I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0,55 Mb.
bet4/8
Sana11.01.2017
Hajmi0,55 Mb.
#93
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr oxirida Turkiston o’lkasi Rossiya im­periyasidagi milliy-ozodlik harakati markazlari­dan biriga aylanib bordi. U g’alayonlar o’lkasi bo’lib qoldi va podsho hokimiyati bu milliy­-ozodlik harakatini bostira olmadi. 1872-yiliyoq Toshkent uyezdining Qorasuv daryosi bo’yida dastlabki g’alayonlar bo’lib o’tdi, mustamlakachi amaldorlarning hokimiyatni suiiste’mol qilishi bunga sabab bo’ldi. 1885-yilda Andijon va Marg’ilon uyezdlarida, 1893­-yilda Qo’qon va Namangan uyezdlarida dehqonlar g’alayonlari bo’lib o’tdi. Toshkentda 1892-yil mayda boshlangan va 2 mingdan ziyod kishining umriga zomin bo’lgan vabo epidemiyasiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar eng yirik xalq qo’zg’olonlaridan biriga sabab bo’ldi. Toshkent shahrida vabo birinchi marta 1872-yilda tarqalgan edi. O’shanda ham 2 mingdan ortiq odam bu dahshatli yuqumli kasallikdan vafot etgan edi. 1892-yil vabo Qobul va Hirotda paydo bo’ldi. 1-iyunga kelib vabo Samarqand viloyatining Jizzax uyezdiga tarqaldi. 7-iyunda Toshkentda dastlabki kasallanish qayd etildi, 14-iyunda esa vabo butun shaharga tarqaldi. Ma’muriyat epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’ra boshladi. Shahar shifoxonasi vabo kasalxonasiga aylantirildi. Shaharga kirish cheklab qo’yildi. Vafot etganlarni faqat tibbiyot xodimi ko’zdan kechirgandan so’ng maxsus vabodan o’lganlar qabristoniga ko’mish to’g’risida buyruq chiqarildi. Shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli tekshiruv ko’pincha uchinchi yo to’rtinchi kuni o’tkazilar edi. Va’da qilingan to’rtta qabristondan faqatgina bittasi ochildi, u ham shaharning bir chekkasida edi. Shahar bo’ylab podsho hokimiyati ma’murlari suvni, rus shifokorlari bemorlarni qasd­dan zaharlayotgani, murdalar qabrlardan chiqarib tashlana­yotgani to’g’risida mish-mishlar tarqaladi. Garchi uning asosiy sababi mehnatkash ommaning og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarni ayovsiz ezib ish­latilishi, narxlarning to’xtovsiz o’sib borishi, shahar amaldorlari hokimiyatni suiiste’mol qilishi, turli darajadagi amaldorlarning tovlamachiligi va hokazolar bo’lsa-da, biroq yuqoridagi "mish-mish"lar Qo’zg’olonga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon 1892-yil 24-iyunda boshlandi. Dastlab u mahalliy aholining boy-badavlat zodagonlarga qarshi, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi qaratilgan edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu:v Toshkentda vabo isyoni

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Toshkentda yuz bergan vabo isyoni va ularning bosrishi haqida

Tarbiyaviy maqsad; qo’zg’olonning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchlari haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; bu qo’zg’olonining boshqa qo’zg’olonlardan farqi



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qo’zg’olon 1892-yil 24-iyunda boshlandi. Dastlab u mahalliy aholining boy-badavlat zodagonlarga qarshi, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi qaratilgan edi. Qo’zg’olonchilar asosan mardikorlar va hunarmand kosiblardan iborat edi. Bu voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshlaridan biri shunday yozadi: "Olomon umuman isyon ko’tarishni yoki ruslarga qarshi qandaydir zo’ravonlik qilishni istamasdi. Uning maqsadi bu kamsitishlarni bas qilishga erishish edi. Olomon shaharning ruslar yashaydigan qismiga, shahar boshlig’i Putintsevga chora ko’rish to’g’risida iltimos bilan yo’lga tushdi. Olomonda o’qotar yoki boshqacha qurol ham yo’q bo’lib, ular chamasi 400 kishi edi". Qo’zg’olon ruslarga qarshi qaratilmagan bo’lib, birorta rus idorasi, rus do’koniga bostirib kirilmadi va bironta ham rus kishi aziyat chekmadi. Ammo shahar boshlig’i polkovnik Putintsevning kuch ishlatish to’g’risidagi buyrug’idan keyin Qo’zg’olonchilar uning devonini tor-mor etishdi va o’zini kaltaklashdi, Toshkent oqsoqolining uyiga o’t qo’yishdi. Qo’zg’olonni bostirish uchun kazaklar polki va bir rota askar chaqirildi. Ular qurolsiz olomonga qarata o’q uzishni boshlashdi. 60 kishi tergov qilinib qamaldi. Ulardan 8 tasi o’limga, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Qo’zg’olon ishtirokchilarini jazolash chor ma’muriyatining mustamlakaga aylangan hududda ommaviy harakatlarni shafqatsiz va ayovsiz usullar bilan bostirishdagi qat’iyatini namoyish etdi. Qo’zg’olon sabablari yo’qotilmadi, bu esa yanada keng ko’lamli qo’zg’olonlarga olib keldi.

Tarixda bu qo’zg’olon “Toshotar voqeasi” deb ham nomalnadi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Andijon qo`zg`aloni

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Dukchi eshon qo’zg’olonining boshlanishi, borishi va mag’lubiyatga uchrashi haqida

Tarbiyaviy maqsad; qo’zg’olonning salbiy va ijobiy tomonlari haqida tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarga qo’zg’olon natijalari haqida ma’lumot berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Tarixga Andijon Qo’zg’oloni nomi bilan kirgan 1898-yilgi Qo’zg’olonni bostirishda ham Rossiya imperiyasi ma’murlari xuddi shunday qat’iyatni namoyish etdilar. Farg’ona vodiysida boshlangan Qo’zg’olonga asosiy sabab, 1886-yilgi "Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom" e’lon qilinganidan keyin mustamlaka zulmi kuchayishi edi. Ana shu "Nizom"ga ko’ra o’lkada mustamlaka siyosati va mustamlaka rejimi qonun hujjatlari aso­sida mustahkamlab qo’yildi. Ushbu "Nizom" asosida podsho hukumati ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta miqdorini tortib olishdi va Rossiyadan ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etishdi. Dehqonlarning yalpi daromadidan 10 foiz miqdorida yer solig’i va umumiy soliqlarning 35 foizi miqdorida zemstvo yig’imi joriy etildi. Farg’ona vodiysida asosan paxta yetishtirish joriy etilishi sababli g’alla, oziq­-ovqat ekinlari maydoni va yaylovlarning qisqarib ketishiga sabab bo’ldi. Buning oqibatida oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi keskin ortib ketdi. 1886-yildan keyin "Nizom"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun urf-odatlari bilan mahalliy aholining milliy tuyg’ularini qattiq tahqirlagan amaldorlarning katta miqdori Turkiston o’lkasiga jo’natilgan edi. Masalan, 1891-yilda Farg’ona viloyatiga ko’plab rossiyaliklar ko’chirib keltirildi. Ularning joylashtirilishi busiz ham aholisi zich bo’lgan vodiyning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumati ma’muriyatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining ortib borishiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, podsho hukumati Turkiston o’lkasida islom va din arboblarining kuchini hamda ta’sirini e’tiborga olmagan edi. Masalan, K.Kaufman hukmronlik qilgan yillarda bosh qozi lavozimini bekor qilgan edi, 1876-yilda esa Qo’qon xonligi shayxulislomi va bosh qozisini Vologda oblastiga surgun qilish to’g’risida farmoyish berdi. Vaqf yerlari tugatilib, davlat mulkiga aylantirilishi va har bir musulmonning besh farzidan biri bo’lmish zakotning bekor qilinishi ham dindorlarning qattiq noroziligini keltirib chiqardi. Qo’zg’olonga Dukchi eshon (Muhammadali eshon) rahbarlik qildi. Qur’oni Karimni mufassal o’rganganidan so’ng Muhammadali zohidona kun kechira boshladi va Makkaga hajga borib kelganidan keyin o’zini eshon (musulmonlar rahbari, murabbiyi) deb e’lon qildi, atrofiga ko’plab muridlarni to’pladi. Muhammadali eshon qoshiga maslahat olish va tas­kin topish maqsadida kishilar kela boshladilar. Butun Marg’ilon uyezdida Muhammadali eshonning nufuzi va ta’siri nihoyatda ortib bordi. 1898-yil 17-mayda Muhammadali eshon qilichlar, xanjarlar, pichoqlar va nayzalar bilan qurollangan 1500 kishi bilan birga Mingtepa qishlog’idan chiqib, Andijon shahriga qarab yurish boshladi

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Milliy ozodlik harakatlarining ahamiyati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad milliy ozodlik harakatlarining ahmiyati va mag’lubiyatga uchrash sabablari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda bosqinchilarga qarshi nafrat tuyg’usini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarga mustaqillik haqida fikr bildirishlariga erishish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yo’lda ularga tevarak-atrofdagi qishloqlarning aholisi ham qo’shildi. 18-mayda isyonchilar podsho armiyasi qo’shinlari kazarmasiga hujum qilishdi, ammo qo’shinlar bu hujumni qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Isyonchilar bo’lib tashlandi, ko’p o’tmay Muhammadali eshon ham qo’lga tushdi. Andijonga Sirdaryo va Farg’ona viloyatlaridan yordamga qo’shimcha kuch keltirildi. Qo’zg’olon rejasi tavakkalga asoslangan bo’lib, qatnashchilarning asosini haqiqiy jang mahoratiga ega bo’lmagan oddiy xalq vakillari tashkil etib, qurollari esa o’ta ibtidoiy edi. Andijon Qo’zg’oloni podsho hukumati amaldorlari orasida jiddiy tashvish tug’dirdi. Qo’zg’olonning barcha qatnashchilarini qamoqqa olish to’g’risida buyruq berildi. Muhammadali eshon ishi bo’yicha 500 dan ortiq kishi qamoqqa olinib, ulardan 18 kishi osib o’ldirildi, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga mahkum etildi. Qo’zg’olon bostirildi. Yaxshi qurollangan muntazam armiyaga ibtidoiy qurollar bilan qarshi chiqqan olomonni qanday fojialar kutishi ravshan edi. Bundan tashqari, bu vaqtda Turkiston o’lkasida gubernatorlik barcha asosiy markazlarini bir-biriga bog’lab turuvchi temir yo’llar tarmog’i qurib bitkazilgan va mustabid hokimiyat ma’murlari katta miqdordagi qo’shinlarni o’lkaning turli hududlariga bemalol ko’chira olar edi. Shunday bo’lsa-da, Qo’zg’olon izsiz ketmadi. U dehqonlarga, shahar mehnatkashlariga kurash sari yo’l ko’rsatdi va o’n minglab odamlarni mustabid hokimiyatga qarshi faol kurashga otlantirdi. Oradan bir yil o’tib, 1899-yil 20­-iyunda Farg’ona vodiysida yangi Qo’zg’olon boshlandi. Turkiston o’lkasi Rossiya imperiyasining eng isyonkor va itoatsiz o’lkalaridan biriga aylanib bordi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu:Umumlashtiruvchi dars

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni bu darsda o’quvchilar 3 guruhga bo’lingan holda savol javob qilishadi.

1 guruhga birinchi temiryo’l qachon Samarqandga keldi

1867-1900 yillarda nechta sanoat korxonalari qurildi

1885 yildagi Andijondagi qo’zg’olon haqida gapirib bering

Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev kim?

Chibil bo’lis kim?

2 guruhga Yetimxon qo’zg’oloni haqida gapirib bering

Toshkentdagi Vabo isyonining boshlanishiga nima sabab bo’ldi

Andijon qo’zg’olonining boshlanishiga nima sabab bo’ldi

Ziyovuddin mahsum kim/

Andijon qo’zg’oloning mag’lubiyatga uchrashining sabablari

3 guruhga Putinsev kim?

XIX asrning oxirlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlarning asosiy sababi nima?

Nechinchi yilda paxtaning amerika navi yetishtirish boshlandi

Muhammad Yoqub kim?

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 3

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni:

1. O'rta Osiyoda sanoatga Qo’yilgan mablag’-ning 30foizi ........sarflandi.

A) to’g’-kon sanoatiga C) oziq ovqat sanoatini rivojlantirishga

B) paxtaga dastlabki ishlov berishga D) temir yo’llar qurilishiga

2. Sirdaryo magistral kanali bunyod etilgan yillarni aniqlang.

A) 1901 -1903-yillar C) 1911-1913-yillar

B) 1907-1909-yillar D) 1915-1917-yillar

3. Turkistonda birinchi temiryo'l qachon qurildi?

A) 1878-yil B) 1880-yil

C) 1881-yil D) 1885-yil

4. Temiryo'l Turkistonga avvalo nima maqsadda olib kirildi?

A) harbiy maqsadda

B) iqtisodiy maqsadda

C) o'lkaga sanoatni olib kirish maqsadida

D) yer osti boyliklarini olib ketish maqsadida

5. 1867-1900-yillarda Turkistonda nechta sanoat korxonasi ishga tushirildi?

A) 175ta B) 198ta

C) 212ta D) 218ta

6. Andijon va Marg’ilon uezdlarida dehqonlar g’alayoni bo’lib o’tgan sanani aniqlang.

A) 1870-yilda B) 1872-yilda

C) 1885-yilda D) 1893-yilda

7. ......... .vabo Qobul va Hirotda paydo bo’ldi.

A) 1877-yil B) 1880-yil

C) 1892-yil D) 1898-yil

8. .. .Toshkentda vabodan dastlabki kasallanish qayd etildi.

A) l-iyunda B) 7-iyunda

C) 1 4-iyunda D) 24-iyunda

9. Andijonda Dukchi eshon Qo’zg’olonini bostirish uchun qaysi viloyatlardan yordamga Qo’shimcha kuch keltirildi?

A) Farg'ona va Samarqanddan C) Sirdaryo va Yettisuvdan

B) Sirdaryo va Farg’onadan D) Yettisuv va Kaspiyortidan

10. ...........................Muhammadali eshon boshchiligidagi isyonchilar podsho armiyasi Qo’shinlari kazarmasiga hujum qilishdi.

A) 17-mayda B) 18-mayda

C) 17-iyunda D) 20-iyunda

11. Toshkentdagi Vabo isyonida shahar hokimi kim edi?

A) Korolkov B) Putinsev

C) Vrevskiy D) Muhammad Yoqub
12. “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” Turkistonga qachon joriy qilindi?

A) 1892 yil 18 iyun B) 1892 yil 24 iyun

C) 1898 yil 17 may D) 1900 yil 11 avgust

13. Andijon qo’zg’olonida qo’zg’olonchilar Qo’yi qishlog’iga yetganda kim o’z odamlari bilan qo’zg’olonchilarga qo’shildi?

A) Ziyovuddin mahsum B) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev

C) mingboshi Goyibnazar D) Muhammad Yoqub

14. Andijon qo’zg’olonida kazarmaga hujumda qo’zg’olonchilardan necha kishi o’ldi?

A) 8 B) 11

C) 15 D) 22

15. Andijon qo’zg’olonida Ketmontepa va Ko’gartdagi odamlarga kim boshchilik qildi?

A) Ziyovuddin mahsum B) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev

C) Chibil bo’lis D) Bobo Go’klan

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qoraqalpoqlarnng hududiy joylashuvi va ijtimoiy hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; qoraqalpoqlarning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, urf odatlari va joylashgan geografik hududlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarga qoraqalpoq xalqining tarixiga xurmat ruhini singdirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar qardosh xalqlar xaqida tushuncha berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida edi. Qoraqalpoqlar asosan Amudaryoning quyi oqimida, daryoning har ikkala qirg’og’ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashar edilar. Qoraqalpoqlar soni o’sha kezlarda 100 ming nafardan oshmasdi. Qoraqalpoqlarga berib qo’yilgan yerlar xonniki, ya’ni davlatniki sanalgan. Ular bu yerlar uchun soliqlar to’lashar va har xil majburiyatlarni bajarishar edi. Xiva xonlari ularni ko’ chib yurishiga chek qo’yganlaridan so’ng qisqa davr mobaynida qoraqalpoqlar xonlikda bir qancha yangi dehqonchilik tumanlari tashkil etdilar, 1870-yillarning bosh­lariga kelib, ular o’troq turmush ke­chira boshladilar. Murakkab tabiiy sharoitda qoraqal­poqlar Amudaryoning har ikkala qir­g’og’ida yastanib yotgan kengliklarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishdi, sholi, bug’doy, arpa va paxta yetishtirishdi. 1868-yilda Rossiya gazetalaridan biri shunday yozgan edi: "Bu xalqning asosiy va deyarli birdan-bir hunari dehqonchilikdir, mehnatsevarlik sharo­fatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug’oriladi va hech yerda, hatto chig’ir bilan ko’tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi". Qoraqalpoqlar yana bir muhim hunar - baliqchilik bilan shug’ullanar edilar. Qoraqalpoqlarda ularning xo’jalik va turmush talablarini ta’minlab turuv­chi hunarmandchilik sohalari ham rivojlandi. Ular olacha (satin) va boshqa gazlamalarni to’qishar, (tuya yoki qo’y junidan) gilam, namat, movut tayyorlashar, teriga ishlov berishar edi. Hunarmandlar egar-jabduq va yugan yasashgan. Qoraqalpoqlar yog’ochga, suyakka ishlov berish, gilam to’qish va tikuvchilik borasida qo’ligul usta bo’lishgan. Podsho hukumati armiyasining Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gan­dimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan qoraqalpoq yerlari Rossiya tarkibiga kiritildi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Amudaryo bo’limi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning chap qirg’oqda yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 ming kishiga yetar va jami aholining 48,6 foizini tashkil etar edi. Rossiyadan ko’chib kelgan kishilar qariyb ming kishini tashkil qilardi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Soliq va majburiyatlar. Xalq qo`zg`alonlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; qoraqalpoqlarning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, urf odatlari va joylashgan geografik hududlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarga qoraqalpoq xalqining tarixiga xurmat ruhini singdirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar qardosh xalqlar xaqida tushuncha berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish