I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti



Download 418.44 Kb.
bet2/8
Sana11.01.2017
Hajmi418.44 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi

Toshkentni bosib olishdagi qiyinchiliklar Aleksandr II ning O’rta Osiyoni bosib olish siyosatidan to’xtata olmadi. Uning buyrug’iga ko’ra armiya janub tomon bosqinchilik yurishlarlni davom ettirdi. Bosqinchilik siyosatini davom ettirishdan avval chor ma’muriyati o’zining yangi hududlarini hujjat asosida rasmiylashtirish haqida qaror qabul qildi. 1867-yilda bosib olingan hududda markazi Toshkent bo’lgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Rossiya Kaspiy dengizi sohillariga, Afg’oniston, Xitoy, Eron bilan chegaralarga yo’lak ochdi va Hindistonga yaqinlashib qoldi. General-gubernatorlik bilan bir paytda Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi. 1847-yildan beri bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan hamma harbiy qismlar uning tarkibiga kirdi. Umumiy chor qo’shinlari askari soni 40 ming nafar edi. 1867 -yil 7 -noyabr farmoniga ko’ra General-adyutant fon Kaufman K.P. Turkiston o’lkasi general-gubernatori etib tayinlandi. Tayinlanishidan oldin u Rossiyaning O’rta Osiyodagi yerlarini kengaytirish to’g’risida aniq ko’rsatma oldi va 1881-yilgacha bu ko’rsatmalarni amalga oshirdi. Kaufmanga cheklanmagan huquq berilgan bo’lib, u o’z harakatlarini hech kim bilan kelishmay amalga oshirishi mumkin edi.

Turkiston general-gubernatorligi Turkiston viloyati va Semipalatinsk viloyatining janubiy qismini ham o’z ichiga oldi. Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikki viloyat: Sirdaryo (markazi – Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy) viloyatlariga bo’lingan. Keyinchalik Farg’ona, Kaspiyorti va Samarqand viloyatlari ham tuzilgan

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 1

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr O’rtalarida Buxoro amirligining umumiy maydoni qancha edi?

A) 100 ming kv.km. dan ortiq C) 300 ming kv.km. dan ortiq

B) 200 ming kv.km. dan ortiq D) 400 ming kv.km. dan ortiq

2. 1826-1860 yillarda Buxoro amirligini qaysi hukmdor boshqargan?

A) Amir Haydar B) Nasrulloxon

C) Muzaffar D) Abdulahadxon

3. Buxoro amirligi poylaxti va poytaxt viloyatni kim boshqargan?

A) amir B) bosh qushbegi

C) bek D) bosh devonbegi

4. Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy aloqalari va amirlik tarixini yozish uchun mas'ul bo’lgan mirzaboshi kimga bo’ysungan?

A) amir B) bek

C) qushbegi D) devonbegi

5. XIX asrning O’rtalarida Qo’qon xonligiga kirmagan hududni aniqlang?

A)Farg’ona vodiysi,Yettisuvning katta qismi C)Tojikistonning janubiy hududi

B)Qirg’izistonning tog’li hududlari D)Toshkent viloyati

6. Xorazmning 1839-1872 yillardagi tarixi kim tomonidan yozilgan?

A) Ogahiy B) Munis

C) Feruz D) Komil Xorazmiy

7. "Ahmoq poshsho" she'riy romanining

muallifi kim?

A) Ogahiy B) Munis

C) Berdaq D) Abulfayzxon

8. Muhammad Aminxon madrasasi qurilgan sanani aniqlang?

A) 1852 yil B) 1862 yil

C) 1870 yil D) 1871 yil

9. 1718 yil Irtish daryosi sohilida 7ta istehkomlarning qurilishi natijasida dunyoga kelgan

shahrni aniqlang?

A) Orenburg B) Semfiropol

C) Orsk D) Semipalitinsk

10. 1824 yil Buxoroga kelgan ingliz elchisi kira edi?

A) A. Buorns B) MMurkford

C) D.Volf D) Stoddart

11. 1843 yil noyabrida Buxoroga ingliz elchisi D.Volf nirna maqsadda jo’natilgan cdi?

A) U 1838 yildan beri Nasrulloxonning buyrug’I bilan zindonda yotgan polkovnik Stoddart va kapilan Konnolini ozod qilib olib kelishi lozim edi

B) Buxoro amirini ittifoq tuzishga ko’ndirishi va Rossiyaga qarshi turishga undashi lozim edi

C) U 1842 yildan beri Nasrulloxoinning buyrug’I bilan zindondfi yotgan kiipium Stoddart va polkovnik Konnolini ozod qilib olib ketishi lozim edi?

D) Stoddart va Konnolini qilmishlari uchun amirdan o’ch olishi maqsadida jo’natilgan edi

12. 1864-1866 yillarda Podsho Rossiyasi bosib olgan hududlarda qaysi viloyat tuzildi?

A) Yettisuv viloyati tuzuldi C) Sirdaryo viloyati tuzildi

B) Kaspiyorti viloyati tuzildi D) Farg’ona viloyati tuzildi

13. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi mustamlaka urushuning ikkinchi bosqichi

A) Xiva va Qo’qon xonliklarining bosib olinishi bilan yakunlandi

B) Buxoro amirligi va QO’qonni Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan tugadi

C) Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishiva Samarqand egallanishi bilan tugallandi

D) Jizzax o’ratepa va Xo’jandning Rossiya ixtiyoriga o’tganligi bilan tugadi

14. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning bosob olinishi to’rt bosqichda amalgam oshirilgan edi. Quyidagi voqealardan qaysi biri birinchi bosqichda amalga oshirilmagan?

A) Qo’qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olindi

B) Buxoro amirligi bosib olindi

C) Toshkentni zabt clisliga urinish bo’lib o’ldi

D) Orenburg gcncral-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi

15. 1852 yilda Rossiya tomonidan Oqmachitni bosib olishgda urinishda a rus Qo’shinlariga kim rahbarlik qilgan?

A) Perovskiy B) Skobelev

C) M.Chernyayev D) N.Veryovkin

X.Dars yakuni; dars yakunida testlar yig’ib olinib baholar eshittiriladi

XI.Uyga vazifa; takrorlash.

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning boshlanishi.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligi tomon qilingan yurishlarning boshlanishi haqida

Tarbiyaviy maqsad; Buxoro amirligining bosib olinshining tarixiy ahamiyati haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tartiblari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Toshkentning egallanishi O’rta Osiyoga yangi bosqinchilik yurishlarini uyushtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Asosiy vazifa Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi orasiga Rossiya imperiyasi nazorati ostida bo’lgan hududni suqib, ularni bir-biridan ajratib qo’yish edi. M.Chernyayev Sankt-Peterburgga chaqirib olindi, uning o’rniga general Romanovskiy keldi. Yangi qo’mondon Buxoro amiri Muzaffar Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganini xabar qildi. U hujum harakatlarini davom ettirish taklifini kiritdi va rozilik olgach, Sirdaryoning yuqori oqimida joylashgan hududlarni bosib olishni boshlab yubordi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar shahri yaqinida bo’lib o’tdi. Yomon qurollangan, artilleriyasi bo’lmagan amir qo’­shinlari mag’lubiyatga uchradi va butun Sirdaryo mintaqasini taqdir hukmiga tashlab, chekindi. General Romanovskiy Buxoro qo’shinini ta’qib qilishni to’xtatib, Qo’qon bilan Buxoro o’rtasida joylashgan va ularning asosiy itti­foqchisi bo’lgan Xo’jand tomon yo’l oldi. Xo’janddan Toshkent, Qo’­qon, Balx va Buxoroga to’g’ri yo’l bor edi. 1866-yil 17-mayda Xo’jand qal’asi qamal qilindi va jang boshlanib ketdi. Shahar kun bo’yi 20 ta to’pdan o’qqa tutildi, tongda podsho qo’shinlari hujumga o’tdilar. Hujum qaytarildi, shundan so’ng shahar qayta o’qqa tutildi va bu hol ikki kun davom etdi. So’ng podsho qo’shinlari Xo’jandga yana hujum qildilar va yana qattiq qarshilikka duch keldilar. Shahar himoyachilari har bir uy, har bir metr yer va har bir devor uchun kurashdilar, barrikadalar qilib, ularning ortiga to’plarni joylashtirar edilar. O’qchilar har bir uydan turib, podsho qo’shinlarini o’qqa tutdilar. Biroq 1866-yil 24-mayda tunga borib Xo’jand himoyachilarining qarshiligi sindirildi va o’q ovozi tindi. Ko’chalarda 2500 dan ziyod kishining jasadi qoldi. Ikkinchi tomon qancha talafot ko’rgani haqida manbalarda aniq ma’lumotlar yo’q.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o’rnatilishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Rossiya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligi tomon qilingan yurishlarning boshlanishi haqida

Tarbiyaviy maqsad; Buxoro amirligining bosib olinshining tarixiy ahamiyati haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tartiblari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: General Kaufman O’rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo’lga kiritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlikning harbiy kuchi Qo’qon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar tufayli zaiflashgan edi. Kaufman Turkiston general-gubernatorligi bilan Buxoro amirligi chegaralarini puxta o’rganib chiqib, amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi variantini tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi. Shunda Kaufman uni general-gubernatorlik chegaralariga bosib kirishga tayyorgarlik ko’rishda ayblab, 4 mingdan ziyod askardan iborat harbiy otryad to’pladi va 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi, biroq uning amir Muzaf­far qo’shinini Samarqandga to’plagan, deb qilgan taxmini tasdiqlanmadi. Buxoro qo’shinlari Cho’ponota tepaligida yaxshi o’rnashib olgan edi. Samarqandga olib boruvchi uchala yo’l ham, shuningdek, Zarafshon kechuvi ham buxoroliklar tomonidan to’pga tutildi. 1868-yill-mayda Kaufman tepalikka hujum qilishni buyurdi. Podsho armiyasi askarlarini Buxoro sarbozlari miltiq va to’pdan tinmay o’qqa tutib turganiga qaramay, Zarafshon irmog’idan ko’krak qadar suv kechib, Cho’ponota tepaligiga jadal ko’tarila boshlashdi. Ular shunchalik jadal qamrab kelardiki, sarbozlar chekinishga majbur bo’ldilar. Buxoro qo’shinining ilg’or jangovar qismi tor-mor qilindi. Keyingi kun Zirabuloq tepaligida ikkinchi jang bo’lib o’tdi. Qanchalik qarshilik ko’rsatmasin, Buxoro amiri qo’shini mag’lubiyatga uchradi. 2-may kuni podsho qo’shinlari Samarqandga jangsiz kirib kelishdi. Kaufman Samarqand bekligini berish, "harbiy xarajatlarni" to’lash va 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsani Rossiyaniki deb e’tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, amir Muzaffarga maktub yo’lladi, biroq javob ololmadi. General Kaufman nazardan qochirgan kuch mavjud bo’lib, bu - xalq qarshi­ligi edi. Samarqand yaqinidagi Urgut shahrida xalq lashkari to’plana boshladi. Kaufman pol­kovnik Abramovni Urgut aholisi huzuriga taslim bo’lish taklifi bilan jo’natdi. Himoyachilar unga javoban miltiqlardan o’qqa tutish bilan javob berdilar. Hujum boshlanib, podsho qo’shinlari otryadlaridan biri shaharga yorib kirishga muvaffaq bo’ldi. Shahar ko’chalari va bog’larida jang boshlanib ketdi. Himoyachilar qattiq qarshilik ko’rsatishar, ko’pincha o’zlari hujumga o’tib, kutilmaganda hujumchilarning orqasida paydo bo’lib qolishardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi protektoratining o’rnatilishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining boshlanishi va tugallanishi haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda bosqinchilikka qarshi nafrat tuyg’usini singdirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya bosqinchilari tomonidan amalga oshirilgan g’ayriqonuniy ishlar haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Kaufman o’zining birinchi harbiy kampaniyasidan so’ng besh yil davomida Xivaga yurish uchun tayyorgarlik ko’rdi. Pyotr I farmoni bilan yurish qilgan Bekovich-Cherkasskiy qo’shinining katta qismi halokatga uchragani va Perovskiy qo’shinlarining yomon tayyorgarlik ko’rilganligi sababli Xiva xonligi chegaralarigacha yetib bormay, qaytib ketishga majbur bo’lgani uning yodida edi. Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik davom etardi, chunki Xiva ustidan nazorat o’rnatish butun Amudaryo ustidan hukmronlikni, bu yerda muntazam kema qatnovini yo’lga qo’yishni va uning quyi oqimidagi g’oyat boy tekislikdan foydalanish imkoniyatini berar edi. O’rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining uchinchi bosqichi (1873-1879) O’rta Osiyodagi barcha harbiy harakatlari orasidagi eng keng ko’lamlisi edi. Undan ko’zlangan maqsad Xiva xonligi­ni bosib olish edi. Hujum to’rt harbiy okrugdan: g’arbda - Mang’ishloq, shimolda - Orenburg, sharqda - Turkiston va Krasnovodsk harbiy okruglaridan olib borildi. Ularda 12 ming nafardan ziyod askar bor edi. Transport 4600 otdan va 20 ming tuyadan iborat edi. Kaufman ushbu barcha kuchlarning bosh qo’mondoni etib tayinlandi. Ushbu ulkan armiya bilan 1873-yil fevralda o’zining Toshkent, Kazalinsk, Orenburg, Man­g’ishloq va Krasnovodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir vaqtda yo’lga chiqdi. Biroq hujum rejasi yomon rejalashtirilganligi sababli, qo’shin

avvaliga sovuq 25 daraja va keyinroq issiq soyada 42 darajaga yetadigan, qum 60 darajagacha qiziydigan, quduqlarda deyarli suv bo’lmagan dasht-u biyobondan o’tishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Toliqqan odamlar holdan toyib, dastlab bitta-bitta, keyinchalik esa guruh-guruh bo’lib ortda qola boshlashdi. Qo’shin hali yo’lning yarmini ham bosib o’tmasidan 120 kishilik rotalarda jangga shay askarlar ko’pi bilan 25 nafar qolgandi. Yo’lga chiqqan 13 ming kishidan 7,5 ming nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. Ko’pchilik issiqdan yoki kasalliklar tufayli vafot etdi yoxud yarador holda o’z bazalariga qaytib ketdi. Krasnovodsk va Mang’ishloq qo’shinlari jazirama issiqdan va suv yetishmasligidan holdan toyganligi sababli yo’lning yarmiga bormay orqaga qaytib ketdilar. Turkiston, Orenburg qo’shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralari­ga yaqin kehshdi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Qo’qon xonligining bosib olinishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Qo’qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining boshlanishi va tugallanishi haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda bosqinchilikka qarshi nafrat tuyg’usini singdirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya bosqinchilari tomonidan amalga oshirilgan g’ayriqonuniy ishlar haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qo’qon xonligi Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi strategiyasida alohida ahamiyat kasb etardi. U Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan 1865-yilda egallab olingan Xitoyning g’arbiy qismi - Ili o’lkasi bilan bevosita aloqador edi. Qo’qondan Qashqarga, undan esa Hindiston hududiga to’g’ri yo’l borardi. Bu paytda Qo’qonda Xudoyorxon boshliq ming urug’i sulolasi hukmronlik qilardi. Haddan ortiq soliqlardan va son-sanoqsiz turli majburiyatlardan azob tortgan aholi uning boshqaruvidan norozi edi. Mamlakatda xonga qarshi muxolifat kuchayib bormoqda edi. Abdurahmon Oftobachi (valiahdning tarbiyachisi) boshchiligidagi qipchoqlar xonga oshkora qarshi turgan muxolifatning asosiy kuchi edi. Ular 1875-yilning iyulida qo’zg’olon bosh­ladilar va Qo’zg’olon Qo’qon xonligining asosiy shaharlariga yoyildi. Qo’zg’olonchilarga qarshi jo’natilgan, eng ishonchli va xonga sodiq deb hisoblangan qo’shin Qo’zg’olonchilar tomonga o’tdi. Qo’zg’olonchilarning birlash­gan kuchlari Xudoyorxonning to’ng’ich o’g’li Nasriddinni xon deb e’lon qildilar. Ular O’sh, Namangan, Andijon, Asaka shaharlarini egallashdi. 2-avgustda Marg’ilon hokimi Mu­rodbek ham ularga qo’shilib, Qo’qon tomonga lashkar tortib bordi. Qo’qonda ko’tarilgan Qo’zg’olon to’g’risidagi xabar xon hokimiyatining zulmidan eng ko’p aziyat chekayotgan xalq orasida g’alayon keltirib chiqardi. Xonning yaqinlari bo’lgan amaldorlar va uning soqchilari poytaxtni tashlab qochishga majbur bo’ldilar. Xonning ikkinchi o’g’li, akasiga qo’shilgan Muhammad Amin boshchiligidagi xon qo’shinining qolgan yarmi ham shahardan chiqib ketdi. Voqealar fojiali tugashi mumkinligini his qilgan Xudoyorxon oila a’zolari va a’yonlari bilan 1875-yil 5-avgustda Xo’jand tomonga yurdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf

I.Mavzu: Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; O’lkada chor Rossiyasi tomondan amalgam oshirilgan boshqaruv tizimi va uning faoliyati haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarga qaramlik davrida qo’ldan ketgan narsalar haqida gapirib berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiyaning boshqaruv sohasidagi kamchiliklari haqida.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa