I qism. Fotometriya asoslari


 Rangni spektral o‘lchash



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
4.5.2. Rangni spektral o‘lchash 
Rangni spektral o‘lchash spektrofotometriyaga tegishlidir. 
Spektrofotometr deb, alohida to‘lqin uzunliklar chegarasida, spektrning 
kichik doirasida rangli jismlarning o‘tkazish yoki qaytarish 
koeffitsientlarini o‘lchash uchun hizmat qiladigan asbobga aytiladi. 
O‘lchashlar to‘lqin uzunligining ma’lum bir intervallari orqali 
hamma spektr bo‘ylab ketma ket olib boriladi va topilgan spektral 
koeffitsientlar bo‘yicha berilgan rangli jismning spektrofotometrik egri 
chizig‘i quriladi. Aniq laboratoriya o‘lchashlarida 10 nm li interval 
qo‘llaniladi. Kamroq aniqlikda, biroq fotografiya maqsadlari uchun 
yetarli hisoblangan qaytarish yoki o‘tkazishning uch pog‘onali zonali 
grafigi ko‘rinishdagi rangning spektral tavsifini qurish imkoniyatini 
beradigan spektrning atigi uchta nuqtasi olinadi.
Zonali usulda zonalarning chegaralari spektr bo‘yicha ko‘k zona 
uchun – 400 dan 490 nm gacha, yashil zona uchun – 490 dan 570 nm 
gacha va qizil zona uchun – 570 dan 700 nm gacha belgilanadi. 
Spektral o‘lchashlar uchun vizual va fotoelektrik asboblar 
qo‘llaniladi. Fotoelektrik asboblar yordamida o‘lchashlar tezroq 
bajariladi. O‘lchanayotgan rangning spektral egri chizig‘ini avtomat 
ravishda chizadigan fotoelektrik spektrofotometrlar mavjud.
Spektrofotometrik egri chiziqlar berilgan rangning absolyut emas, 
faqat nisbiy spektral tarkibining ko‘rinishini beradi. Demak, bular 


264 
bo‘yicha berilgan rangli jismning ravshanligi haqida emas, faqat uning 
yorqinlik darajasi va rangdorligi haqidagina mulohaza yuritish mumkin.
Soddalashtirilgan spektral o‘lchashlarni zonali yorug‘lik filtrlari 
bilan jihozlangan oddiy fotoelektrik eksponometrlar yordamida ham 
bajarish mumkin. Yorug‘lik filtrlari orqali yorug‘likni uch marta 
o‘lchashda olingan uchta son rangning spektral tarkibining eonali tavsifi 
bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Biroq shuni hisobga olish kerakki, bu 
berilgan holatda eksponometrning ko‘rsatkichlari rang ravshanligining 
uchta zonali kattaliklarini bevosita bermaydi, chunki asbobning 
ko‘rsatishi zonali yorug‘lik filtrlarining zichligiga va fotoelementning 
spektral sezgirligiga bog‘liq bo‘ladi. Rangning haqiqiy zonali 
ravshanliklari oxirgi ikkita omilni hisobga oladigan jadval bo‘yicha 
topish mumkin. Bunda qo‘llanilayotgan galvanometr tavsifining to‘g‘ri 
chiziqligini (to‘g‘ri chiziqdan chetga og‘ishini) e’tiborga olish zarur.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish