I bob. Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va uning mintaqaviy muammolari



Download 440,78 Kb.
bet10/12
Sana30.04.2022
Hajmi440,78 Kb.
#597861
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mundarija

Xulosa


O’zbekiston yengil sanoati paxta tolasini qayta ishlash bo’yicha ko’p asrlik an‘anaga ega. Ayniqsa, Buyuk ipak yo’lining O’zbekiston orqali o’tgani ham o’zbek hunarmandlarining mahsulotlari dunyoning ko’plab davlatlarida mashhur bo’lishiga zamin yaratgan. Bugungi kunda dunyo bozorida tabiiy tolalardan tayyorlangan buyumlarga bo’lgan o’sib borayotgan talabni hisobga olib, O’zbekiston yengil sanoati nafaqat paxta tolasini etkazib beruvchi sifatida, balki to’qimachilik mahsulotlari, xususan, tayyor mahsulotlar eksportchisi sifatida ham jahon bozorida etakchi pozitsiyalarni egallash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Yil sayin xorijiy sarmoyadorlarning paxta tolasini qayta ishlash va tayyor iste‘mol tovarlarini tashkil qilish bo’yicha qo’shma korxonalarni yaratishga bo’lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Qo’shma korxonalarni tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi bo’yicha tajribasi ijobiy natijalarga olib keldi va kelajakda ham sohaning ajralmas qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, respublika rahbariyati tomonidan xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratayotganligi muhim omil hisoblanadiSohani (tarmoqni) kelajakda rivojlantirish maqsadida mobil ishlab chiqarishlarni yaratish va ular tarkibida dizayn, raqobatbardoshlik, moda va talabni hisobga olib ishlab chiqarishni tez qayta sozlashga mas‘ul tuzilmalarni izchil shakllantirish, eski korxonalarni texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiya qilish barobarida yaqin kelajakda yiliga 500 ming tonnagacha paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega yangi korxonalarni yaratish ko’zda tutilmoqda.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakat xo’jaligini bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari tanlandi. Ushbu yo’nalishlar orasida mamlakatni sanoatlashtirish strategiyasi haqli ravishda asosiy o’rinni egallab, respublikada mavjud tabiiy resurs va qishloq xo’jalik, jumladan, to’qimachilik xom ashyosiga chuqur qayta ishlov berishni yo’lga qo’yish milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatning barqaror rivojlanishi ta‘minlab berayotgan hududiy iqtisodiyot tarmoqlari muhim hisoblanadi. Bu tarmoqlar mamlakat aholisining sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta‘minlashda, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa xomashyoga bo’lgan talabini qondirishda katta ahamiyatga ega.
So’nggi yillarda olib borilayotgan isloxotlar natijasida viloyatning turli regionlarida sanoat, shu jumladan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ortib bormoqda. 2017 yilning 12 yanvar kuni mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoevning ―Urgut‖, ―G’ijduvon‖, ―Xazorasp‖ va ―Qo’qon‖ erkin iqtisodiy zonalarini tashki etish to’g’risidagi farmoniga ko’ra, bu mintaqalarda tashqi bozorlarda talab katta bo’lgan va importning o’rnini bosuvchi, yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va maxalliy investorlarni investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etish, ko’plab yo’nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish bu mintaqalarda, jumladan Farg’ona viloyatida ham sanoatni, shuningdek yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yuksaltiradi.
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, bu maxsulotlar bilan aholini ta‘minlash darajasi mintaqalarda turlicha ko’rinishga ega. Har bir mintaqaning tabiiy sharoiti, iqlimi, relefi hamda iqtisodiy salohiyati, aholisining milliy, yoshjins kabi demografik ko’rsatkichlari bir-biridan farq qiladi hamda ular yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlariga o’z ta‘sirini ko’rsatadi.

Download 440,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish