Takrorlash uchun savollar:
1. Yonish jarayonida kislorodning b o‘lishi shartmi?
2. Kimyoviy bog'lanishlaming qaysi turlarini bilasiz?
3. Kimyoviy formulalaming yozilishining qaysi ko‘rinislilarini bilasiz?
4. Vodorod bog'lanishning mohiyatini tushuntiring.
5. Ekzo va endotermik reaksiyalarida eneigiya va entropiya o'zgarishini tushuntirib
bering. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya kamayishi mumkinmi?
6. Kimyoviy muvozanat tushunchasini izohlang, misol keltiring.
7. Zanjir reaksiyalar va tarmoqlangan zanjir reaksiyalaming m ohiyatini tu
shuntiring. Misol keltiring.
8. Zanjir reaksiyalaridan foydalanib uranning parchalanish reaksiyasini tu
shuntiring.
9. LeShatele prinsipini tushuntirib bering.
10. Kimyoviy reaksiyalar borishini qanday parametrlar orqali kuzatish m um
kin? Kataliz deb nimaga aytiladi?
XIV BOB. EVOLYUTSION TA’LIMOT
Biologiyaning Ch.Darvingacha bo‘lgan davrdagi rivojlanishi.
XV asr-
ning yarmiga kelib Yevropada feodalizm o ‘rniga burjuaziya hokimiyati
o ‘rnatilishi bilan sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi. Mos
ravishda fan-texnika birmuncha rivojlana bordi. Yirik shaharlarda botanika va
hayvonot bog‘lari tashkil etilgan. Dunyoning boshqa yerlaridan Yevropaga
ko‘pgina o ‘simlik va hayvon turlari keltiriladi. Bularning hammasi o ‘simlik
va hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. N atijada kishilaming
o'sim liklar va hayvonlar to ‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan
ortib bordi. Botanika va zoologiya fanining rivojlanishi uchun awal m a’lum
bo'lgan o'sim lik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji paydo b o ‘la bosh-
ladi. Bu masala bilan m ashhur shved olimi botanik Karl Linney (1707—
1778) shug‘ullandi. Olim o ‘simlik va hayvonlar sistematikasiga asos soldi.
U 10 mingdan ortiq o'sim lik, 42000 dan ortiq hayvon turlarini tasvirlab
beradi. Turlam i avlodlarga, avlodlami esa oilalarga, oilalarni turkumlarga
168
(tartiblarga), tartiblarni esa sinflarga birlashtirdi. U barcha o ‘simliklarni
gulidagi changchilari soniga va changchilarning joylashishiga, uzun-qisqa-
ligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga, hayvonlami esa 6 sinfga bo ‘ldi.
K.Linney sistemasi sun’iy sistema edi. Masalan, sholi va jag‘-jag‘ o‘simligi
gulida 6 tadan changchisi bo‘lganligi uchun ulami 6-sinfga birlashtirdi. Va-
holanki, ular m utlaqo boshqa-boshqa sistem atik guruhlarga taalluqli
o ‘simliklardir. K.Linney sistematikaga binar (qo‘sh) nomenklaturasini ki-
ritdi. Ya’ni har bir o ‘simlik va hayvon turini ikki nom bilan atash lozim-
ligini aytdi. Misol, o ‘rik Arme nica Vul garis — bu yerda birinchi so‘z
o'simlikning avlodini bildirsa, ikkinchisi esa o ‘simlik turini bildiradi va har
bir aniqlangan o ‘simlik va hayvon turi oxirida shu turni birinchi bo‘lib
tasvirlab bergan olim familiyasining bosh harfi yoki familiyasi qisqartirib
yozilishi lozimligini ta ’kidlaydi Masalan, qattiq bug‘doy Triticum durum
L.K.Linney tom onidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur
faoliyat keyinchalik organik olamni atroflicha o ‘rganishga imkon berdi. Bu
esa o ‘z navbatida evolyutsion nazariyani yaratish uchun zamin bo‘lib xiz-
mat qildi. Ch. Darvingacha bo ‘lgan davrda organik dunyo evolyutsiyasi ha-
qidagi nazariyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi J.B.Lamark (1744—
1829) yaratdi. U dastlab botanika, keyinchalik, zoologiya sohasida ilmiy
izlanishlar olib bordi. U evolyutsiya haqidagi dastlabki g ‘oyalarini “Zo-
ologiyaga kirish” degan asarida ilgari surgan bo‘lsa-da, 1809-yilda chop
etilgan “Zoologiya falsafasi” asarida uni evolyutsion nazariya holiga keltirdi.
Uning fikricha, sodda hayvonlar o ‘z -o ‘zidan anorganik tabiatdan paydo
b o‘lgan. Keyinchalik tashqi muhit ta ’siri ostida ular o ‘zgarib, vaqt o ‘tishi
bilan takom illashib, murakkablashib yuksak organizmlarga aylangan.
J.B.Lamarkning evolyutsion nazariyasi negizida ikki narsa yotadi: l.Orga-
nizm qismlarining mashq qilish va mashq qilmasligi. 2. Belgilaming nasldan-
naslga o ‘tishidir. Tashqi muhitning o ‘zgarishi organizmlar xulq-atvorini
o ‘zgartirishi mumkin xolos. Organlardan intensiv va effektiv foydalanish,
shu organni kattalashtiradi, foydalanilmagan organlar esa degeneratsiyaga
uchrab, yo‘qolib ketadi (aptrofiyaga uchraydi) deydi. Lamarkizm nuqtayi
nazaridan qaraganda jirafa bo'ynining va oyog‘ining uzunligi uning kalta
oyoqli va kalta bo'yinli avlodlarining daraxt barglari bilan doimo cho‘zilib
ovqatlanishlari natijasida paydo bo ‘lgan va bu belgi keyinchalik nasldan-
naslga o‘ta boshlagan. Suvda suzuvchi qushlarning barmoqlari o'rtasidagi
pardalar, kambala balig‘ining shakl tuzilishini ham Lamark shu usulda tus-
huntiradi. Lam arkning qayd etishicha, o ‘sim liklar tashqi m uhitning
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ta ’siri ostida o'zgarsa, hayvonlarda esa ichki intilish,
ulaming oddiylikdan murakkablikka tom on o ‘zgarishida asosiy rol o‘ynaydi.
Lamark organik olam evolyutsiyasi haqidagi ta ’limotga asos solgan bo‘lsa-
169
da, lekin, evolyutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini tushuntirib bera
olmadi. XIX asrning birinchi yarmida Yevropa mamlakatlari, ayniqsa, An-
gliyada kapitalizm jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
Bu esa o'z navbatida fan va texnika, sanoatning tez sur’atlar bilan rivoj-
lanishiga olib keladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo'lgan talab oshdi. Ko‘p
mahsulot beradigan yangi o ‘simlik navlari, hayvon zotlarining yaratilishi
jadallashdi. Natijada seleksiya fan sifatida shakllandi. Tabiiy fanlar ham rivoj-
lanib bir qancha yutuqlarga erishildi, chunonchi, hujayra nazariyasi yaratildi.
Natijada xilma-xil o'simliklar, hayvonlar ichki tuzilishi jihatidan bir xil
ekanligi m a’lum bo‘ldi. Shunday qilib, XVIII asming birinchi yarmida tabi-
atshunoslikning turli shoxobchalarida to ‘plangan dalillar organik olam qotib
qolmaganligini, uning o ‘zgarib turishini ko‘rsatdi. Biroq organik olam evol-
yutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Tabiatshunoslik fani
oldida turgan asosiy vazifa, uning turli tarmoqlarda yig‘ilgan dalillami, fikr-
mulohazalarni to ‘plash, xulosalash va shular asosida organik olam evolyutsi-
yasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun
haddan tashqari bilimdon, sinchkov va keng tushunchaga ega bo'lgan zukko
shaxs zarur edi. Ch.Darvin ana shunday shaxs bo‘lib dunyoga keldi.
Ch.Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shryusberg shahrida shi-
fokor oilasida tavallud topdi. U 1831-yilda Janubiy Amerika Sharqiy
qirg‘oqlarining xaritasini tuzishga chiqqan “ Bigl ’“ harbiy kemasida natu
ralist sifatida ishtirok etdi. Sayohat 5 yilga m o‘ljallangan bo ‘lib, kema Chili
qirg‘oqlaridan tortib Galapagoss orollari Gaiti, Yangi Zelandiya, Janubiy
Afrikada bo ‘lib, Falmutga 1836-yil oktabr oyida qaytib keladi. Ana shu sa
yohat davrida Ch.Darvin asosan geologik kuzatishlar bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga Ch.Darvin Tinch va Hind okeanining ko'pgina orollarida
Janubiy Amerikaning sharqiy, g‘arbiy qirg'oqlarida, Avstraliya, Afrika-
ning janubiy qirg'oqlarida bo‘lib, u yerlardagi qadimgi davr va hozirgi vaqtda
tarqalgan o'simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgari o‘lib ketgan va hozirgi
vaqtda yashayotgan hayvonlar o'rtasida juda ko‘p o ‘xshashlik va farqlar
borligini aniqlaydi. Ch.Darvin aytishicha, bu ikki q it’a yagona bo'lgan.
Keyinchalik Meksika tog'lari tufayli bu yagona qit’a ikkiga bo'lingan. Nati
jada ularning hayvonot va o'simlik olamida farqlar paydo bo'lgan. Ch.Darvinni,
ayniqsa, Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'oqlaridan 900 km uzoqlikda joy-
lashgan Galopagoss arxipelagining hayvonot vao'simliklar olami hayratga
soladi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko'p uchraydi. Chumchuqsi-
monlar turkumiga kiruvchi v’yuroklar, sudralib yuruvchilardan toshbaqalar-
ning har biri o'ziga xos tuzilishga
ega. Umuman olganda, Galapagoss
arxipelagining hayvonlari vao'sim liklari Janubiy A m erikahayvoni va
o'sim liklariga o'xshash, biroq ayrim belgi, xossalari bo'yicha farq qiladi.
170
U sayohat davrida organizmlaming o ‘zgaruvchanligi to'gYisida ko‘p materi-
allar yig‘ib, turlar o ‘zgarib turadi, degan xulosaga keldi. Angliyaga sayohatdan
qaytib kelgandan keyin amaliyotda parvarish qilinayotgan kaptarlar, uy hay-
vonlari bilan shug‘ullana boshladi va sun’iy tanlanish konsepsiyasini yaratdi.
Ch.Darvin dunyo sayohatidan qaytgach, olingan m a’lumotlar (mate-
riallar) ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari, jumla-
dan, Alfred Rassel Uolles bilan hamkorlik qildi. U yagona hayvon zotlari,
o ‘simlik navlarini chiqarish tartiblarini o ‘rgandi. Shularga asoslanib u o r
ganik olam evolyutsiyasi haqida dastlab 1841-yil ilmiy asar yozdi va uni
yana 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, yangi ishonchli dalillar
bilan asosladi. Nihoyat 1859-yil “Turlarning paydo b o ‘lishi“ degan mash-
hur asarini chop etdi va 1250 nusxada bo‘lgan bu asar nashrdan chiqqan
kuniyoq tarqab tam om bo‘ldi.
Ch.Darvin ta ’kidicha, organik olam evolyutsiyasining harakatlantiruv-
chi kuchlari irsiyat, o ‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tan-
lanishdir. Ch.Darvin va A. Uolleslar evolyutsiya yo‘llarini quyidagicha tas-
virlab berdilar:
1. 0 ‘zgaruvchanlik hamma o‘simlik va hayvon guruhlarida uchraydi va shu
sababli ular bir-biridan farq qiladi. ( 0 ‘zgaruvchanlikning sababi hali ularga
nom a’lum edi, hozir biz uni yaxshi bilamiz, o ‘zgaruvchanlikning negizida
mutatsiya yotadi.)
2. H ar bir turga xos tug‘iladigan individlar soni ular yashab qolishi va
oziqlanishi uchun m o‘ljallangan individlar soniga qaraganda ko‘p bo‘ladi,
ya’ni tug‘ilish yashab qolishga nisbatan ko‘p. Shunga qaramasdan tabiatda
har bir turga qarashli individlar soni doimiydir, bu degan so‘z har bir
avlodga xos bo‘lgan individlarning ko‘pchiligi halok bo‘lib turadi.
3. Demak, yashab qolishga nisbatan tug‘ilish ko‘p ekan, ular orasida
ovqat va tashqi muhit uchun doimo keskin kurash va raqobat bo‘lib turadi.
4. M a’lum sharoitda mazkur organizmning yashab qolishini yengillash-
tiruvchi o ‘zgarishlar shu sharoitda kam moslashgan boshqa organizmlarga
nisbatan ustunlik beradi. Bu yashash uchun kurashning ayni negizidir.
5. Foydali o ‘zgarishlar natijasida yashab qolgan (o‘lib ketmagan) or
g anizm lar kelgusi avlodni boshlab berdilar, shunday qilib, foydali
o ‘zgarishlar kelgusi avlodga beriladi. Demak, avloddan avlodga o ‘tgan sari
tashqi muhitga moslashish kuchayib boradi. Tashqi muhit o ‘zgarsa, unga
moslashgan yangi o ‘zgarishlar paydo bo‘lib, boraveradi. Shunday qilib,
tabiiy tanlanish bir necha yillar davom etsa, oxirgi avlod vakillari dastlab-
ki avlod vakillaridan keskin farq qilib, ularga o ‘xshamay qoladi, bu holda
uni alohida turga ajratish mumkin. Shu usul bilan bir tur individlaridan bir
nechta turlar paydo bo‘lishi mumkin.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |