Xossalari. Ishqorlarning eritmalari qo’lga surilganda sovunga o’xshab tuyuladi. Indikatorlarning rangini o’zgartiradi: qizil lakmusni ko’k tusga, rangsiz fenolftaleinni – pushti ranga kiritadi.
NaOH, KOH va boshqa suvda eriydigan ishqorlar qizdirishga juda chidamlidir. Masalan, NaOH 1400oC da parchalanmasdan qaynaydi. Lekin, asoslarning ko’pchiligi qizdirilganda parchalanadi. Masalan, Cu(OH)2=CuO+H2O
2Fe(OH)3=Fe2O3+3H2O
Asoslarning eng muhim kimyoviy xossalari ularning kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlarga munosabati bilan belgilanadi.
1. Asoslar kislotalar bilan o’zaro ta’sir ettirilganda tuz va suv hosil bo’ladi: KOH+HCl=KCl+H2O
2NaOH+H2SO4=Na2SO4+2H2O
Asoslarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri neytrallanish reaksiyasi deyiladi. Har qanday neytrallanish reaksiyasi OH – va H - ionlarning o’zaro ta’sirlashib, kam dissotsilanadigan elektrolit – suv hosil qilishdan iborat.
2. Ishqorlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishadi:
Ca(OH)2+CO2=CaCO3 ↓+H2O
2NaOH+SiO2=Na2SiO3+H2O
Keyingi reaksiya faqat qizdirilagada boradi.
Ishqorlar turli xil tuzlarni eritmalari bilan o’zaro ta’sirlashadi. Masalan: 2KOH+CuSO4=Cu(OH)2+K2SO4
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga ko’ra asoslarning barcha umumiy xossalari (qo’lga surilganda sovunga o’xshab tuyilishi, indikatorlarning rangini o’zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi) gidroksid – ionlar OH – tufaylidir[21,22,28].
Amfoter gidroksidlar. Dissotsilanganda bir vaqtning o’zida vodorod kationlari H + ni ham, gidroksid – ionlar OH – ni ham hosil qiladigan asoslar amfoter gidroksidlar deyiladi.
Bularga Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3, Sn(OH)2, Be(OH)2, Ge(OH)2, Fe(OH)3, Sn(OH)4, Pb(OH)2 va boshqalar misol bo’la oladi.
Amfoter gidroksidlar kislotalar eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham o’zaro ta’sirlashadi. Masalan:
Al(OH)3+3HCl=AlCl3+3H2O
Al(OH)3+NaOH+2H2O=Na[Al(OH)4(H2O)2]
Hozirgi vaqtda amfoter gidroksidlarning ishqoriy eritmalarida erishi odatda gidrokso tuzlar (gidroksokomplekslar) hosil bo’lish jarayoni sifatida qaraladi. Ko’pchilik metallarning gidrokomplekslari mavjudligi tajribada tasdiqlangan: [Zn(OH)4]2- , [Al(OH)4(H2O)2]-, [Al(OH)6]3- va boshqalar. Alyuminiyning gidroksokomplekslari eng barqaror, ular orasida esa – [Al(OH)4(H2O)2]- eng barqarori hisoblanadi.[21,28].
Bunday nuqtayi nazar yuqorida qilingan xulosalarni o’zgartirmaydi; amfoter gidroksidda, masalan, Al(OH)3 va shunga o’xshashlarda kislotali muhitda muvozanat aluminiy tuzlari hosil bo’lish tomoniga, ishqoriy muhitda – gidroksokomplekslar hosil bo’lish tomoniga siljiydi. Ravshanki, suvdagi eritmada muvozanat mavjud bo’ladi, uni ushbu tenglama bilan ancha aniq ifodalash mumkin:
Al3++3OH - ↔Al(OH)3+3H2O↔[Al(OH)4(H2O)2] - +H +
Do'stlaringiz bilan baham: |