I bob. O’zbek va ingliz tillarida konchilik va metallurgiya terminalogiyasining nazariy asoslari


Konchilik va metallurgiyaga oid negativ elementli terminlarning sintaksem tadqiqi



Download 336,96 Kb.
bet29/34
Sana01.07.2022
Hajmi336,96 Kb.
#728116
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
2 5215651371927214084

3.3. Konchilik va metallurgiyaga oid negativ elementli terminlarning sintaksem tadqiqi
Ingliz tilida negativlikning affikslar yordamida ifodalashi haqida gapirilganda negativ affikslar qo’shilgan kon-metallurgiya sohasidagi sintaktik birliklar gap qurilmasida quyidagi sintaktik o’rinlarda kelishi mumkin:
1.Yadro predikatativ 1 (N ) komponent o’rnida:
An angry surge of disappointment made her quicken her steps. (D. Carter)
deformation divides into two types: elastic and plastic
2.Yadro predikatativ 2 (N ) komponent o’rnida:
My Board is intolerable. (D. Carter)
He unlocked the door (D. Carter)
industrial plants discharge highly toxic materials into rivers
3.Uyushiq yadro predikatativ 1 (HNP1) komponent o’rnida:
desalting and dewatering are used in the process of crude oil in ultrasonic standing wave field
4.Uyushiq yadro predikatativ 2 (HNP2 ) komponent o’rnida:
Gemma unlocked a drawer and took out several sheets paper (E. І. Voinich)
dish soap easily degreases and cleans the dishes in the kitchen
5. Yadro bo’lmagan predikatativ 2 (N ) komponent o’rnida:
this mine seems illegal
That passed unnoticed. (D. Carter)
The thing makes one feel unhappy. (E.L.Voinich)
6. Yadro bo’lmagan tobe (ND) komponenti o’rnida:
The early September sun edged down behind the treeless ridge. (E. L. Voinich)
The brassy whistle was curiously mellowed by countless reflections on the boulders of Deep Rock.(D.Carter)
The canoe is made from an impermeable wood 35

  1. Uyushiq yadro bo’lmagan tobe (HND) komponenti o’rnida:

  2. He cared for the broken and dishonored idols. (E.L.Voinich)

magnetising the iron in ferrous metals can separate ferrous and non-ferrous metals.36
O’zbek tilida ham kon va metallurgiya sohasidagi negativ affiksli sintatik birliklar gap qurilmasida quyidagi sintaktik o’rinlarda kelishi mumkin:
1. Yadro predikatativ 1 (NP1) komponenti o’rnida:
Nobakorlar yomon rejalar bilan mashg‘uldir. (O.Yoqubov)
Beg’ubor bolalik. (O.Yoqubov)
Ularni magnitsizlantirish deyarli mumkin emas37
2. Yadro predikatativ 2 (N ) komponenti o’rnida:
Butun mamlakat notinch(O.Yoqubov)
Jangchilarbilan ham nopisand (B.Raxmon)
Ikkala elektrod ideal ravishda qutblanmaydi38
3.Uyushiq yadro predikatativ 1 (HNP1) komponent o’rnida:
tuzsizlantirish va suvsizlantirish ultratovushli to'lqinli maydonda xom neftni qayta ishlash jarayonida qo'llaniladi
4.Uyushiq yadro predikatativ 2 (HNP2) komponent o’rnida:
Bu odam hozir allaqanday besabr va betoqat edi. (O.Yoqubov)
idish-tovoq sovuni oshxonadagi idishlarni osongina yog'sizlantiradi va tozalaydi
5. Yadro bo’lmagan tobe (ND) komponenti o’rnida:
Men gunohsiz o‘lmoqdaman. (Shekspir)
Noobod yalangliklar orqada qolib ketdi. (B.Raxmon)
Agar gazsizlantirish vaqti juda qisqa bo'lsa, u teshiklarni olib tashlash uchun etarli bo'lmaydi
6. Uyushiq yadro bo’lmagan tobe (ND) komponenti o’rnida:
Beqiyos, behudud bog‘ni Feruza egallagan. (O.Yoqubov)
ferroqotishmalar po’latni kislorodsizlantirish va legirlash uchun qo’shiladi39
Negativ affiksli kon va metallurgiya elementlar gapda tutgan o’rniga ko’ra har ikkala tilda ham bir-biriga mos tushishi ham tushmasligi ham mumkin. Yadro predikativ 1 komponenti (NP1 - deformation, magnitsizlantirish; HNP1 - desalting and dewatering, tuzsizlantirish va suvsizlantirish ) o’rnida kelgan bu turdagi sintaktik birliklar asosan turdosh ot va otlashgan so’z turkumi bilan ifodalanib, yadro predikativ 2 o’rnida kelgan komponentlar bilan predikativ aloqa asosida bog’lanadi hamda har ikkala tilda gap boshida keladi. Yadro predikativ 2 o’rnida kelgan komponentlar (NP2 discharge, qutblanmaydi; HNP2 - desalting and dewatering, yog'sizlantiradi va tozalaydi ) esa, asosan, fe’l va sifat so’z turkumiga tegishli bo’lib, ingliz tilida gap o’rtasida, o’zbek tilida esa gap oxirida keladi. Yadro bo’lmagan tobe komponentlar (ND – impermeable, gazsizlantirish; HND - ferrous and non-ferrous, kislorodsizlantirish va legirlash, ) har ikki tilda gapning turli joylarida kelishi mumkin. Uyushib kelgan sintaktik birliklar o’zaro koordinativ aloqa asosida bog’lanib, yadro prediktativ 1 o’rnida kelgan elementlar bilan yadro predikativ aloqa asosida bog’lanadi.
Koordinativ aloqaning yadro prediktativ aloqadan farqi shundaki, bu aloqa asosida bog’langan sintaktik birliklar gapning asosiy yadrosini tashkil etmaydi, faqat mazkur aloqa bilan bog’langan elementlar yoki unsurlar gap tarkibida yadro prediktativ 1 yoki yadro prediktativ2 o’rnida kelganida gap yadrosining bir qismini tashkil qilishi mumkin. Bu aloqa bilan bog’langan unsurlar gap tarkibida qaysi sintaktik o’rnida kelishidan qat’iy nazar teng huquqli sintaktik birliklarni bir - biri bilan bog’laydi40 (90.12-13). Masalan:
a) dish soap easily degreases and cleans the dishes in the kitchen;
b) idish-tovoq sovuni oshxonadagi idishlarni osongina yog'sizlantiradi va tozalaydi.
Berilgan gapda degreases and cleans gapdagi yadro prediktativ 1 o’rnida kelgan soap bilan, yog'sizlantiradi va tozalaydi unsurlari sovuni bilan yadro prediktativ aloqa asosida bog’lanib, gapning asosiy yadrolarini tashkil qiladi. Yunksion modelda koordinativ aloqani V belgi yordamida berish mumkin:

(1) 1 6 2 3 4 5


dish soap easily degreases and cleans the dishes in the kitchen


(1) 1 6 2 3 4 5
j.m.l.

(1) 1 5 4 6 2 3


idish-tovoq sovuni oshxonadagi idishlarni osongina yog'sizlantiradi va tozalaydi.


(1) 1 5 4 6 2 3

j.m.l.


Komponent modellarda esa degreases and cleans; yog'sizlantiradi va tozalaydi unsurlarning differrensial sintaktik belgilarini IHN × PHN belgilar bilan belgilaymiz va ularning komponent modellarini shunday tasniflash mumkin.
A.M.Muxin gapni komponent va sintaksema tahlil sifatida tahlil qilishning yangi lingvistik usullarini yaratdi.
Komponentli tahlil yordamida gapning yuzaki tuzilishi aniqlanadi. Komponental tahlilning asosiy vazifasi gap tarkibidagi sintaktik birliklar orasidagi (oradagi) sintaktik aloqalarni aniqlashdan iborat41. Sintaksem tahlili esa (gapning chuqur tuzilishi) aniqlangan sintaktik-semantik belgilarni aniqlash imkonini beradi. komponentlar va ularning gap tuzilishidagi variantlari.
Professor A.M.Muxin sintaksema tahlilida toifali differensial sintaktik-semantik belgilarning uch xil ekanligini tasdiqlagan:
Prosessuallik, substansiallik va kvalifikativlik.
A.M.Muxin mulohazasiga ko‘ra, “Prosessuallik yo harakatni, yo holatni ifodalovchi sintaktik birlikdir; substansiallik olmosh, shaxsni bildiruvchi ot hamda obyektivlik yordamida ifodalanishi mumkin, kvalifikativlik predmet yoki shaxs belgilarini, ularning miqdorini, holatini va harakat uslubini ifodalaydi”42.
Komponental va yunksional modellardan komponent va sintaksema tahlillarini o'tkazishda keng foydalanish mumkin.
1) Biz komponentli tahlil jarayonida bunday modellardan foydalanishga harakat qildik:
Non-metals form negative elements.
a) Komponental model (c.m.)

b) yunksional model (j.m.)



Belgisi- NP1 –Nonmetals gapning predmetini bildiradi (N- yadro, P1-predikatsiyali gapning predmeti predikat bilan belgilanishini bildiradi).

  1. Belgisi - NP2 - form gapning predikatini bildiradi (P2 - gap markazini ifodalovchi predikat).

  2. Belgisi – SH – negative elements yadroga bog‘liq bo‘lmagan komponentni bildiradi.

Gap tuzilmasini sintaksema tahlili, birinchi navbatda, substansiallik (shaxs yoki obyekt, joylashuv va boshqalar), prosessuallik (harakat yoki holat) va kvalifikativlik (daraja, sifat) kabi komponentlarning kategorik sintaktik-semantik belgilarini aniqlashga asoslanadi. , son, holat kabilar)43. Komponentlarning ana shu kategorik sintaktik-semantik belgilariga ko‘ra gap tarkibida komponentlarning nokategorik sintaktik-semantik belgilarini aniqlashimiz mumkin.
2.Keyingi bosqich - gapning sintaksem tahlili:
Non-metals form negative elements.

Download 336,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish