I bob. O’zbek va ingliz tillarida konchilik va metallurgiya terminalogiyasining nazariy asoslari



Download 336,96 Kb.
bet24/34
Sana01.07.2022
Hajmi336,96 Kb.
#728116
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
2 5215651371927214084

II bob bo’yicha umumiy xulosa
Hozirgi zamon ingliz va o’zbek tillarida bo’lishsizlik yoki negativlikning ifodalanishida negative affikslar katta ahamiyatga ega. Ta`kidlash joizki, affikslar har ikkala tilda ham prefikslar va suffikslarga bo’linadi. Negativlikni ifodalovchi suffikslar asosan ingliz tilida – less, o’zbek tilida esa – siz elementlarini qo’shish orqali yasaladi.
Ingliz tilida dis-, in-, ir-, im-, non-, mis-, il-, un-, kabi negativlikni ifodalovchi prefikslar turli xil tarjima qilinishi mumkin. Ammo, aytish o`rinliki yuqorida qayd etilgan negativ elementlar qo`shilgan sintaktik birliklarining gap qurilmasida tutgan o`rni gap qurilmasiga, kirish boshqa elementlar bilan bog`lanishi, sinaktik aloqalari, ularning differensial sintaktik belgilari, ular ishtirok etgan gaplarda to`liq yoki qisman negativlikni ifodalash jarayonini ko`rsatish va ularning sintaktik sathda semantik maydonini belgilash asosiy maqsad va vazifa qilib qo`yilganligi sababli, biz negativ affiksli birliklarni gap qurilmasida kuzatish bilan chegaralanamiz. Chunki yuqorida qayd etilgan negativlikni ifodalovchi elementlar ingliz tilining leksik sathida atroflicha o`rganilgan23. Ingliz va o’zbek tillarida negativlik kesim vazifasida kelgan negativlik gaplarni komponentlarga ajratib tadqiq qilishda gapda ishtirok etgan komponentlar soniga qarab tekshirish o`rinlidir.
Birinchi bobda keltirilgan misollardan shu ko`rinadiki ingliz tilidagi negativ affikslar o`zbek tiliga tarjima qilishda turlicha negativlikni ifodalovchi affikslar orqali berilsa, o`zbek tilidan ingliz tiliga o`girilishida ham xuddi shunday hodisaning guvohi bo`lish mumkin.

III BOB. TURLI TIZIMLI TILLARDA GAPLARNING SINTAKSEM TAHLILI (LUG’AT MISOLIDA)
3.1. Sintaksem tahlil haqida ma’lumot
Bizga ma’lumki, har bir til strukturasini o‘rganishda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar nazariyasi muhim rol o‘ynaydi. 1970 yillarga qadar ingliz tili grammatikasida F. N. Buslayev, B. A. Ilish, A. I. Smirniskiylarning ilmiy mulohazalari gapning ikkinchi darajali bo‘laklari an’anaviy nazariyasiga asoslangan edi. Lekin har bir nazariyaning yutuq va kamchiliklari bo‘ladi shu singari bu nazariay ham ba’zi bir cheklanishlarga ega. U o‘zida obyektiv borliqni to‘la to‘kis ifoda ettirolmaydi. Keyingi paytlarda tilshunoslikda komponent va sintaksem tahlil nazariyasi paydo bo‘ldi. Bundan so‘ng yana bir yangi nazariya professor A. M. Muxin tomonidan ishlab chiqildi va unda asosiy e’tibor tildagi elementar sintaktik birliklarni – gapning komponentlari va sintaksemalarni o‘rganishga qaratildi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlash joizki, komponent va sintaksem tahlil nazariyasi an’anaviy bosh va ikkiknchi darajali bo‘laklar nazariyasini also inkor etmaydi, aksincha, u o‘zida aks ettirolmagan voqelikni o‘zida mujassamlashtiradi. Gapning strukturasida elementar sintaktik birliklar o‘rganilar ekan, ularni chuqurroq oydinlashtirish uchun, albatta, sintaktik aloqalarga murojat qilinadi. Bunda gap komponentining mazmun-mohiyatiga chuqurroq kirib borishga, ya’ni sintaksema deb nomlanuvchi elementar sintaktik birlik ustida ish olib boriladi. Demak komponent degan termin ostida gapning ustki qatlami – gap bo‘laklari o‘rganilsa, sintaksemada gapning ichki qatlami – mazmun-mohiyati o‘rganiladi. Gap va gapning komponentlaridan farqli o‘laroq, gapning sintaksemalari sistemali munosabatlarni o‘rganish imkoniyatlarini ochadi. Ingliz tilida sintaksisida gap bo‘laklarini o‘rganish va ular o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilishda sintaktik aloqalarni to‘rtta turga bo‘lib o‘rganilgan:
1) Atributativlik (aloqa turning eng qisqa turi) – hokim va tobe bo‘laklarni
bir kompleks doirasidagi o‘rganuvchi aloqa;
2) Predikativlik (eng mustaqil aloqa turlari) – gapning bosh bo‘laklari
o‘rtasidagi aloqa;
3) Kompletivlik(tuslanuvchi aloqa turi) – gapning ikkinchi darajali bo‘laklari
o‘rtasidagi aloqa;
4) Kopulyativlik – gapning uyushiq bo‘laklari o‘rtasidagi aloqa;
Aloqalarning oxirgi turi, kopulyativlik aloqasi eng oddiy aloqa turiga kiradi. Gapdagi kopulyativ aloqasi orqali gapninguyushiq bo‘laklari boshqariladi, kopulyativ aloqa gapni alohida bo‘laklarga ajratadi. Aniqlangan atributivlik aloqasi hokim va tobe bo‘laklar o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, u sintaksis bo‘limiga taalluqli hisoblanadi. Atributivlik aloqasini ko‘pchilik tilshunoslar o‘z ilmiy ishlarida turlicha tadqiq etishgan. Gapda ishtirok etadigan aloqalardan eng asossiylari predikativlik va kompletivlik aloqalaridir.
N.P. Gaman ham aloqalarni tovush tonlari asosida yoritib, o‘z tadqiqotida predikativ aloqasi ustida chuqurroq to‘xtalgan. Gaman aloqalarini ikki turga bo‘ladi:
1) Formal grammatika (grammatik ot va grammatik kesim o‘rtasidagi aloqa);
2) Kommunikativ – dinamik (leksik ot va leksik kesim o‘rtasidagi aloqa).
Bundan tashqari ayrim tilshunoslar aloqalarni uch turga bo‘lib o‘rganishgan. Masalan, L.S. Barxudarov aloqalarni avval ikki “bog‘lanish” va “ergashish” turlarga bo‘lib, keyinchalik ularni kngaytirgan va uchinchi aloqa predikativlik aloqasini tadqiq etgan. A.M. Muxin esa, o‘z qarashlarida “bog‘lanish” va “ergashish” terminlarini sotsiotiv – predikativ aloqalarga bo‘linadi, deb hisoblagan. “Bog‘lanish” va “ergashish” predmetlarini “sotsiotiv –predikativ” terminiga bog‘liq ekanligini, ya’ni aloqalarni uch turga ajratgan:
1) ikki element ham bir-biriga bog‘lanib kelmaydiva bog‘lanuvchi aloqa (koordinatsiya) deb ataladi.
2) birinchi element ikkinchisiga bog‘lanib keladi, ikkinchisi esa, birinchi elementga tobe bo‘lmaydi va ergashuvchi aloqa (subordintasiya) deb ataladi.
3) birinchi element ikkinchi elementga bog‘liq bo‘ladi va ikkinchi element ham birinchisiga bog‘lanib keladi. Bu predikativlik aloqasi deb ataladi.
Biz gaplarni sintaktik va semantik xususiyatlarini aniqlashda ko‘proq professor A.M. Muxin yozgan kitoblardan foydalanamiz va u tomonidan qo‘llanilgan sintaktik elementar birlik nazariyalari orqali gaplarni tahlil qilamiz.
Gapning qurilishida elementar sintaktik birliklarning ikki turi – gapning komponentli strukturasini, ikkinchisi esa gapning sintaksemali strukturasini tashkil etadi. A.M.Muxin sintaksemalarga oid paradigmatik qator bo‘lgan oddiy sintaktik birlik invariant yoki variantlar tizimi sifatida ta’rif beradi. Sintaksemalar o‘rtasidagi farq, uning fikricha, avvalambor, o‘zining variantlar yig‘indisi jihatidan bir sintaksemaning boshqasidan farq qilishidadir. Bu xususiyat sintaksemani oddiy sintaktik birlik invariant sifatida aniqlashga yordam bergan. Gaplarning ichki va tashqi tuzilishning oddiy sintaktik birliklari o‘zaro bog‘langan, vaholanki sintaksemalarning gapning u yoki bu bo‘lagi sintaktik aloqalarni hisobga olagan holda belgilandi, ular gapning u yoki bu bo‘lagi differensial sintaktik-semantik belgilar oppozitsiyasi tizimi va paradigmatic qarama-qarshilikdir. Ularning ba’zi sintaksemalar o‘ta umumiydir, boshqalari kam umumiydir. Shuning uchun ham kategorial va nokategorial sintaktik-semantik belgilarga bo‘linadi. Sintaksem analizda asosan uch yo`nalish bo`yicha:

Download 336,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish