Epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika



Download 0,98 Mb.
bet1/86
Sana08.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#437827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
6-SINF TARIX QO\'LLANMA KITOB



Kirish

5-sinfda «Tarixdan hikoyalar» bilan tanishgan edingiz. Siz uzoq o‘tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib oldingiz.
6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.
Jahonda shaharlar va davlatlar paydo bo‘lgan davrlardan beri ming yillar o‘tdi. Ammo qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko‘pdan ko‘p narsalardan bugun ham kundalik hayotda foydalanib kelinmoqda. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g‘ildirak, sopol suv quvurlari, gazlamalar, yozuv va boshqa ko‘pgina narsalardir. Qadimgi zamon mualliflari yozib qoldirgan asarlar hali-hanuz kishilarga saboq berib, tarbiyalab kelmoqda.
Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro‘y bergan voqealarni qaytadan tiklash uchun katta kuch-g‘ayrat sarflaganlar. Ular qadimgi shaharlarni topib tekshirishdi va charmga, sopolga, toshga, shuningdek, tangalarga bitilgan sirli yozuvlarni o‘qishdi. Siz endi arxeologik topilmalar nimalar haqida so‘zlab berishini bilasiz. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika degan maxsus fanlar shug‘ullanadi.
Insoniyat sodda mehnat qurollarini yasashdan to hunarmandchilik durdonalarini yaratishga qadar, eng oddiy uy-joylarni qurib olishdan to shaharlarni bunyod etishga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar ilk sivilizatsiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqda, so‘ngra Qadimiy Yunonistondagi Krit orolida boshlangan edi. Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko‘pgina o‘lkalarida, jumladan, O‘zbekiston hududida ham vujudga kelgan.
Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar tarix fanida Qadimgi dunyo tarixi deb ataladi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganiladi.
Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalari (tarjimayi hol)da aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi.
Olimlar o‘qigan qadimgi matnlar, masalan, «Piramidalar matnlari» va «Marhumlar kitobi» misrliklar tarixi haqida, «Rigveda»hindlar, «Avesto» esa O‘rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi.
Nil vodiysidagi Misr piramidalari, Dajla va Frot oralig‘idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, Yunoniston, Rim va O‘rta Osiyoning ko‘plab qadimgi shaharlari butun jahonga mashhurdir.
Biroq qadimgi dunyo tarixiga oid hali ochilmagan sirlar oz emas. Balki birortangizga ularni ochish nasib etar. Tarix bizni ko‘p narsaga o‘rgatadi. Uni «buyuk o‘qituvchi» deb bejiz aytishmagan.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish