I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0,55 Mb.
bet7/8
Sana11.01.2017
Hajmi0,55 Mb.
#93
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 1910-yilda amir Abdulahadxon vafot etganidan so’ng taxtni hukmdorning o’g’li Sayid Olimxon egalladi. Sayid Olimxon 13 yil davomida Buxoro madrasalaridan birida islom ilohiyotshunosligi ilmini o’rgandi. 1893-yili otasi uni Peterburgga o’qishga jo’natdi, bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o’rgandi. Amirlik taxtiga o’tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimni o’zgartirish taraddudida bo’lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o’zidagi muxolifatchi kuchlar uni chora-tadbirlar ko’rishga va jadidlarning mamlakatni demokratlashtirish va islohotlar o’tkazish to’g’risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 1917 -yil 7 -aprelda, boshqozi hukmdor qabulxonasida Rossiya rezidenti ishtirokida mamlakatda islohotlar o’tkazishga va’da bergan, ammo amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini o’nglamaydigan manifestini o’qib eshittirdi. Manifestda odil sudlov hamda xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so’z borgan. Sanoat va savdoni rivojlantirishga e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etganlik uchun qandaydir qo’shimcha muzd olish taqiqlangan holda davlat tomonidan qat’iy belgilab qo’yilgan maosh ta’sis etildi. "Biz tomonimizdan, - deyiladi manifestda, - inchunin, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirishva rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’riladi". Amir, shuningdek, o’z xazinasidan alohida bo’lgan davlat xazinasi ta’sis etishga va davlat ehtiyojlariga kirimlar va chiqimlar aniq hisoblab boriluvchi budjet belgilashga ham va’da bergandi. Manifestda bosmaxona ochish, zindonlardan mahbuslarni ozod qilish va’dasi berilgan va hatto davlatda o’zini-o’zi boshqarish haqida so’z yuritilgan edi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi "tiniq fikrli va oqil" odamlardan "assambleya" (majlis) tuzuvchi "millat"ni saylash ham mo’ljallangan edi.

1918-yili 1-martda Buxoroga qizil eshelon kirib keldi va amirlik poytaxtini bosib olish uchun tayyorgarlik boshlandi. Yoshbuxoroliklar islohotlar o’tkazish shartini amirdan talab qilib, janglarni to’xtatishga harakat qilishdi. Lekin 2-mart kuni boshlangan janglar amir armiyasining kuchli qarshiligi sababli tezda to’xtatildi, kelishuv to’g’risida Qiziltepa shartnomasi imzolandi. 1920-yil 29-avgustda Chorjo’yda amir hokimiyatiga qarshi xalq Qo’zg’oloni boshlandi. Shaharda tashkil etilgan Inqilobiy qo’mita eski hokimiyatni tugatilganligi va xalq hokimiyati o’rnatilganligi to’g’risida e’lon qildi



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Takrorlash darsi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

- 1916 yil 25 iyundagi Rossiya podshosi farmoni haqida nima bilasiz?

- “favqulodda muhofaza holati” nima?

- birinchi jahon urushi haqida nimalar bilib oldingiz?

- Gippius kim

- Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Turkiston o’lkasining Sirdaryo viloyati va Samarqanddan qancha kishi mardikorlikka yuborilishi kerak edi?

- 1916 yil 4 iyul, 5 iyul va 7 iyul kunlari qayerlarda mardikorlikka olishga qarshi norozilik chiqishlari bo’lib o’tdi.

- Rizvonbibi Ahmadjonova kim?

- 1916 yildagi mardikorlikka olishga qarshi norozilik chiqishlarining eng yirigi qaysi edi?

- 10 iyuldagi Eski Marg’ilondagi norozilik chiqishlarida qancha kishi qatnashdi.

- Jizzax qo’zg’oloni qachon boshlandi.

- Jizzax qo’zg’oloninng rahbarlari kim?

- Afanasyev kim?

- Kerenskiy kim?

- dorug’ai muzd qanday soliq?

- Vose qo’zg’olini haqida gapirib bering

- Sayid Olimxon e’lon qilgan manifestda nimalar e’lon qilingan edi?

- yosh buxoroliklar harakati haqida nimalar bilib oldingiz.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligining ijtimoiy va iqtisodiy hayoti haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; O’quvchilarga Xiva xonligi misolida davlatchilik tarixini o’rgatish

Rivojlantiruvchi maqsad; Xiva xonligi taraqqiyotini Buxoro amirligi bilan solishtirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida deyarli o’zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy na­zoratda tutar va ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o’zgarishlarni Xiva hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis etilgan bo’lib, ulardan to’rt nafari podsho hukumati ma’muriyati vakillari edi. Amudaryoning bir zamonlar Xiva xonligi tasarrufida bo’lgan va Gandimiyon shartnomasiga ko’ra Rossiya ixtiyoriga o’tgan o’ng qirg’og’i hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo’limi tashkil etilgan bo’lib, uning boshlig’i ayni mahalda Rossiyaning Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik qo’ng’irot urug’i avlo­diga mansub xon boshida tu­ruvchi feodal monarxiya edi. Qo’ng’irotlar siyosiy, ijtimoiy hayotda va harbiy ishlarda uning suyangan tog’i edi. Qo’ng’irotlar ming yillik tarixga ega va o’zbek xalqining madaniy rivojlanishi­da muhim rol o’ynagan turkiy urug’dir. Xon cheklanmagan mustabid ma’muriy-sudlov va harbiy ho­kimiyatga ega edi. U mamlakatni qo’ng’irot urug’i zodagonlari, saroy a’yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. Demak, siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda xon hokimiyati Xiva xalqining manfaatlari bilan hech bir mushtarak jihatlari bo’lmagan, tor xudbinona manfaatlardan kelib chiqib, ish olib borar edi. Lashkar Xiva davlatida xalq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar xonning yasovul qo’shinlarini (uni yasovulboshi boshqarar edi) ifoda etuvchi 1,5 ming kishidan iborat muntazam qo’shin, harbiy harakatlar davrida yig’ilib keluvchi xalq lashkari va turkman otliq sipohiylaridan iborat bo’lgan. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo’lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Qo’ng’irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligining ijtimoiy va iqtisodiy hayoti haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; O’quvchilarga Xiva xonligi misolida davlatchilik tarixini o’rgatish

Rivojlantiruvchi maqsad; Xiva xonligi taraqqiyotini Buxoro amirligi bilan solishtirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi va bozor munosabatlari joriy etilishi tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o’sishiga imkoniyat yaratib berdi. Shaharning qishloqdan jadal ajralib chiqishi, yangi shaharlarning tez o’sishi va eskilarining rivojlanish jarayoni ana shu asosda kechdi. Mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlar ahamiyati va roli orta bordi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo’ng’rot, Toshovuz, Gurlan singari shaharlar xonlik iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti markaziga aylandi. Bog’ot, Mo’ynoq, Taxta singari yangi shahar maskanlari ham vujudga keldi. Shaharlar orasida Yangi Urganch alohida ajralib turar edi. Bu yerda rus, milliy hamda qo’shma kapitalning omborlari, idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. 11 ta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli edi), ikkita yog’ zavodi, sovunpazlik va ko’n zavodi, bitta tegirmon bo’lgan. Bu shaharda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo’limlari, pochta-telegraf idorasi, 10 ta yirik, 36 ta o’rtacha transport, komission va sug’urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda esa rossiyaliklarga tegishli bo’lgan hamda mahalliy kapital jamlangan edi. Bu shaharda asosan paxtani tashib ketish bilan shug’ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar aka-uka Rizayevlar, P.Ch.Manuilov, S.Maksum, aka­-uka Solijonovlar va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgan edi. 1909-yili Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi (Birinchi jahon urushi mamlakat xomashyosi va mahsulotlariga nisbatan yangi talablarni ilgari surgan) 1914-1915-yillarda jadallashib ketdi. Bu davrda 40 ta sanoat korxonasi barpo etildi. Rossiya tovarlari dunyo bozorlaridagi mollar­ga nisbatan arzon bo’lganligi sababli xonliklar bozoriga tez kirib bordi. Natijada, mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kasodga uchradi. Mahalliy tadbirkorlar, milliy kapital namo­yandalari Rossiya bozori va Rossiya buyurtmalariga bog’langan edi. Ular ikki davlat o’rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo’shma bank tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan "A-Meta" sindikati tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xomashyosini eksport qilardi va beda urug’ini sotib olish bo’yicha Xiva bozorida o’z yakkahokimligini o’rnatgandi. Rossiya kapitali mustamlaka Xiva xonligida o’z xomashyo bazasini yaratib, ishchi kuchining arzonligi va 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko’ra mahalliy bozordagi tanho huquqidan foydalanib, ulkan daromad olib, faollashdi. Xiva va Rossiya o’rtasidagi savdo aloqalari ana shu asosda tez o’sib bordi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanishi 1899-yilda 4,5 million rublni tashkil etgan bo’lsa, 1912-yilda 26 million rublgacha ortdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligining tugatilishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligining ijtimoiy va iqtisodiy hayoti haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; O’quvchilarga Xiva xonligi misolida davlatchilik tarixini o’rgatish

Rivojlantiruvchi maqsad; Xiva xonligi taraqqiyotini Buxoro amirligi bilan solishtirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 1910-yilda yoshxivaliklar "Islohotlar loyihasi"ni taqdim etishdi. Loyiha boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi. Unda xon devoni saqlab qolingan, ammo amaldorlar davlat ta’minotiga o’tkazilishi mo’ljallangan edi. Loyihada, shuningdek, yangicha milliy maktablarini tashkil qilish g’oyasi ilgari surilgandi. Takliflar umumiy cheklanganligiga qaramasdan, ular xalqni amaldorlar zo’ravonligidan xalos etib, Xiva davlatchiligi poydevorini tiklashga qaratilgan edi. Yangicha milliy maktablar ta’lim va madaniyat saviyasini ko’tarishi hamda xivalik ziyolilar yangi avlodini shakllantirishi, ularda xon hokimiyatining mustabidligiga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalashi mumkin edi. 1910-yilda hukmdor Sayid Muhammad Rahimxon II vafot etdi. Mustamlaka ma’murlari yordamida xonlik taxtini uning o’g’li Asfandiyorxon egalladi. Petro-Aleksandrovskda turgan rus garnizoni madadini sezgan yangi xon ishni zulmni kuchaytirish va muxolifatni to’liq yo’q qilishdan boshladi. 1912-yilda u islohotchilar rahnamolaridan biri bosh vazir Islomxo’jani davlat mablag’larini isrof qilishda ayblab qatl ettirdi. Uning buyrug’iga ko’ra yerlarni yangidan o’lchash - yangi soliqlarga tortish maqsadida o’tkazildi. Dehqonlar esa ommaviy g’alayonlar bilan javob berishdi. Qo’zg’olonlar Mang’it (1915-yil) va Xo’jaylida (1916-yil) bo’lib o’tdi. Rossiyadagi 1917 -yilgi Fevral inqilobidan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchidan mahrum bo’ldi va bir necha vaqt yakkalanib qoldi. Yosh­xivaliklar qulay vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan-ochiq harakat boshlab yubordilar. Ular tinch yo’l bilan o’z maqsadlariga erishmoqchi bo’ldilar. Yoshxivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o’tkazish to’g’risidagi manifestni imzolashni talab qilib, 5-aprel kuni xon huzuriga borishdi. Islohotlar xon hokimiyati saqlangan, ammo Mahkamai adliya (Adliya mahkamasi, Majlis) va Idorai mashvarat (Nozirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni o’z ichiga olgandi. Yoshxivaliklar, shuningdek, davlat mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun Moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlik hududida yangi usul maktablari ochilishi uchun qo’mita tuzishni, temiryo’llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini ham talab qilishgandi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 5

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Qaysi amaldorlar doim Buxoroda bo’lishi lozim edi?

A) devonbegi,bosh qozi,muftiy C) qushbegi,devonbegi,rais

B) qushbegi,devonbegi,bosh qozi D) qushbegi,devonbegi,shayxulislom

2. Amirlik hududi nechta beklikka bo’lingan edi?

A) 15ta B) 17ta

C) 27ta D) 30 ta

3. Vose' Qo’zg’aloni qachon bo’lgan edi?
A) 1881 y. B) 1885y.


C) 1886y. D) 1888y.

4. Kalif isyoni qachon bo’lgan edi?

A) 1886-yilda B) 1887-yilda

C) 1888-yilda D) 1889-yilda

5. Buxorodagi birinchi hukumat-Xalq nozirlari kengashiga kim boshchilik qilgan?

A) Abdurauf Fitrat B) Usmon Xo jA)

C)Fayzulla Xo’jayev D) Behbudiy

6. Amir hokimiyatiga qarshi harbiy inqilobiy Qo’mita qayerda tuzildi?
A) Yangi Buxoroda B) Eski Buxoroda
C)Chorjo’yda D) Kerkida


7. Quyidagilardan qaysi biri Xiva xonining oliy amaldori va yaqin maslahatchisi bo’lgan?

A) qushbegi B) yasovulboshi

C) parvonachi D) devonbegi

8. Xiva xonligida sug’oriladigan yerlar-ning necha foizi masjidlar mulki edi?

A) 10% B) 20%

C) 30% D) 40%

9, Xiva xonligida sug’orilmaydigan yerlar nima deb atalgan?

A) adra B) amlok

C) ahya D) mulk

10. Xiva xonligida choppuli.........

A) soliqlardan ozod qilingan ruhoniylardan olingan

B) o'tloqlardan foydalanganlik uchun olingan

C)turarjoy solig’i sifatida olingan

D) chorva solig’i sifatida olingan

11. "Afanak puli"-bu.........

A) hosilni miqdorini aniqlagan shahsga

yig’iladigan yig’im

B) xon avlodidan boshqa oilalardan olinadigan yig’im

C)majburiyatlardan ozod etilganlik uchun to’lanadigan badal puli

D) jarchi foydasiga olingan yig’im
12. "A-Meta" sindikati qachon tashkil etilgan edi?

A) 1903-y. B) 1906-y.

C) 1909-y. D) 1910-y.

13. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligining qaysi shaharlari metallni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan edi?

A) Xiva, Yangi Urganch C) Begovot, Chimboy

B) Xo’jayli, Gurlan D) Xazorasp, Begovot

14. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligining qaysi shaharlarida gilamlar, kigizlar tayyorlangan?

A) KO’hna Urganch, Xazovot, Mang’it

B) Hazorasp, Chimboy, Begovot

C) Yangi Urganch, Xiva, Xo’jayli

D) Chimboy, Xiva, Xazovot

15. Matyoqub pishiq rahnamoligida Qo’zg’olon ko’tarilgan joy qaysi qatorda noto’g’ri berilgan?

A) Xonqa B) Hazorasp

C) Gurlan D) Bog’ot

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Ta'lim tizimi. Matbuot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xonlikalrda ta’lim sohasi, matbuot, ilm-fan, teatr va musiqa san’ati, qolaversa memorchilik ahvoli haqida

Tarbiyaviy maqsad; jaholat davri, taraqqiyotsizlik davrlari haqida o’quvchilarga tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; xonliklarning tanazzulga uchrash sabablari haqida gapirib berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish