Mundarija:
KIRISH................................................................................................................3
I BOB. YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA UNING MINTAQAVIY MUAMMOLARI……………………………...…….7
1.1.Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish nazariyasi va metodologiyasi..7
1.2.O’zbekiston sanoatida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning geografik jihatlari. ……………………………………………………….….....14
II BOB. FARG’ONA VILOYATIDA YENGIL SANOAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI ……..20
2.1.Farg’ona viloyati sanoatining tarmoqlar va hududiy tarkibi, uning asosiy hususiyatlari. ………………………………………………………………….20
2.2.Viloyatda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va dinamikasi. …………………………………………………………………….25
2.3.Farg’ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish muammolari va rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari …………………………………….29
Xulosa..................................................................................................................33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati......................................................................35
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Milliy sanoat rivojlanishining ahamiyati asosan, uning iqtisodiy o’sishini ta‘minlash, eksport salohiyatini oshirish va milliy bozorni investitsion va iste‘mol mahsulotlari bilan to’ldirishdagi roli bilan belgilanadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida sanoatning ko’proq xom ashyo qazib oluvchi, qayta ishlovchi va iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sohalari ustun rivojlandi. Buning natijasida yoqilg’i mustaqilligi ta‘minlandi, mahalliy hom ashyoni qayta ishlash darajasi ortib, ichki iste‘mol bozori mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan to’yintirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek:
―Iste‘mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo’yicha keng turdagi oziqovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to’liq ta‘minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi.‖1.
Mamlakat aholisi sonining ortib borishi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni hajm va sifat jihatidan yuqori darajaga ko’tarishni taqozo etadi. SHu tufayli bugungi kunda ko’plab oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarining ishga tushirilishi yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishning bir qismi hisoblanadi.
Farg’ona vodiysi, xususan Farg’ona viloyatida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholini ushbu mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish viloyatning tabiiy, iqtisodiy geografik sharoiti, demografik vaziyatiga uzviy bog’liqligi yaqqol namoyon bo’ladi. Viloyat tabiiy geografik sharoiti jihatidan (janubdan shimolga tomon) qisman tog’, tog’ oldi, adir, cho’l zonalaridan iborat bo’lib, aholi qadimdan So’x, Isfara va yana bir qator daryo, soylarning konussimon yoyilmalarida istiqomat qilgan. Aholisining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan. Keyinchalik Yozyovon va Qoraqalpoq cho’llarining o’zlashtirilishi natijasida aholi cho’l hududlarida ham o’rnasha boshlagan.
Bugungi kunda viloyat aholi soniga ko’ra faqat Samarqand viloyatidan ortda bo’lib, respublika aholisining 11 % dan ortiqroq qismi ushbu mintaqa hissasiga to’g’ri keladi. SHuningdek, 1 kv km ga to’g’ri keluvchi aholi soni, ya‘ni aholi zichligi jihatidan ham bu mintaqa Andijon viloyatidan keyin turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |