I qism. Fotometriya asoslari


 Yorug‘lik kompozitsiyasi vositalari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
2.4.2. Yorug‘lik kompozitsiyasi vositalari 
Yorug‘lik kompozitsiyasi tushunchasi badiiy asar shakli 
tuzilishining umumiy ichki qonuniyatlarini hamda tasvir yoki sahnaning 
to‘liq mazmunining yaxlitligi va birligiga erishishning aniq vositalarini 
ko‘rib chiqadi. Masalan, dizaynda kompozitsiyaning maqsadi – bu 
funksional, konstruktiv va estetik qiymatga ega bo‘lgan buyumlarning 
utilitar o‘rinli shakli. Kompozitsiya qonunlari asosida shakllantiriladigan 
badiiy asar strukturasi uning belgilangan maqsadiga eng yaxshi javob 
beradigan funksional va konstruktiv o‘ziga xos hususiyatlarni oladi,
Badiiy-yorug‘lik kompozitsiyasini qurish asarning mazmuni va 
xarakteri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uni bezatishga undaydi. Yorug‘lik 
kompozitsiyasi o‘zida yorqin va aniq ifodalangan fikrni ado ettirishga 
yorug‘lik ustasining ijodiy izlanishi yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Unda 
tomoshabin oldida yoyiladigan hodisa va harakatlarga sub’ektiv baho 
aks etishi kerak. Yorug‘lik kompozitsiyasi – teatr drama pardasida eng 
kerakli tashkillashtiruvchi element hisoblanib, birlik va yaxlitlikni 
rasmiylashtirib beradi. Yorug‘lik tasvirlarining komponentlarini bir 
butunga bo‘ysindirgan holda, bir biri bilan eng a’lo darajada 
moslashtirish uchun kompozitsiya mahoratini egallash o‘ta zarur.


116 
Teatrdagi yorug‘lik ustasining eng asosiy vazifasi - kompozitsiya 
yechimini qabul qilishdir. U umumiy fikrga ega bo‘lishi kerak, chunki 
uni asos qilib olib yoritishning konkret usullarini topish kerak. Teskari 
yo‘nalishda, 
ya’ni 
xususiylikdan 
umumiyga 
harakat 
qilib 
kompozitsiyani yaratishna urinish oldindan muvaffaqiyatsizlikka olib 
keladi. 
Yorug‘lik 
kompozitsiyasi yorug‘lik ustasi tomonidan 
yaratiladigan yorug‘lik manzaralaridan iborat bo‘ladi. Bitta yorug‘lik 
manzarasida asarning to‘liq mazmunini berish mumkin emas. To‘liq 
mazmun kadrlarning bir birini almashish jarayonida sekin asta ochilib 
boradi.
Yorug‘lik kompozitsiyasining asosiy ob’ekti birinchi navbatda 
o‘zining xohishlari, xarakteri va fikrlariga ega bo‘lgan inson 
hisoblanadi. Yorug‘lik kompozitsiyasining asosiy maqsadi uning 
individualligini namoyon qilishdir. Yorug‘lik manzarasining alohida 
tashkil etuvchilarini kompozitsion yaxlitlikka keltirish vositalariga 
proporsionallik, kontrast, nyuans, aynanlik, teng bo‘ysinish, 
masshtablik, ritmlar kiradi. Kompozitsiyaning qaysi vositalarini tanlash 
funksional va konstruktiv talablar asosida aniqlanadi.
Proporsionallik
– qismlar yaxlitlik bilan bir xil o‘lchamli, tegishli 
to‘g‘ri nisbatga ega bo‘ladi. Yoritish ustasi uchun rang va yorug‘likning 
har xil xarakteristikalarining to‘g‘ri nisbatlarini topa olishi eng 
ahamiyatli ekanligi kundek ravshan. Kontrast va nyuans – san’atda 
badiiy ifodalilikning nozik namoyonidir. Yaxlit tashqi shaklni yaratish 
uchun shakl elementlaridagi muqarrar bo‘lgan farqlarni kuchaytirish 
yoki aksincha tekislash talab qilinadi. Xuddi mana shunda kontrastli 
yoki nyuansli yorug‘lik nisbatlari foydali bo‘ladi.
Nyuans
 
— bu tus bo‘lib, rangning, yorug‘lik ravshanligining 
sezilar- sezilmas ravishda o‘tishidir. Yorug‘lik ustasi nyuanslashni 
bilishi shart, ya’ni spektakl qahramonlari holatlarining nozik 
o‘zgarishlarini, dekoratsiyalarni soyalashni, sezilar- sezilmas o‘tishlarni, 
masalan quyosh botishi yoki chiqishini yorug‘lik orqali bera olishi 
kerak. Yorug‘lik nyuansi rang monotonligini yo‘qotish uchun katta 
tekisliklarda kuzatuvchilarni bo‘lish ritmining monotonligi, qattiqligi 
bilan 
kurashishda 
foydalaniladi. 

solishtirilayotgan 
shakllar 
(elementlar)ning o‘xshashligi farqlanishiga qaraganda kuchliroq 
ifodalangan holatlarda qo‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda
, nyuans – 
taxminan teng bo‘lgan kattaliklarning o‘zaro bog‘lanishlarini uzatish 
usulidir. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish