I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


Evolyutsiya to‘g‘risida hozirgj zamon tushunchalari



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Evolyutsiya to‘g‘risida hozirgj zamon tushunchalari. 
Evolyutsiyani tas- 
diqlovchi omillar (paleontologik, taqqoslovchi, embriologik va biokimyoviy).
Ch.Darvin va A.Uolleslarning evolyutsion nazariyasi hozirgi zamon fan 
yutuqlari (genetika, paleontologiya, m olekulyar biologiya, ekologiya, 
embriologiya) bilan boyitilgan va toidirilgan bo ‘lib, bu nazariya neodarvi- 
nizm deb ataladi. Neodarvinizm tabiiy tanlanish yo‘li bilan (genetik sabab- 
larga ko‘ra) organik evolyutsiya nazariyasidir.
Bu sohadagi Ch.Darvinning asosiy xizmati evolyutsiyaning mexaniz- 
mini aniqlab berganligi edi. Unga ko‘ra, tabiiy tanlanish aslida tashqi muhitga 
ko‘proq moslashgan organizmlarning saqlanib qolinishidir. Demak, M en­
179


del qonuniga ko‘ra, organizmlarning tashqi muhitga moslashishi. natijasida 
olgan belgilar mustahkamlanib, ular kelgusi avlodga genlar orqali beriladi. 
Tabiiy tanlanish ko‘p vaqtni o ‘z ichiga olish kerak degan tushunchalar 
mavjud.
Biroq Santa-Barbaris shahridagi Kalifomiya universiteti olimi Djon 
Endler yuzdan ortiq kuzatishlari bo ‘yicha tabiiy tanlanish juda qisqa mud- 
dat davrida ham kuzatilishi mumkin ekan. Masalan, shaxtalar atrofida 
o ‘suvchi ba’zi bir o ‘t-o ‘simliklar tuproqdagi qo‘rg‘oshinning yuqori kon- 
sentratsiyasiga tolerantligi kuzatilgan (ya’ni shu muhitda yashashga moslashi­
shi) yoki insonlarda kelgusi avlodga beriladigan m a’lum bir dorilarni qabul 
qilmaslik xususiyati ham aniqlangan.
Darvin aniqlagan Galapagos orollarida yashovchi vyuroklar evolyutsiyasi
1—5 mln. yillar davom etgan deb taxmin qilinadi. Evolyutsiyaga olib keluvchi 
tabiiy tanlanishdan tashqari yana boshqa xil omillar ham mavjud. Shulardan 
bittasi tasodifiy o‘zgarishlardir. Ma’lumki, o‘zgaruvchanlik negizida gen va xro- 
mosomalar mutatsiyasi yotadi. Kichik populyatsiyalarda muhim o ‘rinni ana 
shu tasodiflar egallaydi. Bir-biri bilan chatishtirishdagi populyatsiyalar katta 
bo‘lmasa, bir yoki bir necha avlod doirasida genlar chastotasi to ‘satdan 
o ‘zgarishi mumkin. Bunday o ‘zgarishlar genlar dreyfi deyiladi. Galapagos 
orollaridagi v’yuroklar qachonlardir kuchli shamollar natijasida Janubiy Ameri- 
kadan kelib shu yerda yashab qolganlar va ular shu yerga moslashib yangi 
turlami hosil qilganlar. Yangi turlaming hosil bo‘lishi esa evolyutsiyaga yaqqol 
misoldir. Chetverikov, Fisher, Xoldeyn va Raytlar XX asming 30-yillarida 
Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasi asosida genetika yotadi yoki boshqacha 
qilib aytganda, evolyutsiyaning fundamenti genetika hisoblanadi deyiladi.
Evolyutsiyaning asosini gen va xrom osom alarda r o ‘y beradigan 
o ‘zgarishlar (mutatsiyalar) tashkil etadi. Bundan tashqari hozirgi zamonda 
ko ‘pchilik olim lar tom onidan tan olinadigan evolyutsiyaning 5 ta asosiy 
qonuni mavjud.
1. H ar xil davrlarda evolyutsiya turli xil tezlikda o ‘tadi. Hozirgi bizning 
zamonimizda evolyutsiya tez o ‘tadi, bunga misol qilib ko‘pchilik eski shakl- 
laming yo‘qolib yangi shakllarning hosil boiganligini olish mumkin.
2. Turli xil tipdagi organizmlar evolyutsiyasi turli tezlikdao‘tadi. Kift 
oyoqlami oladigan bo'lsak, ko‘hna jinslarda qazilma holda topilgan kift oyoq- 
larining ba’zi bir vakillari 500 mln. yil mobaynida ham mutlaqo o ‘zgarmagan. 
Ular hozirgi kift oyoqlarga o‘xshaydi. Ikkinchi misol odam. Keyingi bir necha 
yuz ming yil orasida bir necha odam turlari paydo bo‘lib, o ‘lib ketgan.
3. Yangi turlar eng yuqori rivojlangan, mutaxassislashgan shakllardan 
emas, balki, aksincha, nisbatan oddiy tuzilgan, mutaxassislashmagan shakl­
lardan paydo bo'lgan. Masalan, sutemizuvchilar katta mutaxassislashgan
180


dinozavrdan etnas, balki kichik mutaxassislashmagan reptiliyalar guruhidan 
kelib chiqqan.
4. Evolyutsiya hamma vaqt ham oddiydan yuksaklik (murakkab tuzilish- 
ga) tom on boravermaydi. Murakkab shakldan oddiy shaklga aylangan re- 
gressiv evolyutsiyalar ham tarixda m a’lum. Masalan, ko‘pchilik parazitlar 
ularga nisbatan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan erkin yashovchi ajdodlari- 
dan kelib chiqqan. Yoki kazuarlarga o'xshash qanotsiz qushlar uchishga 
moslashmagan qushlardan kelib chiqqan, ko‘pchilik qanotsiz hasharotlar 
qanotlilardan, oyoqsiz ilonlar oyoqlari bo‘lgan reptiliyalardan kelib chiqqan 
va hokazo.
5.Evolyutsiya ko‘pincha populiyatsiyada tabiiy tanlanish va mutatsiya jaray- 
onlari natijasida ro‘y berib turadi. Evolyutsiyani tasdiqlovchi hozirgi zamon 
tushunchalari to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar asosan paleolontologiya, bioge- 
ografiya, sistematika, hayvonlar va o ‘simliklar seleksiyasi, morfologiya, 
taqqoslovchi embriologiya, taqqoslovchi biokimyo fanlaridan olingan. Bu 
fanlar sohasidagi m a’lumotlar hali Darvinga qadar nom a’lum edi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish