Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishning maqsadi-bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy tamoyillari va yo’nalishlarini belgilash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ushbu sohani hududiy tashkil etilishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy- amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:
yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ta‘sir etuvchi tabiiy, iqtisodiyijtimoiy, demografik omillarni o’rganish;
respublika va uning mintaqalarida yengil sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish holatini tahlil qilish;
Farg’ona viloyati demografik vaziyatini iqtisodiy geografik jihatdan tadqiq
qilish;
mintaqa sanoat tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi, tarkibiy va hududiy jihatlarini aniqlash;
viloyatda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ichki va hududiy tarkibiga tegishli muammolarni asoslash;
Farg’ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishiga oid istiqbol rejalar tahlili asosida sohani yanada rivojlantirish va hududiy tashkil etilishi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob‟ekti va predmeti. Tadqiqot ob‘ekti sifatida Farg’ona viloyati yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tanlab olindi. Tadqiq qilinayotgan hududda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va bu mahsulotlar bilan aholini ta‘minlashning ijtimoiy- iqtisodiy geografik jihatlari uning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning asarlari, farmon va qonunlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda mintaqaviy iqtisodiyot bo’yicha xorijiy va mamlakatimiz olimlarining asarlarida bayon qilingan ta‘limotlar, ilmiy konsepsiyalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, hukumatning me‘yoriy-huquqiy hujjatlari tadqiqotning metodologik asosi bo’lib xizmat qildi.
Kurs ish uslubiy negizini kompleks yondashuv tashkil etib, tadqiqot ishida geografik taqqoslash, tizim-tarkib, statistik, kartografik va boshqa usullardan foydalaniladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi maxsus ilmiy adabiyotlar bilan birgalikda, O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi hamda Farg’ona viloyati hokimligi, Farg’ona viloyati statistika boshqarmasidan olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish natijasida amalga oshirish mo’ljallangan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi, eng avvalo, birinchi marta yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning mintaqaviy muammolari ijtimoiy- iqtisodiy geografik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq etilganligidan iborat. Ishda, shuningdek, quyidagi ilmiy yangiliklar keltiriladi:
yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni aholining milliy, yosh-jins tarkibi va boshqa demografik ko’rsatkichlarga bog’liqligi o’rganiladi;
respublika mintaqalarida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish iqtisodiy-ijtimoiy darajasini baholash va prognozlash bo’yicha ilmiy uslubiy takliflar ishlab chiqiladi;
viloyat qishloq tumanlarida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlil qilinadi.
Ishning umumiy hajmi 56 betni tashkil etadi. Ishda 2 ta jadval, 8 ta rasm (karta, diagramma) berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |