III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA FERMER XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISH VA ULARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
3.1. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat muhitinishakllantirish va xo‘jalik yuritish sub’ektlarining raqobatbardoshligini ta’minlashning iqtisodiy-tashkiliy va huquqiyasoslarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Bu jarayonni turli yo‘nalishlarda,ya’ni xususiylashtirish, tadbirkorlikni sohasini imtiyozlimoliyalashtirish, monopoliyadan himoya qilish, litsenziyalash,direktiv ko‘rsatmalar va hokazolar asosida tashkil qilish mumkin.Ulardan foydalanish iqtisodiyotning qay tarzda rivojlanganligi,bozorlardagi raqobat muhitining shakllanganlik holati vaboshqalarga ko‘ra har bir davlat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida raqobatni rivojlantirishning o‘ziga xos va mos bo‘lganyo‘llarini tanlaydi.
Bugungi kunda respublikamizda davlat tomonidan raqobatmuhitini rivojlantirishning quyidagi usullari qo‘llanilmoqda.
Bularga:
1.Xususiylashtirish va demonopolizatsiya.
2.Raqobatning shakllanishida vujudga kelayotgan to‘siqlarnio‘rganish.
3.Boshqarish tizimi va monopol korxonalarni restrukturizatsiyalash.
4.Boshqaruv funksiyalarini taqsimlash (xo‘jaliklar faoliyatida).
5.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, fermer xo‘jaliklari ishtirok etadigan raqobat muhitinishakllantirishda davlat o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Chunki, fermerxo‘jaliklari ishtirok etadigan raqobat muhiti asosan uchta sohaga tegishli xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida, ya’ni mahsulot etishtiruvchilar, ularga xizmat ko‘rsatuvchilar va mahsulotni sotib oluvchilar o‘rtasida vujudga keladi. Respublikamizda asosan mahsulotetishtiruvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida raqobatmuhitini rivojlantirish va ularni himoya qilish maqsadidadavlatning tartibga solish usullaridan foydalanish zarurdir,chunki bugungi kunda olib borilayotgan agrar siyosatning asosiyg‘oyasi ham fermerlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Bizningcha, fermer xo‘jaliklari ishtirok etadigan raqobatmuhitini rivojlantirishda davlat, eng avvalo, quyidagilarga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi maqsadga muvofiq:
– ishlab chiqaruvchilar foydasining o‘sishiga (tashqi va ichki)bozor narxlarining salbiy ta’siri darajasini pasaytirishsiyosati;
– iqtisodiyotning agrar va industrial sohalari mahsulotlari narxlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni pasaytirib borish;
– moliya-kredit, soliqqa tortish va sug‘urtalash tizimlarini takomillashtirib borish;
– tarmoqda fermer xo‘jaliklari mahsulotlarini tashish bo‘yicha yagona transport siyosatini yuritish;
– bojxona tizimini takomillashtirish;
– infratuzilma tarkibiga kiruvchi tarmoqlar o‘rtasidaraqobat muhitini yaratish va rivojlantirish;
– mahsulot etishtirish va sotish tizimida raqobat muhitini shakllantirish va boshqalar.
Shuningdek, fermer xo‘jaligi daromadlarining turli jarayonlarga qarab o‘zgarib turishi, tarmoqdagi barqarorlikni saqlab turish uchun davlatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtojlik sezadi.
Shuning uchun ham, fikrimizcha, tarmoqni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda eng asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:
– moddiy-texnik ta’minot tizimini moliyaviy qo‘llab quvvatlash orqali tarmoqni rivojlantirish;
– fermer xo‘jaliklarini kredit, sug‘urta va soliq bo‘yichaimtiyozli qo‘llab-quvvatlash;
– fermer xo‘jaliklarini narx (narx nomutanosibligi) bo‘yichaqo‘llab-quvvatlash;
– cho‘l va tog‘ hududlarida kommunikatsiya nuqtai nazardan uzoqjoylashgan fermer xo‘jaliklarini turli imtiyozlar orqali qo‘llab-quvvatlash va h.k.
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan agrar siyosat natijasida fermer xo‘jaliklari o‘z tasarrufidagi er maydonlarida davlat ehtiyojidan ortiqcha va davlat buyurtmasi bekor qilingan mahsulotlarni ekish va etishtirilgan hosilni erkin sotish huquqigaega bo‘ldilar.
Ammo bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida etishtirilganmahsulotlarga asosan ikki xil narxning (davlat xarid narxni vashartnomaviy narxlar) belgilanishi ular faoliyatida sifatlimahsulot etishtirish, mahsulot tannarxini kamaytirishga bo‘lganmoddiy manfaatdorlikni to‘liq ta’minlamayapti. Chunki, birinchidan davlat ehtiyoji uchun topshirilgan paxta xomashyosi to‘loviningjoriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida bir necha bosqichda bo‘lib amalga oshirilishi oqibatida fermerlar o‘zlariningmahsulotlariga qancha mablag‘ sarflangani, rejadan ortiq etishtirilgan paxta xomashyosining xarid narxi qancha bo‘lishini bilmasliklari natijasida yil yakuni bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichnianiqlay olmaydilar.
Don etishtirishda fermer xo‘jaliklarining manfaatdorligi nisbatan yuqori bo‘lmoqda. Chunki, donga belgilangan xarid rejasi haqiqatda olinishi mumkin bo‘lgan miqdorga, shuningdek, xarid narxi ham bozor narxiga nisbatan past bo‘lsada, ammo u kam mehnat talab qilgan holda rejadan ortiqcha etishtirilgan don fermer xo‘jaliklarining tasarrufida qoldirilib, uni bozorda erkin baholarda sotilishi sababli ular birmuncha yuqori daromad olishimkoniyatiga egadirlar.
Davlat buyurtmasi bekor qilingan mahsulotlarni (meva, sabzavot, kartoshka, chorvachilik mahsulotlari) etishtiruvchi xo‘jaliklar, shu jumladan fermer xo‘jaliklari ularni erkin sotishdanyuqori moddiy manfaat ko‘radilar. Chunki, bu turdagi mahsulotlarni etishtirish va sotish to‘liq fermer xo‘jaliklari ixtiyoridabo‘lmoqda. Ammo, ularga infratuzilma ob’ektlari tomonidanxizmatlar ko‘rsatilmasligi (mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqalar) natijasida ayrim nojo‘ya munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Ya’ni paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklaridan ular pinhona ravishda mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqalarni sotib olishmoqda. Buning oqibatida esa paxta va g‘allagazarur o‘g‘itlarning etarli miqdorda solinmasligi ushbu sohalarning rivojlanishiga ma’lum darajada tahdid solmoqda. Shusababli yillar bo‘yicha ayrim turdagi mahsulotlar miqdori vabaholarning nobarqarorligi kuzatilmoqda. Binobarin, fikrimizcha, yaqin istiqbolda fermer xo‘jaliklarida raqobat muhitinirivojlantirish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni birinchisi mahsulotetishtirish va sotish tizimida, ikkinchisi ta’minot va xizmatko‘rsatish tizimida amalga oshirilishi kerak.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari ekinlar tarkibini belgilash va agrotexnik tadbirlarni olib borishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu holatni bartaraf etishga qaratilgan agrarsiyosat olib borilishi zarur. Davlat buyurtmasi asosida mahsulot etishtirishda asosiy e’tiborni qancha erga ekin ekish va agrotexnik tadbirlarni qaysi paytda olib borishga emas, balki belgilangan buyurtma mahsuloti miqdori va sifatiga qaratish lozim.
Shuningdek, ekin turlarini erkin tanlash va agrotexniktadbirlarni o‘z vaqtida olib borishni moliya-kredit tizimi bilanuyg‘unlashtirish lozim. Bugungi kunda paxta va g‘alla etishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni berishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish nazarda tutilmagan va bu holat ham amaliyotda ko‘plab muammolarni vujudga keltirmoqda. Shuning uchun:
– xarid qilish rejasini bosqichma-bosqich kamaytirish asosida mahsulotlarga erkin narx belgilash amaliyotini joriy qilish;
– fermer xo‘jaligidagi mavjud er maydonlari, resurslardan foydalanish, hosildorlik, sotish kanallari, narx va boshqa bo‘yicha doimiy monitoring olib borish orqali iqtisodiy erkinlik darajasini oshirish;
– agrofirmalar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidaham agrofirmalarni tashkil etish hamda respublika ichida va tashqarisida ularning savdo uylarini tashkil etishga ko‘maklashish ushbu tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish, qadoqlash materiallarini import qilishda bojxona imtiyozlarini berish maqsadga muvofiq.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, meva-sabzavotchilik yo‘nalishida tashkil etilgan agrofirmalar integratsiya jarayonlarining progressiv shakli hisoblanib, birinchi navbatda monopol vaziyat,investitsiyalarni mobilizatsiyalash va boshqa yo‘nalishlardagi muammolarning echimini topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo fikrimizcha, agrofirmalarning tarkibiy-tashkiliy tuzilmasini, firma ichidagi va tashqarisidagi sub’ektlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan aloqalarni, ayniqsa, shartnomaviy munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda,bizningcha:
– sharoiti og‘ir mintaqalardagi asosan hosildorligi pastfermer xo‘jaliklari uchun rejadan ortiq etishtirilgan paxta xomashyosini erkin sotish imtiyozini berish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hududiy ixtisoslashgan ulgurji savdo bozorlarini (g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, chorva mahsulotlari va boshqalar) tashkil etish va rivojlantirishni rag‘batlantirishni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi va sifatini bashorat qilish mexanizmini ishlab chiqish va joriyetish;
– kartoshka, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini erkin sotish maqsadida savdo uylari, supermarketlar, ulgurji savdo-tijorat xususiy korxonalarni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish, «xarid qilish-sotish» tizimidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabulqilish;
– bojxona tizimi va amaliyotlarini soddalashtirish, transit masalalarida, ya’ni avtomobil, temir yo‘l, samolyot va boshqatransportlarda mahsulot tashishda imtiyozlar berish, litsenziya vasertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarnisoddalashtirish va takomillashtirish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari va hosilini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, bu borada tashviqot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, sug‘urta kompaniyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash muhim rol o‘ynaydi.
Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, agrar islohotlarning keying bosqichlarida davlat tomonidan qishloq xo‘jalik tarmoqlarini tarkibiy takomillashtirish va xo‘jalik yuritish sub’ektlari, jumladan, fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada paxta maydonlari qisqartirilib, undan bo‘shagan erlarga qishloq xo‘jalik korxonalariga katta daromat keltiruvchi, davlat buyurtmalaribekor qilingan mahsulotlar etishtirishga keng imkoniyatlaryaratilib berilmoqda. Paxta xomashyosi asosan intensiv omillardan keng foydalanish orqali g‘o‘za hosildorligi va xarid baholarini oshirish evaziga ko‘paytirilib, bu o‘z navbatida paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining rentabellik darajasini yuksaltirishga zamin yaratmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarining paxtaxomashyosi ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkichlari shundandalolat beradiki, yildan-yilga g‘o‘za maydonlarining qisqarishiga qaramasdan, mazkur mahsulot sotish bahosining oshib borishi hisobiga tarmoqni barqaror rivojlantirish imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Masalan, 1-ilovadagi materiallaridan ko‘rinib turibdiki,viloyatda fermer xo‘jaliklari tomonidan 2013 yilda 112,3 minggektar erga paxta ekilgan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 111,3 ming gektarni tashkil etib, 2013 yilda 2013 yilga nisbatan 0,99 foizga kamaygan. Shunga qaramasdan viloyatning fermer xo‘jaliklarida 2013–2015 yillarda jami daromadning yildan-yilga ortib borganligini kuzatish mumkin. Shuning bilan birga viloyatning fermer xo‘jaliklarida 2013–2015 yillarda paxta xomashyosi tannarxining yildan-yilga ortib borganligini ham e’tirof etish o‘rinli. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili paxtaning xarid baholarini oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda va bu tadbir o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Masalan, Buxoro viloyatida etishtirilgan bir tonna paxtaning xarid bahosi 2008 yilda 465,8 ming so‘m belgilangan bo‘lsa, 2011yilda 758,5 ming so‘mni va 2013 yilda 938,0 ming so‘mni tashkil qilgan yoki keyingi besh yil ichida uning darajasi 101,3foizga oshgan.
Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, paxta va donga belgilangan xarid narxlarining muntazam o‘sishi ta’minlanayotgan birpaytda qishloq xo‘jalik korxonalari, ayniqsa, sohada asosiy xo‘jalik yuritish sub’ekti sifatida rivojlanib borayotgan fermer xo‘jaliklariga etkazib berilayotgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar baholarining aksariyat hollarda monopol tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda oshirilib borishi, ular etishtirayotgan mahsulotlar tannarxining keskin o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.
Buning ustiga fermerlik ko‘lamining muttasil kengayishi o‘znavbatida ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining ham ko‘payishini talab qilmoqda. Shuning uchun ham, bizning nazarimizda,davlatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarnichuqurlashtirishning keyingi bosqichlarida fermer xo‘jaliklarining raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida nafaqat ularnimineral o‘g‘it, YOMM va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan etarli miqdorda ta’minlash, eng muhimi ular bilan bog‘liq bahosiyosatini takomillashtirish chora-tadbirlariga asosiy e’tiborqaratish maqsadga muvofiq. Chunki, fermer xo‘jaliklariga xizmatko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlari soni, ularga berilayotgan turli imtiyozlar va boshqalarga qaramasdan ular o‘rtasida raqobat muhitining talab darajasida emasligi ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarining yuqori darajasini ushlab turishga sabab bo‘lmoqda.
Fikrimizcha, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalgaoshirishga davlatning aralashuvi, lozim deb hisoblaymiz:
–taminot va agroservis korxonalarida boshqaruvning samarali tizimini shakllantirish;
– ekologik toza, raqobatbardosh mahsulot etishtirishdabioservis tarmog‘ida urug‘chilik, nav va seleksiyani rivojlantirish hamda unga raqobatchi xususiy urug‘chilik korxonalarnitashkil etish;
– mineral o‘g‘itlarning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy (nodavlat korxona) shoxobchalarini tashkiletish;
– mineral o‘g‘it, YOMM va boshqa resurslarni etkazib beruvchi transport korxonalariga turli imtiyozlar berish va ularning moddiy manfaatlarini fermer xo‘jaliklarining pirovard natijalariga bog‘lash;
– xo‘jaliklarni moddiy-texnika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlagan, sifatli va arzon xizmat ko‘rsatgan korxonalarga har yili tanlov asosida resurslarni erkin taqsimlashhuquqini berish;
– moddiy-texnika resurslari (mineral o‘g‘it, kimyoviy vositalar)ning erkin bozorini shakllantirish;
– MMTP va MTPlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan ishlab chiqilgan aniq hududiy dasturlar orqali yordamlashish;
– agrofirmalar tarkibida mashina-traktor va texnik xizmatko‘rsatuvchi kichik korxonalarni tashkil etish;
– hududlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar (narxi, sifati,ishonchligi, shartnoma muddatlari va h.k.) monitoringini yuritish;
– axborot, biznes reja tuzish, buxgalteriya, audit, huquqiyxizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash;– mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash, saralash, saqlash vasotish tizimini hududlar miqyosida (mahsulot ishlab chiqarishgaixtisoslashganligi bo‘yicha) rivojlantirish;
– ta’minot va xizmat ko‘rsatish tizimi sub’ektlariga kredit ajratishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish va berilgan soliq imtiyozlarini qaytadan ko‘rib chiqish.
Fikrimizcha, tadqiqotlarimiz jarayonida ishlab chiqilgan ushbu taklif va tavsiyalar hukumat miqyosida fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshliginioshirishga qaratilgan davlat dasturlarini hayotga samarali joriyqilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |