I-bob. STATISTIK MA’LUMOTLARNI TO’PLASH NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Uslubiy ko‘rsatmalar va namunaviy masalalarni echish
Barcha statistik tadqiqotlar o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashdan boshlanadi. Bu bosqich statistik kuzatuv hisoblanib, ba’zi bir qoidalar va ilmiy asosda amalga oshirilish lozim. Bu mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazilishidan maqsad talabalarga statistik kuzatuv qoidalarini va quyidagi ko‘rinishdagi masalalar echilish yo‘llari bilan tanishtirishdir:
Statistika kuzatuvi dasturiy-uslubiy masalalari
Statistika kuzatuvining tashkiliy masalalari
Statistika kuzatuvi ma’lumotlarini nazorat qilish.
Statistika kuzatuvi dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) kuzatuv ob’ektini aniqlash;
b) to‘plam birligini aniqlash;
v) to‘plam birligini tavsiflovchi dastur tuzish;
g) dasturdagi savollar ketma-ketligini belgilash;
d) dastur savollari ifodalash shaklini aniqlash (formulirovka).
Bu masalalar bo‘yicha bilimimizni tekshirish va mustahkamlash uchun aniq bir statistik tadqiqotni quyidagi masalada ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |