3.2. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari
Mustaqillikdan keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida olib borilgan islohotlar kelajakdaham yuz berishi mumkin bo‘lgan jahon moliyaviy-iqtisodiyinqirozi kabi har xil tanazullarga bardosh berish uchun ilgaridanpuxta o‘ylangan chora-tadbirlar ekanligi dunyo miqyosida ham tanolinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiI.A. Karimov shunday deydi: «O‘zbekistonning inqirozga qarshichoralar dasturini amalga oshirish borasida erishgan yutuqlarinufuzli xalqaro moliya tashkilotlari va iqtisodiy institutlar, jumladan Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va dunyoning boshqa bir qator etakchi moliyaviyinstitutlari tomonidan e’tirof etilmoqda».23
Mamlakatimizda islohotlarning boshlang‘ich davrlaridanoqaholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ichkiimkoniyatlar hisobiga qondirish bosh vazifa qilib qo‘yildi. Bumasalani hal etishning eng maqbul yo‘li fermer xo‘jaliklariningrivojlanishiga keng imkoniyat yaratib berishdan iborat. Shuboisdan ham bugungi kunda fermer xo‘jaliklari mamlakatda oziqovqat mahsulotlari etishtirish, qishloq aholisini qo‘shimchadaromad va ish o‘rinlari bilan ta’minlash kabi muhim ijtimoiyiqtisodiy vazifalarni bajarar ekan, ularning rivojlanishi uchunmavjud tashkiliy, huquqiy sharoitlarini yanada yaxshilash, davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish muhimahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.Fermer xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunva qonunosti me’yoriy hujjatlarning qabul qilinganligi, fermerxo‘jaliklariga yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritish uchunimkoniyatlar berilganligi, fermer xo‘jaligi ishchilarining ishvaqti mehnat stajiga qo‘shilishi ana shular jumlasidandir. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida fermer xo‘jaliklarninger maydonlari maqbullashtirilmoqda, fermer xo‘jaliklaridaishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmimuttasil ravishda oshib bormoqda. Shu bilan birgalikda fermerxo‘jaliklarining yanada samarali faoliyat yuritishi, ko‘proq daromad keltirishi uchun yana bir qator tashkiliy tadbirlarniamalga oshirish, mavjud huquqiy asoslarni takomillashtirishzarur bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va inqirozga qarshichora-tadbirlarni belgilab olish uchun, avvalo jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozining muhim jihatlari, kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va uning qishloq xo‘jalik tarmog‘ining rivojlanishiga ko‘rsatadigan salbiy tomonlarini tahlil qilib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. (10-jadval).
O‘zbekiston sharoitida hukumatimiz tomonidan olibborilayotgan iqtisodiy islohotlar nafaqat qishloq xo‘jaligini,balki barcha iqtisodiy tarmoqlarni jahon moliyaviy-iqtisodiyinqirozidan eng kam zarar bilan olib chiqish va iqtisodiy o‘sishsur’atlarini saqlab qolishga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi jihatidanrespublikamizda salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan xo‘jalik yuritishshakllaridan biri, albatta, fermer xo‘jaliklaridir. Ularni barqaror rivojlantirishdan asosiy maqsad iqtisodiyotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday tebranishlar va keskinlashuvdan holibir shaklda iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |