I bob. Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va uning mintaqaviy muammolari


Farg’ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish muammolari va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari



Download 440,78 Kb.
bet9/12
Sana30.04.2022
Hajmi440,78 Kb.
#597861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mundarija

8-rasm.

2.3.Farg’ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish muammolari va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e‘tibor iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo’layotir.
O’tgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida yengil sanoatda 130 dan ortiq loyiha ishga tushirildi. Qo’qon shahridagi ―Indorama Kokand Tekstayl‖ qo’shma korxonasi, Beshariq tumanidagi ―Beshariq
to’qimachi‖, Uchko’prik tumanidagi ―Xumo to’qimachi‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatlari, Bag’dod tumanidagi ―Fergana spinning‖ qo’shma korxonasi kabi ko’plab korxonalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirilib, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Farg’ona shahrida ish boshlagan
―Fergana oseana textile‖ O’zbekiston – Tailand qo’shma korxonasi yiliga 3 ming 600 tonna paxta xomashyosidan sifatli ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Korxona mahsulotlari Yevropa davlatlari, Rossiya va Xitoyga eksport qilinmoqda.
Marg’ilon shahridagi ―Teksajen‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatida keyingi uch yilda keng ko’lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, zamonaviy texnologiyalar o’rnatildi. Ishlab chiqarish quvvati va mahsulot sifati yanada oshgan korxonada ayni paytda 100 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan ip-kalava mahsulotlari raqobatbardoshligi va yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo’layotir. Mazkur jamiyatda kuniga 8 tonnaga yaqin ipkalava ishlab chiqarilib, tayyor mahsulotlar Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiya davlatlariga eksport qilinmoqda.
Raqobat tobora kuchayib borayotgan xalqaro bozordagi o’zgarishlar sifatli, eksportbop mahsulot turini ko’paytirishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda eksportchi korxonalarning har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotgani ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport hajmini oshirish imkoniyatini kengaytirmoqda. Joriy yilda korxonada yangi loyiha asosida choyshablar, bolalar futbolkalari va paypoqlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.
Respublikada keng turdagi sifatli yengilva tikuv-trikotaj mahsulotlari
(keyingi o’rinlarda yengilmahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’tgan davr mobaynida yengilva tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi o’rinlarda yengilsanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.
Shu bilan birga, o’tkazilgan o’rganishlarda mamlakat yengilsanoatining izchil rivojlanishiga to’siq bo’layotgan qator tizimli muammolar aniqlandi, xususan:
birinchidan, yengil sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning to’planib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga to’sqinlik qilmoqda;
ikkinchidan, milliy standartlar va yengil sanoat mahsulotlarining sinovlari bo’yicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uyg’unlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga bo’lgan ishonchni oshirishga to’siq bo’lmoqda;
uchinchidan, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va yengilsanoati rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlarini belgilash uchun shartsharoit yaratmayapti; to‘rtinchidan, xom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona
taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining to’xtab qolishiga, iqtisodiy yo’qotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda; beshinchidan, yengilyarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor yengilmahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib
raqobatlashishga qodir bo’lgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada emasligi yengilsanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti; oltinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi yengilsanoatining real ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo’yicha o’qitishning innovatsion yo’nalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilmagan.


Download 440,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish