demograflar
fikricha populatsiyadagi individlar bir-
birlaridan jinsi va yoshi bilan keskin farqlanadilar. Populatsiyaning jins
tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg'ochi individlaming son
jihatdan nisbati hisoblanadi. Populatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan,
jinsiy xromosomalarning qo'shilishi bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga
bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, unga m a’lum darajada tashqi muhit ham ta ’sir
etishi mumkin.
Ekologik nuqtayi nazardan qaraganda populatsiyadagi jinslar nisbati-
ning biror tom onga siljishi ushbu populatsiyadagi mavqeyi bilan bog'liq.
Masalan, parazit chuvalchanglar va jam oa b o iib yashovchi hasharotlarda
erkak jins faqat otalanish jarayonida ishtirok etishdan iborat b o ig a n i
uchun jinslar nisbati urg'ochilar tomon siljigan. Sut emizuvchilardan tu -
voqlilar orasida ham ana shunday nisbat kuzatiladi. M onogam yirtqich sut
emizuvchilar va qushlarda erkak jins bolalarga va urg'ochi jinsga ozuqa
tashishda ishtirok etadi. Shuning uchun ularda jinslar nisbati teng b o ia d i.
Populatsiya evolutsiyasi uchun urg'ochi organizmlarning yoshi m uhim
ahamiyatga ega. Chunki, bizga m a’lumki, populatsiya individlarining
o iis h i va ularning serpushtliligi so‘zsiz jinsi va yoshiga bogiiq b o ia d i. M a
salan, inson populatsiyasi sonining o'sishi ko‘pincha 15—35 yoshda b o ig a n
ayollarga bog'liq. Bu potensialdan yosh yoki undan katta b o ig an ayollarda
bu xususiyat ancha past boiadi.
Populatsiyaning yosh tizimi sharoitga qarab har bir populatsiya uchun
turning genetik xususiyatiga bog'liq bo'ladi.
O'simlik fitotsinozidagi muayyan turlarning har xil holatlardagi in-
dividlaming yig'indisi senopopulatsiya deb ataladi. U ni agar gulli
o'simliklar misolida ko'radigan bo'lsak unga tuproqda (yoki uning
yuzasida) o 'z hayotchanligini yo'qotmagan urug'lar, nihollar va har xil
yoshdagi individlar kiradi. Senopopulatsiyalaming tarkibiy qismiga b a’zan
o ‘t o'simliklarning yer osti oiganlari — ildizpoya, piyozbosh, tuganak,
ildizmeva kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi —
senopopulatsiyalar
yig'indisidir.
Turlarning
o'zi
esa
populatsiya
yig'indisidan iborat. Jamoadagi populatsiyalar turli o ‘lchamdagi m aydonni
egallashi va yoshlarining nisbatlari bilan farq qilishadi. T.A.Rabotnov
populatsiyadagi o'sim liklar hayotini quyidagi davrlarga ajratib o'rgatishni
taklif qiladi:
a)
latent davri
— bunda o'simlik spora, urug' yoki mevalar holida
tinim davrida uchraydi. Masalan, terakning urug'i hayotchanligini 3 — 4
kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir begona o 'tla r esa
(shumg'iya, zarpechak) urug'ining hayotchanligini bir necha o 'n yillab
saqlay oladi;
b)
virgit davri —
o'simlikning maysalik davri, ya’ni yosh o'simlikning
gullashgacha bo'lgan davri;
d)
generativ (yetilish) davri
— sporalar yoki gullash va urug' hosil
bo'lish davri;
e)
senil (qarilik) davri -
o'simliklarda fiziologik jarayonlarning susayi-
shi, generativ ko'payish xususiyatning yo'qolish davri.
T.A.Rabotnov
tushunchasiga ko'ra populatsiyalarning
invazion, normal
va
regressiv
xillari bo'ladi.
invazion
populatsiya deyilganda, o'simliklar
jamoasiga endigina kirib kelayotgan populatsiyalar bo'lib, ular nihollar,
yosh hamda voyaga yetgan holdagi o'sim liklardan tashkil topgan bo'ladi.
Bunday populatsiyaning urugiari fitotsinozga tashqaridan kelib qolib,
jam oada muhim o 'rin egallamasligi yoki mutlaq yashay olmasligi ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |