I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

Takrorlash uchun savollar:
1. Yonish jarayonida kislorodning b o‘lishi shartmi?
2. Kimyoviy bog'lanishlaming qaysi turlarini bilasiz?
3. Kimyoviy formulalaming yozilishining qaysi ko‘rinislilarini bilasiz?
4. Vodorod bog'lanishning mohiyatini tushuntiring.
5. Ekzo va endotermik reaksiyalarida eneigiya va entropiya o'zgarishini tushuntirib
bering. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya kamayishi mumkinmi?
6. Kimyoviy muvozanat tushunchasini izohlang, misol keltiring.
7. Zanjir reaksiyalar va tarmoqlangan zanjir reaksiyalaming m ohiyatini tu ­
shuntiring. Misol keltiring.
8. Zanjir reaksiyalaridan foydalanib uranning parchalanish reaksiyasini tu ­
shuntiring.
9. LeShatele prinsipini tushuntirib bering.
10. Kimyoviy reaksiyalar borishini qanday parametrlar orqali kuzatish m um ­
kin? Kataliz deb nimaga aytiladi?
XIV BOB. EVOLYUTSION TA’LIMOT
Biologiyaning Ch.Darvingacha bo‘lgan davrdagi rivojlanishi. 
XV asr- 
ning yarmiga kelib Yevropada feodalizm o ‘rniga burjuaziya hokimiyati 
o ‘rnatilishi bilan sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi. Mos 
ravishda fan-texnika birmuncha rivojlana bordi. Yirik shaharlarda botanika va 
hayvonot bog‘lari tashkil etilgan. Dunyoning boshqa yerlaridan Yevropaga 
ko‘pgina o ‘simlik va hayvon turlari keltiriladi. Bularning hammasi o ‘simlik 
va hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. N atijada kishilaming 
o'sim liklar va hayvonlar to ‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan 
ortib bordi. Botanika va zoologiya fanining rivojlanishi uchun awal m a’lum 
bo'lgan o'sim lik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji paydo b o ‘la bosh- 
ladi. Bu masala bilan m ashhur shved olimi botanik Karl Linney (1707— 
1778) shug‘ullandi. Olim o ‘simlik va hayvonlar sistematikasiga asos soldi. 
U 10 mingdan ortiq o'sim lik, 42000 dan ortiq hayvon turlarini tasvirlab 
beradi. Turlam i avlodlarga, avlodlami esa oilalarga, oilalarni turkumlarga
168


(tartiblarga), tartiblarni esa sinflarga birlashtirdi. U barcha o ‘simliklarni 
gulidagi changchilari soniga va changchilarning joylashishiga, uzun-qisqa- 
ligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga, hayvonlami esa 6 sinfga bo ‘ldi.
K.Linney sistemasi sun’iy sistema edi. Masalan, sholi va jag‘-jag‘ o‘simligi 
gulida 6 tadan changchisi bo‘lganligi uchun ulami 6-sinfga birlashtirdi. Va- 
holanki, ular m utlaqo boshqa-boshqa sistem atik guruhlarga taalluqli 
o ‘simliklardir. K.Linney sistematikaga binar (qo‘sh) nomenklaturasini ki- 
ritdi. Ya’ni har bir o ‘simlik va hayvon turini ikki nom bilan atash lozim- 
ligini aytdi. Misol, o ‘rik Arme nica Vul garis — bu yerda birinchi so‘z 
o'simlikning avlodini bildirsa, ikkinchisi esa o ‘simlik turini bildiradi va har 
bir aniqlangan o ‘simlik va hayvon turi oxirida shu turni birinchi bo‘lib 
tasvirlab bergan olim familiyasining bosh harfi yoki familiyasi qisqartirib 
yozilishi lozimligini ta ’kidlaydi Masalan, qattiq bug‘doy Triticum durum 
L.K.Linney tom onidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur 
faoliyat keyinchalik organik olamni atroflicha o ‘rganishga imkon berdi. Bu 
esa o ‘z navbatida evolyutsion nazariyani yaratish uchun zamin bo‘lib xiz- 
mat qildi. Ch. Darvingacha bo ‘lgan davrda organik dunyo evolyutsiyasi ha- 
qidagi nazariyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi J.B.Lamark (1744— 
1829) yaratdi. U dastlab botanika, keyinchalik, zoologiya sohasida ilmiy 
izlanishlar olib bordi. U evolyutsiya haqidagi dastlabki g ‘oyalarini “Zo- 
ologiyaga kirish” degan asarida ilgari surgan bo‘lsa-da, 1809-yilda chop 
etilgan “Zoologiya falsafasi” asarida uni evolyutsion nazariya holiga keltirdi. 
Uning fikricha, sodda hayvonlar o ‘z -o ‘zidan anorganik tabiatdan paydo 
b o‘lgan. Keyinchalik tashqi muhit ta ’siri ostida ular o ‘zgarib, vaqt o ‘tishi 
bilan takom illashib, murakkablashib yuksak organizmlarga aylangan. 
J.B.Lamarkning evolyutsion nazariyasi negizida ikki narsa yotadi: l.Orga- 
nizm qismlarining mashq qilish va mashq qilmasligi. 2. Belgilaming nasldan- 
naslga o ‘tishidir. Tashqi muhitning o ‘zgarishi organizmlar xulq-atvorini 
o ‘zgartirishi mumkin xolos. Organlardan intensiv va effektiv foydalanish, 
shu organni kattalashtiradi, foydalanilmagan organlar esa degeneratsiyaga 
uchrab, yo‘qolib ketadi (aptrofiyaga uchraydi) deydi. Lamarkizm nuqtayi 
nazaridan qaraganda jirafa bo'ynining va oyog‘ining uzunligi uning kalta 
oyoqli va kalta bo'yinli avlodlarining daraxt barglari bilan doimo cho‘zilib 
ovqatlanishlari natijasida paydo bo ‘lgan va bu belgi keyinchalik nasldan- 
naslga o‘ta boshlagan. Suvda suzuvchi qushlarning barmoqlari o'rtasidagi 
pardalar, kambala balig‘ining shakl tuzilishini ham Lamark shu usulda tus- 
huntiradi. Lam arkning qayd etishicha, o ‘sim liklar tashqi m uhitning 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ta ’siri ostida o'zgarsa, hayvonlarda esa ichki intilish, 
ulaming oddiylikdan murakkablikka tom on o ‘zgarishida asosiy rol o‘ynaydi. 
Lamark organik olam evolyutsiyasi haqidagi ta ’limotga asos solgan bo‘lsa-
169


da, lekin, evolyutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini tushuntirib bera 
olmadi. XIX asrning birinchi yarmida Yevropa mamlakatlari, ayniqsa, An- 
gliyada kapitalizm jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
Bu esa o'z navbatida fan va texnika, sanoatning tez sur’atlar bilan rivoj- 
lanishiga olib keladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo'lgan talab oshdi. Ko‘p 
mahsulot beradigan yangi o ‘simlik navlari, hayvon zotlarining yaratilishi 
jadallashdi. Natijada seleksiya fan sifatida shakllandi. Tabiiy fanlar ham rivoj- 
lanib bir qancha yutuqlarga erishildi, chunonchi, hujayra nazariyasi yaratildi. 
Natijada xilma-xil o'simliklar, hayvonlar ichki tuzilishi jihatidan bir xil 
ekanligi m a’lum bo‘ldi. Shunday qilib, XVIII asming birinchi yarmida tabi- 
atshunoslikning turli shoxobchalarida to ‘plangan dalillar organik olam qotib 
qolmaganligini, uning o ‘zgarib turishini ko‘rsatdi. Biroq organik olam evol- 
yutsiyasi haqida yagona nazariya hali yaratilmagan edi. Tabiatshunoslik fani 
oldida turgan asosiy vazifa, uning turli tarmoqlarda yig‘ilgan dalillami, fikr- 
mulohazalarni to ‘plash, xulosalash va shular asosida organik olam evolyutsi- 
yasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun 
haddan tashqari bilimdon, sinchkov va keng tushunchaga ega bo'lgan zukko 
shaxs zarur edi. Ch.Darvin ana shunday shaxs bo‘lib dunyoga keldi.
Ch.Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shryusberg shahrida shi- 
fokor oilasida tavallud topdi. U 1831-yilda Janubiy Amerika Sharqiy 
qirg‘oqlarining xaritasini tuzishga chiqqan “ Bigl ’“ harbiy kemasida natu­
ralist sifatida ishtirok etdi. Sayohat 5 yilga m o‘ljallangan bo ‘lib, kema Chili 
qirg‘oqlaridan tortib Galapagoss orollari Gaiti, Yangi Zelandiya, Janubiy 
Afrikada bo ‘lib, Falmutga 1836-yil oktabr oyida qaytib keladi. Ana shu sa­
yohat davrida Ch.Darvin asosan geologik kuzatishlar bilan shug‘ullanadi. 
Shu bilan birga Ch.Darvin Tinch va Hind okeanining ko'pgina orollarida 
Janubiy Amerikaning sharqiy, g‘arbiy qirg'oqlarida, Avstraliya, Afrika- 
ning janubiy qirg'oqlarida bo‘lib, u yerlardagi qadimgi davr va hozirgi vaqtda 
tarqalgan o'simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgari o‘lib ketgan va hozirgi 
vaqtda yashayotgan hayvonlar o'rtasida juda ko‘p o ‘xshashlik va farqlar 
borligini aniqlaydi. Ch.Darvin aytishicha, bu ikki q it’a yagona bo'lgan.
Keyinchalik Meksika tog'lari tufayli bu yagona qit’a ikkiga bo'lingan. Nati­
jada ularning hayvonot va o'simlik olamida farqlar paydo bo'lgan. Ch.Darvinni, 
ayniqsa, Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'oqlaridan 900 km uzoqlikda joy- 
lashgan Galopagoss arxipelagining hayvonot vao'simliklar olami hayratga 
soladi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko'p uchraydi. Chumchuqsi- 
monlar turkumiga kiruvchi v’yuroklar, sudralib yuruvchilardan toshbaqalar- 
ning har biri o'ziga xos tuzilishga 
ega. Umuman olganda, Galapagoss 
arxipelagining hayvonlari vao'sim liklari Janubiy A m erikahayvoni va 
o'sim liklariga o'xshash, biroq ayrim belgi, xossalari bo'yicha farq qiladi.
170


U sayohat davrida organizmlaming o ‘zgaruvchanligi to'gYisida ko‘p materi- 
allar yig‘ib, turlar o ‘zgarib turadi, degan xulosaga keldi. Angliyaga sayohatdan 
qaytib kelgandan keyin amaliyotda parvarish qilinayotgan kaptarlar, uy hay- 
vonlari bilan shug‘ullana boshladi va sun’iy tanlanish konsepsiyasini yaratdi.
Ch.Darvin dunyo sayohatidan qaytgach, olingan m a’lumotlar (mate- 
riallar) ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari, jumla- 
dan, Alfred Rassel Uolles bilan hamkorlik qildi. U yagona hayvon zotlari, 
o ‘simlik navlarini chiqarish tartiblarini o ‘rgandi. Shularga asoslanib u o r­
ganik olam evolyutsiyasi haqida dastlab 1841-yil ilmiy asar yozdi va uni 
yana 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, yangi ishonchli dalillar 
bilan asosladi. Nihoyat 1859-yil “Turlarning paydo b o ‘lishi“ degan mash- 
hur asarini chop etdi va 1250 nusxada bo‘lgan bu asar nashrdan chiqqan 
kuniyoq tarqab tam om bo‘ldi.
Ch.Darvin ta ’kidicha, organik olam evolyutsiyasining harakatlantiruv- 
chi kuchlari irsiyat, o ‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tan- 
lanishdir. Ch.Darvin va A. Uolleslar evolyutsiya yo‘llarini quyidagicha tas- 
virlab berdilar:
1. 0 ‘zgaruvchanlik hamma o‘simlik va hayvon guruhlarida uchraydi va shu 
sababli ular bir-biridan farq qiladi. ( 0 ‘zgaruvchanlikning sababi hali ularga 
nom a’lum edi, hozir biz uni yaxshi bilamiz, o ‘zgaruvchanlikning negizida 
mutatsiya yotadi.)
2. H ar bir turga xos tug‘iladigan individlar soni ular yashab qolishi va 
oziqlanishi uchun m o‘ljallangan individlar soniga qaraganda ko‘p bo‘ladi, 
ya’ni tug‘ilish yashab qolishga nisbatan ko‘p. Shunga qaramasdan tabiatda 
har bir turga qarashli individlar soni doimiydir, bu degan so‘z har bir 
avlodga xos bo‘lgan individlarning ko‘pchiligi halok bo‘lib turadi.
3. Demak, yashab qolishga nisbatan tug‘ilish ko‘p ekan, ular orasida 
ovqat va tashqi muhit uchun doimo keskin kurash va raqobat bo‘lib turadi.
4. M a’lum sharoitda mazkur organizmning yashab qolishini yengillash- 
tiruvchi o ‘zgarishlar shu sharoitda kam moslashgan boshqa organizmlarga 
nisbatan ustunlik beradi. Bu yashash uchun kurashning ayni negizidir.
5. Foydali o ‘zgarishlar natijasida yashab qolgan (o‘lib ketmagan) or­
g anizm lar kelgusi avlodni boshlab berdilar, shunday qilib, foydali 
o ‘zgarishlar kelgusi avlodga beriladi. Demak, avloddan avlodga o ‘tgan sari 
tashqi muhitga moslashish kuchayib boradi. Tashqi muhit o ‘zgarsa, unga 
moslashgan yangi o ‘zgarishlar paydo bo‘lib, boraveradi. Shunday qilib, 
tabiiy tanlanish bir necha yillar davom etsa, oxirgi avlod vakillari dastlab- 
ki avlod vakillaridan keskin farq qilib, ularga o ‘xshamay qoladi, bu holda 
uni alohida turga ajratish mumkin. Shu usul bilan bir tur individlaridan bir 
nechta turlar paydo bo‘lishi mumkin.
171



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish