I bob. Darslik va o’quv adabiyotlarida anorganik birikmalar eng muhim siniflarining yoritilishi 5



Download 338,5 Kb.
bet8/17
Sana05.06.2022
Hajmi338,5 Kb.
#638063
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
anorganik asosiy sinflari

Dars uslubi: Amaliy-ko’rsatmali.
Dars usuli: Aqliy hujum. “Kim chaqqon va zukko” o’yini.
Dars uchun kerakli reaktivlar: Mis, sim, ko’mir, natriy metali, magniy metali, kalsiy metali, magniy oksidi, kalsiy oksid, xlorid kislota.
Darsning jihozi: plastmassa taglik, quruq yoqilg’i, tomchi analiz uchun to’plam, probirkalar, keramik plita, shisha stakanlar, temir qoshiqcha, pipetka, kodoskop, ekran, slayd, tarqatmalar, didaktik materiallar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. (1,5 daqiqa)
Salomlashib, davomat aniqlanadi. Uyga vazifa so’raladi. O’quvchilar uchta guruhga ajratiladi.
II. O’tilgan mavzuni so’rab, baholanadi.(5 daqiqa)
O’tilgan mavzuni qanchalik o’zlashtirganini quyidagi tarqatma orqali bilib olamiz.
ZnO Cr2O3 Al2O3
NO SO2 MgO
P2O5 CaO CO2
Guruh ushbu tarqatma orqali oksidlarning toifalanishi va nomlarini aytishi zarur. Javoblar:
Asosli oksidlar: MgO, CaO, Na2O
Kisoatali oksidlar: CO2, P2O5, SO2
Amfoter oksidlar: Cr2O3, Al2O3, ZnO
Befarq oksidlar: NO, P2O3, CO
III. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Yozuv taxtasi 3 ga bo’lib olinadi. Uchala guruh o’quvchilari birma-bir quyidagi mashqlarni bajaradilar: quyidagi elementlarning oksidlarining formulalarini va nomlarini yozing. 1) kalsiy, 2) rux, 3) kremniy (IV), 4) xrom (III), 5) xlor (III), 6) simob (II).
Formulalari yozib bo’lingach, javoblar tekshirilib rag’batlantiriladi.
IV. Yangi mavzu bayoni. (20 daqiqa)
Yangi mavzu va uning rejasi yoziladi.
Reja:
1. Oksidlarning olinishi.
2. Oksidlarning kimyoviy xossalari.
O’qituvchi : Yangi mavzuni tushuntirishda laboratoriya mashg’ulotlaridan foydalanamiz. Bundan oldin darsning maqsadini aniqlab olaylik.
Demak, avvalo dars oxirida hammangiz oksidlar qanday usullar bilan olinishini mukammal o’zlashtirishingiz lozim. Shundan so’ng, guruhlarga tarqatma savollar beriladi. Har guruhga 3 tadan.
1-guruh:
1) oksidlarning oddiy moddalarga kislorod ta’sir ettirib olinishi;
2) ba’zi boshqa reaksiyalar natijasida olinishi;
3) metallar oksidlari va kislotalar bilan tuz va suv hosil qilish.
2-guruh:
1) murakkab moddalarning kislorod bilan ta’sirlashishidan oksid hosil bo’lish;
2) ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlari suv bilan ta’sirlashib ishqor hosil qilishi;
3) metallmaslar oksidlarining asoslar bilan ta’sirlashuvi.
3-guruh:
1) murakkab moddalarning parchalanishidan oksid olish;
2) ba’zi metallmaslarning oksidlari suv bilan ta’sirlashuvi;
3) metall oksidlari metallmas oksidlari bilan ta’sirlashuvi.
Guruhlar savollarga navbatma-navbat javob berishadi. O’qituvchi tajribalarni ko’rsatib borish barobarida o’quvchilarning xato va kamchiliklarini to’ldirib boradi.
Guruhlarning 1-savollarga javoblari:
1-guruh.
1-o’quvchi: Oddiy moddalarning kislorod bilan ta’sirlashuvidan ya’ni yonishidan oksidlar olish mumkin.
4Na+O2=2Na2O (bu bir necha daqiqadan so’ng yonib ketadi).
2-o’quvchi: Mis simni olamiz, quruq yonilg’i alangasida mis sim rangi o’zgaradi.
2Cu+O2=2CuO (reaksiya o’tkaziladi).
3-o’quvchi: Magniy metalliga kislarod ta’sir ettirsak, magniy oksid hosil bo’ladi.
2Mg+O2=2MgO (reaksiya o’tkaziladi).
2-guruh.
1-o’quvchi: Murakkab moddalarning kislorod bilan o’zaro ta’sirlashuvi natijasida ham oksidlar olish mumkin.
Masalan : 2H2S+3O2=2SO2 +2H2O
2-o’quvchi: Uyda yoqiladigan tabiiy gaz yonganda oksidlar hosil bo’ladi. CH4+2O2=CO2 +2H2O
3-guruh.
1-o’quvchi: murakkab moddalar masalan, asoslarning parchalanishidan ham oksidlar hosil bo’ladi.
Cu(OH)2=CuO+H2O (reaksiya o’tkaziladi).
2-o’quvchi: kislotalarning parchalanishidan ham oksidlar hosil bo’ladi.
H2SiO3=H2O+SiO2
3-o’quvchi: Tuzlarning parchalanishidan ham oksidlar olish mumkin.
CaCO3=CaO+CO2
Guruhlarning 2-savolga javoblari.
1-guruh.
1-o’quvchi: Oksidlar ba’zi boshqa reaksiyalar natijasida ham olinadi.
Na2CO3+SiO2=Na2SiO3+CO2
2-guruh.
1-o’quvchi: Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlari suv bilan ta’sirlashib, gidroksidlar suvda eriydigan asoslar, ya’ni ishqorlar hosil qiladi. Na2O+H2O=2NaOH
2-o’quvchi: Kalsiy oksidga suv ta’sir ettirsak kalsiy gidroksidi
hosil bo’ladi. CaO+H2O=Ca(OH)2 (reaksiya o’tkaziladi).
3-guruh.
1-o’quvchi: Ba’zi metall oksidlari suv bilan reaksiyaga kirishib, kislotalar hosil qiladi. SO2+H2O=H2SO3.
2-o’quvchi: Xuddi shunday reaksiya quyidagi moddalar orasida ham sodir boladi. P2O5+3H2O=2H3PO4.
Guruhlarning 3-savollarga javoblari.
1-guruh.
1-o’quvchi: Mettallar oksidlari kislotalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil bo’ladi.
2-o’quvchi: Bariy oksidga nitrat kislota ta’sir ettirsak, tuz va suv hosil qiladi. BaO+2HNO3=Ba(NO3)2+H2O
2-guruh.
1-o’quvchi: Metallmaslar oksidlari asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi. SO2+2NaOH=Na2SO3+H2O.
2-o’quvchi: Fosfor (V) oksidga kalsiy gidroksid ta’sir ettirganimizda kalsiy ortofosfat tuzi va suv hosil bo’ladi.
P2O5+3Ca(OH)2=Ca3(PO4)2+3H2O
3-guruh.
1-o’quvchi: Metallarning oksidlari metallmaslar bilan ta’sirlashib, tuz hosil qiladi. MgO+SO2=MgSO3.
2-o’quvchi: Bariy oksidga karbonat angidrid ta’sir ettirsak, bariy karbonat hosil bo’ladi. BaO+CO2=BaCO3.

Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish