populatsiya sonining bir m e’yorda saqlanib terishi
gomestaz
(yunoncha
«gomeo» —
o'xshash,
«statist
— holat) deyiladi. Populatsiya gomeostazi
turning ekologik xususiyatlari, uning harakatchanligi, yirtqich va parazitlar
ham da boshqa omillarning ta ’sir etish darajasiga bog'liq bo'ladi.
Populatsiyaning zichligini boshqarish o'sim liklarda hududni hisobga
olgan holda o ‘z -o ‘zini siyraklashtirish, vegetativ quw atini oshirishda
nam oyon bo‘Isa, hayvonlarda esa ozuqa zaxiralari cheklangan holatda
bo'ladi. Ko'pchilik turlar populatsiyasining o'sishini sekinlashtiruvchi m e-
xanizmlardan biri individlaming o ‘zaro kimyoviy ta ’sir etishidir. C hunon-
chi, itbaliqlar suvga maxsus tnodda ajratib chiqarib, boshqa yosh it-
baliqlaming o'sishini to ‘xtatib qo'yadi. Itbaliq qanchalik yirik bo‘lsa, u
ajratib chiqargan m odda mayda itbaliqlarga shunchalik ta ’sir etadi. Bitta
yirik itbaliq 75 litr suvda barcha kichik itbaliqlarning o ‘sishini cheklab
qo'yishi mumkin. Yirik itbaliqlar quruqlikka chiqib ketgandan so‘ng suvda
ular ajratib chiqargan moddaning kuchi qolmaydi, shundan so'ng kichik
itbaliqlar yana o'sishda davom etadi. Buning ekologik mohiyati shundaki,
suvdagi ozuqa resurslaridan tezlik bilan foydalanib, metamorfozni tez tu -
gallaydi. Uning ketidan mayda itbaliqlar populatsiyasi go‘yo rezerv
hisoblanib, qulay sharoit yaratilganda hayot kechiradi.
Hayvonlar orasida kuchli ko‘rinishdagi populatsiyalar sonini boshqa-
rishga ozuqa zaxirasi, suv yoki boshqa resurslar ham cheklanganda kuzati-
Iadi. Chunonchi, chuchuk suvda yashovchi okun balig‘i boshqa turdagi
baliqlar bo'lmaganda o'zining populatsiya zichligini yosh baliqlar (bola-
lari)ni yeb hayot kechiradilar. Yosh baliqlar suvdagi mayda planktonlar bi
lan oziqlanadi, katta baliqlar esa bunga moslashmagan.
0
‘z bolasini tutib
yeyish (kannibalizfn hodisasi) holati uzoq vaqt davom ida ocharchilik kuza-
tilganda yirtqich sut emizuvchilar populatsiyasida ham kuzatiladi.
Populatsiyani son jihatdan cheklashning ikkinchi ko'rinishi zichlik or-
tishi bilan fiziologik va xulqiy holatlaming o‘zgarishidir. Bu o ‘z navbatida
yalpi ko‘chib ketish instinklarini keltirib chiqaradi. Natijada, o'troq hayot
kechirayotgan populatsiyaning ko‘pchilik qismi ushbu hududdan chiqib ke-
tishiga majbur bo'ladi. Hayvonlardagi hudud bilan bogiiq bo‘lgan xatti-
harakatlar instinklar tizimi sifatida kelib chiqqan bo‘lib, u populatsiyaning
ayni bir maydonda son jihatidan o'sishini boshqarishning samarali me-
xanizmlaridan hisoblanadi. Populatsiya zichligining ortishi individning
tug'ilish va nobud bo‘lish miqdorining pasayishi yoki ortishi kabi fiziologik
o ’zgarishlar bilan kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: