I-bob chizmachilik fanining mazmuni va uning amali ahamiyati


II-BOB BUYUM CHIZMASINI CHIZISHDA OʻLCHAMLARNING AMALIY AHAMIYATI



Download 4,88 Mb.
bet6/11
Sana26.03.2022
Hajmi4,88 Mb.
#511984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi o\'lcham

II-BOB BUYUM CHIZMASINI CHIZISHDA OʻLCHAMLARNING AMALIY AHAMIYATI.
Hozirgi kun ziyolilarining vazifasi zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosini bartaraf etishdir. Mamlakatimizda sanoat juda rivijlanmoqda, ya’ni neft-gaz, avtomobilsozlik va boshqa tarmoqlarga katta e’tibor berilmoqda. Bu tarmoqlarni talab darajasida rivojlantirish, yangi ilgʻor goyalar bilan yuksaltirish uchun yetuk muhandis kadrlarga ehtiyoj katta. Har bir yetuk muhandisdan “Chizmachililc” fanini mukammal bilish talab etiladi. Bunday mutaxassislar chizmachilik fani tarixi, uning turmushdagi ahamiyati, asosiy vazifa va maqsadlari hamda fanning muammolari bilan chuqur tanishgan, shuningdek, fanning qonun-qoidalarini amaliy egallagan hamda grafik savodxon boʻlishlari kerak.
Chizmada tasvirlangan buyumlar va ularning elementlari kattaligi quyidagicha oʻlchamlar soni qiymati bilan aniqlanadi. Chizmaga barcha oʻlchamlar soni mumkun qadar kam boʻlishi va shu bilan birga buyumlani yasash va kantrol qilish uchun yetarli boʻlishi lozim. Oʻlchamlar son qiymatlari chizmaning qanday masshtabda va qannchalik ochiqlik bilan chizishidan qat’iy nazar, tasvirdagi buyumlarning xaqiyqiy oʻlchamlarini ifodalash kerak.

2.1 Oʻlcham qoʻyishning davlat standartida belgilangan qoidalar va usullarni amalda qoʻllash
Chizmalarda oʻlchamlar GOST 2.307-60 koʻrsatmaga asosan qoʻyiladi. Chizmaarda oʻlcham kattaliklari, oʻlcham chiziqlari ustiga yozilgan sonlar bilan koʻrsatilgan.Bunda oʻlchamlar sonlari listning asosiy yozuviga nisbatdan chapdan oʻnga, pastdan yuqoriga qarab yoziladi. Chiqish chiziqlari oʻlcham chiziqlariga perpendikulyar. Agar simmetrik buyumlarning koʻrinishi yoki qirqimi, shuningdek, shularning biror simmetrik elementi oʻzgacha yoki uzib tasvirlangan boʻlsa, oʻlcham chiziqlari xam oʻqdan yoki uzilish chizigʻidan bir oz oʻtkazib uzib qoʻyiladi. Shuningdek aylana diometrini koʻrsatishda xam, aylana toʻliq yoki qisman tasvirlanishidan qatiy nazar, oʻlcham chizigʻi aylana markazidan bir oz oʻtkazib uzib qoʻyiladi .



6-chizma
Chizmadagi buyum yoki qismlarining katta kichikligi asosan chizmadagi oʻlchamga qarab olinishini hisobga olsak, detallarga oʻlcham qoʻyish juda muhim omil hisoblanadi. Buning uchun quyida berilgan qoidalarni chuqurroq oʻrganish talab qilinadi.Oʻlchamni koʻrsatish uchun ikki tomoni strelkali yoki bir tomoni strelkali oʻlcham chiziqlaridan va ayrim hollarda ogʻma kesmali oʻlcham chiziqlaridan foydalanamiz. Bu chiziq chizma tomoniga parallel chizilib unga oʻlcham raqami yoziladi va oʻlcham birligi koʻrsatilmaydi. Burchak oʻlchamlarida raqamdan keyin gradius belgisi qoʻyiladi. Chiqarish chiziqlari chizma tomoniga perpendikulyar boʻladi. Oʻlcham raqamlarini chiqarish chiziqlariga, chizma tomonlariga, oʻq chiziqlarga qoʻyish taqiqlanadi.

7-chizma
Buyumning elementlarini oʻzaro joylashuvi holatini aniqlovchi oʻlchamga, aylanalarni markazi orasidagi oʻlcham, aylaning markazidan buyumning qirrasi va koʻndalang kesimigacha, teshikni devorigacha, oʻyiqgacha, tirqichgacha, teshikgacha, turtib chiqqan joyigacha va boshqa elementlargacha boʻlgan oʻlchamlar kiradi. Bundan tashqari oʻlchamlar bogʻlangan va erkin oʻlchamlarga ajratiladilar. Bogʻlangan oʻlchamlar, oʻlcham zanjiriga kiradilar va buyumdagi detalni holatini aniqlaydilar. Erkin oʻlchamlar zanjir oʻlchamiga kirmaydilar, lekin bir-biriga tegib turmagan boshqa buyumlar sirtlarini muvofiqlashtiradilar. Chizmada oʻlchamlarni soni kam boʻlishi kerak, lekin buyumning tayyorlash va nazorat qilish uchun etarlik boʻlishi zarur. Tasvirlarda bir xil elementlarni oʻlchamlarni qaytarishga ruxsat berilmaydi. Buyumning tayyorlash va nazorat qilish qulay boʻlishi uchun oʻlchamlar aniq yuzadan, chiziq va nuqtadan koʻrsatilishi kerak. Lekin chizmalarda qoʻyiladigan hamma oʻlchamlar standart bilan belgilangan normal sonlar qtorida tanlanadi. Chiziqli oʻlchamning normal sonlar qatori OʻzDSt:6635-69, radiuslarni yumaloqlash normal qatori OʻzDSt:10948-64, burchaklarni normal soni OʻzDSt:8908-81, rezbani chiqishi, sbegi, kesilmay qolgan qismi, xalqasimon oʻyiq v faska OʻzDSt:10549-63, “Kalit-uchun” normal oʻlcham (kvadrat va oltiburchak elementlarni alohida oʻlcham)- OʻzDSt:6424-73, umumiy belgilangan normal diametr OʻzDSt:6636-69, konuslik OʻzDSt:8593-86 lar bilan belgilangan.

2.2 Oʻlcham qoʻyish turlari
Zanjir usuli. Bu usulda oʻlchamlar ketma-ket qoʻyib zanjir koʻrinishida boʻladi (8-chizma, a) va buyumning alohida qismi ishlov berilishini ketma-ketligini aniqlaydi. Bunday usulda har bir keyingi oʻlcham ya’ni bazadan aniqlanadi. Markazlar orasidagi masofani koʻrsatishda, pogʻonalik buyumni har bir elementini oʻlchamini qoʻyishda bu usuldan foydlaniladi.



8-chizma




Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish