Oqoltin tumani Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1971-yil 29 avg .da tashkil etilgan. Shim.dan Krzogʻiston Respublikasi, shim.-gʻarbdan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, jan.-gʻarbdan Doʻstlik tumanlari, jan.dan viloyatning Sharof Rashidov, shim.-sharq, jan.-sharkdan Mirzaobod va Mehnatobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,57 ming km². Aholisi 51,3 ming kishi (2003).[1] Oqoltin tumanida 6 qishloq fuqarolar yigʻini (Andijon, Boʻston, Sardoba, Fargʻona, Shodlik, Gʻalaba) bor (2003). Markazi — Sardoba qishlogʻi.[1] Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik boʻlib, Mirzachoʻl dashtidan ibo-rat. Tuproklari turli xil boʻz tuproq. Baʼzi xoʻjaliklarda yer osti suvlari yuza, bu yerlarda shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. Shoʻrlanishga qarshi ochiq va yopiq kollektorlar qurilgan. Yerlar Jan. Mirzachoʻl kanali va Markaziy tarmoq kanalidan sugʻoriladi. Iklimi keskin kontinental. Qishi sovuq. Kuchli so-vuqshamollar esadi. Yanv.da temperatura —15°, —20°gacha pasayadi. Yozi issiq, iyulda oʻrtacha temperatura 30°. Ahyonahyonda garmsel esadi. Garmselga qarshi daraxtzorlar barpo qilinmokda. Bahor seryogʻin. Mart, aprelda yillik yogʻinning 70% yogʻadi. Yov-voyi oʻsimliklardan, yantoq, shuvoq, yulgʻun, oqbosh, tuyaqorin va boshqa oʻsadi.[1] Yovvoyi xayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, ondatra, quyon, tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan choʻl burguti, kalxat, boyoʻgʻli, gurrak, popishak, soʻfitoʻrgʻay, bulbul, zogʻcha, togʻ maynasi va boshqa bor.[1] Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholising oʻrtacha zichligi 1 km² ga 90 kishi (2003). Xoʻjaligi. Paxtachilik tuman xoʻjaligining asosiy tarmogʻidir. Tumanda jami yer maydoni 36,9 ming ga dan ziyod. Shundan 19,9 ming ga yerga paxta, 14,1 ming ga yerga donli ekinlar, shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari, beda ekiladi, mevazor, tokzor va tutzorlar bor. Krramol boqiladi, pilla yetishtiriladi. Tumanda paxta tozalash korxonasi, 22 umumiy taʼlim maktabi, 3 kollej, kutubxonalar, klublar, markaziy kasalxona, poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar mavjud Raqamlar - Raqamlar
- Sirdaryo viloyatida 2007-2014 yillarda asosiy demografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumot
-
-
Oqoltin tumaniАкалтынский район
| |
tuman
| |
Tarkibida
|
Sirdaryo viloyati
|
Maʼmuriy markazi
|
Sardoba (qishloq)
|
Rasmiy tillar
|
Oʻzbek
| | |
Soat mintaqasi
|
UTC+5
|
Do'stlaringiz bilan baham: |