I bob. O’zbek va ingliz tillarida konchilik va metallurgiya terminalogiyasining nazariy asoslari



Download 336,96 Kb.
bet27/34
Sana01.07.2022
Hajmi336,96 Kb.
#728116
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
2 5215651371927214084

substansional (bu sintaksema o‘zida predmet xususiyatini aks ettiradi)
prosessual (bu sintaksema o‘zida ish harakatni va jarayonni ifodalaydi)
kvalifikativ (bu sintaksema sifatga, belgiga xos) sintaksemalarga bo‘linadi.
Biz gap bo‘laklarini nazariyaga asoslab komponent va sintaksem tahlil qilib o‘rganar ekanmiz, bugungu kunga qadar bu metod bo‘yicha ilmiy ishlar olib bogan A. M. Muxinning izdoshlari Badanina, Doroshenkov, Kravsov, Z. Petrova, S. Egamberdiev, R. Qiyomov, M. Qayumovalar ham ilmiy mulohazalar olib borganligini ko‘rishimiz mumkin.
3.2. Ingliz va O’zbek tillarida kon-metallurgiya terminlarining komponentlarga ajratib tahlil qilish
Gap tarkibini komponentlarga ajratib tahlil qilish haqida turlicha fikrlar mavjud. Jumladan, E.D.Guliga, E.I.shendelislar ta’kidlashicha “... Gapni komponentlarga ajratib tahlil qilish faqat endigina boshlangan bo‘lib, gapning semalar tarkibi va denotat-vaziyat tomonlari haqida, tushunchalar haqida to‘liq tasavvurga ega emasmiz, biz faqat umumiy xarakterga ega bo‘lgan fikrimizni bayon qildik xolos”25. SH.Rahmatullaev ham ularning fikriga qo‘shiladi26
Negativ elementli gap tarkibini komponentlarga ajratib tahlil qilish asosan quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:

  1. negativ elementli gap tarkibidagi sintaktik birliklarning o‘zaro sintaktik aloqalarini aniqlash;

  2. negativ elementli gap tarkibidagi komponentlarning differensial sintaktik belgilarini aniqlash;

  3. negativ gap tarkibidagi cintaktik birliklarning morfologik ifodalanish usullarini komponent modellar yordamida yoritish;

  4. turli tizimli tillar misolida sintaktik qatlamda sintaktik birliklarning gapda tutgan o‘rnini aniqlash;

  5. negativ elementlarning til sathlariaro bog‘liqligi va farqli tomonlarini o‘rganish.

Negativ elementli gaplar tarkibini komponentlarga ajratib tahlil qilish an’anaviy sintaktik tahlildan yuqorida keltirilgan tamoyillar bilan farqlanadi. An’anaviy grammatikalarda gapning sintaktik tahlili deganda bosh bo‘laklar va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajratib, tahlilni gap bo‘laklariga savol qo‘yish usullari bilan aniqlaydi. Unda foydalaniladigan atamalar “ega” va “kesim” mustaqil atama sifatida qo‘llaniladi. Bu borada O.V.Dolgova shunday deydi: "... Gapning bosh bo‘laklari sanalmish ega va kesim lingvistik aniqlanishga ega emas: ular asosan grammatik tushuncha sifatida aniqlanmasdan, balki logik sub’ekt va predikat tushunchalariga ko‘pincha almashtirilib ishlatiladi, ular to‘liq asoslanmasdan, formal jihatidan tavsiflanadi”27.
Gapning sintaktik tahlili jarayonini gap bo‘laklariga ajratib tahlil qilishda “savol- savollar haqida” kabi usullar bilan yoritish maktab grammatikasidagi tipik adashuvchilikdan o‘zga hodisa emas. Shuning uchun ham mazkur ishda gap bo‘laklari deb foydalaniladigan atamalar boshqa atamalar bilan almashtirilib, ya’ni bir yadro komponentini boshqasidan farqlovchi differensial sintaktik belgilar yordamida ifodalaymiz, ya’ni ega o‘rniga yadro predikativ 1, kesim o‘rniga yadro predikativ 2, ikkinchi darajali bo‘laklar o‘rnida kelgan sintaktik birliklar esa tobe komponentlar kabi lingvistik atamalar28 bilan o‘zgartirildi.
Gaplar tarkibini komponentlarga ajratib tahlil qilishda transformatsiya yoki eksperiment metodika asosida aloqalarni aniqlash gap komponentlarining differensial sintaktik belgilarini ajratishga keng imkoniyat yaratadi. Ayrim tilshunoslarning fikricha, an’anaviy grammatikalarda sintaktik aloqalarni so‘z birikmalari sathida qarab, ular predikativ va predikativ bo‘lmagan aloqalarga bo‘linadi29. Predikativ va predikativ bo‘lmagan so‘z birikmalari grammatik jihatdan bajaradigan funksiyalariga qarab farqlanishga asosan predikativ so‘z birikmasi ikki grammatik funksiyani gapda ifodalaydi, ya’ni predikativlikni va modallikni. Nopredikativ so‘z birikmalarida esa moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqalari ishlatiladi. Bu masala ham anchagina bahstalabdir30.
Negativ birliklar yoki birikmalar gap qurilmasida har xil sintaktik o‘rinlarda kelishi mumkin, ya’ni ular yadro komponentlar yoki yadro bo‘lmagan tobe komponentlar o‘rnida beriladi. Gap tarkibida komponentlarning o‘zaro sintaktik aloqalarini modellashtirish metodi, ya’ni yunksion modellar tuzish usuli yordamida amalga oshiriladi. Yunksion model (lotin tilidan junction so‘zidan olingan bo‘lib, u bog‘lanish, aloqa ma’nolarini ifodalaydi)31. gorizontal yo‘nalishda tuzilib, gap tarkibidagi komponentlarning real distributsiyasini, bir-biriga bog‘liq munosabatlarini ifodalaydi.
Har qanday ikki tarkibli gaplarda asosiy yadro komponentlar, ya’ni yadro predikativ 1 (NP1) va yadro predikativ 2 (NP2) elementlari hisoblanib, ular bir-biri bilan yadro predikativ aloqa asosida bog‘lanadi. An’anaviy grammatikalarda gap yadrolarining o‘zaro bog‘lanishini moslashuv atamasi bilan izohlab kelishgan. Bu aloqada tobe so‘z o‘z formasini hokim so‘zning formasiga moslashtiradi. Bunda hokim so‘zning formasi o‘zgarishi bilan tobe so‘zning formasi ham o‘zgaradi, tobe so‘z o‘z formasini hokim so‘zning formasiga muvofiqlashtiradi, moslashtiradi32.
Moslashuvni bunday ta’riflashda gap qurilmasida kesim egaga tobe bo‘lib, eganing formasiga qarab, kesim o‘z formasini o‘zgartirishi yoki kesimning ega bilan moslashuvi maxsus shaxs va son affikslari orqali ifodalanadi. Unda moslashuv sintaktik aloqa emas, balki morfologik aloqadir.
Anatoliy Mitrofanovich Muxin ilmiy karashiga kura, ega va kesim gapning asosiy yadrolari hisoblanadi, har bir tugal fikrni anglatuvchi elementlar gap deyiladigan bo‘lsa, unda gap belgilaridan predikativlik, modallik va intonatsiya (ohang) mavjuddir. Shuning uchun ham yadro komponentlar o‘rtasida o‘zaro tobelik yo‘k, balki predikativlik mavjud.
Chunki, tugal fikrni ifodalash uchun gapda asosiy fikrni anglatuvchi ikki element, ya’ni ega va kesim o‘rtasida yadro predikativ aloqa mavjud bo‘lishi zarur. Yadro predikativ aloqaning muhim xususiyatlari asosan ikki hodisa bilan chambarchas bog‘liqdir. Avvalambor boshqa aloqalardan farqi shundaki, yadro predikativ aloqa boshqa sintaktik aloqalarga tobe bo‘lmagan holda, o‘zi mustaqil tugal fikrni anglatuvchi gapni oladi, undan tashqari, u teng huquqga ega bo‘lgan ikki yadro komponentni o‘zaro bog‘laydi. Shuning uchun ham yadro predikativ aloqa ikki o‘zaro teng yadro komponentlarni uzviy bog‘lagani tufayli, yunksion modellarda ifodalashda ikki tomonga yo‘naltirilgan va ikki tomonlama ko‘rsatkichga ega bo‘lgan belgi yordamida beriladi:
( )
Mazkur sintaktik aloqa gapning asosiy qurilmasini tashkil etuvchi komponentlar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Aynan shu kabi holatlar va predikativ aloqani boshqa sintaktik aloqalardan farqlaydigan asosiy xususiyat hisoblanadi. Boshqa sintaktik aloqalar gapning qurilishi jihatidan uning asosiy markazini tashkil eta olmaydi. Chunki, yadro predikativ aloqadan tashqari, boshqa sintaktik aloqalar yadro bo‘lmagan aloqa hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tillarida negativlik kesim vazifasida kelgan negativli gaplarni komponentlarga ajratib tahlil qilishda gapda ishtirok etgan komponentlar soniga qarab tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki kesim vazifasida kelgan negativli sintaktik elementli gaplar ikki yoki undan ortiq komponentli gaplarga ajratib tahlil qilinganda, yadro bo‘lmagan komponentlarning gapda qaysi sintaktik aloqa yordamida ishtirok etishini, gapda kesim vazifasida kelgan sintaktik birlikka qanday sintaktik aloqa asosida bog‘lanishini aniqlash ham muhim ahamiyatga egadir.
Ko‘p komponentli gaplarda ham yadro komponentlarni aniqlashda (eksperiment metodidan foydalanish mumkin, ya’ni tushirib qoldirish transformatsiyasi asosida gapning asosiy yadrolarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ingliz va uzbek tillarida kesim vazifasida kelgan negativli sintaktik birliklarni komponentlarga ajratib tahlil qilinsa,

Download 336,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish