I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti



Download 418.44 Kb.
bet8/8
Sana11.01.2017
Hajmi418.44 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston ma’naviy hayotining asosi islom edi. Madaniyat, maorif, san’at, huquq, falsafa, adabiyot – barcha barchasi islom dini asosida o’qitilar edi. Oilaviy munosabatlar, turmushning an’anaviy shakllari, ijtimoiy hayot ham diniy qoidalar bilan belgilanar edi. Shariat - islom qonuni musulmon hayotining barcha jihatlarini tartibga solib turardi. Islom dini davlat hokimiyatining tayanchi edi. Oliy ruhoniylarning o’zi ham hukmron sinfning bir qismi - ruhoniylar yirik zamindorlar bo’lishgan va ularning nufuzi iqtisodiy qudrati va jamiyatdagi mavqei bilan belgilanar edi. Ko’pgina aslzoda ruhoniylar davlat hokimiyatida muhim lavozimlarni egallagan edilar. Buxoro amirligida shayxulislom - islom rahbari va boshqozi - bosh shariat sudyasi lavozimlari bo’lgan. Islom Turkiston xalq ommasining mafkurasi edi. Barcha musulmonlar o’z diniga sodiqligining asosi bo’lmish beshta asosiy farzni ado etishi lozim edi: kalimai tavhid - "Ollohdan o’zga tangri yo’qdir, Muhammad uning pay­g’ambaridir" deb aytish; har kuni besh marta namoz o’qish, har yili bir oy ro’za tutish, zakot (soliq) to’lash va hajga borish. Davlat hokimiyati aholi belgilangan qoidalardan chetga og’masligi ustidan qat’iy nazorat qilar edi.

MAORIF. Buxoro islom saltanati edi. Yuzlab masjidlarda butun islom olarniga tanilgan ko’plab diniy markazlar joylashgan edi. Buxoroning islom olarnidagi ulug’ligi va ahamiyatini ta’kidlagan holda bu shaharni "islom gumbazi" yoki "Buxoroi sharif” deb atashgan. Bu shaharda butun musulmon olamiga tanilgan allomalar, olimlar, nazariyotchilar va sharhchilar - islom bilimdonlari yashar va ijod qilishar edi. Maktablar - boshlang’ich maktablarning keng tarqalgan turi bo’lib, uning dasturi murakkab emasdi. Bu yerda dastavval arab alitbosi harflari o’rganilgan. Shundan keyin islomning asosiy qoidalari aks etgan Qur’oni karimdan tanlab olingan suralar va oyatlardan iborat "Haftiyak" (ya’ni Qur’oni karimning yettidan biri)ni yod olishga kirishilgan. So’ng musulmon marosimlari tasvirlangan "Chorkitob", so’ngra "Sofi Olloyor"ni yod olishga kirishilgan. "So’fi Olloyor" she’riy shaklda o’zbek tilida tuzilgan bo’lib, avliyolar, payg’ambarlar hayoti haqidagi hikoyatlarga ega musulmon "avliyonoma"larini o’zida ifoda etgan.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xonlikalrda ta’lim sohasi, matbuot, ilm-fan, teatr va musiqa san’ati, qolaversa memorchilik ahvoli haqida

Tarbiyaviy maqsad; jaholat davri, taraqqiyotsizlik davrlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; xonliklarning tanazzulga uchrash sabablari haqida gapirib berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya hukumati tomonidan Turkiston o’lkasini o’zlashtirishga kirishildi. Eng avvalo, 1867-yilda mintaqaning bosh xaritasi tuzib chiqildi va iqlimini o’rganish uchun Toshkentda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Ammo uzoq vaqt davomida keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi. Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida O’rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot ishlarida, garchi ana shu davrda tadqiqotlar asosan tashabbuskorlar kuchlari bilan davlatning ko’magisiz amalga oshirilgan bo’lsa-da, birmuncha jonlanish ko’zga tashlandi. Rossiya davlati noharbiy maqsadlarga mablag’ sarflashni istamasdan, faqat harbiy-siyosiy nuqtayi nazardan mintaqa ahamiyatini ko’rib chiqqan edi. 1871-yili tashkil etilgan O’rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag’ yo’qligi tufayli 1893-yilda o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’lgan edi. 1876-yilda Toshkentda Turkiston muzeyi, hozirgi O’zbekiston tarixi muzeyi tashkil qilindi. Muzeyda nodir qo’lyozma kitoblar, vaqf hujjatlari, buyumlar, turli davrlarga oid jangchilar qurollari saqlanadi. Etnografik material o’zbeklarning turmushiga oid buyumlar va liboslaridan iborat edi. Eng yangi tarix davri buyuk olimlar va davlat arboblarining hujjatlari, fotosuratlari va shaxsiy buyumlari vositasida tasvirlangan. Muzey fondida 155 ming­dan ziyod eksponat mavjud edi. Bu davrda, ayniqsa, Turkiston Qishloq xo’jaligi jamiyati faol ishladi. Jamiyat nashr ettirgan "Turkestanskoe selskoye xozyaystvo" jurnali qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, yerlarni sug’orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilg’or usullarni targ’ib qildi. Qishloq xo’jaligi jamiyati paxtachilikni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullandi va 1897-yilda dastlabki yutuqqa erishdi, ya’ni mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan o’ziga xos O’rta Osiyo paxtasining dastlabki tonnalari yetishtirildi. Seversev Nikolay Alekseyevich (1827-1885) -1857-yilda Orolbo’yi va Sirdaryo pasttekisliklariga uyushtirilgan ekspeditsiya bilan Turkiston o’lkasiga kelgan O’rta Osiyoni tadqiq etishda faol ishtirok etgan olimlardan biri. Shundan keyin u O’rta Osiyoga yana to’qqiz marta ekspeditsiya uyushtirdi va so’nggi marta 1879-yilda Yettisuvga keldi. Uning "Turkiston o’lkasiga sayohat" asariga O’rta Osiyo tabiati, iqtisodiyoti va xalq turmushiga xos bo’lgan ma’lumotlar kiritilgan edi. Ushbu kitob birinchi marta 1873-yilda nashr etilgan. Semyonov-Tyanshanskiy Pyotr Petrovich (1827­1914) - taniqli olim, geograf, sayohatchi, Rus geografiya jamiyatining ko’p yillik rahbari, O’rta Osiyo tadqiqotchisi 1856-1857-yillarda Tyan Shanga bir necha bor sayohat qilgan. Ushbu jamiyat tomonidan Shimoliy Tyan Shan tizma to’glari xaritasi yaratilgan bo’lib, unda tog’ning geologik tuzilishi, hayvonot va o’simlik olami bayon qilingan. U 1888-yilda yana Turkiston o’lkasiga sayohat qildi va taassurotlari "Rus geografiyasi jamiyati xabarlari"ning 1888-yil 5-sonida e’lon qilingan "Turkiston va Kaspiyorti o’lkasi 1888-yilda" deb nomlangan ocherkida bosilib chiqdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Teatr va musiqa san'ati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xonlikalrda ta’lim sohasi, matbuot, ilm-fan, teatr va musiqa san’ati, qolaversa memorchilik ahvoli haqida

Tarbiyaviy maqsad; jaholat davri, taraqqiyotsizlik davrlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; xonliklarning tanazzulga uchrash sabablari haqida gapirib berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: MUSIQA SAN’ATI Qo’shiq, yalla va lapar she’riy shakldagi maishiy qo’shiqlar hisoblanadi. Qo’shiq, yalla va laparni hazilomuz raqslar jo’rligida ijro etilishi nazarda tutiladi. Terma esa ko’pincha xalq qissago’ylari bo’lmish baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor qo’shiqlarni o’zida mujassam etgan. Ashula keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo’shiqdir. Sharq shoirlarining mumtoz g’azallari ashulalar uchun matn bo’lib xizmat qilgan. Ashulaning taraqqiy etgan namunalari mohiyat e’tibori bilan og’zaki an’anadagi professional musiqa janri sanaladi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida o’zbek xalqi musiqiy ijodiyoti o’zida lirik­ qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlarni mujassamlashtirgan "Go’ro’g’li", "Alpomish", "Kuntug’mish" dostonlari alohida o’rin tutgan. Mazkur dostonlar to’rtlik she’r tuzilishiga ega bo’lib, musiqasi nisbatan kichik qamrovli bo’lgan. Ko’p asrlar davomida bo’lgani­dek, butun Sharqda keng tarqalgan maqomlar professional musiqa an’­analarining mumtoz xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og’­zaki-cholg’uli (yakkaxon va chol­g’uli) asarlardir. Maqomlar Sharq shoirlarining munitoz she’rlari asosida yaratilar edi. Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar edi. Torli-kamonchali (g’ijjak, qo’buz, uchtor), torli-noxunli (do’mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puflama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli­-membranali (doira, nog’ora, chindovul) kabi cholg’u asboblari jo’rligida milliy kuy va qo’shiqlar ijro etilar edi. Turkistonning o’sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijrochilik ham, ansambl ijrosi ham keng rivojlangandi. Karnay, surnay, nog’ora yoki doira, ya’ni baland jaranglovchi cholg’u asboblari an’anaviy bayramlar, nikoh to’yi tantanalari, ommaviy tomoshalarga jo’rovoz bo’lgan; birmuncha past ja­ranglovchi cholg’u asboblari - surnay, dutor, g’iijak esa kamer (xonada) yoki konsert (davrada) ijrosiga mo’ljallangan edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Me'morchilik va tasviriy san'at

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xonlikalrda ta’lim sohasi, matbuot, ilm-fan, teatr va musiqa san’ati, qolaversa memorchilik ahvoli haqida

Tarbiyaviy maqsad; jaholat davri, taraqqiyotsizlik davrlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; xonliklarning tanazzulga uchrash sabablari haqida gapirib berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: TASVIRIY SAN’AT - XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at Samarqand, Qo’qon, Buxoro miniaturachilari ijodida namoyon bo’ldi. Ular tasviriy san’atning an’anaviy rivojlangan turini saqlab qolishdi. XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarga ilgari yo’l qo’yilmagan tasviriy manzaralar - suzib borayotgan kema, temir yo’llar va hayvonlar tasvirlangan manzarali naqshlar kirib kelgan ayrim hollar uchraydi. O’zbek xalqi san’atida diniy e’tiqodga asoslangan an’analarga xos bo’lmagan bevosita tasviriy san’at paydo bo’lishi kuzatiladi. O’zbek rassomlarining iqtidori amaliy san’atda namoyon bo’ldi. Kulolchilik buyumlarini, kiyimlarni, kundalik turmush buyumlarini bezashda uyg’un bo’yoqlar jilosidan foydalandilar. Buyumlar yuksak did, nazokat bilan ishlangan nafis rasmlari bilan yaqqol ko’zga tashlanar edi. Buxoro naqsh, ya’ni amaliy san’at markazi edi. Bu shaharda ustalar Buxoroning asriy san’atini nafaqat saqlab qolishga, balki rivojlantirishga ham erishdilar.

ME’MORCHILIK - Mustamlaka tartibi o’rnatilgach, O’rta Osiyo me’morchiligida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ibodat inshootlari, ulkan karvonsaroylar, madrasalar, maqbaralar qurilishi to’xtab qoldi. O’rta asrlarda O’rta Osiyo hukmdorlari ruhoniylar mehrini qozonish va ularning qo’llab-quvvatlashiga erishish hamda o’zlaridan xotira qoldirish uchun ulug’vor maqbaralar va jome masjidlar qurishgan bo’lsa, endi bunday ishlarga juda kam mablag’ sarflanardi. Turkiston general-gubernatorligi hududida ham arxitektura o’ziga xos uslubda rivojlandi. Qadimiy shaharlarning rivojlanishi va yangilarining barpo etilishi muayyan me’moriy tartibni qaror toptirishni talab etardi. XIX asr oxiridan har bir shaharda shahar bosh me’mori lavozimi tayinlandi, u me’moriy me’yorlarning bajarilishini qattiq kuzatib borishi zarur edi. Biroq bu yerda me’morlik san’atining nozik jihatlari to’g’risida uncha qayg’urilmay, ko’proq muayyan vazifani bajarishi lozim bo’lgan imoratlar - maktablar, ma’muriy binolar va h.k. qurilardi. Bu paytda shahar qurilishining metall va betonni joriy etishga asoslangan, davr ruhiga mosyangi usullari rivojlandi. Andijon asrlar davomida Farg’ona vodiy­sining darvozasi bo’lib keldi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 6

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Quyidagi qaysi tarixiy voqelik o’zbekiston Respublikasi Matbuotchilar kuni nishonlanishiga asos bo’lgan?

A) "Turkiston viloyatining gazeti" chiqa boshlashi

B) "Taraqqiy" gazetasining birinchi soni chiqishi

C) Ilk bosma to’plam "Taqvim"ning chop etilishi

D) "Tarjimon" jurnalining chop etilishi

2. qaysi Turkiston general gubernatori boshlang’ich maktablar, rus-tuzem maktablari tarmog’ini yaratish loyihaasini ushlab chiqqan?

A) Konshevskiy C) Rozenbax

B) Koropatkin D) Vrevskiy

3. nechinchi yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi?

A) 1888 yil C) 1896 yil

B) 1892 yil D) 1899 yil

4. ilk bor o’zbek milliy gazetasi qachon nashr etilgan va uning nomi nima?

A) 1901 yil, “Xurshid” C) 1906 yil, “Taraqqiy”

B) 1904 yil, “Oyna” D) 1908 yil, “Turkiston axboroti”

5. “Xorazm tarixi” va “Shajarayi Xorazmshohiy” asarlari muallifi kim?

A) Muhammad Solih C) Abulg’oziyxon

B) Mulla Olim Mahdum Hoji D) Muhammad Yusuf Bayoniy

6. quyidagi olimlardan qysi biri Tyanshan tog’ tizmasini o’rganib, muzlik, vulqonalr haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plagan?

A) Seversev C) Semyonov

B) Fedchenko D) Vyatkin

7. O’rta Osiyo Olimlar jamiyati qachon tashkil etildi?

A) 1900 yilda C) 1908 yilda

B) 1905 yilda D) 1910 yilda

8. Ayollarning erkinligi vat eng huquqli bo’lishi uchun kurashgani uchun mutaassib kuchlar tomonidan kaltaklangan va ko’p o’tmay o’lgan. U kim?

A) Dilshod Barno C) Anbar otin

B) H.H.Niyoziy D) Zavqiy

9. “Teatr – bu ibratxonadir” iborasi muallifi kim?

A) Absulla Avloniy C) H.H.Niyoziy

B) Mahmudxoja Behbudiy D) Abdurauf Fitrat

10. Turkistonda birinchi o’zbek milliy teatri qayerda tashkil etildi?

A) Samarqand C) Buxoro

B) Toshkent D) Qo’qon

11. “Zaharli hayot yohud ishq qurbonalri” pyesasi muallifi kim?

A) Avloniy C) Fitrat

B) Hamza D) Samadov

12. Xorazm maqom va musiqa maktabi qaysi xon davrida yanda rivojlangan?

A) Asfandiyorxon C) Said Abdulla

B) Muhammad rahimxon II D) Abdulazizxon

13. Islomxo’ja minorasi qachon qurilgan?

A) 1904-1906 yillar C) 1912-1914 yillar

B) 1908-1910 yillar D) 1918-1920 yillar

14. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xorazm me’morchilik maktabining sarkori kim edi?

A) Odina Muhammad Murod C) So’fi Muhammad Niyoz

B) Nurmuhammad Abdujabbor D) Shirin Murodov

15. qachon an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan manzaralar – suzib borayotgan kema, temiryo’llar va hayvonlar tasvirlana boshlandi?

A) XIX asr o’rtalarida C) XX asr boshida

B) XIX asr oxirida D) XX asr o’rtalarida.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Takrorlash darsi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:bunda o’quvchilar 3 ta guruhga bo’linga holda bellashishadi.

1 guruhga An’anaviy ta’lim muassalaridagi ahvol haqida gapirib bering

Matbuot va jurnalistika haqida

Aniq fanlarning yutuqlari haqida

Yevropa va rus teatrlarining kirib kelishi

Tasviriy san’at

2 guruhga Rus-tuzem maktablari haqida

Mustamlakachi hukumatning yangi usul maktablariga qarshi kurashi haqida

Adabiyotning ahvoli

Jadid teatrlarining vujudga kelishi

Yevropa uslubining kirib kelishi

3 guruhga Yangi usul maktablari haqida

Tarix fanidagi yutuqlar haqida

Xalq teatrlari

Musiqa san’ati

Me’morchilik maktablari



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Yakuniy dars

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarning yil davomida egallagan bilimlarini mustahkamlash va bilimlarini yanada boyitish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; jahon tarixida ushrab turadigan yillar va atamalarga e’tibor berilishi haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

- O’rta Osiyoning bosib olinishidagi to’rt bosqich

- Toshkent shahrining egallanishi

- Erjar jangi

- Turkiston general gubernatorligining tuzilishi

- Jizzaxning bosib olinishi

- Ogahiy va Munis faoliyati

- uchala xonlikdagi davlat lavozimlari haqida

- Farg’ona viloyatining tuzilishi

- 1886 yilgi “Nizom” haqida

- ko’chirish siyosati

- sud islohatlari

- Toshkentda “Vabo isyoni”

- Andijon qo’zg’oloni

- jadidchilik harakatining yuzaga kelishi

- jadid namoyondalari faoliyati

- qoraqalpoqlarda Ernazarbiy qo’zg’oloni

- Matyoqub pishiq qo’zg’oloni

- Xiva xonligining qulashi

- Buxoro amirligining qulashi



- Jizzax qo’zg’oloni

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa