Mundarija 9 sinf O’zbekiston tarixi
1-dars. Kirish……………………………………………………………………………………...3
I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
2-dars. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi………………………...4
3- dars. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining ma’muriy-boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti……………………………………………………………………………………5
4- dars. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo aholisining madaniy ahyoti…………………………….6
II bo’lim. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi
5- dars. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi……………………………………………………………………….7
6- dars. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi…………………………………….8
7- dars. Nazorat ishi – 1………………………………………………………………………..9-10
8- dars. Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi……………………………11
9- dars. Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o’rnatilishi……………...12
10- dars. Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o’rnatilishi………………...13
11- dars. Qo’qon xonligining bosib olinishi……………………………………………………..14
III bo’lim. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati
12- dars. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi……………15
13- dars. Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati…………………………16
14- dars. Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi……………………………………………..17
15-dars, Nazorat ishi – 2……………………………………………………………………...18-19
16-dars. Turkistonda harbiy-politsiya tartibotining o’rnatilishi…………………………………20
17-dars. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol……………………………………………………………………………………………...21
IV bo’lim. XIX asr oxirida Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari
18-dars. Turkistonda miliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari…………………………22
19-dars. Toshkentda vabo isyoni………………………………………………………………………………...23
20-dars. Andijon qo`zg`aloni……………………………………………………………………………………...24
21-dars. Milliy ozodlik harakatlarining ahamiyati……………………………………………………………….25
22-dars. Umumlashtiruvchi dars………………………………………………………………………………….26
23-dars. Nazorat ishi – 3……………………………………………………………………...27-28
V bo’lim. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida qoraqalpoqlar
24-dars. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qoraqalpoqlarnng hududiy joylashuvi va ijtimoiy hayoti…………………………………………………………………………………………….29
25-dars. Soliq va majburiyatlar. Xalq qo`zg`alonlari……………………………………………………………30
26-dars. Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida……………………………..31
27-dars. Qoraqolpoq madaniyati…………………………………………………………………………………32
VI bo’lim. Jadidlar harakati va uning Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati
28-dars. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi……………………………………………………………….33
29-dars. Jadidlar: dasturiy maqsad va vazifalari……………………………………………………………….34
30-dars. Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati…………………………………………….35
31-dars. Jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga ta'siri………………….36
32-dars. Umumlashtiruvchi dars………………………………………………………………………………….37
33-dars. Nazorat ishi – 4……………………………………………………………………...38-39
VII bo’lim. Turkison va Birinchi jahon urushi
34-dars. Birinchi jahon urushi va uning Turkistonga ta'siri…………………………………………………….40
35-dars. Turkistonda 1916-yilgi qo`zg`alonlarning boshlanishi……………………………………………….41
36-dars. Jizzax qo`zg`aloni……………………………………………………………………………………….42
37-dars. Turkistonda 1916-yilgi voqealarning ahamiyati va oqibatlari……………………………………….43
VIII bo’lim. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi
38-dars. Buxoro amirligining davlat tuzimi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti………………………………………44
39-dars. Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi………………………………………45
40-dars. Takrorlash darsi…………………………………………………………………………………………46
41-dars. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti…….47
42-dars. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi……………………………………………………………...48
43-dars. Xiva xonligining tugatilishi………………………………………………………………………………49
44-dars. Nazorat ishi – 5……………………………………………………………………...50-51
IX bo’lim. Mustamlaka sharoitida Turkistonda madaniy hayot
45-dars. Ta'lim tizimi. Matbuot……………………………………………………………………………………52
46-dars. Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti…………………………………………………………………………53
47-dars. Teatr va musiqa san'ati…………………………………………………………………………………54
48-dars. Me'morchilik va tasviriy san'at………………………………………………………………………….55
49-dars. Nazorat ishi – 6……………………………………………………………………...56-57
50-dars. Takrorlash darsi………………………………………………………………………………………….58
51-dars. Yakuniy dars……………………………………………………………………………………………..59
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Kirish
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; O’quvchilarga o’tgan o’quv yilida o’tilgan xonliklar tarixini takrorlash qilish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish
Rivojlantiruvchi maqsad; O’zbekiston tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o’xshashliklari haqida tushuncha berish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda uch davlat - Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklari joylashgan edi. Jahonning boshqa hududlaridagi kabi bu davlatlarda ham hayot o’z oqimi bilan borardi. O’zaro urushlar ushbu davlatlar aholisining iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga to’sqinlik qilgan bo’lsa-da, to’xtatib qololmadi. Bu davrda O’rta Osiyo davlatlarining Yevropa va Osiyodagi ko’plab chet davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanib hamda kengayib bordi. O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishi o’zining tarixan tarkib topgan madaniy an’analari hamda millatlararo aloqalarni tiklash, mustahkamlash, fan va ma’rifatni yanada rivojlantirish zarurligini anglashga olib keldi.
XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining chegarasi Eron, Xiva xonligi va qozoq juzlari hududi bo’ylab o’tardi. Buxoro amirligining umumiy maydoni 200 ming kv. km dan ziyod edi. Amirlik markazi Samarqand, Buxoro, Panjikent, O’ratepa, Qarshi, Turkiston o’lkasi singari va yana boshqa yirik shaharlariga ega bo’lgan Zarafshon vodiysi edi.
XVIII asrning birinchi yarmida Farg’ona mulki Buxoro xonligi tarkibidan ajralib chiqdi. Bu mulk hududida mustaqil Qo’qon xonligi tuzildi. XIX asrning o’rtalarida Qo’qon xonligiga hozirgi Farg’ona vodiysi, Yettisuvning katta qismi, Qirg’izistonning tog’li hududlari, Toshkent viloyati hamda Qozog’istonning janubi kirgan edi. Bu davrda Qo’qon xonligi maydoni bo’yicha eng katta va aholisi tarkibi bo’yicha eng ko’p millatli xonlik hisoblanar edi. Qo’qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg’ilon, Xo’jand, O’sh, Chimkent va boshqa shaharlar iqtisodiy hamda siyosiy markazlar bo’lib, Qo’qon poytaxt shahar edi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; O’quvchilarga o’tgan o’quv yilida o’tilgan xonliklar tarixini takrorlash qilish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish
Rivojlantiruvchi maqsad; O’zbekiston tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o’xshashliklari haqida tushuncha berish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining chegarasi Eron, Xiva xonligi va qozoq juzlari hududi bo’ylab o’tardi. Buxoro amirligining umumiy maydoni 200 ming kv. km dan ziyod edi. Amirlik markazi Samarqand, Buxoro, Panjikent, O’ratepa, Qarshi, Turkiston o’lkasi singari va yana boshqa yirik shaharlariga ega bo’lgan Zarafshon vodiysi edi.
XVIII asrning birinchi yarmida Farg’ona mulki Buxoro xonligi tarkibidan ajralib chiqdi. Bu mulk hududida mustaqil Qo’qon xonligi tuzildi. XIX asrning o’rtalarida Qo’qon xonligiga hozirgi Farg’ona vodiysi, Yettisuvning katta qismi, Qirg’izistonning tog’li hududlari, Toshkent viloyati hamda Qozog’istonning janubi kirgan edi. Bu davrda Qo’qon xonligi maydoni bo’yicha eng katta va aholisi tarkibi bo’yicha eng ko’p millatli xonlik hisoblanar edi. Qo’qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg’ilon, Xo’jand, O’sh, Chimkent va boshqa shaharlar iqtisodiy hamda siyosiy markazlar bo’lib, Qo’qon poytaxt shahar edi
XIX asr o’rtalarida Xiva xonligi hududi qozoq yerlari, Buxoro amirligi hududi va turkman qabilalari yerlari chegarasi bo’ylab o’tgandi. Xonlikning asosiy hududi Amudaryoning quyi oqimida joylashgan bo’lib, u 70 tumanga bo’lingandi. Qizilqum Xiva xonligini ikki qismga: suv bo’yi va Kopetdog’ tog’ bo’yiga ajratgandi. Xonlikning poytaxti Xiva shahri bo’lib, u Ichanqal’a va shaharni qo’shimcha mudofaa qilish uchun bunyod etilgan yangi qal’a devori - Dishanqal’adan iborat edi. Urganch, Qiyot (Kot), Hazorasp, Qo’ng’irot va boshqa shaharlar hunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo markazi edi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining ma’muriy-boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklaridagi ma’muriy boshqaruv tizimi haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; xonlik va amirlik davrining kamchiliklari haqida o’quvchilarga gapirib berish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’sha davr bilan solishtirish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: 1826-yildan 1860-yilgacha Buxoro amirligini amir Nasrullo, 1860-yildan 1885-yilgacha amir Muzaffar boshqardi. Amir cheksiz hokimiyatga ega bo’lib, uning qarorgohi Arkda joylashgan edi. Buxoro amirligi viloyat va tumanlardan tarkib topgan bo’lib, ularga amir tomonidan tayinlanadigan beklar boshchilik qilar edi. Poytaxt va poytaxt viloyatni bosh qushbegi boshqarardi. Davlatni amir boshqarardi, u o’z faoliyatida ma’muriy, moliyaviy va sud muassasalariga tayanardi. Markaziy hokimiyatni devonbegi boshqarardi, u davlatdagi xazina xarajatlari va soliq yig’imi, shuningdek, moliyaviy ishlar hamda iqtisodiy rivojlanish uchun mas’ul edi. Devonbegiga tashqi iqtisodiy aloqalar va amirlik tarixini yozish uchun mas’ul bo’lgan mirzaboshi bo’ysunardi. Qushbegi oliy davlat amaldori, bosh vazir edi. Soliqni o’z vaqtida yig’ish va hisobga olish uchun mushrif javobgar bo’lgan.
Qo’qon xon ligida Davlatning oliy hukmdori xon edi. U mamlakatni vazir yordamida boshqarardi. Sarbozlar qo’shini ustida amiri lashkar turardi. Mingboshilar alohida otryadlarga boshchilik qilishardi. Xon xazinasidan qilinadigan xarajatlar mehtar tomonidan nazorat qilinar edi. Sud hokimiyati qozikalon, muftiy va raislar tomonidan amalga oshirilar, ular musulmonlar tomonidan shariat ahkomlari va axloq qoidalariga rioya etilishini kuzatib borganlar. Davlatga qarshi og’ir jinoyatlar uchun mahkumga hukmni xonning o’zi chiqargan. Qozikalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat tarkibda devon ta’sis etilgan.
Xiva xonligida qushbegi (beklar boshlig’i), mehtar (xon xazinasi uchun mas’ul) va otaliq (valiahdning tarbiyachisi)dan iborat tarkibdagi kengash (devon) ish olib borar edi. Xonlikda jamoat tartibi uchun mirshabboshi, mamlakat va poytaxtda tartibot uchun xon qo’shinlarining bosh qo’mondoni to’pchiboshi mas’ul edi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo aholisining madaniy ahyoti
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; XIX asr o’rtlarida O’rta Osiyo aholisining madaniy hayoti haqida
Tarbiyaviy maqsad; madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar haqida
Rivojlantiruvchi maqsad; Markaziy osiyo xalqlarining jahon madaniy merosiga qo’shgan hissasi haqida
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Iqtisodiy va siyosiy jihatdan qanchalik kuchsiz bo’lmasin, O’rta Osiyo davlatlari zaminida o’zbek xalqining etnik, iqtisodiy, tarixiy va madaniy mushtarakligi vujudga kelgan edi. El e’zozlagan oliyjanob qahramonlar, bahodirlarning jasorati va adolat uchun kurashini tarannum etgan dostonlar - qahramonlik poemalari o’zbek tilida keng tarqalgan edi. XIX asrda ularning qirqqa yaqini mashhur bo’lib, shulardan "Alpomish", "Go’ro’g’li", "Kuntug’mish", "Shirin va Shakar" dostonlari xalq tomonidan sevib tinglanar edi.
Berdaq Berdimurot Qarg’aboy o’g’li (1827-1900) qoraqalpoq shoiri. Ko’plab lirik she’rlar, "Omongeldi", "Ernazarbiy" kabi tarixiy dostonlar, "Ahmoq podsho" she’riy romani muallifidir. She’rlari insonparvarlik va erksevarlik g’oyalari, adolatsizlik va haqsizlikka qarshi isyon ruhi bilan teran sug’orilgan. Berdaq XIX asrning mashhur shoirlaridan biri bo’lib, u o’z asarlarida adolat, tenghuquqlik, insonparvarlik, vatanparvarlik g’oyalarini ifodalaydi, zolimlarni fosh etib, kambag’allarni himoya qiladi. Qoraqalpoq xalqining og’ir turmushini haqqoniy tasvirlab, uning baxtli kelajagini orzu qilgan shoir vatandoshlarini erk va baxt-saodat uchun kurashga chorlagan. Berdaq XIX asrda O’rta Osiyoda ijtimoiy g’oyalar rivojlanishida katta rol o’ynadi. Shoir xalqda o’zini-o’zi anglash ruhini, erksevarlik va ozodlik uchun kurash ruhini uyg’otishga xizmat qildi. Musiqashunos, shoir, xattotlik san’atini mukammal egallagan Komil ‘Xorazmiy (1825-1899) o’zining har tomonlama kuchli qobiliyat egasi sifatida Muhammad Rahimxon II saroyida shuhrat qozongan edi
XIX asrdan boshlab O’rta Osiyo davlatlari shaharlarida qurilish ishlari asta-sekin rivojlana boshladi. Ayniqsa, Xiva xonligida XIX asr o’rtalariga borib bunyodkorlik ishlari avj oldi. Shu kunlargacha saqlanib qolgan Olloqulixon madrasasi, Rahmonqul Inoq saroyi, Movarounnahrda eng baland hisoblangan, biroq tugallanmay qolgan ulug’vor minora, Ichan qal’a arxitektura majmuasiga kiruvchi Muhammad Aminxon madrasasi (1852), Ark darvozasi qarshisidagi Muhammad Rahimxon madrasasi (1871) bunyod etildi. Ana shu davrga kelib, Qo’qon xonligida ham ulkan binolar qurilishi boshlandi. XIX asr ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblanmish 100 dan ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi (1863-1870) bezaklari va naqshlari o’zining yorqin jilosi bilan ajralib turadi. Hazrati Kalon Sohib madrasasi (1862), Hokim oyim madrasasi (1870), Xudoyorxonning o’g’li Sulton Murodbek madrasasi (1872) qurib bitkazildi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; Rossiyaning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarining boshlanishi va bunda O’rta Osiyo davlatlarining qilgan ishlari haqida
Tarbiyaviy maqsad; O’quvchilarda bosqinchilik va urushga nisbatan nafrat tuyg’usini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya mustamlakalarining farqlari haqida
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiyada XVII asrdan boshlab tovar-pul munosabatlari gurkirab rivojlandi. O’rta Osiyo davlatlari bilan ham savdo-sotiq qilish zaruriati yuzaga keldi. Rossiya hukmdorlari o’z elchilarini O’rta Osiyo davlatlari xonlari huzuriga birin-ketin jo’nata boshladilar. Pyotr I (1672-1725) hukmronlik qilgan davrdan boshlab, Rossiya imperiyasi harakatlarida bu davlatlarni kuch bilan bosib olish niyati borligi ko’zga tashlanadi, chunonchi, Pyotr I Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida O’rta Osiyoga ekspeditsiya jo’natadi. Bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so’ng Pyotr I yangicha yo’l tutdi. O’rta Osiyoga qilinadigan keyingi yurishlar xavfsiz bo’lishini ta’minlash uchun istehkomlar tizimini qurib, O’rta Osiyo davlatlari chegarasi tomon asta-sekin siljib borish to’g’risida buyruq berdi. Shunday istehkomlardan dastlabki yettitasi 1718-yilda Irtish daryosi sohilida qurildi. Semipalatinsk shahri shu tariqa dunyoga keldi. Rossiya imperiyasining keyingi hukmdorlari ham ushbu strategik rejani amalga oshirishni davom ettirdilar, chunki Rossiyada ip-gazlama sanoatl rivojlangani sayin O’rta Osiyoning bozor sifatidagi ahamiyati orta bordi. Rus savdogarlari Xitoydan siqib chiqarilgani, shuningdek, Turkiya va Eronga Britaniya tovarlari kirib kelib, rus savdo-sotig’i cheklangani sari bu mintaqa ahamiyati orta bordi. O’rta Osiyoda ingliz savdosi ortib borishi munosabati bilan Rosslya hukmron doiralari o’z halovatini yo’qota boshladi. UIar Angliya O’rta Osiyo hududini bosib olib, Kaspiy dengizi sohiliga chiqishidan xavotirda edilar. Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning Afg’oniston chegaralarida paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qildi.
Buyuk Britaniyaning Ost- Ind kompaniyasi XIX asrdan boshlab oltinga, paxtaga boy bo’lgan va muhim strategik ahamiyat kasb etgan O’rta Osiyo bilan qiziqa boshladi. U mahalliy hukmdorlarni Angliya bilan hamkorlik qilishga og’dirish hamda ayni mahalda ushbu davlatlarning siyosiy holatini o’rganishi lozim bo’lgan o’z ayg’oqchilarini bu yerga yubordi. Birinchi bunday "sayohat" 1824-yilda M.Murkroft tomonidan amalga oshirildi. U Buxoroga qadar yetib keldi, biroq qaytib ketayotganida ikki kuzatuvchisi bilan birga halok bo’ldi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; Rossiyaning O’rta osiyoni tezroq bosib olishida ma’muriy birliklar tuzishi haqdia
Tarbiyaviy maqsad; mustamlaka boshqaruvining kamchilik va zo’rovonliklari haqida
Rivojlantiruvchi maqsad; Turkiston general-gubernatorligining tuzilishi bosib olishdagi ahamiyati haqida
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |