prefiks suffiks infiks konversiya kesish(truncation) aralash(blending)20
Ingliz tilida so’z yasalish klassifikatsiyasini quyidagicha tasniflash mumkin:
Derivatsion usul (derivation)
Kompozitsiya usuli (compounding)
Konversiya usuli (conversion)
Aralash usul (blending)
Qisqartma usul (acronym)
kalka/ o’zlashma usul (calque/borrowing)
Neologizm/ tanga usul (neologism/coinage)
Qayta yasalish usul (back-formation)
Redublikatsiya usul (redublication)
kesish usul (clipping)
Shulardan derivatsion hamda konversiya ingliz tilida yangi leksemalar yasashda keng qo’llaniladi. Chunki derivatsion va konversiya jarayonida yangi so’z yasab o’rganish oson hamda eslab qolish jarayonini tezlashtiradi. Ingliz tili tilshunosligida derivatsion, asosan, morphology(morfologiya), morpheme(morfema), lexicalogy(leksikalogiya) bo’limlarida o’rganiladi. Derivatsion jarayoni orqali yangi leksik birlik hosil qilish deganda tildagi bor so’zlarga turli qo’shimchalar qo’shib yangi ma’no yaratishni tushunamiz. Uning uch ko’rinishi mavjud:
prefiks
Suffiks
Infiks (Encyclopaedia Britannica. 2020)
Prefikslar o’zak morfemaning oldidan qo’shilib, undagi anglashilgan ma’nodan yangi leksema yaratadi. Masalan: Un — dis — in — non — il — im — ir va boshqalar:
comfortable — uncomfrtable (qulay — noqulay)
regular — irregular (to’g’ri— noto’g’ri)
permeable — impermeable (suv o’tadigan — suv o’tmaydigan)
legal — illegal (qonuniy — noqonuniy)
placement — displacement (joylashtirish — siljish)
correct — incorrect (to’g’ri — xato)
Suffiksda qo’shimcha so’zdan keyin, ya’ni oxirida qo’shilib yangi ma’no hosil qiladi. Misol uchun; — ician — ant — ent — ary — eer — ess — ist — ive — or — er / or — ee— acy — age — ance / ence — ancy / ency — ry — dom — hood — tion — sion — ism — ment — ness — ship — ty — th — ing — ly — ful — less — ic — y kabilar:
asymmetrical — assimetrik
antimagmatist — antimagmatolog
decantation — dekantatsiya
Revolutionary — inqilobiy
Engineer — muhandis
Fugitive —qochqin
Sailor — dengizchi
Builder — quruvchi
Employee — ishchi, xodim
Intelligence — fikr
Readiness — tayyorlik
Pretence — talab
Presentiment — ogohlantirish
Heroism — qahramonlik
Faculty — fakultet
washable — yuvsa bo’ladigan
dirty — iflos
wonderful — go’zal
priceless — bebaho
democratic — demokratik
Britan ensiklopediyasidagi ma’lumotlariga ko’ra, affikslarning yana infiks turi ham mavjud bo’lib, ular so’zning o’rtasiga qo’shimcha morfema qo’shish orqali yangi so’z yasaydi. Sof ingliz tilida infiks orqali so’z yasalishi mavjud emas, ammo amerikaliklar va hindlar qo’llaydigan ingliz tillarida, grek hamda tagalog tillarida infliks yasama so’zlar uchratishimiz mumkin. Masalan; tagalog tilida “ sulat”( yozuv) “ sinulat”( yozilgan) Bu yerda – in yashovchi qo’shimchadir.
Affikslar yordamida ifodalangan negativlik kategoriyasi tilning leksik qatlamida uchrab, ular, asosan, leksik birliklarning antonimini namoyon qilish bilan gapning bo’lishsizlik (inkor) shakllarini ham ifodalaydi. Ingliz tilida negativ so’z yasovchi morfemalar ot, sifat, fe’l va ravish so’z turkumlarini yasaydi. Bunday morfemalar so’zga qo’shilish o’rniga ko’ra, ikki turga bo’linadi:
Negativ suffiks(o’zak morfemadan keyin qo’shiladi va uning ma’nosini inkor qilib, yangi ma’no hosil qiladi) - less ingliz tilida birdan-bir inkor so’z yasaydigan so’ng qo’shimcha bo’lib, faqat sifat so’z turkumi yasaydi. U qadimgi inglizcha “ leas”(-siz) so’zidan kelib chiqqan bo’lib, bu morfema yasagan so’zlar –full qo’shimchasini olgan so’zlar bilan antonim hosil qiladi: careful - careless, colourful -colourless, wattles-wattsiz, fearful-fearless, fruitful -fruitless, helpful - helpless, rustless-zanglamaydigan, useful - useless.
Negativ prefikslar o’zak morfemadan oldin qo’shiladi va uning ma’nosini inkor qilib, yangi ma’no hosil qiladi: de-, dis-, il-/im-/in-/ir-, mis-,mal-, non-, un-, anti-, counter-, a(n)-. Inkor ma’noli qo’shimchalarni semantik jihatdan quyidagi toifalarga bo’lish mumkin:
salbiy prefikslar (negative): (a(n), dis-, in-, non-, un-),
teskari yoki xususiy prefikslar (reversative or privative): (de-, dis-, un-),
kamsituvchi prefikslar (pejorative): (mal-, mis-)
qarama-qarshi prefikslar (opposition) (anti-, counter-).
Do'stlaringiz bilan baham: |