O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Xiva xonligida esa qoraqalpoqlar soni atigi 3,8 foizni, ya’ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo’shib olinishi qoraqalpoqlar ustidan zulmning kuchayishiga olib keldi. Qoraqalpoq xalqiga mansub aholi Xiva xonligida ham shunday haq-huquqsiz edi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududning har ikkala qismida qoraqalpoqlar xo’jaliklarining 70 foizidan ziyodi batraklik bilan kun kechirishar, ochlikdan o’lib ketmaslik uchun o’ziga to’q qo’shnilariga yollanib mehnat qilishar edi.Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo’shib olinishi va Rossiya kapitalining kirib kelishi - tovar-pul munosabatlari va sudxo’rlikning rivojlanishiga olib keldi. Paxta tozalash va baliqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo’la boshladi. XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi sanalgan Chimboy savdo-sotiq munosabatlari rivojlanishi tufayli qoraqalpoq aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan bozorga aylandi. Qoraqalpoqlar yashaydigan barcha hududlardan hunarmandlar va dehqonlar bozor bo’ladigan kunlarda o’z mahsulotlarini sotish uchun Chimboyga kelishar edi. Chimboy Rossiya imperiyasi va Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog’langan edi. Bu yerda ko’plab do’konlar bo’lib, katta bozor yaqinida yirik karvonsaroy joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar qurilib, ishga tushirildi, ammo ular yetarli emasdi. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to’rtta umumta’lim maktabida 200 nafar o’quvchi o’qir, 21 o’ringa mo’ljallangan ikkita kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi. 1871-1872-yillar ma’lumotlariga qaraganda, urug’ning aksariyat a’zolari chorvaga ega bo’lishmagan, boylar esa 1000 boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo’y-qo’ziga ega edi. Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar o’z qarindosh urug’lari va qo’shnilariga qaram bo’lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga "jarmshi" shartida berishardi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi tarkibida
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; qoraqalpoqlarning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, urf odatlari va joylashgan geografik hududlari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarga qoraqalpoq xalqining tarixiga xurmat ruhini singdirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar qardosh xalqlar xaqida tushuncha berish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Dehqonlar katta-katta soliqlarni to’lashar va majburiyatlarni bajarishar edi. Birinchi navbatda, chorvaning qirqdan bir qismini tashkil etuvchi zakotni to’lash kerak edi. Bundan tashqari, yer solig’i - solg’ut ham mavjud bo’lgan. Biylar o’z soliqlarini odatda ovul jamoasi bo’yniga yuklashardi. Ruhoniylar foydasiga - ushr solig’i undirilgan. Soliqlarni to’lashdan tashqari, qoraqalpoqlar ko’pincha soliqlardan og’irroq bo’ladigan turli majburiyatlarni ham bajarishlari shart edi. Har bir xo’jalik har yili xon foydasiga bitta mehnatchi - qazuvchini 12 kunga o’z asbob-uskunalari bilan jo’natishi lozim bo’lgan. Xon mulklarining ayrimlarida sug’orish tizimi ishlarida istisno tariqasida faqat qoraqalpoqlarni ishlatishar, shuning uchun ham ularni maxsus ana shu tumanlarga ko’chirishgan edi. Harbiy majburiyatlar ham og’ir yuk edi. Urush ro’y bergan taqdirda qoraqalpoqlar bir mingdan ikki mingacha navkar berishi kerak edi. Xivaliklar da’vati bilan bo’lgan janglarda qoraqalpoqlar jasurligi, matonati va harbiy burchga sadoqati bilan ajralib turar edi.
Podsho hukumati qo’shinlarining 1873 yil Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasidan keyin Amudaryodan o’ng qirg’og’ida joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasiga qo’shib olindi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Amudaryo bo’limi tashkil etildi
Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlar soni qariyib 70 ming kishiga yetib, bu yerdagi jami aholining 48,6 foizini tashkil etardi.
Xiva xonligi hududida qoraqalpoqlar soni 25 ming kishini tashkil qilardi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Qoraqolpoq madaniyati
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; qoraqalpoqlarning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, urf odatlari va joylashgan geografik hududlari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarga qoraqalpoq xalqining tarixiga xurmat ruhini singdirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar qardosh xalqlar xaqida tushuncha berish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Yaxshi hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar davomida ko’chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Xalq ijodiyotining yuksak darajasi nishonalari qoraqalpoq ayollari qo’llari bilan yaratilgan gilamlardagi ajoyib naqshlarda, musiqali o’lanlarda, avlodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq og’zaki ijodiyoti asarlarida saqlanib qolgan. Xalq iste’dodi namoyon bo’lguvchi boy og’zaki she’riy ijodiyotning turlari ancha ko’p bo’lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo’shiqlarda ifoda etilgan "otalar so’zi" alohida ajralib turar edi. Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo’llari mashhur edi. Epik asarlar asosan botirlar haqida she’riy asarlar bo’lib, ularda xalq baxt-saodati va farovonligi uchun kurashgan afsonaviy botirlarning buyuk jasoratlari aks etgan. Mashhur bo’lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan "Qirqqiz" dostoni alohida ajralib turadi. Dostonda Sarkub qal’asi hukmdori Olloyorning qizi Guloyimga otasi Muyeli degan hosildor yerni tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi devori misdan va darvozasi cho’yandan bir qal’a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub qalasiga hujum qiladi va Guloyimning otasini o’ldiradi. Sarkub yerlari talanadi, sarkubliklarning ko’pi asir qilinib haydab ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga qarshi kurashadi, qoraqalpoqlarni asirlikdan ozod qiladi va yurtiga ozodlikni qaytaradi. Bu ishda Guloyimga uning oshig’i xorazmlik bahodir Arslon yordam beradi. Dostonning bosh g’oyasi yuksak vatanparvarlik hissi va xalqqa fidoyilarcha muhabbatdan iborat. "Qirqqiz" dostoni jahon she’riyati durdonalaridan biri hisoblanadi. Qoraqalpoq ayollarining kiyimi: ko’ylak, dambal, kamzul, yengsiz xalat, ishik (po’stin), bosh kiyimlar (kiymishek, saukele, do’ppi, turma)dan iborat edi. Azadorlar kashtasiz ko’k ko’ylak kiyishardi. Barcha qoraqalpoq ayollari tikish-bichish qoidalarini yaxshi o’rgangan edilar. Yosh ayollarning libosi ancha ko’rkam va yorqin edi, ular qizil matoni afzal ko’rishardi. Keksa ayollar oq va to’q rang matodan kiyim kiyishardi. Ko’k ko’ylak - qoraqalpoq kashtachilari mahoratining cho’qqisi hisoblanadi. Bu ko’ylakning old tomoni butunlay nozik kashta bilan ziynatlangan bo’lib, ko’krak qismidagi rombsimon shakllardan iborat naqshinkor yo’l qatori sovutni eslatadi va "sovut naqshi" deb ataladi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Jadidchilik harakatining vujudga kelishi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; Jadidlar harakatining vujudga kelishi, jadid namoyondalari faoliyati, ular amalga oshirgan ijobiy ishlar va ta’lim sohasi haqida
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilar taraqqiyparvarlar harakatining O’zbekiston tarixida tutgan o’rni haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi maqsad; jadid maktablari haqida erkin fikr
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Milliy g’oya xalqni birlashtiruvchi asosiy kuchdir. U milliy g’ayrat-shijoatni va o’z mamlakatiga muhabbatni alanga oldiradigan uchqundir. Milliy birlik g’oyasi xalq ongida qaror topadi hamda umummilliy manfaatlarga bo’ysunish va ularni ro’yobga chiqarish uchun kurashish zarurligi to’g’risida tushunchani uyg’otadi. Milliy g’oya milliy iftixor va milliy qadr-qimmat tuyg’usini uyg’otadi. San’at, she’riyat, adabiyot va musiqa g’oyaga xalq ijodi ruhini baxsh etadi, milliy g’oyani umumxalq ongiga aylantiruvchi ma’naviy yuksalishni yuzaga keltiradi. O’rta Osiyoda milliy g’oya uchun "kurash ma’rifatchilik, madaniyatni rivojlantirish, milliy qadriyatlar hamda an’analarni saqlab qolish shaklida namoyon bo’ldi va bu harakat jadidchilik nomini oldi. "Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi usul" ma’nosini anglatadi. Jadidlar "tovushli usul"ni qo’llashdi, bunda alifboning har bir harfiga muayyan tovush muvofiq kelgan bo’lib, shu tufayli o’zlashtirish tezligi ancha oshar edi. Rossiya imperiyasi amaldorlari va mahalliy hukmdorlar zulmi ostida ikki yoqlama ezilgan Turkiston aholisining og’ir ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligi, mazkur ahvoldan qutilish yo’llarini izlash jadidlar faoliyatining asosiy harakatlantiruvchi omili bo’ldi.
MA’RIFATCHILIK G’OYALARI VA JADIDLAR
O’rta Osiyoda jadidlar harakatini rivojlantirishda Istambulda talim olgan, siyosat va Jamoat arbobi Ismoil G’aspirali Bey (1851-1914) katta rol o’ynadi. Sharq tillari va sharq adabiyotini yaxshi bilgan iqtidorli G’aspirali Bey Osiyoning musulmon mamlakatlarini modernizatsiya qilishga, ularning madaniy saviyasini oshirishga, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishiga xalal berib kelayotgan taqiqlarni bartaraf etishga intildi
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Jadidlar: dasturiy maqsad va vazifalari
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; Jadidlar harakatining vujudga kelishi, jadid namoyondalari faoliyati, ular amalga oshirgan ijobiy ishlar va ta’lim sohasi haqida
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilar taraqqiyparvarlar harakatining O’zbekiston tarixida tutgan o’rni haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi maqsad; jadid maktablari haqida erkin fikr
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: U dastavval madaniy-ma’rifiy harakat sifatida rivojlandi va uning bosh maqsadi xalqning madaniy saviyasini yuksaltirish yo’llaridan biri bo’lgan ma’rifatchilik edi. Ma’rifatchilik XVIII-XIX asrlarda yuzaga kelgan, bashariyat boshiga tushadigan ofatning haqiqiy sabablari jaholat, madaniyatsizlik va diniy mutaassiblik deb hisoblaydigan e’tiqodga asoslangan g’oyaviy oqimdir. Ma’rifatparvarlar inson erkinligi va fuqarolik huquqlari uchun kurashganlar. Fransiyada Volter, Sh. Monteskye, J.J. Russo, Angliyada J. Lokk, J. Kollinz va boshqalar taniqli ma’rifatparvarlar hisoblanar edi. Umuman olganda axloq me’yorlarini takomillashtirish, taraqqiy etgan hayot uchun kurash, xalq hayotini yaxshilashga intilish jadidlarni birlashtirdi. O’rta Osiyo jadidlari A.Navoiy, Bedil va Mashrab singari fan va madaniyat arboblarining boy g’oyaviy merosining davomchilari edi. Ahmad Donish xalq maorifi mamlakatning taraqqiyparvar kuchlari harakatining asosi, deb bildi.
JADIDLAR TEATRI.Jadidlar xalqni ma’rifatli qilish, madaniyatini yuksaltirishning o’zi yetarli emasligini, xalq o’z kuchiga, imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi zarurligini yaxshi tushunishardi. Ularning ma’rifatparvarlik faoliyati sof ma’rifat doirasidan chiqib, zulmga va inson qadr-qimmatini kamsitilishiga qarshi faol kurash olib bordilar. Ular demokratik o’zgarishlar uchun kurasha boshladilar va mamlakatda liberal-demokratik harakat asoschilariga aylandilar. Jadidlar o’zlarining barcha da’vatlari va shiorlari xalq ongidan joy olmas ekan, ular qabul qilinmasligini va kishilar hayotini o’zgartira olmasligini tushunardilar. Ular o’z g’oyalari va qarashlarini targ’ib qilishning eng samarali yo’lini topishdi - milliy teatr tashkil etildi. 1911-1913-yillarda Turkistonning turli shaharlarida ular tomonidan ochilgan teatrlar jadidlar mafkurasini targ’ib qilishning juda qudratli ommaviy vositasiga aylandi. Aholining savodxonlik darajasi past bo’lgan sharoitda sahnadan jaranglagan og’zaki nutq va aktyorlarning harakati jadidlar mafkurasining xalq qalbiga kirib borishiga imkon berdi. Ular mustamlakachi ma’muriyat senzurasidan va ruhoniylarning hushyor nazaridan qochib, o’zbek tilining serma’noligidan mahorat bilan foydalangan so’fiylarning o’ziga xos tilidan foydalanishdi. Xalqqa manzur bo’lgan "Padarkush" pyesasini harakat yetakchisi M. Behbudiy yozgan edi. Uning pyesasida har qanday yo’l bilan boyishga intilishning salbiy ta’siri ishonarli ravishda ochib berildi, yot madaniyatning farzandlar bilan ota-onalar munosabatiga salbiy ta’siri ko’rsatildi. Jadidlarning pyesalarida kishilarni behuda o’tgan baxtsiz hayoti, ayollar va bolalarning huquqlari buzilishi to’g’risida so’z borardi. 1911-yildan 1917-yilgacha jadidlar teatrlarida 25 ga yaqin pyesa qo’yilib, ular butun Turkistonda shuhrat topdi. Spektakllar bepul namoyish etilar va ko’plab kishilar tomosha qilardilar. Ularning ko’pchiligi uchun teatr ilk madaniy manba va dastlabki siyosiy maktab bo’lib qoldi. Jadidlar o’zbek xalqining buyuk murabbiyiga aylandi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; Jadidlar harakatining vujudga kelishi, jadid namoyondalari faoliyati, ular amalga oshirgan ijobiy ishlar va ta’lim sohasi haqida
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilar taraqqiyparvarlar harakatining O’zbekiston tarixida tutgan o’rni haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi maqsad; jadid maktablari haqida erkin fikr
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
.Yangi mavzu bayoni: Rossiyada 1905-1907-yillarda va 1917-yil fevralida bo’lib o’tgan inqiloblardan keyin Turkiston jadidlari davom etayotgan mustamlaka qaramligi sharoitida o’lkaning ma’naviy va milliy uyg’onishiga erishish imkoniyati yo’qligini anglab yetdilar. Abdulqodir Shukuriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori va boshqalar kuch g’ayratlarini o’z islohotchilik g’oyalarini aholi orpsida targ’ib etishga qaratishdi. Qattiqqo’l senzuraga qaramasdan, ular o’z gazeta va jurnallarini nashr eta boshladilar. Turkistonda jadidlarning "Taraqqiy", "Shuhrat", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina", "Turon", "Buxoroi sharif", "Sadoi Farg’ona" va boshqa gazeta va jurnallari nashr etila boshlandi. 1906-yil 27-iyunda Ismoil Obidov tahriri ostida "Taraqqiy" gazetasining birinchi soni chiqdi. Bu kun O’zbekiston Respublikasida Matbuotchilar kuni sifatida nishonlanadi. Ana shu nashrlarda jadidlar jahonda va Turkiston hududida ro’y berayotgan voqealar haqida hikoya qilib borishdi. O’z g’oyalari mazmunini va ularni keng yoyish zarur ekanligini tushuntirib berishdi. Yangiusul maktablarining milliy mutaxassislar tayyorlash, bolalarni o’qitishdagi ahamiyatini ko’rsatib berdilar. Ko’pgina maqolalar o’lkada va xorijda savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlanishi qiyosiy tahliliga bag’ishlangan edi. Senzura sababli mavjud tuzumdan norozilikni oshkora ifodalash imkoniyatiga ega bo’lmagan jadidlar xalq ommasi og’ir ahvolining haqiqiy aybdorlari - mustamlakachi ma’muriyat va o’z hukmdorlari basharasini ko’rsatib berishga harakat qilishdi. Jadidlarning milliy va siyosiy ongni yuksaltirish borasidagi sa’y-harakatlari xalq ommasiga katta ta’sir o’tkazdi. Biroq podsho senzurasi jadidlar tomonidan nashr etiladigan bosma nashrlarni diqqat bilan kuzatar, siyosat va ozodlik kurashi to’g’risidagi maqolalar chiqishiga yo’l qo’ymasdi. Siyosiy erkinlik haqida fikr bildirishga bo’lgan har qanday urinish gazeta yoki jurnalning zudlik bilan yopilishiga olib kelardi. Mahmudxo’ja Behbudiy madrasa mudarrisi oilasida dunyoga keldi. Avval maktabda so’ng madrasada ta’lim olgan. U arab va fors tillarini yaxshi o’rgangan. Ko’p hamkasblaridan farqli ravishda rus tilini yaxshi bilgan hamda dunyoviy fanlarni o’rgana boshlagan. U dastavval mahalliy qozi huzurida mirzalik qiladi, shariat va fiqhni o’rgandi hamda musulmon huquqi bo’yicha maslahatlar bera boshladi. 1907-yilda Rossiyaga, so’ng O’rta Sharqqa sayohat qildi, Qohira, Damashq, Istanbul shaharlarida bo’ldi. Yangiusul maktablarida ishlab, geografiya bo’yicha 8 ta darslik yaratdi. Munavvar Qori Abdurashidxonov otasidan erta ajralib, boshlang’ich ta’limni o’z davrining ilmli ayollaridan biri bo’lgan onasi Xosiyat otindan oldi. So’ng maktabda o’qib, qorilikka tayyorlandi. 1898-yilda u Darxon mahallasi masjidida mudarrislik qildi. Jadidlar g’oyasi bilan I.G’aspirali Beyning "Tarjimon" jurnali orqali tanishgan. U 1901-yilda yangiusul maktablari uchun birinchi darslik - "Adibi avval"ni tayyorlab, unda grammatika, alifboni o’qitish asoslarini bayon etib berdi. Ikkinchi darsligi - "Adib us-soniy"da o’qish va yozishga o’rgatish uslubini, shuningdek, oiladagi o’zaro munosabatlar asoslarini tasvirlab bergan. Shuningdek, Munavvar Qori matematika bo’yicha birinchi darslik muallifi hamdir. Jadidlar milliy g’oya va milliy ongni shakllantirishda obyektiv manzarani haqqoniy, to’g’ri aks ettiruvchi tarixni yozib qoldirishga birinchi darajali ahamiyat berishardi. Ular tarixchilar xonlar va beklar to’g’risida emas, balki mamlakat ravnaqiga ko’maklashgan real voqealar to’g’risida yozishlari zarur, deb hisoblashardi. Ularning fikricha, taqdir mushtarakligi, birgalikdagi kurash mushtarakligi tarixiy asarlarning chinakam mazmunini shakilantirishi lozim edi. Turkiston tarixi bo’yicha dastlabki umumlashtiruvchi asar 1870-yildan chiqa boshlagan "Turkiston viloyatining gazeti" muharriri Mulla Olim Maxdum Hoji qalamiga mansub edi. Uning asari "Tarixi Turkiston" deb nomlangandi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Jadidchilik harakatining Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga ta'siri
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; Jadidlar harakatining vujudga kelishi, jadid namoyondalari faoliyati, ular amalga oshirgan ijobiy ishlar va ta’lim sohasi haqida
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilar taraqqiyparvarlar harakatining O’zbekiston tarixida tutgan o’rni haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi maqsad; jadid maktablari haqida erkin fikr
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiyadagi 1905-1907 -yillar inqilobi Turkiston aholisi siyosiy faolligini kuchaytirib yubordi. Har qanday qatag’on ham milliy ozodlik harakatini to’xtatib qola olmadi. O’lka aholisining mustamlakachi ma’muriyatga qarshi chiqishlari - o’z hukmronligini saqlab qolish uchun Turkistonda yirik harbiy kuchlarni ushlab turishga majbur bo’lgan chor hukumatiga katta zarba bo’lib, aksincha, rus inqilobiga katta ko’mak edi. Turkistonda XX asr boshlarida inqilob yildan-yilga kuchayib bordi. Masalan, 1911-1914- yillarda Turkistonda, general-gubernator ma’muriyatiga maxfiy bildirishlarda yozilishicha, "Qo’zg’olon ko’targan dehqonlar guruhlarining mustamlaka ma’muriyatiga, boylar va savdogarlarga nisbatan 1136 ta qaroqchilik hujumlari" qilinganligi qayd etilgan. Rossiyadagi 1917-yilgi Fevral inqilobi ham milliy-ozodlik harakatining rivojlanishiga nihoyatda katta ta’sir o’tkazdi. Bu davrda jadidlar o’zining Islom kengashi (" Sho’royi islomiya") nomli birinchi partiyasini tuzadilar va u siyosiy tus ola boshladi. Buxoroda amir Olimxonni cheklangan islohotlar o’tkazishga erishgan Yoshbuxoroliklar partiyasi vujudga keldi. Xorazmda esa asosiy maqsadi mamlakatni boshqarishni isloh qilish bo’lgan Yoshxivaliklar partiyasi tuzildi. 1917-yil mart oyi boshlarida jadidlar Toshkentda barcha erkparvar tashkilotlarni umumiy dasturiga ega bo’lgan yagona tashkilotga birlashtirishi lozim bo’lgan yangi tashkilot tuzdilar. U "Musulmon markaziy sho’rosi" (Milliy markaz) deb ataldi. Uning ta’sis syezdida 350 delegat qatnashgan, ularning orasida ozarbayjonlar, tatarlar, turkmanlar, boshqirdlar va boshqa musulmon xalqlarining vakillari bo’lgan. Syezdda bo’lajak davlatning maqomi muammosi yuzasidan qizg’in bahslar bo’ldi. Barcha delegatlar bo’lajak davlat Turkiston deb atalishi, uning tarkibiga Buxoro, Xiva, Qozog’iston va Turkiston general-gubernatorligi kirishi kerak, degan fikrni ma’qulladilar. Ammo davlatning maqomi to’g’risida so’z borganda fikrlar bo’lindi. Toshkent jadidlari mustaqil va suveren Turkistonni yoqlagan bo’lsalar, samarqandlik delegatlar bo’lajak federatsiya tarkibida avtonomiya asoslarida qolishni taklif etishdi. Jadidlar Alisher Navoiy, Mirza Bedil va Boborahim Mashrab g’oyalariga asoslangan milliy-demokratik va taraqqiyparvar jamoatchiligi ilg’or qismining eng yaxshi an’analarini davom ettirdilar. Ular Turkistonda tobora o’ziga yo’l ochib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni ifoda etuvchilari edi. Jadidlar dunyoqarashi moddiy o’zgarishlar va o’sha davrda shakllangan yangi muhit bilan chambarchas aloqada bo’lgan. Jadidlar, ma’rifatparvarlar sifatida fransuz va ingliz ma’rifatchilari bilan g’oyaviy jihatdan yaqin maslakdosh edilar. Jadidlarning asosiy xizmati shundan iborat bo’ldiki, ular milliy istiqlol g’oyasiga asos soldilar, Turkiston tarixining unutilgan qahramonona sahifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatib berdilar. Ularning yana bir xizmati shundan iborat ediki, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilish usullarini ishlab chiqdilar, mavjud tuzumni yaxshilashning samarali usuli xalq maorifini isloh qilish ekanligini, bilim olish va ularni hayotga tatbiq etish. zarurligini ko’rsatib berdilar.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi 9 sinf
I.Mavzu: Umumlashtiruvchi dars
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |