II bob bo’yicha umumiy xulosa
O‘zbek tiliga oid darslik va grammatikalarda yasovchilarning ba’zilari umuman eslatib o‘tilmasada, boshqalarining passiv ekanligi qayd etilgan. Shunday ekan, o‘zbek tilida (faqat o‘zbek tilida emas, balki turkiy tillarda ham: chunki bu tillarda ham ayni shu xildagi manzaraga duch kelish mumkin) yaratilajak darslik qo‘llanma, grammatika va monografiyalarda terminologik omillar ham e’tiborga olinsa, ayni muddao bo‘lur edi.
Ta’kidlash lozimki, ingliz tilining lug‘at tarkibi boshqa tillardan kirib kelayotgan so‘zlar hisobiga qanchalik jadal ravishda kengayib borayotgan bo‘lsa, o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga ham shunday tarzda boyimoqda. Bunday imkoniyatlar tilning lug‘at tarkibini boyitadi va yangi so‘zlar yasalish elementlarini vujudga keltiradi. Shuningdek, XX-XXI yuz yilliklar oralig‘ida tilning lug‘at tarkibida yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning vazifasi sferasining kengayishi ijtimoiy revolyutsiya ta’siri bilan ro‘y berishini ko‘rishimiz mumkin. Zamonaviy ingliz tili terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi fikrlarni mustahkamlash va to‘ldirish maqsadida biz ingliz yuridik terminologiyasiga ham murojaat qildik. Chunki, ingliz terminologiyasi juda keng bo‘lib, uning imkoniyatlari, hosil bo‘lish yo‘llari, o‘ziga xos xususiyatlari, juda ko‘p va juda kengdir. Shu sababli hozirgi ingliz terminologiyasiga umumiy izoh berish mushkuldir.
II.BOB INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA NEGATIV AFFIKSLI KOMPONENTLAR
2.1. O’zbek tilida negativ affiksli elementlar tuzilmasi
Inson hayot faoliyati davomida inkor ma’noni ifodalash uchun turli usullardan foydalanib kelmoqda. Inkorni vaziyatidan kelib chiqib, faqatgina so’z bilan emas, balki imo-ishora bilan, hatti-harakatlar bilan yoki ko’z qarashlar bilan, hattoki, ohang bilan ham ifodalash mumkin. Bu borada tarixiy nazariyaga asoslansak, turli xalqlarda turlicha yondashuv borligining guvohi bo’lamiz. Til taraqqiyoti bizga shuni ko’rsatadiki, so’z boyligi oshib borgan sari, so’z bilan negativlik ifodalanishining ham turlicha ko’rinishlari namoyon bo’lishi mumkin. Bu, o’z navbatida, tilshunoslikda negativlik kategoriyasini o’rganib tadqiq qilishni talab qiladi. Shu jumladan, negativlik kategoriyasi ustida olib borilayotgan tadqiqotlarda turlicha yondashuvlarini ko`rish mumkin. Xususan, ayrim manbalarda negativlik kategoriyasi falsafaning obyekti hisoblansa, boshqa manbalarda unga mantiq nuqtai nazaridan qaralishi e`tirof etilgan. Ba`zi tilshunoslar esa negativlik kategoriyasini psixolingvistik kategoriya deb hisoblashadi. Grammatik qurilishning shakllanish muammolariga bag`ishlangan tadqiqotlarda esa negativlikni ifodalovchi elementlarning struktur va sistem tomonlari yosh bolalarning nutqi misolida tahlil qilinadi.
Negativlik kategoriyasi insoniyatning paralingvistik usulidagi muloqotida ham o`z aksini topadi11. Jumladan, Ch.Darvin bunga qisman o`z munosabatini bildirilgan. G.V.Kolshanskiyning ta`kidlashicha, Ch.Darvinning bu boradagi qarashlari paralingvistikada katta qiziqish uyg`otishga sabab bo`lgan12. Tilshunoslarga negativlik kategoriyasining asosiy mohiyatini yoritishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar turtki bo`lgan. Shunga ko`ra ular ham negativlik kategoriyasiga mantiqiy, psixologik hamda shaklan grammatik jihatdan o`z fikr va tadqiqotlarini olib borishgan13.
Shuningdek, O`zbekistonda ham negativlik kategoriyasi bo`yicha ko`zga ko`rinarli tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, S.Rahimov o`z monografiyasida inkorni ifodalovchi elementlarni umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tariflagan, negativlik kategoriyasini turli tillar tizimida leksik sathda ham o`rgangan. Tilshunos olim M.S. Qayumova esa negativlik kategoriyasini sintaksem nazariya asosida tadqiq etgan14.
Tasdiqni salbiyga aylantirish jarayoni ya’ni inkor qilishning grammatik qoidalari har bir tilda turlicha bo'ladi va ma'lum bir tilda buni amalga oshirishning bir nechta usullari mavjud. Turkiy tillarda negativlikning ifodalanishi har xil vositalar yordamida, ya’ni bo’lishsizlikni ifodalovchi morfemalar, inkor olmoshlari, inkor ravishlari hamda inkor bog’lovchilari va olmoshlar: -ma(not), yuq(no), emas(not), hech ham(none), hech qachon(never), hech yerda(nowhere), hech bir(nothing), na… na(neither.., nor…) kabilar asosida ifodalanadi. Buni tilshunoslikning turli bo’limlarida o’rganishimiz mumkin. Masalan: inkor olmoshlar va inkor ravishlar morfologiyada, inkor bog’lovchilar sintaksisda, qo’shimchalarga diqqatimizni qaratadigan bo’lsak, so`z yasovchi affikslar so`z yasalishida ishtirok etuvchi qism sifatida tilshunoslikning «So`z yasalishi» bo`limida o`rganiladi. Shakl yasovchi qo`shimchalar esa grammatik shakl yasalishida ishtirok etuvchi qism sifatida tilshunoslikning «Morfologiya» bo`limida o`rganiladi. Affikslarning so`zga qo`shilish tartibida ma'lum qonuniyat bor. Agglyutinativ ( lot. agglutinare - yelimlash) tillarda grammatik ma'noning ko`payishi bilan so`z shaklning o`zakdan o`ngga qarab cho`zilib borishi grammatik morfеmalarning muayyan joylashish o`rniga amal qilishga olib kеladi. Affikslar kеtma-kеtligi ob'еktiv, tarixiy shartlangan, ma'lum bir tildagi yoki qarindosh tillardagi so`z shaklning o`ziga xos taraqqiyot jarayonini aks ettiruvchi hodisadir. Shuning uchun so`z shakldagi morfеmalar tartibini o`rganish turkiy til tarkibiga kirgan har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini bеlgilashda, shu bilan birgalikda turkiy tillarning boshqa til oilasidan farq qiladigan tomonlarini ochishda katta ahamiyatga ega. So`z shakllar tarkibidagi affikslarning joylashuvi turkiy tillar o`rtasidagina emas, balki bir tilning turli shеvalari o`rtasida ham farqlanishi mumkin. So`z shakl tarkibida affikslar tartibidagi farqlanish ba'zan qo`shimcha ma'no ifodalashga olib kеlib, farqlovchi bеlgi vazifasini ham bajarib kеladi.
Flektiv tillar guruhiga mansub rus tilida inkor ma’nosini ifodalash uchun asosan не, ingliz tilida esa not yuklamalaridan keng foydalaniladi. Mazkur yuklama fe’ldan ajratib yoziladi, shuning uchun bu holat rus tilida fe’l kategoriyasi sirasiga kiritilmaydi. To‘g‘ri, rus tilida не yuklamasi bilan qo‘shib yoziladigan ayrim fe’llar ham yo‘q emas (masalan: ненавидеть, негодовать, недомогать). Ammo ularni ushbu yuklamasiz umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Bu so‘zlardagi не yuklama sifatida emas, balki old qo‘shimcha tarzida o‘zakka yopishib qolgan. Shu bois mazkur fe’llardan yasalgan ot ham ana shu old qo‘shimcha bilan qo‘llanadi. Masalan: ненависть (nafrat). Ingliz tilida not yuklamasidan tashqari no va shu so’z qo’shilgan nothing, nowhere, no one, nobody kabi so’zlar, shuningdek, never, none, nope so’zlari ham keng qo’llaniladi.
O‘zbek tili o’zining agglyutinativ xususiyatini namoyon qilib, bo‘lishsizlik (yoki) inkor ma’nosini ifodalovchi –ma affiksi rus tilidagi не yuklamasiga nisbatan qo‘llanish imkoniyati jihatidan va mazmunan bo’yoqligini ko’rsatadi. Chunki, birinchidan, -ma affiksi fe’lning deyarli barcha shakllarida inkorni ifodalash uchun qo‘llana oladi. Ikkinchidan, harakat nomining ham bo‘lishsiz shaklini yasash uchun xizmat qiladi. Uchinchidan, turli ma’nolarni ifodalash uchun harakat tarzi shakllaridagi yetakchi fe’lga ham, ko‘makchi fe’lga ham, ba’zan bir vaqtning o‘zida har ikkalasiga ham qo‘shilishi mumkin. Bunda ifodalangan ma’nolar rus tilida turli vositalar yordamida beriladi. Masalan: yozmay qo‘ydi – перестал писать; yozib qo‘ymadi – не записал; yozmay qo‘ymaydi – обязательно напишет. Birinchi so‘z qo‘shilmasidagi inkor ma’nosi rus tilida стать yordamchi fe’l oldidan пере- pristavkasini qo‘yish yordamida hosil qilingan. Umuman olganda, o‘zbek tilidagi bo‘lishsiz fe’l+qo‘ydi tarzidagi qo‘shilmalar rus tilida asosan shu vositalar bilan beriladi: bormay qo‘ydi (перестал ходить), o‘ylamay qo‘ydi (перестал думать), shug‘ullanmay qo‘ydi (перестал заниматься) va hokazo. Ikkinchi qo‘shilmadagi inkor ma’nosi birgina не yuklamasi yordamida berilgan bo‘lsa, uchinchisida bu vositalarning ikkalasi ham ishtirok etmagan. Chunki yozmay qo‘ymaydi qo‘shilmasining birinchi qismidagi inkorni ikkinchi qismdagi –ma affiksi inkor qilmoqda va bunda qat’iy bo‘lishlilik alohida ta’kidlanmoqda. Shu bois ushbu qo‘shilmaning to‘liq ma‘nosini berish uchun rus tilida обязательно (albatta) so‘zi ishtirok etmoqda. Rus tilidagi не yuklamasi bunday qo‘llanish imkoniyatlariga ega emas.
S.M.Qayumova o’zining “ingliz tilidagi negativlik kategoriyasining o’ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan maqolasida yangi so‘z yasashda qo‘llaniladigan “не” va “без” affikslarini tadqiq qilib, yangi inkor elementli so’zlar yasashning leksik usuli ekanligini tadqiq qilgan. Shuningdek, maqolada J.Buranov, Yusupov, V.N.Bondarko, R.Lakoff, V.N.Jigadlo, I.P.Ivanova and L.L.Iofic kabi tilshunos olimlar negativlik xususida ish olib borganligi va misollar bilan keng yoritilgan15.
Tilshunoslikda negativ affikslar haqida ma’lumotlarni so’z yasalishi, morfemika, morfologiya, sintaksis bo’limlarida o’rganishimiz mumkin. Tarixga yuzlanadigan bo’lsak, o’zbek tilshunos olimlaridan turkiy tillardagi so’zlarning yasalishi va qo’shimchalar bo’yicha Mahmud Qoshg’ariy o’zining “devon-u lug’atit-turk” asarida qimmatli ma’lumotlar keltirgan. Shuningdek, Abdurauf Fitrat morfologiya xususan so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik kategoriyalari haqida izchil ma’lumotlar beradi. Har bir tilning morfologiyasida so‘z tushunchasi markaziy o‘rinni egallashini ta’kidlagan xolda so‘z tushunchasiga onomosologik nuqtai nazardan ya’ni obyektiv olamdan uning uumumlashgan obrazining ongda aks etishi orqali bu umumlashgan obrazning muayyan moddiy vosita-tovushlar sistemasi yordamida ifodalanishi nuqtai nazardan yondashadi.
Shu davrga kelib Ye.D.Polivanovning “O‘zbek tilining qisqacha grammatikasi” (Toshkent, 1925), Qayum Ramazonning “ O‘zbek tili ” kitobi morfologiyaga bag‘ishlangan edi. Keyinchalik Faxri Kamolovning . taxriri ostida nashr qilingan fundamental asari “ Hozirgi zamon o‘zbek tili” (1975) yuzaga keldi. Haqiqatdan ham o‘zbek adabiy tili morfologiyasini ilmiy asosda izchil o‘rganish, shuningdek, sistema tarzida jiddiy tadqiq etish ham ana shu davrdan boshlandi, deyish mumkin. Chunki bu asarda o‘zbek tilidagi so‘z turkumi, uning barcha morfologik xususiyati ham oldingi Sharq tuilshunosligidagi talqini ham, keyingi davr Yevropa tilshunosligida “Morfologiya” bo‘yicha aytilgan barcha fikr, qarashni ham hisobga olgan xolda talqin qilindi.
Tilning lug‘at sostavini va asosiy lug‘at fondini aniqlash masalasi morfologiya bilan ham aloqador. Masalan, affiksasiya orqali tildagi so‘zlarning ko‘payishi masalasi morfologiya bilan bevosita bog‘liqdir. XX asr o‘rtasida o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida, ayniqsa, uning morfologiyasini o‘rganish bo‘yicha qilingan ishi doirasida S.Usmonov, F.Abdullayev, T.Ibrohimov, A.G‘ulomov, V.V.Reshetov, A.N.Kononov, M.Asqarova, S.Mutallibov kabi olimlarning xizmatlari beqiyosdir. O‘zbek tilining taraqqiyotida, xususan morfologiya sohasida qilingan ishlar orasida prof. A.G‘ulomovning hissasi alohida o‘rin egallaydi16.
A.G‘ulomovning til hodisasiga yondashuvida unga sistema sifatida munosabatda bo‘lishining til-lison-nutq munosabatini hisobga olishning, dialektikaga e’tibor qaratishning, shuningdek, tilga formaldir. «O‘zbek tili morfologiyasiga kirish» (1953) monografiyasi tilga sistema tarzda yondashuvning yorqin namunasi. Kitobda so‘z tarkibi, so‘z va uning xususiyati, so‘z yasalishi, qo‘shma so‘z, so‘z turkumi muammosiga nisbatan olim o‘z qarashini bayon qiladi hamda mavjud qarashini boyitadi. Keyinchalik olimning morfologiya sohasidagi qarashlari XX asrning ikkinchi yarmida akademik A.Hojiyev, O.Usmon, X.Komilova, Z.Ma’rupov, S.Fuzailov, Sh.Rahmatullayev, S.Dolimov, Yo.Tojiyev, M.Jo‘raboyeva, A.Berdaliyev, T.Mirzaqulov, N.Mahkamovlar o‘z ishlarida bu sohadagi ishlarni izchil davom ettirdi. Xullas XX asrning 70-90-yillarida o‘zbek tilshunosligida morfologiya sathini o‘rganish bo‘yicha ancha jiddiy tadqiqot ishlari olib borilganligi diqqatga sazovordir.
Yuqoridagi manbalarni o’rganish natijasida negativlikni ifodalovchi qo’shimchalar o’zi inkor ma’noda bo’lib, so’zga qo’shilgach, yangi inkor ma’noli leksema hosil qilishi, jumladan, nafaqat agglyutinativ, balki flektiv tillarda ham uchratishimiz mumkinligi aniqlandi. Tilshunoslikda qo’shimchalar ma’no va vazifasiga ko’ra 3 turga bo’linadi: so’z yasovchi, shakl yasovchi va so’z o’zgartiruvchi. So’z yasovchi affikslar tilning ichki boyishi uchun xizmat qilib, barcha tillarda uchratish mumkin. Bular haqida batafsil keyingi boblarimizda to’xtalib, kengroq ma’lumot beriladi.
So’z boyligi qancha ko’p bo’lsa til taraqqiyoti, rivojlanishi shuncha tez amalga oshadi. Hozirgi kunga kelib, innovatsion texnalogiyalar, globallashuv, bularning barchasi tillarning lug’at boyligi o’sishiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Ham ichki, ham tashqi yasalish jadallik bilan tillarning lug’atshunoslik sohasini kengaytirib kelmoqda. Har bir til rivojlanish tarixida so’z boyligi turli usullar bilan ko’payadi. Qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilishga so`z yasalishi deyiladi. Hozirgi o`zbek tilida so`z yasalishining turli usullari mavjud. Ular quyidagilar:
Semantik usul.
Fonetik usul.
Abbreviatsiya usuli.
Affiksatsiya usuli.
Kompozitsiya usuli17.
Biz affiksatsiya usuliga nazar tashlaydigan bo’lsak: So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo`shish bilan ot, sifat, fe`l, ravish turkumiga oid so`zlar yasaladi. Masalan, suvchi, nomuvofiqlik – ot; uzluksiz, suvsiz – sifat; parchalan, rangsizlan– fe`l; yashirin, yangicha - ravish kabi.
Affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi asosida o`zbek tili leksikasining boyi-shi ichki imkoniyat (resurslar) asosida boyish (rivojlanish) hisoblanadi. So’z turkumlaridan ot, fe’l, ravish va sifat yasaladi, olmosh bilan son bo’lsa, yasalish xususiyatiga ega emas, lekin ulardan boshqa so’z turkumlari yasaladi: mensimoq, birlik, sensiramoq, ikkilamchi, o’zbilarmon.
XX asrda o`zbek tili leksikasining affiksatsiya usuli bilan so`z yasash orqali boyishi deganda faqat mahsulli affikslar yordamida shu davrda yasal-gan va yasalayotgan so`zlar nazarda tutilishi kerak bo`ladi. Bu so`zlarning yasali-shida ishtirok etadigan so`z (leksema) va affiks asli qaysi tilga oid bo`-lishidan qat`i nazar hozirda ular o`zbek tilining o`ziniki, uning o`z resursi hi-soblanadi.
Affikslar ham so‘zlar singari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlargabo‘linadi:
1. Omonim affikslar: shakli bir xil bo‘lib, ma’no va vazifasiga ko‘ra bog‘lanmaydigan qo‘shimchalardir. Omonim affikslar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari doirasida quyidagi ko‘rinishda uchraydi: 1) so‘z yasovchilar doirasida: -ki: tepki-ot yasovchi, kechki-sifat yasovchi; 2) shakl yasovchilar doirasida: -ish: oqish-sifatning daraja shakli, tortish-fe’lning harakat nomi shakli; 3) so‘z o‘zgartuvchilar doirasida: -ng: olmang-egalik qo‘shimchasi, bording-tuslovchi qo‘shimcha; 4) so‘z yasovchi va shakl yasovchilar doirasida: -ma: bo‘g‘ma- (ilon) sifat yasovchi, tuzlama -ot yasovchi, parchalama – fe’lning bo‘lishsiz shakli; 5) so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilar doirasida:-im: qultum-ot yasovchi, bo’yoqlarim-egalik qo‘shimchasi. Ba’zan o‘zakdosh so‘zlar ham omonim affiks qabul qilib shakldoshlikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qatla fe’liga so‘z yasovchi va shakl yasovchi omonim qo‘shimcha –ma qo‘shilishi bilan tuzlama (ot) , tuzlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi.
2. Sinonim affikslar: shaklan har xil umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimchalardir. Masalan: -li\-dor: unumli-unumdor. Affikslar sinonimligi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra barcha turlari doirasida uchraydi: a) so‘z yasovchilarda:-siz\-no ma’nodoshligi asosida: o‘rinsiz - noo‘rin, -li/-ser ma’nodoshligi asosida: g‘ayratli - serg‘ayrat; b) shakl yasovchilarda: -ish\ -imtir ma’nodoshligi asosida: oqish-oqimtir, -qar\-kar\-qaz\-kaz ma’nodoshligi asosida: qutqar - qut+qaz, o‘tkaz-o‘tkar, -lar\ ish ma’nodoshligi asosida kelishdi-keldilar; v)so‘z o‘zgartuvchilarda: -ning\-dan ma’nodoshligi asosida: konlar +ning|| +dan kattasi.
Shuni ham qayd etish lozimki, sinonim qo‘shimchalar barcha so‘zlarda birdek ma’nodoshlikka ega bo‘la olmaydi. Masalan, noo‘rin-o‘rinsiz so‘zlarida –no va –siz o‘zaro ma’nodosh, biroq tanish, ma’lum kabi so‘zlarga bu sinonim qo‘shimchalardan faqat -no affiksini qo‘shib ishlatish mumkin. Chunki tanishsiz, notanish sifatlari o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi, ma’lumsiz shaklida esa sifat yasalmaydi.
3. Antonim affikslar: bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: tutunli- tutunsiz, havoli – behavo.
4. Ko‘p ma’noli affikslar: birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi qo‘shimchalardir. Masalan, - chi qo‘shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan shaxs oti), patentchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxs oti) kabi yasama so‘zlardagi - chi ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-lar affiksining bolalar-sof ko‘plik ma’nosida, suvlar-tur, nav ma’nosida, dadamlar-hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p ma’noligidan dalolat beradi.
O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi: Affikslarning o‘zakka qo‘shilish tartibi ham o‘ziga xoslikka ega. Xususan, so‘z tarkibida ma’noli qismlar joylashishining odatdagi tartibi, asosan,
Do'stlaringiz bilan baham: |