I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Yashash uchun kurash. 
Ch.Darvin “Yashash uchun kurash" iborasini 
keng m a’noda tushungan, ya’ni organizmning o ‘zaro hamda noqulay sha- 
roitlarga nisbatan kurashishini, shuningdek, o ‘zidan keyin normal nasi 
qoldirishini tushungan. Ch.Darvin yashash uchun kurashning 2 xili mavjud- 
ligini ta ’kidlaydi:
- Tur ichidagi;
- Tur orasidagi.
O rganizm tabiatining noqulay sharoitlarga qarshi kurashi, uning 
t a ’kidlashicha, tu r ichidagi kurash, ayniqsa, keskin b o ‘ladi, chunki 
ularning oziqqa, yashash sharoitga talabi xavf-xatari bir xildir. Bir xil yosh- 
dagi kiyiklar, bo‘rilar hayot poygasi ham tu r ichidagi kurashga yaqqol 
misoldir. Turlararo yashash uchun kurash turli shakllarda ko‘rinadi, chu-
172


nonchi, Markaziy Osiyoda keyingi 30 yil mobaynida Hindiston maynasi- 
ning ko‘payishi boshqa qushlaming asta-sekin kamayishiga sabab bo'lmoqda.
Yirtqich hayvonlar turlari o ‘txo‘rhayvonlar bilan oziqlanadilar. Parazit- 
lik qilib hayot kechiradigan organizmlardan jigar qurti, qoramol gijjasi 
yoki g‘o ‘za o ‘rgimchak kana, karam kapalagining lichinkasi yoki madaniy 
o'simliklar hisobiga yashaydigan shumg'iya, zarpechaklar ham turlararo 
kurashga misoldir. Oiganizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlarga 
qarshi kurashini ham m a joyda ko‘rish mumkin. M asalan, k o ‘pincha 
qurg‘oqchilik sharoitida o ‘sadigan o ‘simliklaming ba’zi birlari (qo‘ng‘irbosh, 
lolaqizg'aldoq, kiyiko‘t) qisqa muddat ichida ayni bahorda o‘sib, gullab 
urug‘ beradi. Boshqa xil o ‘simlik turlari (chunonchi, yantoq, saksovul)ning 
barglari mayda, reduksiyalashgan, ildizlari chuqur—15—18m gacha ketadi. 
Havo haroratining pasayishi bilan qushlar va sutemizuvchilarning pat va 
yunglari qalinlashadi, suvda ham, quruqlikda ham yashovchilar, sudralib 
yuruvchilar, umurtqasiz hayvonlar qishki uyquga ketadi. Bulaming ham - 
masi organizmlaming tashqi muhitning noqulay sharoitlariga moslashishidan 
bo'lak narsa emas.
Tabiiy tanlanish. Foydali o ‘zgarishlari mavjud b o ig an , tashqi muhit 
sharoitiga moslashgan individlaming yashab qolishi, zararli o ‘zgarishga ega 
bo ‘lganlaming nobud bo ‘lishi tabiiy tanlanish deb ataladi. Agar sun’iy 
tanlanishni inson olib borsa, tabiiy tanlanishda saralovchi bo‘lib tabiiy 
sharoit hisoblanadi. Tabiiy tanlanishning shakllaridan biri jinsiy tanlanish- 
dir. Jinsiy tanlanish asosida ikki jins orasidagi munosabat yotadi. Bu sohada 
hattoki tuban taraqqiy etgan organizmlarda ham tanlab qo‘shilish jarayoni 
kuzatiladi. Masalan, eng kuchli erkak individ, o ‘ziga ko‘p jalb qila oladigan 
urg‘ochi individlar o ‘zidan keyin ko‘proq avlod qoldirish imkoniyatlariga 
ega.
Tabiiy tanlanishning quyidagi xususiyatlari bor:
a)tabiiy tanlanish turga foydali bolm agan o'zgarishsiz turni o ‘zgartira 
olmaydi. Tabiiy tanlanishda sun’iy tanlashga qarama-qarshi o'laroq orga­
nizmlar o ‘ziga kerakli va foydali bo‘lgan o ‘zgarishlarni to ‘playdi;
b) ko‘payishsiz tabiiy tanlanish to ‘la-to‘kis o'tmaydi;
d) tabiiy tanlanishda bir individda hosil bo‘lgan instinktlar shu turdagi 
boshqa individlar uchun ham foydali boladi;.
e) tanlash natijasida turda paydo bo‘lgan o ‘zgarishlar b a’zan shu turga 
zarar ham keltirishi mumkin. Masalan, jam oa b o ‘lib yashovchi hayvon- 
larda tabiiy tanlanish natijasida hosil bo‘lgan instinktlar podani qo‘riqlayman 
deb, b a’zi hayvon individlarining o ‘limiga sabab bo‘ladi yoki asalari chaqsa 
oiad i. Chumoli va term itlar o ‘z uyalarini qo‘riqlayman deb, halok b o ‘lib 
ketadilar;
173


f) 
organizm lar hayoti uchun zarur b o ‘lgan belgilar, uning hayoti 
bo‘yicha faqatgina bir marta ishlatilsa ham agar u zarur va muhim bo‘lsa, bu 
belgi tabiiy tanlanishda saqlanib qoladi. Masalan, repteliyalaming tumshug‘i 
faqat tuxum dan chiqayotganda tuxum p o‘stini yoradi, yoki pillani ochib 
chiqadigan (hayotda bir marta) hasharotlarning jag‘lari shular jumlasi- 
dandir;
h) tabiiy tanlanish natijasida ikkita har xil turlar o ‘zaro qulay sharoit 
asosida yashashi mumkin. Masalan, gulli o ‘simliklaming ulami changlatuv- 
chi hasharotlar bilan yoki qisqichbaqaning aktiniya bilan simbiozi.
O rganizm lar yashayotgan muhit sharoiti vaqt o ‘tishi bilan asta-sekin 
o ‘zgarib borishi yoki nisbatan o ‘zgarmay qolishi mumkin, har ikki holda 
ham muayyan sharoitda yashayotgan individlarning ba’zilarida mutatsion, 
kombinatsion o ‘zgarishlar bo‘lishi, boshqalarida esa oldingi avlodlarga 
o‘xshash belgi-xossalar saqlanishi mumkin. Shunga asosan tabiiy tanla- 
nishning stabillashtiruvchi hamda harakatlantiruvchi shakllari mavjud. Tashqi 
m uhitning deyarli o'zgarm as m o‘tadil sharoitda avlod-ajdod belgilari 
o ‘zgarmagan individlarning saqlanib qolishi, o ‘zgarganlarining esa qirilib 
ketishi barqaror tanlanish deyiladi. Shunday tanlanishning tabiatda mavjud- 
ligini ko‘pgina misollarda ko‘rish mumkin. Masalan, 1892-yili Shimoliy 
Amerikada qattiq qor bo'ronidan so‘ng Bempes tomonidan 136 ta o ‘rtacha 
muzlagan, chalajon chumchuqlar issiqroq xonaga keltirilgan, ulardan 72 
tasi tirilib, 64 tasi o ‘lgan. Ular tekshirilganda tirik qolgan chumchuq qa- 
notlari o ‘rtacha uzunlikda, o ‘lganlarining qanoti nisbatan uzun yoki qisqa 
ekanligi m a’lum bo‘ldi. Stabillashtiruvchi tanlanish ta ’siri odamlarda ham 
uchraydi. C hunonchi, normal odamlar hujayrasida 44 ta autosom a va 2 ta 
jinsiy xromosoma uchraydi. Agar odamning urugiangan tuxum hujayrasida 
44 ta autosoma va у xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda, X jinsiy xromo­
soma yetishmasa, u holda homila ona qomida 2 - 3 oydan so‘ng rivojlanmay 
qoladi va ayollarda tabiiy abort ro‘y beradi. Harakatlantiruvchi tanlanish esa 
muhit sharoiti o ‘zgargan taqdirda u yoki bu turga kiruvchi individlar orasi- 
dan irsiy o ‘zgaruvchanlikka, shu bilan yangi sharoitga anchagina mos kel- 
adigan belgi-xossalariga ega organizmlar saqlanib qolib, ular orasidan 
o‘zgarmaganlari nobud bo‘ladi. Ch.Darvin 5 yil sayohat davrida kuchli 
shamollar tez -te z bo‘lib turadigan okean orollarida (Galapagoss) faqat 
uzun qanotli yoki va qanotsiz rudiment qanotli hasharotlar borligini aniq- 
ladi. Darvinning ta ’kidlashicha, bunday sharoitda normal qanotli hasha­
rotlar bunday shamollarga uncha bardosh bera olmasligi sababli ular halok 
b o‘lgan yoki sham ollar ularni uchirib ketgan, uzun qanotli individlarning 
ayrimlari shamolga qarshilik qilib havoda uchib yurgan. Kichikroq qanotli- 
lar esa havoga k o ‘tarila olmay turli yoriq, kovaklarga yashirinib olganlar. Bu
174


jarayon ko‘p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o ‘zgaruvchanlik tabiiy 
tanlanish okean orollarida qanoti uzun va qanotsiz individlarning kelib 
chiqishiga sababchi bo ‘lgan. Bugina emas, shamol tez-tez bo‘lib turadigan 
orollarda yoki baland toglarda baland bo‘yli daraxt yoki alohida-alohida holda 
o ‘sadigan o‘t-o ‘simliklar ham tabiiy tanlanish natijasida sekin-asta yo‘qola 
borgan, balandligi atigi lm ga boradigan butalar (yastik) hosil qiluvchi o ‘t- 
o ‘simliklar saqlanib qolgan. Organizmlarning qaror topgan belgi, xossalari 
o ‘zgarishini, yangi belgi, xossalarning hosil b o ‘lishi va rivojlanishini 
ta ’minlaydigan tabiiy tanlanishga xarakterlantiruvchi tanlanish deb ataladi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish