I bob. Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va uning mintaqaviy muammolari


Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish nazariyasi va metodologiyasi



Download 440,78 Kb.
bet4/12
Sana30.04.2022
Hajmi440,78 Kb.
#597861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mundarija

I BOB. YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA UNING MINTAQAVIY MUAMMOLARI

1.1.Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish nazariyasi va metodologiyasi


O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro munosabatlar tizimida munosib o’rin egallashi, o’z manfaatlarini siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy sohalarda sobitqadamlik bilan amalga oshirishi bilan belgilanadi. Birinchi prezidentimiz I.A Karimov ta‘kidlagani kabi: ―Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang- barangligini o’z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma‘rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch- totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz―2. Mustaqillik yillarida bu borada katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Xususan, respublikamiz tashqi siyosatini har tomonlama rivojlantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tengma- teng manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ko’plab ishlar amalga oshirildi. Xalqaro aloqalar va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga yo’naltirilgan davlatlararo bitimlar qabul qilindi.
Bozor munosabatlariga o’tish respublika iqtisodiyotining turli jabhalarida bo’lganidek, sanoatda ham tub tarkibiy va hududiy islohotlar o’tkazishni talab etdi. CHunki, O’zbekistonda sobiq Ittifoq davrida shakllantirilgan mamlakat sanoati tor ixtisosli bir qancha tarmoqlarni qamrab olgan bo’lib, uning tarmoq va hududiy joylanishi ancha nomukammal va qoloq texnologiyaga asoslangan edi. Aynan shu sababli mustaqillikning dastlabki yillarida respublika sanoati jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi va unda islohotlar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda birmuncha og’ir kechdi. Sanoat ishlab chiqarishida olib borilgan islohotlarga qaramay, og’ir sanoat tarmoqlarining ustunligi saqlanib qolmoqda. Ayni vaqtda hududlarda yangi quvvatlarning tashkil etilishi hamda eski sanoat rayonlarida ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida mintaqalarning mamlakat iqtisodiyotidagi salmog’i biroz o’zgardi. Binobarin, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida sanoat tarmoqlari rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini tanlab olish lozim. Xususan, respublikamizda gidromeliorativ, agroindustrial, to’qimachilik industrial, rangdor metallurgiya, neft-gaz-kimyo va boshqa energiya ishlab chiqarish sikllarini joriy etish zarur.
XX asrda 2-yarmida jahon to’qimachilik sanoatining hududiy tarkibi ancha o’zgardi. Ayniqsa, xom ashyo va ishchi kuchiga bo’lgan sarf-xarajatlar kattaligi sababli ko’pchilik eski sanoat tarmoqlari kabi to’qimachilik sanoati ham xom ashyo va arzon ishchi kuchi rayonlariga siljidi. Eng so’nggi yillarda to’qimachilik sanoati bo’yicha Evropa mamlakatlari hamda AQSHning mavqei pasayib, uning asosiy markazi sharqga, Osiyoga ko’chmoqda.
Ma‘lumki, respublika o’zining mavjud boy tabiiy resurslari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va inson salohiyati bo’yicha jahon xo’jalik tizimida alohida o’rinni egallab kelmoqda. Jumladan, respublika sanoatining iqtisodiy ahamiyati asosan uning iqtisodiy o’sishini ta‘minlash, eksport salohiyatini oshirish, milliy bozorni investitsion va yengil sanoat mahsulotlaribilan to’ldirishdagi roli bilan belgilanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida sanoatning ko’proq xom ashyo qazib oluvchi, qayta ishlovchi va iste‘mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sohalari ustun rivojlandi. Buning natijasida yoqilg’i mustaqilligi ta‘minlandi, mahalliy xom ashyoni qayta ishlash darajasi ortib, ichki iste‘mol bozori mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan to’yintirildi.
O’zbekiston iqtisodiyotida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda yengil sanoat markaziy o’rinda turadi, chunki, ushbu tarmoq aholi iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish davomida bozor ehtiyojlarining katta qismi to’yinishiga ta‘sir qiladi. Bundan tashqari, ko’p miqdordagi ish o’rinlari bilan ta‘minlashda, asosan ayollarning band bo’lishi sanoat rayonlarida demografik balansni ushlab turish imkonini beradi. Eng asosiy va muhim omillardan biri, bu – eksport salohiyatining o’sishidir. Bu jihat respublika iqtisodiy salohiyati va turmush darajasi o’sishiga to’g’ri mutanosiblikda rivojlanmoqda.
O’zbekiston ko’p yo’nalishlarni o’ziga qamrab olgan yengil sanoat tizimiga ega bo’lib, uning hissasiga sanoat mahsulotining 25 foizi, ishlab chiqarish asosiy fondlarining 13 foizi to’g’ri keladi. SHu bilan birga, mazkur tarmoqda sanoat xodimlarining 32 foizi mehnat qilmoqda.
SHuningdek, yengil sanoatning barcha tarmoqlarini rivojlantirish va ta‘minlash uchun boy xomashyo bazalari (paxta, jun, qorako’l, ipak, neft, gaz va hokazo)ga, bundan tashqari, iqtisodiyotni tez sur‘atlarda rivojlantirish uchun etarli darajadagi shart-sharoitlar (tabiiy-iqlim, hududiy va mehnat resurslari)ga ham egadir. Agar 1991 yilda respublikada etishtirilgan paxta tolasining etti foizi qayta ishlangan bo’lsa, hozirgi kunda yengil sanoat korxonalari tomonidan 40 foiz paxta xomashyosi qayta ishlanmoqda. 2030 yilga borib, respublikamizda etishtiriladigan paxta xom ashyosining 100 foizi qayta ishlanib, ishlab chiqarish hajmini 5,6 martaga oshirishning ustuvor yo’nalishlari amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida aholini ijtimoiy muhofaza qilish jarayonida xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlanish barqarorligi ta‘minlanadi. CHunonchi, har bir xalq xo’jaligi tarmog’ida yaratilayotgan mahsulot birligi dastavval inson uchun xizmat qiladi. Aholi sonining ortib borishi jarayonida aholining iste‘mol ko’rsatkichlari ham ortib boradi va albatta bu xalq xo’jaligi tarmoqlarida ham iste‘mol mollarini ishlab chiqarishni ko’paytirishni taqozo etadi. Aynan shu jarayonda xalq xo’jaligi tarmoqlarining aholi va uning ko’payishiga bog’liqligi yanada yaqqol ko’zga tashlanadi.
Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davrlarida albatta aholini ijtimoiy muhofaza qilishda ba‘zi bir qiyinchiliklarga duch kelish tabiiy xolat hisoblanadi.
Bu qiyinchiliklarni engib o’tish xalq xo’jaligi tarmoqlariga bog’liq bo’lib qoladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida aholini yengil sanoat mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun respublikamiz boy qishloq xo’jaligi, mineral xom- ashyo va mehnat resurslari mavjuddir.
Ichki iste‘mol bozorini to’ydirish eng avvalo yengil va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog’liq. Yengil sanoat mahsulotlariishlab chiqaradigan tarmoqlar majmuasi yengil va oziq- ovqat sanoatini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda og’ir sanoatning bir qator tarmoqlari ham tobora ko’plab ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari tayyorlashda ishtirok etmoqda.
Umuman olganda, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar mamlakat iqtisodiyotining alohida bir sohasini tashkil etmasada, tarmoqlararo kompleks hisoblanadi.
Mamlakat yoki mintaqada xalq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirishning o’ziga xosligi va qonuniyatlari, bu tarmoqlarning sezilarli darajada kompleks ravishda o’zaro ta‘sir kuchi, aholining oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan ta‘minlanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga kamayganiga qaramay, 2000 yildan boshlab (1990 yilga nisbatan) o`sish 1,2 m., 2005 yilda – 1,8 m., 2010 yilda – 3,0 m. va 2016 yilda esa 4,6 m. oshganini ko`rsatmoqda. (1-rasm)
1-rasm

Download 440,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish