi va idrok qilishning aniqligi qator 
sharoitlarga: 
shaklni 
hosil 
qilayotgan 
sirtning 
ko‘rinishiga, 
tomoshabinga nisbatan shaklning masofasi va rakursiga bog‘lik bo‘ladi. 
Hajmiy-fazoviy kompozitsiya har doim atrofida o‘rab turgan fazo bilan 
o‘zaro ta’sirlashadi. 
Moddiy elementlar (sirtlar, hajmlar) va ular orasidagi bo‘shliqlar 
(maydonlar) yoritilganliklari qo‘shilib, bitta kompozitsiyaning o‘zida 
muhit ifodalilikni ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Hajmiy 
kompozitsiya, yuqorida aytilgandek, uch o‘lchamli shaklni hosil qilgan 
holda fazoning uchta koordinatlari bo‘yicha massaning taqsimlanishi 
bilan tavsiflanadi. O‘z atrofida harakatlanishni tashkil qiladigan nisbatan 
berk sirt hajmiy kompozitsiyani tavsiflaydi. Shunday qilib, yorug‘lik 
bo‘yicha hajmiy kompozitsiya hamma tomondan idrok qilish hisobiga 
quriladi. U chuqurlikkka bo‘lgan harakatni nazarda tutadi. Bunday 
kompozitsiyada o‘ziga xos va ustun turuvchi belgi – qandaydir bitta 
shakl yoki guruh emas, balki shaklni yoritishda hosil bo‘ladigan fazodir. 
Bu yerda simmetriya yoki assimetriya qoidasi tamoyil jihatidan o‘sha 
frontal kompozitsiyani yaratishdagi kabi bo‘ladi. Asimmetrik hajmiy 
kompozitsiyaning butunligi uchun hamma yoritilgan elementlarning 
ko‘rishga oid muvozanati talab qilinadi.Hajmiy-fazoviy kompozitsiya 
frontal kompozitsiyadagi kabi bir yoki bir nechta simmetriya o‘qlariga 
ega bo‘lishi mumkin yoki asimmetrik qurililadi. Hajmiy-fazoviy 
kompozitsiyani yechishda quyidagi vazifalar vujudga keladi: 


122 
- tashkil qilinayotgan joyda ham alohida shakllarni, ham 
guruhlarni, ularning o‘zaro joylashganligini hisobga olgan holda 
yoritish; 
- asosiy joyni bo‘laklash natijasida hosil bo‘lgan, bo‘ysinadigan 
fazo va shakllar orasidagi oraliqni yoritish;
– hamma elementlarni asosiy nuqtai nazarga asosan aniq 
orientirlash. 
Joyning chuqurligini berish chiziqli va havoli (yorug‘rangli) 
perspektiva yordamida amalga oshiriladi. Yirik shakllar maydalariga 
qaraganda yaqinroq joylashganga o‘xshaydi. Ular ko‘proq aniq va relefli 
bo‘lib ko‘rinadi.
 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish