ADABIYOTLAR:
1.Вилл К. Биология. - М.: М ир, 1968, стр. 6 2 5 -6 4 2 .
2.Грин Н., Стаут У., Тейлор Ф. Биология. Том 3. -М .: Мир, 1990, стр.253^-
282.
3.Дубнишева Т.Я. К онцепции современного естествознании. - М.: 200б.
стр. 612-635.
XV BOB. IQLIM VA UNING 0 ‘ZGARISHI
Iqlim va uning o ‘zgarishining insoniyat rivojlanishiga ta’siri.
Iqlim tu-
shunchasi taxminan 2200-yil oldin yunonistonlik olim G ipparx tom oni
dan kiritilgan bo'lib, u yunonchada quyosh nurlarining kun
yarimida Yer
yuzasiga “og‘ishi” ni bildiradi. Hozirgi vaqtda iqlim deganda harorat, namlik
va atmosfera sirkulyatsiyasining o'ziga xos rejimini vujudga keltiradigan,
m a’lum joy uchun eng ko'p takrorlanadigan ob-havo xususiyatlari tushu
niladi.
Iqlim va uning o'zgarib turishi o'simliklar va hayvonot olamining rivoj
lanishi va insonning inson sifatida shakllanishini ta ’minlaydi.
Olimlaming
taxmin qilishicha, bundan 65 mln. yil ilgari Yerga ulkan
asteroid kelib urilgan, natijada atmosferaga juda ko'p chang chiqarilgan va
oqibatda dunyo uch yil zimistonga aylangan.
Quyosh nurlarining kam tu-
shishi natijasida harorat pasaygan, ko'p o'simliklar o'sishdan to'xtagan,
oziq zanjirlari buzilgan va ko'p turlar,
shu jumladan, dinozavrlar ham
qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib ketish
sababini tushuntiruvchi
yetakchi nazariyalardan biridir.
Boshqa nazariyaga ko'ra inson zoti taxm inan 6 mln. yil oldin, yog'in
miqdori kamayib, harorat keskin pasaygan davrda tez rivojlana boshlagan.
Afrikadagi Buyuk Yoriq Vodiysidagi eng qadimgi
ajdodlarimiz daraxt-
larda yashashga moslashgan edilar. Lekin iqlimning uzoq vaqt davom etgan
o'zgarishlari natijasida daraxtlar o't-o'simliklar bilan almashgan. Eng qadim
gi ajdodlarimiz oilalari o'zlari moslashgan sovuqroq va quruq yalang tekis-
likka o'tib, yirtqichlar yashashi mumkin bo'lgan sharoitga tushib qolganlar.
Ana shunday qirilib ketishi mumkin bo'lgan sharoitda ikki evolyutsion
sakrash yo'li bilan moslashib olganlar. Birinchi evolyutson sakrashda uzoq
masofaga tik yurib bora oladigan, qo'llari bola va oziqni tashish uchun bo'sh
bo'lgan mavjudotlar va undan keyin katta aqliy imkonivatlarga ega bo'lgan,
m ehnat va ov
qurollarini ishlata oladigan, ham o'simlik, ham go'sht yey-
digan mavjudotlarga aylanganlar. Ikkinchisida — aqliy qobiliyati bo'lgan
mavjudotlar dastlabki odam deb qaralgan. Inson keyinchalik moslasha borib,
yanada kuchli bo'lgan iqlim o'zgarishlariga moslashgan.
184
Muzlik davrida quruqlik ko‘priklari orqali Osiyodan Amerikaga va Tinch
okeani orollariga ko‘chib o ‘tganlar. Bu ketma-ket ko‘chishlarda albatta falokat-
lar ham bo'lgan. Bu falokatlarning ayrimlari unchalik kuchli bolm agan.
Oxirgi yuz yilliklar va ayniqsa,
XX asrning xususiyati shundaki, inson-
laming faoliyati m a’lum joy va hududning iqlim sharoitiga yaxshi moslash
gan o‘simliklar hamda hayvon turlarini yaratish va o ‘stirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: