I bob. O’zbek va ingliz tillarida konchilik va metallurgiya terminalogiyasining nazariy asoslari



Download 336,96 Kb.
bet28/34
Sana01.07.2022
Hajmi336,96 Kb.
#728116
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
2 5215651371927214084

1) ultrasound degasses it 2) ultratovush suyuqlikni gazsizlantiradi33
Birinchi gapda ultrasound, ultratovush sintaktik elementlari yadro predikativ 2 (kesim) vazifasida kelgan elementlar degasses, gazsizlantiradi bilan yadro predikativ aloqa asosida bog‘lanadi, it, suyuqlikni esa ultrasound, ultratovush elementlariga tobe bo‘lib, subordinativ aloqa asosida gap qurilmasida ishtirok etadi.
Yunksion modelda subordinativ aloqa tobe elementni hokim elementga yo‘naltirilgan bir chiziq ko‘rsatkichli ( yoki ) belgisi bilan belgilanadi:
1) ultrasound degasses it 2) ultratovush suyuqlikni gazsizlantiradi
1 2 3 1 3 2



J.m.l

Sintaktik aloqalar ifodalangan yunksion modellar asosida bu gaplarda ishtirok etgan sintaktik birliklarning differensial sintaktik belgilarini aniqlaymiz: Gaplardagi birinchi komponentlar ultrasound and ultratovush - yadro predikativ 1 N-nuclear, P-Predicated=NP, belgi bilan belgilaymiz, ikkinchi komponentlar esa degasses, gazsizlantiradi -yadro predikativ2 R- predіsatіng=NP; uchinchi komponentlar it, suyuqlikni -yadro bo‘lmagan tobe (N-unnuclear, D-depended= ND) belgilar bilan belgilaymiz. Ko‘rsatilgan differensial sintaktik belgilar asosida bu gaplarning komponent modellari quyidagicha:



1) ultrasound degasses it 2) ultratovush suyuqlikni gazsizlantiradi
1 2 3 1 3 2
NP1 • NP2 • ND; NP1 • ND • NP2 c.m.l

Ushbu gaplarning yunksion komponent modellaridan ma’lum bo‘ladiki, ingliz va o‘zbek tillarida so‘z tartibi bir-biridan farq qiladi. Ta’kidlash lozimki, gapning komponent modellari faqat differensial sintaktik belgilarni ko‘rsatish bilan chegaralanib, komponentlarning formal tomoni, ya’ni ularning morfologik jihatdan ifodalanishidagi farqlar yoki o‘xshashliklar bunda to‘liq o‘z aksini topmaydi. Shuning uchun ham ayrim belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bular quyidagilar:
Mustaqil so‘z turkumlarini bosh harflar bilan:
-S-ot;
-Sdv-to’liqsiz fe’l bilan kelgan ot;
-Spr-otning shaxs qo’shimchasi bilan kelishi;
-Sl-o’rnini ifodalovchi qo’shimcha bilan kelgan ot
-Sg-otning qaratqich kelishigi qo’shimchasi bilan ifodalangan ot;
-Sps-egalik qo’shimchasi bilan berilgan ot;
-V-fe’l;
-Vf-fe’lning shaxsli;
-Vinf-infinitiv;
-Vinc-to’liksiz fe’l (Incomplete verb)
-Pnp-kishilik olmoshi;
-Pnps-egalik olmoshi;
-Pinf-noaniq, gumon olmoshi;
-Pnng-inkor, negative olmoshi;
-Pndm-ko’rsatish olmoshi;
-Pnint-so’roq olmoshi;
-A-sifat;
-Apr-shaxs qo’shimchasi bilan berilgan sifat;
-Adv-ravish;
-Nu-son;
-Vson-fe’lning davomli zamondagi shakli;
-Vp1-hozirgi zamon sifatdosh;
-Vp2-o’tgan zamon sifatdosh;
-Vpas-fe’lning majhul nisbati;
-Vg-gerundiy;
-Ven-perfekt zamon shaklidagi fe’l;
-Vimp-buyruq shaklida berilgan fe’l.
Yordamchi so’z turkimlari, ya’ni modal, bog’lama fe’llar, predloglar kichik harflar bilan belgilanadi:
-p-predlog;
-m-modal fe’l;
-aux-yordamchi fe’l;
-c-bog’lama fe’l;
-ng-negtivlik.
Ingliz tilida yadro predikativ 2 komponenti quyidagi shakllarda bo’ladi:
1. Vf (fe’lning infinitiv shakli):
Rupert unfastened the heavy fur coat. (E.L.Voinich)
2. tobe+Ven:
The door is unlocked, and there is no moon. (E.L.Voinich)
3. to be+ A;
The sky was cloudless. (E.L.Voinich)
4. tobe+S:
The thing is so unbusiness like. (E.L.Voinich)
Ma'lumki, an'anaviy grammatikada gapning tuzilishini sintaktik tahlil qilish gapning bosh va ikkinchi darajali qismlarini aniqlashni anglatadi, ammo bunday sintaktik tahlil gapning birlamchi va ikkinchi darajali qismlarini loyihalash bilan cheklanadi va u faqat so'zlarga asoslanadi. gapning shakliy tomoni.“Gapning sintaktik tahlilidagi bunday turdagi nuqsonlar hech qanday aniq lingvistik usullarga asoslanmaydi”34.
Yuqorida qayd etilgan belgilar asosida birinchi komponent modelning to’liq hosilasini quyidagicha ifodalash mumkin:
(1) 1 (2) 2 (1) 1 2
Some metals are colorless ayrim metallar rangsizdir.

1 2 (3) (3) 3 1 (3) 3 2


Deformation divides into two types deformatsiya ikki turga bo'linadi.

(1) 1 2 3 4 1 3 4 2


The internet deenergizes phones quickly, Internet telefonlarni tez quvvatsizlantiradi.

Shu usul bilan yunksion va komponent modellarni tuzish davom ettirilganda yadro prediktativ 1 yoki 2 vazifasida kelgan negativlik sintaktik birliklarning ifodalanish jihatidan bir tilning o’zida farqlanishini ham guvohi bo`lish mumkin. Yuqoridagi belgilarga asosan, komponent model quyidagicha tuziladi:


Some metals are colorless
NP1 • NP2
Pinfs * ca c.m.l
Ayrim metallar rangsizdir
NP1 • NP2
AS * V c.m.l


Deformation divides into two types
NP1 • NP2 • ND
S * Vf * nus c.m.l

Deformatsiya ikki turga bo'linadi.
NP1 • ND • NP2
S * nus * Vf c.m.l

The internet deenergizes phones quickly,
NP1 • NP2 • ND1 • ND2
S * Vf * S * Adv c.m.l
Internet telefonlarni tez quvvatsizlantiradi
NP1 • ND1 • ND2 • NP2
S * S * Adv * Vf c.m.l
Yuqoridagi misollardan shuni ko’rish mumkinki, har ikki tildagi negativ elementli kon-metallurgiya birliklari gapning komponent modellarida defferensial sintaktik belgilarni ko’rsatib, komponentlarning formal tomoni, yani ularning morfologik jihatdan ifodalanishidagi farqlar yoki o’xshashliklarni isbotlaydi.

Download 336,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish