I bob. O’zbek va ingliz tillarida konchilik va metallurgiya terminalogiyasining nazariy asoslari


Ingliz va o’zbek tillaridagi negativ affiksli leksemalar tipologiyasi



Download 336,96 Kb.
bet23/34
Sana01.07.2022
Hajmi336,96 Kb.
#728116
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
2 5215651371927214084

2.3. Ingliz va o’zbek tillaridagi negativ affiksli leksemalar tipologiyasi
Hozirgi ingliz va o‘zbek tillarida inkor affikslari inkorni ifodalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har ikki tilda inkor affikslari old va so’ng qo‘shimchalarga bo‘linadi. Inkor affikslari esa ot, sifat va fe’llarga qo‘shilib inkor element yasashning eng samarali usuli hisoblanadi.
Ta`kidlash joizki, affikslar har ikkala tilda ham prefikslar va suffikslarga bo’linadi. Negativlikni ifodalovchi suffikslar asosan ingliz tilida – less, o’zbek tilida esa – siz elementlarini qo’shish orqali yasaladi.
Ingliz tilida –less negativlikni ifodalashi bilan bir qatorda ot so`z turkumidan sifat yasovchi element ham hisoblanadi,bunday holat o`zbek tilida ham xuddi shunday o`rin tutadi.
lifeless- jonsiz, groundless- asossiz, dalilsiz, weightless – ahamiyatsiz, stainless –dog’siz.
Aytish o`rinliki,o`zbek tilida –siz sifat yasovchi negativlikni ifodalovchi element ingliz tilida bir nechta prefikslar yordamida sifatini ifodalash mumkin21:

|-------un+A= unbalanced - muvozanatsiz


|-------im+A=impossible-ilojsiz
|-------ill+A-logical-mantiqsiz
-siz |-------in+A=ineffective-samarasiz
|-------dis+A= discontinuous - uzluksiz
|-------non+A-nonstop-to`xtovsiz
|-------ir+A=irresponsible-ma`suliyatsiz
O`zbek tilida –siz suffiksi sifat yasovchilarning eng ko`p ishlatiladigani hisoblanadi.Ba`zan –siz suffiksining o`rniga fors tilidan kirib kelgan so`zlarida uning sinonimi sifatida be-prefiksi ishlatiladiva u ingliz tiliga quyidagi prefikslar orqali berilishi mumkin:

|------im+A=impeccable-benuqson


|------dis+A=disinterested-beg`araz
Be- |------un+A= unstable -beqaror
|------non+A=non-aligned-betaraf
|------in=indifferent-beparvo
|------- A+-less=flawless-benuqson

Undan tashqari no- prefiksi ham ot va belgi bildiruvchi so`zlardan sifat yasash xususiyatiga ega.U otlarda qo`shilganida,shu so`zdan anglashilgan narsaga ega emasligini bildiruvchi yoki belgi bildiruvchi so`zlarga qo`shilganda,asosiy anglatgan ma`noga qarama-qarshi ma`noli sifatlar yasaydi,u ingliz tiliga quyidagi prefikslar yordamida berilishi mumkin:


|------in+A=inadmissible-nomaqbul


|------im+A= impurity -notozalik
|------in+S=inappropriate-nomunosib
no- |------ir+A=irregular- noto’g`ri
|------in+A=inaccurate-noto`g`ri
|------il+A=illegal-noqonuniy
|------dis+A= disconformity - nomuvofiqlik
|------non+S=nonagreement-norozilik
Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rinadiki,o`zbek tilida negativlikni ifoda lovchi suffiks va prefikslar tarjimada ingliz tiliga tarjima qilganda negativlikni ifodalovchi -less suffiksidan tashqari bir qancha prefikslar orqali beriladi. Ingliz tilidagi negativlikni ifodalovchi prefikslar ham o`z navbatida o`zbek tiliga tarjima qilinganida ularning boshqa variantlarini hamko`rish mumkin:
Un- negativ prefiksi o`zbek tiliga quyidagicha berilishi mumkin.

|------siz-lik (n) unbalanced - muvozanatsiz,


|------be-A=unaware-bexabar
Un- |------ma+gan-A-unannounced-kutilmagan
|------ma+s-A=unapproachable-yetib bo`lmas
|------siz+A=unalloyed-cheksiz
|------no+A= unconformable - nomuvofiq

Ingliz tilida dis-, in-, ir-, im-, non-, mis-, il-, un-, kabi negativlikni ifodalovchi prefikslar turli xil tarjima qilinishi mumkin. Ammo, aytish o`rinliki yuqorida qayd etilgan negativ elementlar qo`shilgan sintaktik birliklarining gap qurilmasida tutgan o`rni gap qurilmasiga, kirish boshqa elementlar bilan bog`lanishi, sinaktik aloqalari, ularning differensial sintaktik belgilari, ular ishtirok etgan gaplarda to`liq yoki qisman negativlikni ifodalash jarayonini ko`rsatish va ularning sintaktik sathda semantik maydonini belgilash asosiy maqsad va vazifa qilib qo`yilganligi sababli, biz negativ affiksli birliklarni gap qurilmasida kuzatish bilan chegaralanamiz. Chunki yuqorida qayd etilgan negativlikni ifodalovchi elementlar ingliz tilining leksik sathida atroflicha o`rganilgan22.


1. Iago. You charge me most unjustly.(Shakespeare)
Yago. Siz meni juda nohaq aldayotibsiz. (Shekspir)
Baʼzan inkor komponentli inglizcha gaplar oʻzbek tilidagi antonim soʻzlar yordamida tarjima qilinadi:
2) Pap unlocked the door (M.Twain)
Eshikni ochib berdi (M.Tven)
3) Gratiano. 'Tis some mischance, the cry is very direful (Shakespeare)
Grasiana. Bu yerda bir fojia bor! Birov ingraydi. (Shekspir)
Yuqorida keltirilgan misollardan shu ko`rinadiki, ingliz tilidagi negativ affikslar o`zbek tiliga tarjima qilishda turlicha negativlikni ifodalovchi affikslar orqali berilsa, o`zbek tilidan ingliz tiliga o`girilishida ham xuddi shunday hodisaning guvohi bo`lish mumkin.

Download 336,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish