II BOB. FARG’ONA VILOYATIDA YENGIL SANOAT
MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI 2.1.Farg’ona viloyati sanoatining tarmoqlar va hududiy tarkibi, uning asosiy hususiyatlari
Mamlakat iqtisodiyotining asosini sanoat va qishloq xo’jaligi tashkil qiladi. Sanoatning rivojlanishi mamlakat xo’jaligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.
Farg’ona viloyati sanoatining ko’lami va ahamiyati jihatidan respublikamizda etakchi viloyatlardan hisoblanadi. Zero, birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov aytganlaridek, Farg’ona viloyati o’zining er osti va er usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy- iqtisodiy infratuzilmalar,eng muhimi , ishning negizini biladigan, izlanuvchan va bunyodkor eli bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o’rin tutadi.
Farg’ona viloyatida respublika iqtisodiyotida etakchi o’rin tutuvchi yirik korxonalar, shu jumladan ―Farg’ona neftni qayta ishlash birlashmasi‖,
―Farg’onaazot aksionerlik jamiyati‖, ―Farg’ona furan birikmalari zavodi‖, ―Quvasoy sement aksionerlik jamiyati‖, ―Quvasoyshifer‖ aj, ―Quvasoykvars‖ aksionerlik jamiyatlari shu erda joylashgan.
Qolaversa, bu erda O’zbekistonda ilk bor qurilgan bir qancha ishlab chiqarish korxonalari bor: Farg’ona elektr stansiyasi, Farg’ona to’qimachilik korxonasi, Oltiariq neftni qayta ishlash birlashmasi, Qo’qon supurfosfat korxonasi shular jumlasidandir.
Viloyat sanoatining shakllanishi va rivojlanishi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga borib taqaladi. Viloyat sanoatining tashkil topishi hozirda ham etakchi bo’lgan paxtachilik, ipakchilik kabilarning talab ehtiyojlari qondirish maqsadlarida tashkil topdi va rivojlandi. Yillar davomida sanoat tarmoqlari astasekin takomillashib o’zaro bog’liqligini vujudga keltirdi.
XIX asr oxirlariga kelib viloyat hududida bir qancha hunarmandchilik korxonalari mavjud edi. SHuningdek bir qancha ibtidoiy yog’ ishlab chiqaruvchi, paxta tozalovchi, vino va charm zavodlari bor edi xolos. Neftni oddiy usulda qayta ishlash va ozokerit qazib olish bilan shug’illanilardi. 1914 yilda butun viloyat sanoat mahsulotining 88 % dan ortig’ini qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar bergan bo’lsa, qolgan 9 % ini oziq-ovqat, ko’n va boshqa sanoat tarmoqlari va faqatgina 3 % nigina og’ir sanoat tarmog’i berar edi.
Sanoat ishlab chiqarishning hududiy tarkibiga e‘tibor berilsa, Farg’ona shahrining ulushi juda yuqoriligini ko’rish mumkin (5-rasm). Bu shaharda sanoatning yoqilg’i, kimyo va neft –kimyo, oziq-ovqat , yengil sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan bo’lib, neftni qayta ishlash birlashmasi, furan birikmalari zavodi, to’qimachilik kombinati, azot zavodi shaharning asosiy korxonalaridir. Sanoatining ahamiyati jihatidan keyingi o’rinni Quvasoy shahri egallaydi. Bu shaharda sanoatning yirik korxonalari qatoriga ― Quvasoysement‖ aksionerlik jamiyati, ―Quvasoyshifer‖ aksionerlik jamiyati , Quvasoy ― Kvars‖ aksionerlik jamiyati va boshqa korxonalar kiradi.
Sanoatning ko’lami jihatidan keyingi o’rinlarni Qo’qon shahri, Toshloq, Quva, tumanlari egallaydi. Bu hududlarda Qo’qon superfosfot zavodi, Qo’qon mexanika zavodi, Qo’qon ―To’qimamash‖, Toshloq ―DEU Tekstayl kompani‖ k/k, Quva ma‘suliyati cheklangan jamiyati, Quva don kombinati kabi yirik korxonalar joylashgan.
Viloyatning So’x, Furqat, Qo’shtepa tumanlarida esa sanoat yaxshi rivojlanmagan.
Viloyatda sanoatning hududiy sig’imiga e‘tibor berilsa, bu erda ham Farg’ona shahrining sanoat sig’imi juda kattaligini ko’rishimiz mumkin. CHunki bu shahar viloyat bor-yo’g’i maydonining 1,3 % ini, yirik shaharlar umumiy maydonini 20,8 % ini egallagani holda viloyat jami sanoat mahsulotining 60,2 % ini ishlab chiqargan.
SHuningdek, Qo’qon shahri, sanoatning sig’imi viloyat va yirik shaharlar o’rtacha darajasidan yuqoriligini ko’rish mumkin. Quvasoy va Marg’ilon shaharlarida esa sanoat sig’imi yirik shaharlar o’rtacha ko’rsatkichidan baland.
Qolgan barcha tumanlarda sanoat sig’imi viloyat ko’rsatkichidan bir necha barobar past.
5-rasm.
Ko’rinib turibdiki, viloyat sanoatining asosiy qismi Farg’ona, Quvasoy, Qo’qon shaharlarida joylashgan bo’lib, bu uch shahar butun viloyat jami sanoat mahsulotining 79,3 % i ishlab chiqargan. Viloyatning qishloq tumanlarida ( nisbatan Toshloq, Quva va Bag’dod tumanlaridan tashqari) sanoat yaxshi shakllanmagan.
SHaharlar darajasida esa Farg’ona va Quvasoy shaharlarida sanoatning mujassamlashuvi yaxshi ko’rsatkichlarni qayt etgan bo’lsa, Qo’qon hamda Marg’ilon shaharlarida bu holatning aksini ko’rish mumkin. Qishloq tumanlari ichida Toshloq, Rishton, Quva, Beshariq va bag’dod tumanlarida sanoat nisbatan yaxshi mujassamlashgan bo’lsa, qolgan tumanlarda sanoatning mujassamlashuvi hamon orqada qolmoqda.
Viloyatda sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish keyingi yillarda pasaygan. CHunki viloyatning asosiy sanoat korxonalarida sanoat ishlab chiqarishning keskin kamayishiga sabab bo’ldi. Masalan, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodining qurilishi va tushirilishi, natijada esa FNQZ xom- ashyo etishmasligi oqibatida maxsulot ishlab chiqarish qisqardi. YOki ― Quvasoysement‖ aksionerlik jamiyatida sement ishlab chiqarish, ― Quvasoyshifer‖ aksionerlik jamiyati shifer ishlab chiqarishning kamayishi shular jumlasidandir.
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish aholining qadimdan shug’illanib kelgan kasbiy faoliyatiga ham bog’liq. Farg’ona vodiysi, umuman O’zbekiston aholisi turmush tarzida hunarmandchilikni roli beqiyos bo’lgan.
Hunarmandchilik tushunchasi turli mehnat qurollari yordamida xom ashyodan har xil maxsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining jadal sur‘atlar bilan o’sishi natijasida hunarmandchilik bir necha o’n yillar davomida asta- sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi. Uzoq yillar hunarmandchilikning turli sohalari (duradgorlik, temirchilik, misgarlik, tikuvchilik, ko’nchilik, kashtado’zlik, toshtaroshlik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, kulolchilik va boshqalar) paydo bo’ldi. Farg’ona vodiysi aholisi qadimdan shoyi, atlas mahsulotlari, do’ppi, pichoq, zargarlik va sopol buyumlari ishlab chiqarish bilan shug’illangan. Bu mahsulotlar nafaqat mahalliy aholi ehtiyojini, balki respublikaning boshqa mintaqalari , hattoki ayrim chet mamlakatlari aholisi ehtiyojini ham qondirgan. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda Qo’qon xonligi davrida ip, jun mahsulotlari, atlas, shoyi, qog’oz hamda zargarlik mahsulotlari Evropa mamlakatlari bozorlarigacha kirib borgan. Viloyatda hunarmandchilik markazlari sifatida o’sha davrlarda Qo’qon, Rishton va Marg’ilon tilga olinib, bu shaharlar hunarmandlarining dong’i yoyilgan edi.
Rossiya istilosiga qadar Farg’ona hunarmandchiligining asosiy tarmoqlaridan biri to’quvchilik edi. SHuningdek, ipakchilik ham juda yaxshi rivojlangan bo’lib, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari bu sohalarning asosiy markazlari edi. XIX asrning oxirida viloyatda etishtirilgan pillaning 1/3 qismi mahalliy hunarmandchilik korxonalarida qayta ishlangan. Ipak matolarning bir qismi ichki bozorda, qolgan qismi tashqi bozorda sotilgan.
Ipak matolar doimo aholi uchun zarur bo’lgan va shuning uchun bunday mahsulotlar ishlab chiqarishga qiziqish yuqori bo’lgan. Ammo Turkistonning Rossiya mustamlakasiga aylantirishi va Rossiya sanoati ishlab chiqargan arzon ip gazlamalarning olib kelinishi mahalliy to’qimachilikka zarar ko’rsatdi. SHunga qaramay yirik shaharlarda ayrim ipak matosi ishlab chiqaruvchi korxonalarni yirik pillakashlik fabrikalariga aylantirish boshlandi. Ammo bu kutilgan natijani bermagach, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish qisqara boshladi. O’sha davrlarda Turkistonda mavjud ipakni qata ishlovchi korxonalarning 4/5 qismi Farg’ona viloyatida , asosan Marg’ilonda joylashgan edi.
Viloyatda misgarlik va zargarlik kabi sohalar ham yaxshi rivojlangan bo’lib, turli-tuman ish qurollari yordamida misgarlar badiiy ishlov berilgan qumg’onlar, patnislar va kosalar ishlab chiqarganlar. Mintaqa aholsi shuningdek kulolchilik bilan ham shug’illanib kelgan. Viloyatda kulolchilikning markazi Rishton bo’lib, qadimdan o’z kulolchilik mahsulotlari bilan dunyoga mashhur. Rishton kulollari nafaqat mahalliy aholi iste‘molini balki, xorij mamlakatlari aholisini ham kulolchilik mahsulotlari bilan ta‘minlagan. Bu erda turli hajmdagi idishlar, xumlar,ko’zalar,kosa, piyola,choynak, obdasta va boshqa aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan barcha kulolchilik mahsulotlari yaratilgan.
Farg’ona viloyati aholisi pichoq, turli matolar, yog’och-o’ymakorlik mahsulotlari, gilam, temirchilik mahsulotlari va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan qondirishgan. XX asr boshlarigacha viloyat, umuman respublika aholisi ijtimoiy hayotida hunarmandchilik juda muhim o’rin tutgan. Aynan shu davrdan boshlab, asta- sekinlik bilan hunarmandchilik o’rnini sanoatlashgan, texnik va texnologik jihatdan yuksakroq korxonalar egallay boshladi va hunarmandchilikni roli kamaya bordi.
Bugungi kunga kelib hunarmandchilik mahsulotlarining katta qismi sanoat usulida (chinni, ko’za, kosa, piyola, ayrim to’qimachilik, tikuvchilik va boshqa maxsulotlar) ishlab chiqarilmoqda. Ammo ba‘zi hunarmandchilik mahsulotlari hamon mahalliy ustalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Masalan, tandir, shoyi, atlas,xumlar, lagan, tovoq, ko’zalar, qishloq xo’jalik buyumlari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |